O‘zbek mumtoz adabiyotining Rossiyada keng tarqalishi va o‘rganilishida Sankt-Peterburg sharqshunosligining o‘rni va roli beqiyos. Ayniqsa, V.V. Radlov, P.M. Melioranskiy, K.Zaleman, A.P.Falev, N. Ostroumov, M.F. Gavrilov, A.N.Samoylovich, A.N.Kononov, Ye.Z. Bertels, S.N. Ivanov, L. Dmitriyeva kabi olimlarning ilmiy merosi fan taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, keyingi madaniy munosabat hamda tadqiqotlar uchun zamin hozirladi. Ular faoliyat ko‘rsatgan Rossiya FAga karashli Sharq qo‘lyozmalari institutida (oldingi Osiyo muzeyi, Sharqshunoslik instituti) hozirgi kunda ham adabiyotimiz va tariximizni o‘rganish bo‘yicha muhim tadqiqotlar olib borilmokda.
Mazkur institut fondida 2432 ta turkiy kulyozma mavjud bo‘lib, shundan 953 tasi o‘zbek mumtoz adabiyoti namunasi (devonlar, bayozlar, dostonlar, muxammaslar va boshqalar) hisoblanadi. Bundan tashkari, institut tarkibida sharkshunoslar arxivi bo‘lib, unda mumtoz adabiyotimiz, ayniqsa, Navoiy ijodining o‘rganilishi bo‘yicha juda muhim maʼlumotlar bor.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi sharqshunoslar arxivida Navoiy tavalludining 500 yilligini nishonlashga doir hujjatlar to‘plami saqlanmokda. Unda 1938-yildan tortib, 1948-yilgacha bo‘lgan davrda rus navoiyshunosligida rejalashtirilgan va bajarilgan ishlarning hisoboti, fotosuratlar, bayonnomalar, qarorlar, epistolyar manbalar, maqolalar jamlangan. Materiallardan birida rus sharqshunosi Ye.E. Bertels Navoiy yubileyi munosabati bilan shoirning boy adabiy merosi yoritilgan to‘plamni chop etish, "Mahbub ul-qulub" va "Mezon ul-avzon"ning ilmiy-tanqidiy matnini tuzish, "Muhokamat ul-lug‘atayn"ni rus tiliga tarjima qilish ishlari deyarli yakuniga yetganini maʼlum qiladi. Boshka bir xujjatda tarjimon N.F. Lebedevning og‘ir qamal sharoitiga qaramasdan, ijoddan to‘xtamagani, umrining oxirgi daqiqasigacha Navoiy sheʼrlarini tarjima qilgani xakida o‘qiymiz (daje v takix usloviyax nauchnaya jizn Instituta vostokovedeniya ne zamirala. M.F. Lebedev do poslednego ne perestaval perevodit duxovnoye naslediye Alishera Navoi). Xaqiqatan ham, Navoiyga bo‘lgan ehtirom rus olimlarini yanada fidoyilikka chorlagan va ular buyuk bobomizning asarlarini o‘rganishda davom etgan. Ye.E.Bertels Ikkinchi jahon urushining boshlanishi Navoiy yubileyini ko‘ngildagidek nishonlashga izn bermagani haqida: "Kamminaga 1941 yilda, og‘ir urush sharoitida, Navoiy ijodiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanda maʼruza o‘kishga to‘g‘ri keldi. Anjuman binoning yuqori qavatida bo‘layotgani va turli tomondan nemislarning bombardimon hujumiga qaramay, xech kim o‘rnidan ko‘zg‘almadi", deb yozadi. Hisobotlarning birida qamal sharoitiga karamasdan, ancha yo‘qotishlar bilan tadbir o‘tkazilgani haqida xabar beriladi. Arxiv hujjatlaridan maʼlum bo‘lishicha, 1938-yil 8-oktyabrda Rossiya FA Sharkshunoslik instituti direktori, professor A. P. Barannikov yubiley qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S. Xusainovga xat jo‘natadi. Unda umumiy dasturni ishlab chiqish uchun O‘zbekistondagi tadbirlar rejasini yuborishini so‘raydi. 1938-yil 23-noyabrdagi javob xatida qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazilgani, reja ishlab chiqilgani haqida xabar beriladi hamda bayonnoma ilova qilinadi. Yigilish bayonnomasiga ko‘ra, kun tartibiga Navoy maʼnaviy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish bilan bog‘liq 23 ta masala qo‘yilgan. Diqqatimizni "Navoiy asarlari va shoir haqidagi asarlar nashri" deb nomlangan masalaga va unga ilova qilingan nashr rejasiga qaratdik. Nashr rejasi 35 vismdan iborat bo‘lib, unda shoir tavalludining 500 yilligiga qadar "Xamsa", "Majolis un-nafois", "Lison ut-tayr", "Munshaot", "Muhokamat ul-lug‘atayn", "Vaqfiya" kabi asarlarni, "Xabib us-sinr", "Ravzat us-safo", Devoni Foniy, Jomiy sheʼrlari tarjimasini, Navoiy zamondoshlarining shoir haqidagi xotiralarini, Navoiy davri hakida tarixiy ocherk, xalq og‘zaki ijodida Navoiy, shoir asarlari izohli lug‘ati, Navoiy davridan to hozirgacha bo‘lgan o‘zbek prozasi va poeziyasi xrestomatiyasi, Navoiy aforizmlari, shoirning chet elda va O‘zbekistonda mavjud qo‘lyozma asarlari tavsifi. Navoiy asarlari bibliografiyasi va boshqa nashrlarni amalga oshirish belgilangan.
Reja oxirida Navoiy asarlari akademik nashrini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish masalasi qo‘yilgan. Ko‘rinib turganidek, bu borada juda katta hajmdagi tadbirlar rejasi ko‘zda tutilgan, nashrga masʼul olimlar ro‘yxati va bajarish muddati aniq ko‘rsatilgan. Masalan, olimlardan Izzat Sultonga "Munshaot"ni, Maqsud Shayxzoda va Xolid Rasulovga "Lison ut-tayr"ni. Olim Sharofiddinovga "Majolis un-nafois"ni, A.A. Semenovga bibliografik ko‘rsatkichlar, tavsiflarni, lingvistik qo‘mitaga Navoiy asarlari izohli lug‘atini, Xamid Olimjon boshliq bir guruh olimlarga xrestomatiya nashrini yuzaga chiqarish topshirilgan.
Muhimi shundaki, bu reja orqali o‘sha davr navoiyshunosligida ko‘zda tutilgan ishlar, bugungi kunda ulardan qancha foizi amalga oshirilgani haqida bilib olish mumkin. Bu esa XX asr navoiyshunosligining tadriji va takomilini belgilashga imkon beradi. Rejada ko‘rsatilgan ayrim nashrlar o‘z muddatida eʼlon kilinadi, urush tufayli ko‘pchiligi kechiktirilgan, baʼzilari esa, umuman, nashr qilinmasdan kolib ketadi. Shoirning "Xamsa", "Lison ut-tayr", "Hayrat ul-abror", "Muhokamat ul-lug‘atayn", "Vaqfiya" asarlari hamda "Navoiy asarlari lug‘ati" aslida 1939-yilning oxirigacha nashr qilinishi kerak bo‘lgani holda, ancha keyin chop etilgan. Xullas, 1938-yilda yubiley ko‘mitasi tomonidan rejalashtirilgan nashrlardan hammasi xam kitobxon qo‘liga yetib bormagan.
Rossiya FA Sharqshunoslik institutida ham yubiley munosabati bilan ancha ishlarni amalga oshirish belgilangan edi. Institut direktori A.P. Barannikovning Yubiley ko‘mitasiga yo‘llagan maktubida 40 bosma taboq atrofida ilmiy va ommabop nashrlarni amalga oshirish rejalashtirilgani xususida xabar beriladi. Bu xatga javobni Xamid Olimjon yo‘llaydi. Ye.Z.Bertelsning qayd qilishicha, Navoiyning 500 yillik yubileyini nishonlash haqidagi hukumat karori ulug‘ mutafakkir ijodiyotining o‘rganilishiga yanada keng yo‘l ochib bergan. Rus sharqshunosligida 1938-1939- yillardan boshlab Navoiy merosiga kizikish yanada kuchayadi. Ikkinchi jahon urushi davrida bir qancha rus sharqshunoslari, jumladan, Ye.E. Bertels xam vaqtincha Toshkentga ko‘chib keladi. Bag‘rikeng xalqimiz ularni mexr bilan qabul qiladi, navoiyshunoslikdagi hamkorlik esa fanga yangidan-yangi tadqiqotlarni tuhfa etadi. Navoiyshunoslikdagi adabiy aloqalar rivojida Oybekning alohida o‘rni bo‘lganini qayd qilish lozim. Adib ko‘pgina rus olimlari bilan ijodiy hamkorlik qilgan, ularga har jihatdan yordam bergan. Ye.E.Bertels uning bu boradagi xizmatlarini aloxida eʼtirof etgan. "Glinogiye storonы tvorchestva Navoi mojet bыt, ne bыli bы mne dostupnы, yesli bы i ne obщalsya s takimi znatokami uzbekskoy klassicheskoy poezii kak Aybek i Gafur Gulyam". Rossiya davlat adabiyot va sanʼat arxivida Oybekning rus olimlari bilan ilmiy yozishmalaridan tashqari, A.I. Deych ikkalasi hamkorlikda yozgan "Navoiy va uning davri" nomli tadqiqoti saqlanmoqda. Bu ilmiy ocherk aslida 1942-yilda bitilgan bo‘lib, 1968-yildagina boshqa nom ostida chop etilgan.
Umuman, Alisher Navoiy ijodiy merosini saqlash, o‘rganish, tarjima qilish va jaxonga tanilishida Sankt-Peterburg sharqshunoslarining xissasi katta bo‘lgan. Albatta, o‘zbek olimlari bilan hamkorlik ularga maʼnaviy durdonalarimizning yangi qirralarini ochishda yordam bergan. Rossiya arxivlarida yuqorida tahlil kilganimiz kabi manbalar anchagina bo‘lib, ularni to‘liq holda yuzaga chikarish keng ko‘lamli ilmiy izlanishlarni taqozo qiladi.
Milliy o‘zlikni anglash va milliy qadriyatlarga eʼtibor yanada kuchaytirilayotgan hozirgi davrda xorij turkiyshunoslarining o‘zbek mumtoz adabiyotiga doir tadqiqotlarini o‘rganish va xolis baholash adabiyotshunosligimizni yangi maʼlumotlar bilan boyitishi barobarida, ilmiy jamoatchilikni ayrim nomaʼlum manbalar bilan tanishtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, bu kabi yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlar xalqaro adabiy alokalar rivojiga ham xizmat qiladi.
Gulnoz Xalliyeva. Yangi O‘zbekiston gazetasi. 2020-y. 79-son.
Fikr qoldirish#