Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Najmi Soniy (Ikkinchi Najm)

Laqabi; asl ism-sharifi Amir Najmiddin Yor Ahmad Isfahoniy) (? 1512.12.10, G‘ijduvon) – Eron shohi Ismoil I Safaviyning eng mashhur sarkardasi. «N.S.» laqabini 7-a. oxiridagi arab sarkardasi nomidan olgan. 1512 y. Bobur Movarounnahr taxtini qaytarib olish uchun kurashayotganda uning iltimosiga ko‘ra, Ismoil I qizilboshlilarning katta qo‘shiniga (12 ming askar) N.S.ni qo‘mondon qilib yordamga jo‘natgan. Bobur N.S. qo‘shini b-n Qar-shini qamal qilib, 3-kuni uni egallagan, qizilboshlilar shahar aholisini qatliom qilishgan. N.S. hech qanday qarshilikka uchramay Buxoro tomon yurib G‘ijduvonni qamal qilgan. Bu yerda to‘satdan shayboniylar qo‘shinining shiddatli hujumiga duch kelib, tor-mor qilingan. N.S. jangda halok bo‘lgan. Ko‘p sonli qizilboshlilar qo‘shinidan oz qismigina yurtiga qaytib ketgan. Bobur b-n Ismoil I ittifoqi barham topgan. Bobur yana Kobul mulkiga qaytib ketishga majbur bo‘lgan.


O‘zME, T, 2000-2006, t.6. 2003. -704 b. – B. 241. (O‘zbekcha); Нажми Соний (Нажм Второй) (прозвище; наст. имя Амир Нажмиддин Ёр Ахмад Исфахони).

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0