Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Nodir Muhammadxon

Nodir Muhammadxon ibn Dinmuhammadxon ibn Jonibek sulton (1592 – taxm. 1651) – ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni (1642-45). Balx hokimi (1606-42). N.M. davrida mamlakatda ichki nizolar kuchayib, hatto farzandlari (12 ta o‘g‘li) ham unga buysunmay qo‘ygan. Bunga uning o‘ta takabburligi, mol-mulkka o‘chligi, qaysarligi sabab bo‘lgan. Bu esa aholining umumiy noroziligini keltirib chiqargan. Bundan tashqari, shim.dan ko‘chmanchilar mamlakat hududiga hujum qilib uni talon-toroj etmoqda edilar. N.M. ularga qarshi o‘g‘li Abdulazizni yuboradi. Biroq N.M.dan norozi amirlar harbiy safar chog‘ida Abdulazizni xon deb eʼlon qiladilar. Bundan xabar topgan N.M. Balxga ketishga majbur bo‘lgan va boburiylardan Shoh Jahondan yordam berishni so‘ragan. Shoh Jahon ikki o‘g‘li (Murodbaxsh va Avrangzeb)ni katta ko‘shin b-n Balxga jo‘natib, ularga viloyatni bosib olishni topshiradi. Boburiylarning niyatidan voqif bo‘lgan N.M. ularga qarshi chiqib, Maymana yo‘lida jangda yengiladi va Eronga shoh Abbos II (1642-67) panohiga qochadi va u yerda 2,5 yilcha qolib ketadi. Boburiylar Balx viloyatini 2 y. g‘orat qilishgan. Muttasil janglar, mamlakatdagi ocharchilik, qattiq qish hindistonlik askarlarga salbiy taʼsir qilgan. Shoh Jahon askarlarini Hindistonga chaqirib olishga majbur bo‘ladi...


O‘zME, T, 20002006, t.6. 2003. 704 b. – B. 240. (O‘zbekcha); Надр Муҳаммадхон, Нодир Муҳаммадхон ибн Динмуҳаммадхон ибн Жонибек султон.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0