Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Nashr haqida

O‘zbek klassik adabiyotining XV asr oxiri, XVI asr boshlarida yashab ijod etgan atoqli namoyandalaridan Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining qarama-qarshilikli, murakkab va qisqa hayotida (1483-1530) anchagina asarlar yaratgan bo‘lsa-da, ularning hammasi bizgacha yetib kelgan emas.

Boburning hozirgacha ilm xazinasiga kelib qo‘shilgan asarlari – uncha to‘liq bo‘lmagan bir devoni, islom dini asoslarini bayon etuvchi «Mubayyin» nomli sheʼriy risolasi, «Volidiya» atalgan tasavvufga oid bir kitobchaning nazm bilan tarjimasi, Bobur ixtiro etgan va «Xatti Boburiy» nomi bilan mashhur bo‘lgan alfavit jadvali hamda qo‘lingizdagi «Boburnoma» asaridan iboratdir.

Boburdan qolgan ijodiy merosning eng muhim va eng yirigi O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi, etnografiyasiga oid nodir va qimmatli maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan va o‘sha davr o‘zbek klassik adabiyoti va adabiy tilining yorqin namunasi bo‘lgan «Boburnoma» asaridir.

Bu asar mazmunining rang-barangligi, bir jahon materialni o‘z ichiga olganligi, til va uslubining go‘zalligi bilan XVIII, ayniqsa XIX asr sharqshunos olimlarining diqqatini o‘ziga tortgan va uning turli qo‘lyozma nusxalari izlana boshlagan va g‘apb tillariga tarjima qilishga kirishilgan edi.

Asarning asli nomi «Boburiya» bo‘lsa-da, uni «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy», «Voqeoti Boburiy» deb atadilar, keyinchalik asar «Boburnoma» degan nom bilan mashhur bo‘lib ketdi./ By asarning mavjud to‘liq teksti 1857 yilda turkolog N.I. Ilminskiy tomonidan Qozonda tipografiya yo‘li bilan o‘zining to‘rt betlik nashr prinsiplarini qo‘rsatgan ruscha so‘z boshisi bilan bosilgan. Asarni nashrga tayyorlash va dunyoga chiqarishda rus olimi N.I. Ilminskiyning zo‘r faoliyat qo‘rsatganini alohida qayd etish kerak.

Bu nashrdan keyin 1905 yilda ingliz oriyentalistlaridan A. Beverij xonim «Boburnoma»ning Haydarobodda topilgan bir qo‘lyozmasining faksimilesini (qo‘lyozmaning ayni o‘zini sinkografiya yo‘li bilan nashr etdi. Bu nusxaning qachon va kim tomonidan qo‘chirilgani nomaʼlum. Bu ham to‘liq tekst bo‘lsa-da, Qozon bosmasiga nisbatan baʼzi tushib qolgan joylari va ayrim nuqsonlari bordir. Lekin umuman olganda har ikkala nusxa ham ayrim-ayrim nuqsonlardan xoli emasdir.

London nusxasining afzalligi shundaki, bunda A. Beverij nusxaning ayni o‘zini berib juda yaxshi ish qilgan, shu bilan birga asar oxirida mukammal kishi ismlari, geografiya va qabila, urug‘ nomlari ko‘rsatkichi berilgan va ingliz tilida o‘n betlik so‘z boshisi ham bor. Lekin ko‘rsatkichlarni transliteratsiyasiz arab yozuvi bilan berilishi nomlarni turli o‘qish masalasini qiyinlashtiradi.

Mana shu ikki mavjud nusxaga asoslanib, 1948-1949 yillarda «Boburnoma»ning ikki qismdan iborat to‘liq teksti bosib tarqatilgan edi.1418 Bu nashr yangi o‘zbek alifbosida, kishi va geografik nomlar qo‘rsatkichi, to‘liq lug‘at, baʼzi bir qisqa izoh va tarjimalar ilovasi bilan bosilgan edi.

Shundan keyin «Boburnoma»ning to‘liq teksti 1960 yili qayta nashrga tayyorlandi va nashr etildi.

Ilgarigi nashri kabi bu nashrga ham yuqorida zikr etilgan London va Qozon bosma nusxalari asos qilib olindi. Shu ikkala nusxaga qaytadan taqqoslanib, ikkisiga ham tanqidiy qaraldi. Birisini birisi to‘ldirish yo‘li bilan tuzilgan mazkur tekstni anchagina mukammallashgan desa bo‘ladi. Nusxalarda maʼno jihatidan farq qiladigan so‘zlar kelganda bundaylarning farq va variantlari bet ostida qo‘rsatila borilgan. Shu jihatdan bu nashrning bet osti izohlari avvalgiga nisbatan anchagina ko‘paygan edi.

Bu nashrni tayyorlash davomida ayrim so‘z va terminlar transkripsiyasini aniqlash masalalarida «Boburnoma»ning Anqara (Turkiya)da turkchaga qilingan tarjimasi va filologiya fanlari kandidati M. Salyening ruschaga qilgan to‘liq tarjimasini ham ko‘zdan kechira borilgan va shular bilan moslashtirishga urinilgan edi.

Kitob oxiriga ilova qilingan ko‘rsatkichlar qayta tuzilgan va tarjimalar ham yangidan qarab chiqilgan. Asarning ilgarigi bosmasida baʼzi bir tushirib qoldirilgan joylari bu bosmada kiritilib, tekstni mukammallashtirilgan edi.

«Boburnoma»ning biz tomondan tayyorlangan hozirgi nashrida ham, ilgarigi nashrlaridagi kabi, yuqoridagi asosiy va yordamchi manbalarga taqqoslab, bosmada yuz bergan va o‘z tomonimizdan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish va tuzatishga urinildi. Tarjima va izohlar ham qaytadan qarab chiqildi, izohlar birmuncha to‘ldirildi.

Ammo ilgari ham aytganimizdek, qilingan shu ishlarga qaramasdan, hali ham ishda birmuncha nuqsonlar mavjudligi aniq. Jumladan, ayrim so‘zlar, ayniqsa Afg‘oniston va Hindistonga taalluqli bo‘lgan jug‘rofiy nomlar, kishi ismlari, o‘simlik, hayvonot va boshqa xil atamalar transkripsiyasini batamom to‘g‘ri va aniq deb bo‘lmaydi. Ish protsessida masalaning eng qiyin tomoni ham shu bo‘ldi. Bulardan boshqa yana birmuncha tekstologik kamchiliklar bo‘lishi mumkin. «Boburnoma»ning puxta tayyorlangan tanqidiy teksti maydonga chiqmaguncha va «Boburnoma»da qo‘llangan O‘rta Osiyo, Afg‘oniston hamda Hindistonga oid barcha tarixiy nomlarning aniq transkriitsiyasi ishlanmaguncha bu asarning nashrlarida noaniqlik va nuqsonlar yuz berishi tabiiydir...


Porso SHAMSIYEV . Bobur, Boburnoma, T, 1989. – B. 3-4. (O‘zbekcha); Об издании.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0