Sinov yoʻsinida ishlamoqda

ARUZ: Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur saboqlari.

Ushbu kitob Sharq mumtoz she’riyatining asosiy o‘lchovi bo‘lgan aruzni o‘rganish va o‘rgatishga bo‘lgan katta ehtiyojni hisobga olib yozilgan. Unda aruz hech qachon eskirmasligi, bil’aks o‘ziga xos mahorat maktabi ekanligi xususida bahs yuritilgan, aruzni o‘zlashtirishning oson va qulay uslubini bayon qilgan, Navoiy va Boburdek ulug‘ so‘z san’atkorlarining aruzni qo‘llash bobidagi mahoratni misollar tahlili asosida ochib berilgan.


Kitob barcha toifadagi adabiyot muxlislarining talab va ehtiyojlariga javob beradi. Uni aruz bilan qiziquvchi barcha talabalar, tadqiqotchilar, havaskor shoirlaru bastakorlarga qo‘llanma sifatida tavsiya etish mumkin.


Necha ming yillik va boy tarixiy qadriyatlarimiz ro‘yxatida mumtoz o‘zbek adabiyoti salmoqli o‘rin egallashi yaxshi ma’lum. Bu buyuk adabiyotning katta qismi aruz vaznida bitilgan nazm javohirlaridan iborat. Shuning uchun aruz ilmi ham, hech shubhasiz, milliy qadriyatlarimizning iqtidor va iste’dodi kuchi bilan odamlar qalbini yoritishiga hissa qo‘shishni taqozo etadi, aksincha, ijodkorlarimizning iqtidor va iste’dodi kuchi bilan u yana ham ravshanroq yonishiga, sehrli ziyosi bilan odamlar qalbini aytganda, aruzni o‘rganish, o‘rgatish lozim. Mana shu maqsadga qaratilgan xilma-xil uslubdagi kitoblar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi ekanligi ayon.


Aruz to‘g‘risida uning hamma qirra va unsurlarini qamraydigan, butun imkoniyat va nafosatini ochib beradigan kitob bitish qiyin, albatta. Shundan kelib chiqib, ushbu kitobdan konkret maqsadlar ko‘zlangan. Kitob uch qismdan iborat. 1-bob “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi sahifalarida chop etilgan uruz mavzuidagi maqolalardan tarkib topgan bo‘lib, kitobxonning e’tiborini bu vaznning asl qiymatiyu hozirgi holatini qiyoslashga, aruz muammosi ustida fikrlashga undash lozim. Shuning uchun bu bobda maqolalardagi publitsistik va tanqidiy ruh saqlab qolindi. 2-bob aruz ilmi bo‘yicha qisqacha qo‘llanmadan iborat. Unda bu ilm ikmoni boricha sodda, shu tufayli noan’anaviy bayonda berildi. Uchinchi bobda yuqorida zikr etilgan gazeta hamda “Tafakkur” va “Jahon adabiyoti” jurnallarida bosilgan aruz mavzuidagi maqolalar turkumidan tarkib topgan. Uning maqsadi – kitobxonni aruz ummoniga sho‘ng‘ishga ko‘maklashish.


 Umid qilamizki, aruz muxlislariga taqdim etilayotgan bu kitob ana shu maqsadlarga xizmat qiladi, o‘sib kelayotgan avlodni aruzni qadrlashga, uni o‘rganishga undash, bu yo‘ldagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishda ozmi-ko‘pmi ko‘maklashadi.


A’ZAM, Abdulla. Aruz: Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur saboqlari. –T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekistonMilliy kutubxonasi nashriyoti, 2006. – B. 4-5. (O‘zbekcha);

Аруз. Уроки Алишера Навои и Захириддина Мухаммада Бабура.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0