17-asr 2-yarmi – 18-asr boshlari, Hindiston) – lug‘atshunos olim. Boburiylar sulolasi vakillaridan Avrangzeb hukmronligi davri (1658-1707)da yashagan. Muhammad Yoqub Chingiy tarjimai holi bo‘yicha uning saroyda xizmat qilgani, «Kelurnoma» nom li o‘zbekcha-forscha lug‘at tuzganidan boshqa maʼlumot mavjud emas. Ushbu lug‘at 15 bobdan iborat bo‘lib, uning 1-14-boblarida 400 ga yaqin turkiy (o‘zbekcha) feʼllar arab alifbosi tartibida har biri 15 tagacha shaklda berilgan. Mas, aytmoq feʼli asosiy shakl sifatida keltirilib, undan keyin aytti–aytiptur–aytur–aytibidi–aytadur–aytmadi–aytmaptur–aytmas–aytmabidi–aytmadur– ayt–aytma–aytarbiz–aytmabsiz kabi zamon va mayl shakllari forscha tarjimasi bilan berilgan. Lug‘atning so‘nggi, 15bobi, o‘z navbatida, 9 ta qismga bo‘linadi: bunda 820 ga yaqin so‘z va shakllar mavzu guruhlariga bo‘lib berilgan. Muhammad Yoqub Chingiy «Kelurnoma»ni tuzishda 17-asrda Hindistonda yashagan turkiyzabon aqolining og‘zaki nutqidagi lug‘aviy birliklarni qamrab olishga harakat qilgan. Bunday birliklarning aksariyati hozirgi o‘zbek tilida ham qo‘llansa, ayrimlari (arna, atan, acha, egachi, engak, but, ildirim va boshqa) o‘zbek tili shevalarida uchraydi, baʼzi birlari esa arxaiklashib, hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanmaydi. Lug‘atning 2 ta qo‘lyozma nusxasi mavjud bo‘lib, ularning biri O‘zbekiston FA Sharqshunoslik in-ti qo‘lyozmalar fondida (inv. № 5052), ikkinchisi Britaniya muzeyida saqlanadi.
Muhammad Yaqub Chingi, Kelur-name (starouzbeksko-persidskiy slovar XVIII v.). Vvedeniye, transkripsiya, perevod teksta, glossariy A. Ibragimovoy, T., 1982.
O‘zME, T, 2000-2006, t.6. 2003. -704 b. – B. 188. (O‘zbekcha); Мухаммад Яқуб Чинги, ученый.
Fikr qoldirish#