Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Muhammad Sulton Mirzo (1375-1403)

Temuriy shahzoda; Amir Temurning nabirasi. Muhammad Jahongir Mirzoning to‘ng‘ich o‘g‘li. U O‘zbekxonning nabirasi Xonzoda (Sevin beka) begimdan tug‘ilgan. Amir Temur suyukli o‘g‘li Jahongir Mirzo vafotidan so‘ng, o‘zining barcha orzu-u midlarini M.S.ga bog‘lab, uni o‘zidan keyin toju taxtning yagona vorisi deb bilardi. M.S. bobosi Amir Temurga o‘xshab jasoratli, zukko, dushmanga nisbatan shafqatsiz, dovyurak jangchi edi. 1397 y. qishida Amir Temur Xitoyga qarshi bo‘lajak yurishga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida M.S.ga Yettisuvda Ashpara istehkomini qurishga va u yerda dehqonchilikni rivojlantirishga farmon bergandi. Shu maqsadda M.S.ga 40 ming qo‘shin berilgan. 1399 y. M.S. mana shu chegara istehkomidan mo‘g‘ullarga qarshi kurashda foydalanmoqchi bo‘lgan, biroq Farg‘ona hokimi Iskandar mirzo undan avvalroq o‘zboshimchalik b-n Sharqiy Turkistonga zafarli yurish qilgan. Shu tufayli shahzodalar o‘rtasida nizo tug‘ilib, 1400 y. M.S. buyrug‘iga ko‘ra, Iskandar Samarqandga keltirilib, hibsga olingan, uning otabegi va 26 navkari qatl etilgan. 1399 y. Amir Temur «Yetti yillik» yurishga ketar ekan, Samarqand humronligini 23 yoshli M.S.ga topshirib ketadi. 1401 y. mart oyida Amir Temur Suriyada turib M.S.ga sobiq Hulaguxon tasarrufida bo‘lgan viloyatlarni (Iroq yoki Shim.-G‘arbiy Eron) boshqarish haqida farmon yuboradi. 1402 y.da Amir Temurning Boyazid I Yildirimga qarshi yurishda M.S. faol qatnashadi. U Kichik Osiyoning g‘arbiy chekkasigacha boradi U yerdan qaytayotib, 1403 y. 12 martda Qora Hisor mavzeida shamollab 27 yoshida vafot etadi. M.S.ni u qurgan madrasaga dafn qilishgan. Boburning taʼkidlashicha, M.S. Samarqand qalʼasi jan.da Toshqo‘rg‘on-Chaqarda madrasa va xonaqoh qurdirgan. M.S. vafotidan so‘ng Amir Temur uning xotirasiga atab maqbara qurish haqida farmon bergan. Maqbara madrasa hovlisining to‘riga bunyod etigan.


Turg‘un FAYZIYEV. // O‘zME, T, 2000-2006, t.6. 2003. -704 b. – B. 193. (O‘zbekcha); Муҳаммад Султон Мирзо, королевич-тимурид.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0