Aud (yoki Audh) – Shim. Hindistondagi tarixiy viloyat. Gang daryosining o‘rta oqimida joylashgan.
Mil. av. 6-a.da Aud hududida quldorlik davlati Koshala bo‘lib, butun viloyat uning poytaxti Ayodhe nomi b-n atalgan. Qadimda va o‘rta asrlarda Aud Ganga vodiysida tashkil topgan yirik davlatlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan.
18-a.ning 20-y.larida boburiylarning Auddagi noibi Saodatxon Audni Boburiylar saltanatidan mustaqil deb e’lon qildi. 18-19-a.larning boshlarida Aud Hindistonning yirik hokimliklaridan biri bo‘lib, poytaxti Lakhnau edi.
Aud Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi ekspansiyasiga qarshi faol kurash olib bordi, ammo 1764 y. Buksara yaqinidagi jangda yengilgach, mazkur kompanniyaga qaram bo‘lib qoldi. Ingliz anneksiyasidan keyin Aud hududi Shim.-G‘arbiy viloyatlar tarkibiga kiritildi. 1902 y. bu viloyatlar Agra va Aud Birlashgan viloyatlari (1950 y.dan Uttar-Pradesh shtati) deb ataldi.
O‘zME, T, 2000-2006, t.1. 2000, 736 b. – B. 504. (O‘zbekcha)
Fikr qoldirish#