Hindiston davlat, siyosiy va jamoat arbobi. Milliy ozodlik kurashida M.K. Gandining safdoshi, Hindiston Milliy Kongressi (HMK) rahbarlaridan biri. Mustamlaka davrida (1947 y.gacha) taʼqib qilingan. 10 y.dan ortiq umri qamoqda o‘tgan. Tarixda «Yangi Hindiston bunyodkori» nomi b-n mashhur. N. 1947 y. 15 avg.da Dehlidagi mashhur Lal Qalʼada Hindiston milliy mustaqillikni qo‘lga kiritganligini eʼlon qilgan. Hindiston Respublikasi bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri (1947 y.dan). N. rahbarligida Hindiston xalq xo‘jaligi, fan va madaniyatning rivojida katta muvaffaqiyatlarga erishgan… N. 1955 va 1961 y.da qizi Indira Gandi b-n O‘zbekistonga tashrif buyurib, o‘zbek xalqining turmushi, hayoti, tarixi b-n yaqindan tanishgan. N. «Hindistonning kashf etilishi» asarida yurtdoshimiz Bobur va uning nabirasi Akbar haqida bunday deydi: «Bobur dilbar shaxs, Uyg‘onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo‘lgan, u sanʼatni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi ko‘rardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq bo‘lib, ko‘p yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan».
O‘zME, T, 2000-2006, t.6. 2003. -704 b. – B. 22-3233. (O‘zbekcha); Неру, Жавохарлал.
Fikr qoldirish#