Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Muhammad Solihning ijodi

Folklordagi “Shayboniyxon dostoni” haqida qisqacha maʼlumot. Zahiriddin Muhammad Bobir va Muhammad Shayboniyxon kurashlari o‘zbek halq dostonlaridan ham o‘rin olgan. XVI asr tarixiy hodisalari asosida tug‘ilgan “Shayboniyxon” dostonining xalq o‘rtasida qachon yaratilgani aniq maʼlum emas. Lekin, shubhasiz birnecha asrlardan beri yashab keladi. Bizga maʼlum bo‘lgan “Shayboniyxon” dostoni xalq shoiri Po‘lkandan yozib olingan. Dostonda tasvir etilishicha, Bobir Samarqand podshosi bo‘lib, Shayboniyxon uning xizmatkorlaridan bo‘lgan. Bobirning To‘ravoy va Jo‘ravoy degan vazirlari bo‘lgan. Bir o‘ltirishda gaplari qochib, Shayboniy Jo‘ravoyni uradi. Jo‘ravoy bunga chidolmay, Bobirga arz qiladi. Bobir Shayboniyxonni dorga osib o‘ldirishga buyuradi. Boshqa vazir To‘ravoy esa, Bobirdan Shayboniyxon gunohini so‘rab oladi va uni qutqazib qoladi. O‘lim buyrug‘i shahardan haydash buyrug‘i blan olmoshtiriladi. Shayboniyxon Samarqanddan chiqib, uzoq cho‘llardan o‘tadi. Bir to‘qayda ayiqqa uchrab, u blan urushib yengadi, ayiq terisini orqasiga yopinib, ayiq boshi terisidan choruq kiyib, yana ko‘p yo‘l yuradi. Bir daryoga yetib qayiqda suvdan o‘tadi. Uzoq yo‘l yurib, no‘g‘oylar yurtiga, Qozon shahriga borib yetadi. Ayiq terisini sotib ovqat qiladi. Boshimga og‘ir kun tushib qolsa, yarab qolar, deb bir vaqtlar choponining orasiga 90 ta gavhar (qimmatbaho tosh) ni yashirib qo‘ygan ekan, shuni sotadi. Atrofiga ko‘pgina yigitlarni to‘plab, ularni ziyofat qiladi. Ular majlis qilib, Shayboniyni bobo-qabila boshlig‘i qilib saylaydilar. Shayboniyxon ko‘pgina yigitlarni qurollantirib, Qozog‘iston va Toshkent yo‘li blan undagi kishilarni ham o‘ziga qaratib, Samarqandga yuradi. Qonli urushlar bo‘ladi.

O‘zangilar charqillashib,

Bedovlar bosh-shilashib,

O‘lik qoldi tobqoshib,

Kalla(lar) shalg‘amday uchib,

Botirlar ot qo‘yadi,

Tinmay qonnordi kechib,

Dumalab maydon ichinda.

Dovul urdi taqqa-taqqa,

Qizlar oralar charvoqqa,

Soy soyi to‘ldi o‘likka,

Bosilib maydon ichinda.

Shayboniyxon Bobir ustidan g‘alaba qilib, Samarqand podshosi bo‘ladi. Xalq dostonida Shayboniyxon qiyinchiliklarni yengib, birnecha o‘zbek qabilalarini yig‘ib Bobirga qarshi kurashga va podsholikni qo‘lga olgan tadbirli, qo‘rqmas podsho sifatida tasvir etiladi. Xalq yaratgan Shayboniyxon obrazi tomomila tarixiy Shayboniyning o‘zi emas. Chunki halq adolatli, insofli boshliqni – podshoni orzu qilib, ideal Shayboniyxon obrazini yaratdi. Halqning “Shayboniyxon” dostonidan maqsadi podsholarning taqdirini ko‘rsatish bo‘lmay, balki mamlakatni adolat blan boshqaruchi hukmronga erishish uchun intilish edi. XULOSA. Muhammad Solih feodalizmning mustahkamlanishi davri adabiyotining iste’dodli namoyandasidir. U “Shayboniynoma” dostoni blan adabiyotga tarixiy voqialar temasini kiritdi va dostonchilikning yangi janrini yaratdi. U Shayboniyni ideallashtirgan bo‘lsa ham, ikki dinastiya o‘rtasidagi siyosiy kurash va bu kurashning oqibatlarini realistik tasvirlayolgan. Muhammad Solih o‘z ijodiy faoliyati blan o‘zbek adabiy tilini jonli tilga yaqinlashtirish va adabiy asarning uslubini soddalashtirishda katta xizmat qildi.


O‘zbek adabiyoti tarixi, 1950. – B. 222-223. (O‘zbekcha); Творчество Мухаммад Солиха. Краткое сведение о “Дастане “Шайбони-хана” в фольклоре. Заключение.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0