19 a. – uyg‘ur tarixchisi, shoir, tarjimon va xattot. 1851 y. umumiy tarixga bag‘ishlangan «Qisas ul-g‘aroyib» asarini turkiy tilda yozgan. Asar muqaddima, xotima va 3 qismdan iborat. Asarning 1-qismida Chingizxon davrigacha bo‘lgan voqealar bayoni; 2-qismida Chingizxon va uning avlodlari, Humoyungacha bo‘lgan boburiylar tarixi bayoni; 3-qismda dastlabki 2 qismda zikr qilingan muhim voqealar tafsiloti yoritilgan. Asarga muallifning sheʼrlari ham kiritilgan. Sharqiy Turkistonda ko‘chirilgan bir nusxasi Rossiya FA Sharqshunoslik in-tining Sankt-Peterburg bo‘limida saqlanmoqda (inv. № 106). N. Mirza Muhammad Haydarning «Tarixi Rashidiy» asarini forschadan uyg‘urchaga tarjima qilgan (1837). Tarjimaga nasriy, sheʼriy bosh so‘z va xotima kiritilgan. Tarjimaning muallif qo‘lyozmalari Rossiya FA Sharqshunoslik in-tining Sankt-Peterburg bo‘limida saqlanmoqda (inv. № 120, №121, №192). N. fors tilidan ko‘pgina sheʼrlarni uyg‘ur tiliga tarjima qilgan.
O‘zME, T, 20002006, t.6. 2003. -704 b. – B. 453. (O‘zbekcha); Ниёзи Мухаммад Ниёз Абдулгофурбек, уйгурский историк.
Fikr qoldirish#