Chig‘atoy ulusining parchalanishi (1348) natijasida tashkil topgan davlat. Unga Qashqar, Yettisuv o‘lkasi va Ili vohasi qaragan. Mo‘g‘ul hukmdorlari va mulkdorlari o‘rtasida bosib olingan mamlakatlarning xalklariga 2 xil qarash mavjud bo‘lib, ularning bir xili mahalliy zodagonlar, savdogarlar b-n yaqinlashish, xunarmandchilik, dehqonchilikni rivojlantirish, islom va musulmon madaniyatiga homiylik qilish tarafdori bo‘lsa (O‘qtoy qoon, Munke qoon, Chig‘atoy ulusi hukmdorlaridan Muborakshoh, Baroqxon, Kepakxon va b.), yana bir boshqa guruh o‘troqlik vashahar hayotiga tamoman qarshi bo‘lib, ko‘chmanchilik anʼanalariga sodiq edilar. Ular shaharlarni tamoman buzib tashlash (chunki, shaharlar mustahkam qalʼalarga tayanib, mo‘g‘ullarga qarshi kurash markaziga aylanib qoladi, deb hisoblardilar), ekinzorlar va bog‘-rog‘larni o‘tlovlarga aylantirish tarafdorlari (Xaydu, Durra Temur, Buzan va b.) edilar. Chig‘atoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qo‘l ostidagi qabilalar b-n Yettisuvdan Movarounnahrga ko‘chib keladilar. Muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chag‘oniyonga kelib o‘rnashadi. Bu hol Chig‘atoy ulusining ikkiga bo‘linib ketishiga sabab bo‘ldi. Shu vaqtdan boshlab, ulusning sharqiy va shim.-sharqiy qismida qolgan turk va mo‘g‘ul qabilalari o‘zlarini mo‘g‘ullar, mamlakatni esa M. deb atay boshladilar. Movarounnahrga ko‘chib ketgan qabilalar esa chig‘atoylar nomi b-n mashhur bo‘ldi... Abu Saʼid vafotidan so‘ng, Temuriylar saltanatida boshlanib ketgan ichki nizolardan foydalanib, hatto Movarounnahrning ichki ishlariga ham aralashib turdi va Andijon hokimi Umarshayx Mirzoni (Boburning otasi) kuyov qilib Sayram, Toshkent va O‘sh viloyatini o‘ziga bo‘ysundirib oldi. Yunusxon vafotidan so‘ng, xon qilib ko‘tarilgan Sulton Mahmudxon faqat nomigagina M.ning oliy hukmdori hisoblanardi. Aslida esa bu vaqtda mamlakat mayda-mayda qismlarga bo‘linib ketgan edi...
O‘zME, T, 2000-2006, t.6. 2003. -704 b. – B. 216-217. (O‘zbekcha); Могулистан
Fikr qoldirish#