Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Afg‘oniston

Afg‘oniston, Afg‘oniston Islom Davlati – jan.-g‘arbiy Osiyoning eng chekka sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Geografik o‘rniga binoan O‘rta Sharq mamlakatlari qatoriga ham kiritiladi. Mayd. 652,2 ming km². Aholisi 25 mln. 782 ming kishi (2000). Poytaxti – Kobul sh.


Afg‘oniston ma’muriy-hududiy tuzilishiga ko‘ra 31 viloyatga bo‘linadi. Eron, Pokiston, Xitoy, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston b-n chegaradosh. A. b-n O‘zbekiston o‘rtasidagi chegaraning uzunligi – 137 km...


Aholisi. A. – ko‘p millatli mamlakat. Unda turli til guruhiga kiradigan 30 dan ortiq xalq yashaydi. Aholining deyarli yarmi afg‘on (pushtun)lar (8 mln. dan ortiq kishi. Tojiklar (4,5 mln.), o‘zbeklar (3 mln.ga yaqin), hazoralar (1,5 mln.dan ortiq), turkmanlar, qirg‘izlar, choraymoqlar, balujlar ham bor... Yirik shaharlari: Kobul, Mozori Sharif, Qandahor, Hirot, Jalolobod, Qunduz, Bag‘lon.


TARIXI. Hoz. A. hududida mil. av. 1-ming yillikda bir qancha mayda davlatlar bo‘lgan. Baqtriya ularning eng kuchlisi edi. Ular uzoq asrlar davomida Axamoniylar, Salavkiylar, Arab xalifaligi, G‘aznaviylar, Mo‘g‘ullar, Temuriylar, Boburiylar, Safaviylar hukmronligi ostida bo‘lgan. 1847 y.da Ahmadshoh Durroniy Xuroson, Seiston, Sind, Balujiston, Panjob, Kashmir va Balxni, shuningdek Amudaryoning so‘l sohilidagi ayrim hududlarni egallab, birinchi bor mustaqil A. davlatiga asos soldi. Lekin u 1818 y.da bir qator xonliklar (Kobul, Qandahor, Hirot va Peshovar)ga bo‘linib ketdi.


1825 y.da Kobul hokimi Do‘stmuhammad afg‘on yerlarini bir butun davlat qilib birlashtirishga harakat qildi, lekin bunga Angliyaning bosqinchilik urushlari to‘sqinlik qildi (1838-42, 1878-80 y.lardagi urushlar). Angliya A.ni o‘z mustamlakasiga aylantira olmadi, lekin 1879 y.da tashqi siyosat uning nazorati ostiga o‘tdi. 19- a. oxiri – 20- a. boshlarida A.da markazlashgan davlatni shakllantirish jarayoni yakunlandi...


16-a. obidalari orasida Bobur maqbarasi diqqatga sazovor. 18-a. obidalaridan Ahmadshoh Durroniy maqbarasi mashhur...

 

O‘zME, T, 2000-2006, t.1.2000, 736 b. –B. 523-527. (O‘zbekcha); Афганистан.

Fikr qoldirish#