Islomda ilm-fan taraqqiyotida madrasalarning o‘rni beqiyosdir. Ammo taʼlim tarixi bo‘yicha mutaxassislarning ilk madrasalar qayerda va qachon vujudga kelgani borasidagi fikrlarida turfalik bor. Masalan, amerikalik professor Kristofer Bekvit (Christopher Beckwith) fikricha, ilk madrasa IX asrning oxirlarida Bust shahrida qurilgan. Bu shaharning asl nomi Lashkargoh bo‘lgan, u hozirgi Afg‘onistonning Hilmand viloyati markazidir. Tarix fanlari doktori, professor Abdullo Mirboboyev esa ilk madrasaning IX asr oxirlari yoki X asr boshlarida Movarounnahr va Xurosonda paydo bo‘lganini yozmoqda. Akademik Boturxon Valixo‘jayev ІX-X asrlarda Samarqand shahrida 17 ta madpaca faoliyat ko‘rsatganini qayd etib, jumladan, Ahmad Nasafiyning "Matla an-nujum va majmaʼ al-ulum" asariga tayangan holda ularda diniy ilm bilan birga dunyoviy ilmlar ham o‘rganilgani hakida maʼlumotlar keltiradi. Yuqoridagi fikrlarga tayanib aytish mumkinki, madrasalar ІX-X asrlarda Movarounnahrda paydo bulib, XIII asrning oxirigacha katta surʼat bilan Sharqdan G‘arbga karab yoyila boshlagan. Bugungi Erondan Mesopotamiyaga, u yerdan esa Onado‘luga, Misr va Marokash orqali Andalusiya xozirgi Portugaliya va Ispaniya hududlarigacha tarqalgan. O‘rta asrlarda islom Renessansi vujudga kelishida madrasalar muhim rol o‘ynagan. Bu ilm markazlarining Qoshg‘ardan Andalusiyagacha tarqalishida Qurʼon va hadislarda ilm olishning tashviq etilishi, adolat va huquqqa ko‘p ahamiyat berilgani, Alloh tarafidan bilimli insonlar eʼzozlanishi kabi omillar sabab bo‘lgan.
Madrasalar Al-Forobiy (XI asr), Ibn Sino (XI asr), Umar Xayyom (XII asr), Ibn Xaldun (XIV asr) kabi buyuk allomalarni yetishtirgan muqaddas dargohga aylanib bordi. Ularda taʼlim olishning muhim usullaridan biri munozara edi. Bu yuahslar tufayli zehnlar charxlanar, har qanday tushuncha va tushunish tarzi o‘rtaga qo‘yilardi. Sheʼriyat va adabiyot madrasalardagi taʼlimda muhim ahamiyatga ega edi.
O‘sha davr musulmon jamiyatida hayotning maʼnaviy va moddiy jihatlari ideal shaklda uyg‘unlashgandi. Taʼlim muassasalarida jamiyatning barcha qatlamlari, musulmonlar hamda boshqa din vakillari uchun o‘qish tekin va ochiq bo‘lgan.
Ham diniy, ham dunyoviy fanlar madrasalarda o‘qitilardi. Tolibi ilmlar tabiiy fanlar vositasida ona tabiat bilan do‘st va hamdam edi, astronomiya ularda mangulik tuyg‘usini, ilm va falsafa fikr va tushunchalar erkinligini, sheʼriyat va adabiyot estetik didni shakllantirardi, adolat va huquq orqali ijtimoiy va shaxsiy hayot tartibga solinardi. Bunday boskichlardan o‘tgan talabalar ruhan va maʼnan g‘oyat sog‘lom bo‘lardilar.
Madrasalar din va ilm-fan tutashgan makonlar vazifasini o‘tardi. Hozirgi tilda aytganda, ular o‘z zamonasining universitetlari edi.
Buyuk soxibqiron Amir Temur va 130 yil hukm surgan temuriylar sulolasi ilm-fan rivojiga juda katta eʼtibor qaratgandi. "Temur tuzuklari"da bunday jumlalarni o‘qiymiz: "Noiblarimga har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqohlar qurishni buyurdim. Musulmonlarga diniy masalalardan taʼlim berib, shariat aqidalari, islom dini ilmlari, tafsir, hadis, fiqhdan dars bersinlar, deb har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin kildim".
Qadami yetgan har bir mintaqa va o‘lkadan olimlar, tarixchilar, mohir hunarmandlarni saroyiga daʼvat etib, o‘z himoyasiga olgan Temur qisqa muddat ichida mamlakatini ilm-fan va falsafa rivojlangan o‘lkaga aylantirdi. Natijada Temuriylar saltanatining ikki muhim shahri - Samarqand va Hirotda bir-biridan farqli ilm-fan, madaniyat va sanʼat markazlari shakllandi. Bu farq o‘sha davrdagi davlat arboblari dunyoqarashi, eʼtibor bergan fan sohalari, hayot tarzlariga yaqin aloqadordir.
Hirot shahrida Shohruh Mirzo va Boysung‘ur Mirzolarning qo‘llashi tufayli diniy bilimlar, adabiyot va sanʼatga bog‘liq ilm-fanlar, Samarqandda esa Amir Temur va Mirzo Ulug‘bek davrida tabiiy va falsafiy fanlar gurkirab rivojlandi.
Samarkand, ayniqsa, Ulug‘bek davrida tabiiy fanlar, astronomiya va matematika sohasida eng yuksak nuqtaga ko‘tarildi. Ulug‘bekning o‘zi bu sohalarda yaxshi taʼlim va tayyorgarlikka egaligi, bolalik yillaridanoq Marog‘a rasadxonasini ziyorat etgani, olimlarning mavjlislarida ularning tortishuvlariga guvohlik qilishi va ularga buyuk hurmat-eʼtibor ko‘rsatishi qisqa muddatda Samarqandning o‘rta asrlarning eng muxim ilm-fan markaziga aylanishiga olib kelgan edi.
Mana shu muhit tufayli Samarqandda bizning davrimizgacha yetib kelgan, o‘rta asrlardagi islomiy madaniyatning buyuk obidalari bo‘lmish Ulug‘bek madrasasi va Samarkand rasadxonasi barpo etildi. Ulug‘bek zamonida Samarqand, Buxoro va G‘ijduvonda uch yirik madrasa qurildi va ular madaniyat, ilm-fan, sanʼatning rivojini taʼminlab beradigan olim va sanʼatkorlarni yetishtirib berishda katta rol o‘ynadi. Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, Jamshid al-Koshiy va Ali Qushchi kabi yirik olimlarning rahnamoligida bu madrasalar madaniyat, ilm-fan, sanʼat adabiyotning beshigiga aylangan edi.
Ulug‘bek va uning davri dunyo ilm-fani tarixida o‘zgacha iz qoldirgan. Bu xususda fransuz faylasufi Fransua- Mari Arue de Voltyer (1694-1778) so‘zlarini eslash kifoya: "Ulug‘bek Samarqandda birinchi ilm-fan markaziga asos soldi, u o‘zi boshchilik qilgan astronomik akademiyaga yer kurrasini o‘lchashni buyurdi va falakiyotshunoslik jadvallarini tuzishda o‘zi bevosita ishtirok etdi".
Afsuski, keyingi asrlarda madrasalarda taʼlim sifati tushib ketdi, asosiy eʼtibor diniy ilmlarga qaratila boshlandi. Albert Eynshteyn aytganidek, "dinsiz ilm cho‘lok, ilmsiz din ko‘rdir". Madrasalarda aynan dinsiz ilm yoki ilmsiz din o‘rtaga chiqdi. Buning oqibatida islom olami alal-oqibat G‘arb dunyosi bilan sivilizatsion musobaqada yutqazdi va ilmiy-texnologik jihatdan orqada qoldi...
Sho‘ro tuzumining bosimlari tufayli 1920-yilda Samarqandda o‘z faoliyatini to‘xtatgan eng so‘nggi ilm dargohlari Mirzo Ulug‘bek va Sherdor madrasalari bo‘l edi. Oradan 7 yil o‘tgach, 1927-yilda hozirgi Samarkand davlat universiteti tashkil etildi. Bu oliy o‘quv yurti 1929-1930-yillarda pedakademiyaga aylantirildi. Shundan buyon universitet 90 yil davomida shonli yo‘lni bosib o‘tdi. Shu yillar davomida xalqimizning intellektual salohiyatini belgilaydigan maʼrifat o‘chog‘i, mamlakatimizning kadrlarga bo‘lgan talabini qondirib kelgan taʼlim muassasasi sifatida faoliyat yuritdi. IX-XV asrlarda dunyo ahli Farg‘oniylar, Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Ali Qushchilar, Qozizoda Rumiylarning ilmiy kashfiyotlaridan bahramand bo‘ldi. Hozirgi G‘arb fan-texnikasi o‘sha buyuk ajdodlarimiz qilgani kashfiyotlar yordamida shakllanshani tufayli ularning merosi chuqur o‘rganilib, ardoqlanmoqda.
Bu buyuk olimlar madrasalarning ilmiy-taʼlimiy mahsuli edi va mazkur ilm dargohlari davomchi lari bugungi universitetlarimizdir. XXI asrda ana shu barhayot anʼanalar izidan borib, yurtimizni ilmiy-texnik taraqqiyot cho‘qqisiga olib chiqishimiz lozim, bu yo‘lda olimlarimizga SamDU tarixini Mirzo Ulug‘bek madrasasi tashkil etilishi bilan bog‘lash kabi mantiqli va o‘rinli qadam katta ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishlashi, ularni yangi ilmiy kashfiyotlarga undashi tabiiy.
Bunday qaror yurtimizning qadimiy madaniyati va ilm-fanining yangi qirralarini yana bir karra dunyoga tanitish, buyuk mutafakkir bobolarimiz va dunyoviy shuhratga ega madrasalarimiz merosini targ‘ib etishga xizmat kilgan bo‘lardi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, "Bizning havas kilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va sanʼatimiz xam, albatta, bo‘ladi".
Jo‘liboy Eltazarov.
Yangi O‘zbekiston gazetasi. 2020 y. 35-son.
Fikr qoldirish#