Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Muhammad Solihning ijodi

“Shayboniynoma” dostoni. Qamal qilingan shaharlar tasviri. Temuriylar dinastiyasi blan shayboniylar dinastiyasi o‘rtasidagi taxt-toj kurashi, xalqini yana ko‘proq xonavayron qiladi. Bu urushlarda ayniqsa atrofi devor blan o‘rab olingan shaharlarni qamal qilish, shaharlarning atrof blan aloqa yo‘llarni kesib qo‘yish va shu yo‘l blan aholini oziq ovqatsiz qoldirish harbiy taktikasi ko‘r qo‘llaniladi. Shayboniyxon birnecha shaharlarni bosib olishda qamal qilish usulidan keng foydalangan. Qamal qilingan shaharlar aholisi ochlikning mudhish mashaqqatlariga giriftor bo‘ladi. Dostonda hikoya qilishicha, Samarqand aholisi olti oy, Qarshi va Andijon aholisi ikki oy, xorazmlilar esa o‘n bir oy qamal holatida yashaganlar. Samarqand qamali paytida qo‘rg‘on tashqarisida turgan Shayboniyxon askarlari halqning chorvasi, g‘allasi va uy-joylarini egallab, rohatda yashaganlar; qo‘rg‘on ichida qamalganlar, ayniqsa, mehnatkashlar esa ochlik balosidan qiynalganlar, kechalari bir iloj blan qo‘rg‘ondan tashqariga chiqib, mevalarga yopishganlar. Shayboniyxon askarlari shahardan chiqqan aholini rahmsixlik blan jazolanganlar, quloq-burunlarini kesganlar. Muhammad SolihSamarqand qamali va uning oqibatlarini shunday tasvirlaydi.

Bizga yo‘q hech tarafdin tashvish,

Qabamoqdin base yo‘q yaxshiroq ish.

Tashqari mevayu oshlik bis’yor.

Harna lashkarga kerak bor tayyor …

Tashqari bog‘lar ichra anhor,

Ichkari suvsiz ulus yig‘lab zor …

Hazrati xon cherigi xurramu shod.

Fikru anduh so‘zidin ozod. /Bog‘lar ichra qilib ayshu nishot,

Tushubon sabzasidin sabz bisot.

Mevalardin tuzib asbobi farog‘ …

Tashqari meva sarosar pishdi,

Ichkari ochlig‘idin el shishti.

Olti oy chekti bu qo‘rg‘on qabali,

Bo‘lmadi hech tarafidin halli.

Xalq faryod qila boshladilar.

Qal’adin o‘zlarini tashladilar.

Samarqand aholisining ko‘pi ochlikdan o‘lib ketadi, ko‘chalar o‘liklar blan to‘ladi. Tirik qolgan kishilar o‘liklar ko‘mish imkoniyatiga ega emas edilar. Shaybonixon tarafida turgan Muhammad Solih Samarqand axolisiga istar-istamas rahmi keladi, ko‘kdan shafqat tilab, o‘liklarni yomg‘ir blan yuvishni, so‘ngra ularni kafan o‘rnida, qor blan yopishni tilaydi:

Avvalo bir necha yog‘di yomg‘ur,

Tomdi ko‘kning yoshi mo‘ldir-mo‘ldir.

Yog‘di yomg‘ur so‘nggidan muncha qor.

Kim, o‘liklarga qilib mehr izhor...

Bunday og‘ir kunlar faqat Samarqand aholisi boshigagina emas, balki Qarshi, Andijon, Xorazm va boshqa shaharlar aholisi boshiga ham tushgan edi. Qarshi shahri qattiq qamal qilinadi, minglarcha kishilar ochlikdan, yuqumli kasalliklardan (“o‘lat”) o‘ladilar:

Tashqari elga g‘animat tushti

Ichkari elga o‘lat yopishdi.

Goh uch yuz kishi o‘ldi bir kun,

Goh o‘n kent eli bo‘ldi bir kun …

Ikki oykim qabal erdi onda,

Oz kishi qoldi o‘shal qo‘rg‘onda,

Qolgani ham bari bemor edilar,

G‘ussavu g‘am qo‘lida zor edilar...

Xorazmda, Urganch qo‘rg‘oni qamal qilinganda, kishilar ochlikdan o‘lmaslik uchun eshak, it, hatto, odam go‘shtini yeyishga majbur bo‘lganlar:

Eshaku it eti doru bo‘ldi,

Davr qo‘rg‘onda bu tavr evruldi.

Yedilar yoshgina o‘g‘lonlarini,

Juʼdin qutqaribon jonlarni.

Shayboniy askarlari xalqni talar, mol-mulkini tortib olar, yosh qizlarni ota-onalari bag‘ridan judo qilar edilar. Shayboniy o‘z askarlariga bunday yaramasliklar uchun ruxsat bergan edi:

Hech kim qolmadi ul vaqt qurug‘,

Yo‘q edi mol va qiz olurg‘a so‘rug‘.


O‘zbek adabiyoti tarixi, 1950. – B. 216-217. (O‘zbekcha); Творчество Мухаммад Солиха. Эпос “Шайбонинома”. Изображение окруженных городов.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0