Asl ism-sharifi Hasanxoja Podshohxoja o‘g‘li (1516 – Buxoro – 1597) – shoir, tazkiranavis. Taniqli shoir va davlat arbobi Xoja (Podshohxoja)ning o‘g‘li. Buxoro madrasalarida o‘qigan. Riyoziyot, handasa, tibbiyot, musiqa ilmlarini puxta egallagan, otasidan aruz sirlarini o‘rgangan. Sheʼrlar mashq qilgan. Otasi Balxda shayx ul-islomlik paytida (1533-43) N. shu shahardagi Kamoliddin Qo‘noq madrasasida handasa ilmidan dars bergan. Buxoroga qaytgach, 1545-50 yillarda Abdulazizxon, 1550-66 yilda Miyonkol hokimlari huzurida sadrlik vazifasini bajargan. So‘ng Buxoroda umrining oxirigacha maktabdorlik qilgan, badiiy ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan. «Malik ush-shuaro» unvoniga musharraf bo‘lgan. N. turkiy va forsiydagi sheʼrlaridan devon tuzgani maʼlum, lekin devon hali topilmagan. Faqat 16-asrda yaratilgan bir qancha asarlar orqali uning bir necha g‘azal, ruboiylari, «Bahoriyot» qasidasi hamda «Muzakkiri ahbob» (1566) tazkirasi yetib kelgan... As.: Muzakkiri ahbob,, T., 1993. Ad.: Ismoil Bekjon, «Muzakkiri ahbob» tazkirasi va uning muallifi haqida, T., 1993.
O‘zME, T, 2000-2006, t.6. 2003. -704 b. – B. 363-364.
(O‘zbekcha); Нисорий (прозвище; наст. имя Хасанхожа Подшоххожа угли).
Fikr qoldirish#