Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Muhammad Haydar Mirzo va Jahongir podshoh

Ulug‘ mutafakkir va davlat arbobi Zahiriddin Muhmmad Bobur (1483-1530) tomonidan asos solingan boburiylar saltanati haqida o‘rta asrlarda yaratilgan asarrlar orasida Mirzo Muhammad Haydar (1500-1551) qalamiga mansub «Tarixi Rashidiy» va Jahongir podshoh (1569-1627) yozgan «Jahongirnoma» kitoblari alohida muhim ahamiyatga ega. Bu tarixiy manbalarda o‘sha davrga oid juda ko‘p nodir va nayob maʼlumotlar berilgan. Har ikkala muallif ham Bobur podshohga qarindosh va hukmdor tabaqaga mansub muarrixlar bo‘lgan. Ularning ikkalasi ham to‘rt yosh, to‘rt oy va to‘rt kunlik bo‘lganlarida ilm olishga kirishganlar. Muhammad Haydar Bobur podshohning xolavachchasi, Jahongir podshoh esa uning evarasi va boburiylar saltanatining to‘rtinchi podshohi bo‘lgan.

Mirzo Muhammad Haydar otasi vafotidan so‘ng Shayboniyxon taʼqibidan qochib, Mavlono Muhammad yordamida Buxorodan Badaxshon orqali Kobulge tib keladi. Bobur mirzo uni yaxshi kutib olib, unga yetarlicha sharoitlar yaratib bergan. Uch-to‘rt yildan so‘ng ruxsat so‘rab Andijonga ketgan. Sulton Saʼid Xon xizmatiga kirib, uning o‘g‘li Abdurashidning tarbiyachisi ham bo‘lgan. Keyinroq yana boburiylar xizmatiga qaytgan. Avvaliga Komron mirzo saroyida, so‘ngra Humoyun podshoh mulozimatida bo‘lgan. U iqtidorla sarkarda sifatida 1540 yili Qanauj yaqinidagi urushda boburiylar armiyasining qanotlaridan biriga qo‘mondonlik qilgan. Afsuski, bu jangda Shershoh Suriyning qo‘li ustun kelgan. Ana shu jung suriylar dinastiyasining vaqtinchalik Dehli taxtini egalashini taʼminlagan. Hindistonlik boburushnos V. Mahajan Qanaujdagi urush tafsilotlarini hech kim Mirzo Haydarchalik batafsil berolmadi, negaki uning o‘zi bu urushda shaxsan ishtirok etib, barcha voqealarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, deb yozadi.

Dehlini tashlab chiqqan boburiylar Lohurda kengash o‘tkazadilar. Humoyun podshohning qnchalik urunishiga qaramay ukalari unga yordam berishni istamaydilar va uning Kobulga borishiga ham qarshilik qiladilar. Gulbadan begimning «Humoyunnomma» asarida guvohlik berishicha, Mirzo Haydar Kashmirni zabt etishga jo‘natilgan bo‘lgan. Ammo Kashmirning qo‘lga kiritilgan xabari kelmagani sabab Humoyun podshoh Eron tomon yo‘l olgan.

Jahongir podshohning asl ismi Muhammad Salim bo‘lib, taxtga o‘tirish nek soati quyosh chiqayotgan paytga to‘g‘ri kelgani va podshohlarning ishi mulkgirlik ekanini inobatga olib, o‘ziga Nuriddin Jahongir nisbasini qabul qilgan. Bobokaloni Bobur podshohga taqlid qilib «Jahongirnoma» nomli asar bitgan.

Bu ikkala asrni o‘qigan har bir kishi ularning «Boburnoma» uslubida yozilganiga amin bo‘ladi. Ikkala muallif ham o‘zlari ko‘zdan kechirgan va guvoh bo‘lgan voqealarni tartib bilan tasvirlaganlar. Har ikki muarrix tabiat shaydosi bo‘lgan. Mirzo Haydar Kashmirdagi mevalardan nok, qora tut, olcha, gilos va olmalarni alohida taʼkidlab o‘tgan. «Jahongirnoma»da esa Kashmirdagi mevali daraxtlardan nok ning taʼrifini keltirib, bu meva Kobul va Badaxshon nokidan yaxshiroq ekani va shirinlikda Samarqand noshpatisiga yaqin ekanini zikr qiladi.

Ikkala asarda ham Kashmirning geogrfik holati va mahalliy aholi tili, kiyinishi va baʼzi urf-odatlari keltirib o‘tilgan. Mirzo Haydar Kashmirga Tibet taraf dan kelishdagi yo‘llarni qalamga olgan bo‘lsa, Jahongir podshoh Panjob tomondan Kashmirga boradiganyo‘llarni tasvirlab o‘tgan. Ikkala avtor ham Kashmirdagi Lar daryosi suvining sof va musaffo ekanini qayd etganlar.

Muhammad Haydar mirzo Kashmirni ikki marta qo‘lga kiritgan. Birinchi marta u Koshg‘ar hukmdori nomidan ish tutib hijriy 939 yili (milodiy 1532) Kashmirni bo‘ysundiradi va mahalliy hukmdor Muhammad Shohning qizini Sulton Saʼid Xonning o‘g‘li Iskandar Sultonga nikohlab olib qaytib ketgan. Ikkinchi marta esa boburiylar nomidan, aniqrog‘i Humoyun podshoh roziligi bilan Kashmirga yurish qiladi. 4 U o‘zining asarida Humoyun podshoh bilan aloqa uzulib qolganini qayd qilib o‘tadi.

Jahongir taxtga o‘tirganida boburiylar saltaanti o‘zining eng gullagan davrini boshdank yechirayotgan payt bo‘lib, Kashmir 1587 yilida boburiylar tasarrufiga o‘tgan edi. Jahongir podshoh tez-tez Kashmirga borib dam olib o‘z salomatligini tiklash va ov qilish maqsadida tashrif buyurgan.

Muhammad Haydar mirzo va Nuriddin Muhammad Jahongirning muarrixlik sohasida qilgan ulkan xizmatlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. «Tarixi Rashidiy» va «Jahongirnoma» asarlari garchi bir necha asr ilgari yaratilgan bo‘lsa-da, hozirgi paytda ham tarixchi, geograf, etnograf va boshqa soha olimlari va barcha qiziquvchan o‘quvchilar uchun ham zarur qimmatli manbadir.


Botirali YO‘LDOSHEV

Muhammad Haydar mirzoning «Tarixi Rashidiy» asarining Jahon madaniyati tarixida tutgan o‘rni» xalqaro ilmiy anjumani. 2011 yil. To‘plam). – B. 55-57. (O‘zbekcha); Мухаммад Хайдар Мирзо и Жаҳонгир Падшах.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0