Hind tarixchisi. Akbar davrida yuqori harbiy lavozimlarni egallagan, 1585 yil Gujarotda baxshi (armiyaning bosh intendanti), 1593 yildan davlat baxshisi. «Tabaqoti Akbariy» nomli kagga asar muallifi (1593 yil yozib tugatilgan), unda 30 ga yaqin turli manbalardai foydalanilgan. Asarda boburiy podshoh Akbar hukmronligi tarixi bilan bir qatorda G‘azni, G‘ur, Dehli sultonlari, Bahmaniylar davlati, Gujarot sultonligi, Malva, Bengaliya, Sind, Kashmir va Hindistondagi boshqa musulmon davlatlari tarixi bayon etilgan.
O‘zME, T, 2000-2006, t.6. 2003. -704 b. – B. 347. (O‘zbekcha); Низомиддин Ахмад Хироти, индийский историк.
Fikr qoldirish#