Xorijda Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Boburlarga nisbatan «mongol» tushunchasini ko‘p ishlatadilar va achinarlisi, bu fiqrga qattiq ishonadilar. Misol uchun, Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»si 1722 yilda Parijda «Mo‘g‘ullar va tatarlar imperatorы buyuk Tamerlan, yaʼni Temurbekning tarixi» so‘zlari bilan fransuz tilida nashr etilgan edi. Holbuki, asliyatda bunday so‘zlar keltirilmagan. Amir Temurning milodiy 1391 yilda To‘xtamishxon bilan savashishga borayotib, Ulutovda ona tilimizda bitigtoshga o‘ydirib yozdirgan so‘zlar ichida «Turonning sultoni» iborasini uchratamiz, unda «mo‘g‘ul», «tatar» degan tushunchalar yo‘q. Bu borada ko‘p bahslashish, dalillar keltirish mumkin. / Dastavval, Amir Temur shaxsiyatini olib ko‘raylik. U shahrisabzlik turk amiri edi. Chingizxon bosqini paytida va undan ham avvallari Movarounnahrda, jumladan, Shahrisabzda turklar yashardi. Masalan, «Turkiyi Hindistonam, hindaviy go‘yam chu ob» (Hindistonlik turk bo‘lsam ham, hindchani suvday bilaman) deb faxr bilan yozgan Amir Xusrav Dehlaviyning (XIII asr) otasi shahrisabzlik turk amiri Sayfiddin Mahdum; u mo‘g‘ul bosqini tufayli Hindistonga ketishga majbur bo‘lgan. Amir Temur ana shunday zaminda, qadimiy shaharda dunyoga keldi. Eslatib o‘tish joizki, Turkistonda chingiziy xonlardan eng birinchi islomni qabul qilgan kishi Tarmashirinxon (1326-1334) bo‘ldi, shundan keyingina mo‘g‘ullar xondan ulgi ko‘tarib musulmonlikni qabul qila boshladilar. Holbuki, bu paytda Amir Temurning otasi Amir Tarag‘ay yurtda mashxur shayx Shamsiddin Kulolning muridi bo‘lib, taqvodor musulmon sifatida nom qozongandi, Sharafiddin Ali Yazdiy so‘zlariga ko‘ra: «...Tarag‘aybek ulamo va sulaho va muttaqilarga mushfik; va mehribon erdi va bularning majlisida borur erdi... bu jihatdinkim, hazrat Haqqning sevar bandalarini sevar erdi...». (Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. Muhammadali ibn Darvishali Buxoriy tarjimasi, So‘z boshi, tabdil, izoxdar va kursatkichlar mualliflari: Ashraf Axmedov, Haydarbek Bobobekov. T., 1997. 12-bet.)
Amir Temur davrini sinchiklab o‘rgangan fransuz tarixchisi Rene Grusse o‘zining «Sahro saltanati» kitobida shunday yozadi: «Temuriylarning tarixchilari uning shajarasini Chingizxon safdoshlaridan biriga va hatto Chingiziylardan biriga olib borib ulashga xarakat qiladilar. Aslida esa u hech qanday mo‘g‘ul emasdi u turkiy edi». (Amir Temur jahon tarixida. Toshkent, 1996, 40-bet.)
Chindan ham u turk amiridir, Turkiston farzandidir, bu isbot talab qilmas haqiqatdir. Shu haqda fikr yuritganda, ikki jihatni esda tutish o‘rinlidir, deb hisoblaymiz.
Birinchidan, u yurt boshiga kelganda, o‘zini xon atamadi, balki chingiziy Suyurgatmish o‘g‘loini xon qilib ko‘tardi, o‘zi amirlik rutbasida qoldi. Agar u mo‘g‘uldan, Chingizxon avlodi bo‘lganida bunday qilishiga ehtiyoj tug‘ilmasdi. «Amir» mavqsidan qura «xon» martabasi yuksakligi ayon, albatta. Ammo u insofli va diyonatli zot edi, shuniig ychun bunday qilolmasdi.
Ikkinchidan, u chingiziylarga qandaydir yaqinligini, daxldorligini taʼkidlash uchun o‘sha davr taomili shunday edi, – chingiziy Qozon Sultonxon qizi Saroymulkxonimga uylandi va Chingizxon avlodigi «ko‘ragon» (kuyov bo‘ldi), xatto farzanlarining ham shunday mavqega ega bo‘lishlari uchun kurashdi. Bu anʼana o‘g‘il, nabira, evara-chevaralarda ham davom etdi (masalan, Jahongir Mirzo, Mironshoh Mirzo, Zahiriddin Muhammad Boburning otasi Umarshayx Mirzo Mo‘guliston xoni qizi Quglug‘ Nigorxonimga uylangan va ko‘ragon bo‘lgan edi. Sohibqironning bunga nechog‘lik ahamiyat berganligiii shundan ham bilish mumkinki, davlat tangalarida doim ixlos bilan «Amir Temur» so‘zlari yonida albatta «Ko‘ragon« kalomini zarb qildirardi.
Sharafiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» muqaddimasida Chingizxon bilan Amir Temur o‘rtasidagi farqqa to‘xtalib shunday yozadi: «Chingizxon qaysi shahar va viloyatnikim bosib olgan bo‘lsa, na ul joydan asar qoldi-yu, na ulusidan xabar… Hazrat sohibqironning baxtiyor zamonida fath etilgan joylar esa, nizochilar va dushmanlarning ixtiyoridan butunlay chiqdi va … ahvoli oldingisidan ham ancha yaxshiroq va obodroq, xalqi esa tinch va hursand bo‘ldi.
...Darhaqiqat, ustunlik va istilodan maqsadlari faqatgina dunyoviy hoyu-havasga va bu olam o‘tkinchi lazzatlariga erishishdan iborat shaxslar bilan dindor, ishlari maqtovga sazovor hamda olam nishonli bayroqni o‘rnatishgan maqsadi islom (dini)ni yuksaltirish bo‘lmish kishilar o‘rtasida farq katta…». (Amir Temur ajdodlari (Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asaridan terma-tarjima). Fors tilidan tarjima, kirish so‘z va izohlar muallifi Omonulla Bo‘riyev. Masʼul muharrir Asomiddin O‘rinboyev. Toshkent. 1992. 29-bet.)
Ulug‘ tarixchimiz, ikki millat vakili, ikki eʼtiqod sohibi, ikki tuprok farzandi, zimmalariga yuklatilgan vazifalarga ko‘ra mutlaqo bir-biriga o‘xshamagan ikki siymo haqida fikr bildirib, ular orasida «farq katta»ligini aytganda, shubhasiz, mutlaqo haq edi.
Amir Temurning o‘zi turk amiri bo‘lib turganda, uning beshinchi avlodi Zahiriddin Muhammad Boburning kuppa-kunduzi mongol jahongiri bo‘lib qolishi, «Buyuk Mo‘g‘ullar imperiyasi»ga asos solishi yana ham qiziq. Yuqorida keltirilgan nashrlarning qariyb barchasida Boburga shunday taʼrif beriladi. Bu borada chuqur izlanishlar olib borayotgan taniqli olim Sayfiddin Jalilovning guvohdik berishicha, hatto Akbarshoh zamonida ham boburiylarni hech kim «Buyuk Mo‘g‘ullar» deb atamagan, «turkiy davlat» tushunchasi muqim ekan. «Fransuz yozuvchisi Flora Anna Stil, – deb taʼkidlaydi olim. «Boburxon» romanining kirish so‘zida ovrupoliklar Boburshoh, sulolasini «Buyuk Mo‘g‘ullar» deb xato aytib kelayotganini taʼkidlaydi». (S.Jalilov. Bobur va Yuliy Sezar. Toshkent. 2001, 23-bet.)
Yuqorida keltirilgan fikru mulohazalardan ko‘rinadiki, Sohibqiron Amir Temur Ko‘ragon va uning avlodlarining mongollarga, «mongol’’ (mo‘g‘ul) tushunchasiga hech bir daxli yo‘q.
This article reveals through true facts unjust approaches to Amir Temur and Bobur by foreign researchers naming them «Mongols». The author emphasizing western researches criticizes them and states that the word «Mongol» does not concern Temurids family.
Muhammad Ali
Temuriylar tarixiga oid manbalar. «Temuriylar tarixiga oid manbalar» mavzuida o‘tkazilgan Respublika ilmiy anjuman materiallari.
Masʼul muharrir: t.f.n. Nozim Habibullayev; ilmiy muharrir: t.f.n. Omonullo Bo‘riyev O‘zR FA Temuriylar tarixi Davlat muzeyi 23 mart 2006 yil. 3-KITOB. – Toshkent, 2008. – B.5-7. (O‘zbekcha);
О понятии «монгол» (мугул), используемый в отношении Сахибкирану.
Fikr qoldirish#