Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Muhammad Solihning ijodi

“Shayboniynoma” dostoni. Urushlar tasviri. Muhammad Solih o‘z dostonida Shayboniyxonning harbiy yurushlarini ustalik blan aks ettirgan. U davrlarda ko‘pchilik shaxarlar devor blan o‘ralgan bo‘lib, devor tashqarisi xandaq (chuqurlik, jarlik) blan o‘rab olingan edi. Qo‘rg‘onlarga tashqaridan hujum bo‘lganda, qo‘rg‘on ichidagilar darvozalarni berkitganlar. Shayboniyxon qo‘rg‘onlarni egallash uchun ko‘pincha qamal qilish taktikasini qo‘llagan. Birnecha oyga cho‘zilgan qamal paytida qo‘rg‘on aholisi tashqariga chiqaolmagan. Qamaldagi aholining suvi va oziq-ovqati tugab, darmonsizlanganidan so‘ng, Shayboniyxon qalʼaga hujum qilib, uni egallar edi. Xuddi shunday taktika blan Shayboniyxon Samarqand, Qarshi, Andijon, Urganch qo‘rg‘onlarini egalladi. Jangchilar ustlariga jeba (o‘q o‘tmas kiyim), boshlariga dubulg‘a (temir qalpoq) kiyganlar. Ular qalqon, so‘ngu (nayza), o‘qyoy, sadog‘ (o‘qdon), qilich, xanjar kabi qurollar blan qurollanganlar. Muhammad Solih Shayboniyxon askarlarining Dabbusiy qal’asi uchun olib borgan janglarini shunday tasvir etadi: Chun yurub keldi Sulaymon zamon,

Cherigi mo‘ru malaxdek yakson.

Yugurushib qalʼa sari yovushti.

Shotu va tura olib yopushti.

Ko‘z yumib o‘qini ko‘zga ilmay,

Qolmayin bir-biridan ayrilmay.

Ko‘z yumib ochqucha jarlardin o‘tub.

O‘zlarin xandaqi ichinda tutib,

Xokrez sari mayl ayladilar,

Jonlarin xong‘a tufayl ayladilar:

Keldi serob boshoqlar durdek.

Ichkaridagilar qalʼa tepasiga chiqib tashqaridan qalʼaga chiqmoqchi bo‘lganlarning xujumini qaytarish uchun o‘qqa tutadilar, toshbo‘ron qiladilar va o‘t yoqib ularni kuydirishga ham harakat qiladilar. Shunga qaramay, hujum qiluvchi askarlar qalʼaga chiqaboshlaydilar:

Oqibat hasmg‘a yuzlandi g‘am,

Yondura olmadi ul o‘t bila ham.

O‘zga so‘ngu bila sanchar bo‘ldi,

Elni bolor ila yanchar bo‘ldi.

Lek bolorina ko‘z solmadilar.

So‘ngusidan taqi vahm olmadilar.

Oldilar barchalarini uloshib,

Chiqtilar qo‘rg‘onig‘a chobqulashib.


O‘zbek adabiyoti tarixi, 1950. – B. 217-218. (O‘zbekcha); Творчество Мухаммад Солиха. Эпос “Шайбони-нома”. Изображение войн.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0