Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondini yaxshilig? Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig! Gar zamonii nafӣ qilsam, ayb qilma, ey rafik, Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig! Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko‘ngluma, Kelmadi jonimga hech oromi jondin yaxshilig. Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung yamonliq asru ko‘p, Emdi ko‘z tutmoq ne, yaʼni har yamondin yaxshilig? Bori elga yaxshilig qilgilki, mundin yaxshi yo‘q- Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig! Yaxshilig ahli jahondin istama Bobur kibi, Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jaxondin yaxshilig?!! Bobur Mirzoning "yaxshilig" radifli olti baytli mazkur g‘azali shoirning hasbi hol xarakteridagi g‘azallaridan bo‘lib, baytlar o‘zaro mantiqiy izchillik bilan bog‘langan; anʼanaviy uslubda yozilgan; g‘azal tili sodda dahr (a. olam, zamon), nafӣ (a. rad etmoq, qaytarmoq), rafiq (f. do‘st, birodar), mahzun (a. gamli, qayg‘uli, xafa) kabi uch-to‘rt so‘zdan boshqasi hozirgi o‘quvchi uchun deyarli tushunarli; badiiy sanʼatlar va poetik obrazlar doirasi keng, chunki g‘azalda shoir tazod, ishtiqoq, murojaat, takrir, radd ul-matla, husni taʼlil, talmeh, amr kabi o‘nlab badiiy sanʼatlar va ko‘ngil, ahli jahon, rafiq, zamon, dilrabolar, oromi jon, jon, yaxshilar, yomonlar, bori el, falon singari anʼanaviy poetik obrazlarni mahorat bilan qo‘llagan. Bobur g‘azal maqtasida o‘z taxallusini uchinchi shaxsda qo‘llagan. G‘azal zamirida shoirning yaxshilik haqidagi muhim maʼrifiy, falsafiy, diniy, badiiy goyalari yotadi. Boburning yuksak mahorati avvalo ushbu goyalarni g‘azalda chuqur va go‘zal ifodalash, ko‘ngillarga yaxshilik urug‘ini ekish, ko‘tarinki ruh bag‘ishlash, kitobxon diqqatini tortish uchun "yaxshilig" so‘zini radif qilib olganligidir. Zotan, "yaxshilig‘" so‘ziga urg‘u berishning o‘zida katta maʼno bor:
Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig?
Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig!
Agar g‘azalning matlasi, to‘rtinchi bayti va maqtasiga diqqat qilsak, shoir emotsional-mubolag‘ali tasvir usullaridan biri murojaatdan foydalanib, g‘azalini ko‘ngilga yuzlanish va ko‘ngilga murojaat bilan boshlaydi, yakunlaydi. Muallifning o‘z davom ettiradi din yaxshilig" misrasi ko‘rubtur, ey va jahondin ey ko‘ngul, ahli g‘azalini "Kim bilan ham boshlab, ham tugallashi fikrimizning yorqin dalili. Ayni paytda shoir rada ul-matla sheʼriy sanʼatining go‘zal namunasini yaratgan.
Shu bilan birga, Bobur O‘zini o‘ylantirgan yaxshilik va yomonlik to‘grisidagi izchil fikrlarini g‘azal matnida ey ko‘ngul yoyiq undalmani misra boshida, o‘rtasida uch marta va mahzun ko‘ngluma bitishuvli birikmasini bir marta kulak o‘ta taʼsirli bayon qilgan. Demak, u yaxshilik haqidagi goya va fikrlarini. ko‘ngil poetik obrazi bilan bog‘liq holda naqadar keng hamda chuqur yoritib berganini biz ahli jahon va yaxshilik, zamon va yaxshilik, oromi jon va yaxshilik, rafiq va yaxshilik, yamon va yaxshilik, bori el va yaxshilik, falon shaxs va yaxshilik, shoir va yaxshilik tarzida anglab, mushohada qilsak, Bobur dardini, hasratini, maʼlum darajada zamon va zamon ahlidan shikoyatini, to‘g‘rirog‘i, o‘quvchiga nima demoqchi bo‘lganini anglagandek bo‘lamiz. Nazarimizda, Bobur o‘z g‘azalida Olloh har bir inson ko‘nglini, aslida, yaxshilik ko‘rgan, yaxshilik qilgan insonni sevish, qadrlash, duo qilish va yomonlik qilgan, yomonlik tilagan kimsani yomon ko‘rish, nafratlanish tuygusiga manzil qilib yaratganiga alohida urg‘u bergandek, ogoh etgandek bo‘ladi. Bu haqda Qurʼoni karim "Al-isro" surasining 7-oyatida shunday deyiladi: "Agar chiroyli amallar qilsangizlar o‘zlaringizga yaxshilik qilgan bo‘lursizlar. Agar yomon, gunoh amallar qilsangizlar ham o‘zlaringiz uchundir", deb marhamat qilinadi. Buni bilish, yaxshilikka intilish har bir inson uchun hayotiy zarurat ekanligini esa shoir g‘azalning uchinchi, to‘rtinchi baytlarida yaratgan qarshilantirish sanʼati bo‘lmish tazod yordamida ko‘rsatishga harakat qilgan:
Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko‘ngluma,
Kelmadi jonimg‘a hech oromi jondin yaxshilig‘.
Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung yamonliq asru ko‘p,
Emdi ko‘z tutmoq ne, yaʼni har yamondin yaxshilig?
U tazod sanʼatini bu o‘rinda ot so‘z turkumi bilan "yamonlig-yaxshilig" shaklida, otlashgan sifat bilan esa "yamon-yaxshi" shaklida qo‘llashga muvaffaq bo‘lgan. Ammo g‘azalning asosiy mavzusi va tasviriga eʼtibor qilsak, ramziy maʼnoda Bobur o‘zining yaxshilik to‘g‘risidagi fikru muddaosini tasvirlashda yaxshilik qilish inson aqli, odobi belgisi ekanligini, yomonlik qilish esa aqlsizlik, odobsizlik belgisi ekanligini tushuntirishda tazod sanʼatini deyarli g‘azalning boshidan-oxirigacha qo‘llagan deb tushunishimiz ham mumkin. Zero, "tazod sanʼati badiiy tasvirda yozuvchi uchun katta imkoniyatlar yaratuvchi yetakchi maʼnaviy sanʼatlardan biri bo‘lib, undan unumli va o‘rinli foydalanish har bir ijodkorning maʼnaviy dunyosi, individual uslubi va iqtidori bilan chambarchas bog‘liqdir"». Ulug‘ shoir "Tabiatida yaxshiligi bo‘lmagan insondan yaxshilik kutma, yaxshilik ko‘rmaysan" mazmunidagi mulohazasini "Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig" misrasida ifodalaydi va bu misrada bir misra doirasida "ondin" (undan) so‘zini mahorat bilan takror qo‘llab, takrir badiiy sanʼati vositasida o‘z fikrini taʼsirchan bayon qiladi. "Barchaga qo‘lingdan kelguncha, kuchu imkoniyating yetguncha birdek yaxshilik qilaverki, olamda va hayotingda, aslida, bundan ortiq yaxshilik, xayrli ish, savob bormi?" degan salmoqli xulosasini esa "Bori elga yaxshilig qilgilki, mundin yaxshi yo‘q" misrasida yorqin aks ettiradi. Ko‘rinib turibdiki, mazkur tazodlar yordamida Bobur g‘azalda fikriy izchillik hamda tugallikka erishar ekan, go‘yo u cheksiz hurmat va bagrikenglik bilan insonlarga qarata "Yaxshilikni bilganga, munosib bo‘lganga ham qilavering, bilmagan, munosib bo‘lmaganga ham qilavering, chunki o‘zingiz yaxshilar ahlidan, yaxshilar qatoridan bo‘lasiz, bu bagrikengligingiz, xayringiz bilan Olloh roziligini topasiz", deyayotgandek bo‘ladi. Bu bejiz emas. Zero, "Kurʼonda yaxshilik qilish insonning tabiiy burchi ekani, Olloh insonga o‘zining tabiiy neʼmatlari bilan ehson qilganidek, inson ham boshkalarga YAXSHILIK Qilishi taʼkidlanadi. Bobur g‘azalining beshinchi baytida air sanʼati vositasida kitobxongp o‘zining hayotda ko‘rgan-kechirganlari asosida chiqargan xulosasining kitobxonga g‘azaling ko‘plab kana-nasixati, buyruk menga xulosasining Mazkur g‘azalni ham u qalam ahliga ilhom berib, xalq hofizlari repertuarida qo‘shiqchiligimizni egallagani va xalqimizning ko‘nglidan joy olib, milliy qo‘shiqchiligimizning oltin fondidan olgani SHAʼNAN shunda bo‘lsa kerak.
Bori elga yaxshilig qilgilki, mundin yaxshi yo‘q-
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig!
G‘azalda berilgan "Qoldi falondin yaxshilik” iborasidagi "falon" gumon olmoshi asosida yaratgan "falondin" poetik obrazining asosiy mohiyati shundaki, u orqali Bobur otasi Umarshayx Mirzo, onasi Qutlug‘nigorxon ekanlarim, opasi Xonzodabegim kabi yaqinlari do‘stu beklaridan ko‘rgan yaxshiliklariga ishora qilsa, shoir yaratgan bu badiiy obraz vositasida har kim ko‘ngil ko‘zgusida, tasavvuru xotirasida umri davomida yaxshilik ko‘rgan, yaxshilik topgan insonlar siymosini gavdalantirgandek bo‘ladi va "falondin" misolida qoldi ota-onamdan yaxshilik, qoldi ustozimdan yaxshilik, qoldi avlodu ajdodimizdan yaxshilik, qoldi yaxshilardan yaxshilik..., deya qator yaxshi insonlarni hurmat bilan birma-bir yodga olishi tabiiy. Demak, shoir g‘azalda xalqona falondin poetik obrazidan mahorat bilan foydalanib, uni yangi maʼno qirrasi bilan boyitgan va yuksak pog‘onaga ko‘targan. Ayni jihatdan, bu o‘rinda "falondin" poetik obrazini yaxshilar, oliyjanob insonlar obrazi, deb baholasak to‘gri bo‘ladi. Bizga maʼlumki, Boburning o‘zi ham umri davomida yaxshilik ko‘rgan, birga yaxshilik izlagan insonlarni nihoyatda qadrlagan, eʼzozlagan, taqdirlagan va bu qadrlash, eʼzozlashlari borasidagi qimmatli maʼlumotlarini "Boburnoma”da o‘zgacha mehr bilan bitib ham qoldirgan, ahli jahonni yaxshilikka chorlagan, ezgulik goyalarini targ‘ib va tashviq qilgan. Ayni paytda, uning o‘zi ham yaxshilikni shior qilib yashagan. "Bobur"...ning maʼnaviy ulug‘ligi va saʼy-harakatlaridan yorug olamga ko‘p naf yetmoqda" deb yozgan edi. Bu haqda Mirzo Haydar "Tarixi Rashidiy" asarida. "Chunki u jahonda yaxshilik poydorligiga, odam bolasidan faqat yaxshilik qolishiga ishongan. Shuning uchun ham barcha elga yaxshilik qilki, shundan yaxshi narsa yo‘q, toki dunyoda falon kishidan yaxshilik qoldi, deb el eslab yursin, degan aqida bil bilan yashagan". Shoh-shoirning bu boradagi fikrlarini "Boburnoma”da ham uchratamiz. Chunonchi: "G‘arazkim, bu dunyoda kishidin ushmundog‘ narsalar alar qolur, har kim aqldin bahravar bo‘lsa. nega andog‘ harakatga iqdom qilg‘aykim, andin so‘ng yomon degaylar va har kishiga hushdin asar bo‘lsa, nega andog amr-ehtimom qilmag‘aykim, qilg‘ondin so‘ng mustahsan degaylar".
O‘zbek tili va adabiyoti jurnali.
Burobiya RAJABOVA
Fikr qoldirish#