Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Muhammad Temur Sulton (?-1521, Samarqand)

Shayboniylardan. Shayboniyxonning o‘g‘li. Shayboniylar Movarounnahrni egallaganlarida Muhammad Temur Sultonga poytaxt Samarqand va uning viloyati berilgan (1501), uning o‘g‘li Po‘lod sultonga Xorazm tekkan. Balx (1505)ni egallagan. 1505-07 yillarda M.T.s. Ubaydulla sulton bilan birga temuriylardan Faridun Husayn mirzo va uning ukasi Ibn Husayn mirzoni Raboti Dudar mavzeida tor-mor etgan. 1507 yil Shayboniyxon Hirotni olgach, M.T.s. va Ubaydulla sultonlarni Abulmuhsin mirzo va Kepak mirzoga qarshi Mashhadga yuborgan, ular zafar qozonishgan. Otasi Ismoil I Safaviy bilan Marv yonida jang qilganida (1510) yordamga kech qolgan. 1511-12 y.larda Movarounnahr va Toshkent uchun shayboniylarning Bobur bilan bo‘lgan kurashlarida qatnashgan. Turkiston, Sirdaryo bo‘yidagi shaharlarga egalik qilish uchun qozoq sultonlari (Qosimxon va boshqalar) bilan kurashgan (1513 yildan). 1511 yil martda Suyunchxo‘jaxon Boburni qizilboshlilar bilan ittifoqlikda Movarounnahrga hujum qilishidan xavfsirab Chag‘oniyon mulkini Mahdiy sulton va Hamza sultonlardan ajratib olib, u yerga Muhammad Temur Sultonni jo‘natgan. 1512 yil Ko‘li Malik jangida Ubaydulla sulton, Jonibek sulton va Muhammad Temur Sultonlarning birlashgan qo‘shini Bobur ustidan to‘liq g‘alabaga erishgan. 1513 yil 11 martda Ubaydulla sulton bilan birgalikda Marvni egallagan. Muhammad Temur Sulton davrida Samarqandda obodonchilik qurilish ishlari olib borilgan. Oliyai xoniya madrasasi va Muhammad Temur Sultonning xotini Mehr Sulton xonim tomonidan qurilgan Xoniya madrasasi lojuvard va zarhal koshinlar bilan bezatilgan juda katta peshtoq bilan birlashtirilgan edi. Madrasa supasida, aniqrog‘i, daxmada samarqandlik shayboniylar avlod-ajdodi dafn etilgan. Samarqandning sharqiy qismida yangi mahalla (Nav) paydo bo‘lib, bu yerda Samarqand zodagonlarining bog‘lari joylashgan, ular orasida Dilafro‘z bog‘i o‘zining go‘zalligi bilan ayniqsa shuhrat qozongan edi. Muhammad Temur Sulton davrida Samarqandda ilm-fan, madaniyat, sanʼat rivojlangan,ko‘plab mashhur shoir, adiblar, tarixchilar ijod qilgan (q. Buxoro xonligi).


O‘zME, T, 20002006, t.6. 2003. -704 b. – B. 193. (O‘zbekcha); Мухаммад Темур Султон, Шайбонид.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0