Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Abdulloh Ansoriy maqbarasi

Abdulloh Ansoriy maqbarasi – Hirot (Afg‘oniston)dagi me’moriy yodgorlik (1425-29) va mashhur ziyoratgoh. Hazira – maqbara atrofi 30 hujra – xilxona b-n o‘ralgan, oldida baland peshtoq. Hujralar gumbaz tomli, ularda asosan, temuriylar avlodi – Hirotiylar avlodining qabrlari bo‘lib, oq, qora marmar qabrtoshlar o‘rnatilgan. Ansoriy qabri ustiga keyinchalik Bobur oq marmardan yodgorlik (bal. 7,5 m) o‘rnattirgan (saqlanmagan). Xona bezagida sirlangan g‘isht, parchin va marmar, girih naqshlari ishlangan, kufiy uslubda xatlar bitilgan.


ЎзМЭ, Т, 2000-2006, т.1. 2000, 736 б. – Б.35. (Ўзбекча); 

Мавзолей Абдуллаха Ансари – архитектурный памятник в Герате (Афганистан).

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Muhammad Yoqub Chingiy

17-asr 2-yarmi – 18-asr boshlari, Hindiston) – lug‘atshunos olim. Boburiylar...

Muhammad Temur Sulton (?-1521, Samarqand)

Shayboniylardan. Shayboniyxonning o‘g‘li. Shayboniylar Movarounnahrni egallaganlarida Muhammad Temur Sultonga poytaxt...


Maqolani baholang
0.0