Turkiyaning Karabuk shahrida tavallud topgan. 1979-1983 yillarda Istanbul universiteti Adabiyot fakultetining Turk tili va adabiyoti bo‘limida o‘qigan. Professor, doktor Mehmet Akalin rahbarligida «Tarjimayi Zafarnoma»ning 154b\7-182b varaqlarining til xususiyatlari, transkripsiyasi va indeksi» nomli bitiruv ishini amalga oshirgan. «Zafarnomayi Amir Temur» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1983-1985 yillarda «Dargoh»nashriyotida, 1985 yildan boshlab esa Meʼmor Sinon universitetida o‘qituvchi, dotsent, bo‘lim mudiri lavozimlarida ishlagan.
Bobur ijodi haqidagi «Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo. Mubayyin (Fiqh)» asari 2004 yilda Istanbulda chop etilgan. Asarning faksimilesi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi fondidagi nusxadan olingan. Boburning «Aruz risolasi»dagi til va imlo xususiyatlariga bag‘ishlangan maqolalari «Turk tili va adabiyoti» jurnalida (2004 yil 217-241 sonlar) nashr qilingan.
Alisher Navoiyning «Siroju-l-muslimin» asari va g‘azallari haqida izlanishlar olib borgan. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘ati-t-turk» asari borasida ham ishlari mavjud. «Turk tili va adabiyoti ensiklopediyasi » mualliflaridan biri.
Hozirda Istanbuldagi Go‘zal sanʼatlar universitetining Fan-adabiyot fakulteti Turk tili va adabiyoti bo‘limida dars beradi.
Zahiriddin Muhammad Bobur mirzo va «Mubayyin» (fihh) asari.
Asar 2004 yidda Istanbul (Turkiya)da chop qilingan. U Kirish, Tanqidiy matn, So‘zlik, Manbalar va faksimile nusxadan iborat. Ushbu ilmiy tadqiqotning Kirish qismdan parcha eʼlon etilayotir. Turk tilidan H. Boltaboyev va Sh. Hayitov tarjimasi.
1. Zahiriddin Muhammad Bobur mirzo va uning davri.
Bobur Mirzo, Zahiriddin Muhammad (1483 yil 14 fevral – 1530 yil 25 dekabr). Hindistonda buyuk turk saltanatining quruvchisi, shoir, adib... Bobur Mirzoning otasi Umarshayx Mirzo Temurning nabirasi, Farg‘ona viloyatining hokimi, onasi Qutlug‘ Nigor xonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizidir. Nasabi ota tomonidan Temurga (Bobur b.(inni) Umar Shayx Mirzo II, b. Sulton Abu Said Mirzo b. Sulton Muhammad Mirzo b. Mironshoh Mirzo b. Temur) ona tarafidan Chingizga (Qutlug‘ Nigor b. Yunus b. Sher Ali O‘g‘lon b. Muhammad b. Xizir xoja b. Tug‘luq Temur b. Eson Bug‘a b. Duva b. Baroq b. Yusun Teva b. Motugen b. Chig‘atoy b. Chingizxon)ga bog‘lanadi.
«Ham sharqiy chig‘atoy mo‘g‘ul xonlari, yaʼni chingiziy hamda temuriy bo‘lgan Bobur Mirzo bu ikki dunyoning go‘zalliklarini birlashtirgan. Movarounnahr va Xurosonda o‘troq holda yashagan temuriylar madaniyatining davomchisi, Mo‘g‘ulistonda esa ko‘chmanchi sifatida hayot kechirgan qavmlarning davomchisi bo‘lgan Bobur Mirzo bolaligini bu ikki hudud orasida joylashgan Farg‘ona o‘lkasining Andijon shahrida kechirgan» (Kilic, Nurten. Siyasal Kulturde Degiim: Seybani Han ve Ozbek Siyasal Olusumu / Qilich Nurten. Siyosiy madaniyatda o‘zgarish: Shayboniyxon va O‘zbek siyosatining vujudga kelishi (1500-1510). — Ankara: 1999. — B. 124). Bobur Mirzoning bolalik davridan siyosiy faoliyatigacha o‘tgan davr keng qamrovni o‘z ichiga olgan (Bu haqda qarang: Arat, R.R. Baburname, Kultur ve Turizm Bakanligi Yay., Ankara: 1985).
2. XVI asrning birinchi yarmidagi madaniy hayot.
Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo temuriylar sulolasining so‘nggi namoyandalaridan bo‘lib, Movarounnahrda o‘zbek xonligining vujudga kelishida bosh asoschilardan hisoblanadi. XVI asr boshlarida yuzaga kelgan o‘zbeklar harakati hududdagi madaniy hayotga har tomondan o‘z taʼsirini o‘tkazgan.
Movarounnahr, Xorazm va Hindistonda Husayn Boyqaro zamonida bo‘lganidek, Bobur Mirzo va Shayboniylar davrida ham meʼmorchilik, tarix, adabiyot, sanʼat, musiqa va sanʼatning boshqa sohalariga eʼtibor katta bo‘lgan. Samarqand va Buxoro, madaniyatning yirik o‘chog‘iga aylangan Hirot bilan bir qatorda Sheroz XVI asrda eng ko‘p asarlar yaratilgan shaharlardan biri sifatida nom qozongan. Bobur Mirzo ham temuriylar sulolasining davomchisi sifatida shoirlar, olimlar va sanʼatkorlarga katta eʼtibor beradi. «Boburnoma»da ismlari keltirilgan Sayfi Buxoriy, Abdulloh Masnaviygo‘y, Mashhadiy, Behzod, Husayn Udiy, Mavlono Shayx Husayn va boshqa shaxslar o‘z sohalarida nom qozongan kishilardir. Bobur Mirzo umrining ko‘p qismini shaxsiy kutubxonasida o‘tkazib, o‘zigacha yaratilgan asarlarni o‘qib, yaxshi tahsil olgan (Ayni asar. — B. 255-290). Alisher Navoiy, Lutfiy kabi zamondoshlari hamda o‘zidan oldingi shoir va yozuvchilarning asarlarini o‘qib, o‘zining ilmiy dunyoqarashini kengaytirgan (Boburning eng muhim asari «Aruz risolasi» bo‘lib, sheʼr yoza boshlaganiga bir necha yil bo‘lgan bir paytda o‘z iqtidori bilan Alisher Navoiyning «Mezonu-l-avzon» asaridagi aruz vazniga oid xatolarni topadi. Shunga qaramay xatolari bo‘lgan ushbu ruboiylarni misol sifatida keltiradi).
3. Taʼlimiy asarlar yaratish anʼanasi.
«...Ulug‘bekdan so‘ng Abu Said Mirzo davri (1451-1469)da ijtimoiy-siyosiy hayotda inson markaziy o‘rin egallab, suyurg‘olga o‘xshash ehsonlar ortib bordi. Xoja Ubaydulloh Ahror kabi shahar aholisi vakillaridan bo‘lgan shayxlar, ijtimoiy-siyosiy hayotda muhim rol o‘ynay boshladi. Abu Said Mirzoning o‘limidan so‘ng uning o‘g‘illari davrida bu holat yanada kuchaydi» (Kilic, Nurten. Siyasal Kulturde Degiim: Seybani Han ve Ozbek Siyasal Olusumu Qilich Nurten. Siyosiy madaniyatda o‘zgarish: Shayboniyxon va O‘zbek siyosatining vujudga kelishi (15001510). — Ankara: 1999. — B. 79). Husayn Boyqaro (1470-1506) dinning taʼsirini yanada kengaytirdi. Ushbu hududga kelib o‘rnashgan o‘zbeklarda ham Bobur Mirzo bunday vaziyat bilan juda ko‘p marotaba to‘qnashgan.
Shayboniyxon davridan siyosiy va madaniy unsurlar vositasida so‘fiy shayxlar hamda ulamolar bilan yaqin aloqa o‘rnatish faoliyati boshlanadi. Shu tariqa so‘fiylar tariqatining taʼsiri ostida mushtarak siyosat yuzaga keladi. Xalq ham buni qo‘llab-quvvatlaydi. Bobur Mirzo Samarqandga kirib kelganida xalq uni temuriylardan bo‘lganligi sababli qabul qiladi va shayxulislom bilan maslahatlashib siyosat yuritishini istaydi.
Tilimiz tarixida diniy asarlar muhim ahamiyatga ega. Har bir davrda, eʼtiqod dunyosidagi o‘zgarishlarga qarab, bunday asarlar goh tarjima qilinib, goh esa yangidan yaratilgan. Yaxshi taʼlim olgan, turkiy bilan bir qatorda arab va fors tillarini yaxshi bilgan kishilar tillarni yaxshi bilmaganlarga o‘rgatish maqsadida diniy asarlar yaratishgan. Bitilgan asarlar turk tiliga tarjima qilingan (Seybani Han. Risale-I Ma’arif, British Museum, nu: OR. 12956, Meshedi hatti, 46 yaprak, 10 (M916)). Bunday holatlar islom dinining turklar tomonidan qabul qilinishi barobarida davom ettirilgan. Dastavval, Qurʼon tafsirlari tarjimalari va boshqa ilmlarni o‘z ichiga olgan kitoblar vujudga kela boshlagan. Bular: «Kitobi muqaddimai Abdullays Samarqandiy» (Kitab-i Mukaddime-i Ebu’l-laysi’s Semerkandi, Alatuik Universitesi Fen-Edeb. Fak. Yay., Erzurum: 1987. «Kitobi muqaddimai Abullays Samarqandiy» (Rejep Toparli tomonidan tayyorlangan). Otaturk universiteti: Fan-adabiyot fakulteti nashri, Arzurum, 1987), «Muinu-l-murid» (Mu’inu’l-Murid, Ataturk Universitesi Fen-Edeb. Fak. Yay., Erzurum: 1988. «Muin ul murid» (Rejep Toparli tomonidan tayyorlangan), Otaturk universiteti: Fan-adabiyot fakulteti nashri, Arzurum, 1988), «Atabatu-l-haqoyiq» (Rashid Rahmati Arat tomonidan tayyorlangan: Atebetu’l-Hakayik, TDK Yay., 2. Baski, Ankara: 1992 («Atabutul-haqoyiq», TDK nashri, Anqara, 1992)), «Nahju-l-farodis» (Nahcu-l-faradis), «Qisasi Rabg‘uziy» (Aysi Ata tomonidan tayyorlangan: Kisasu’I-Enbiya, II cild, TDK Yay., Ankara: 1997 («Qisas ul-anbiyo», II jild, TDK nashri, Anqara, 1997)), «Miftohu-l-adl» (Abdulboqi Cheten tomonidan Agah Sirri Levend nusxasi Yuksak Lison tezisi asosida tayyorlandi: Hacioglu Huseyn Miftahu’l-Adl, Ataturk Universitesi, Basilmamish Yuksek Lisans tezi, Erzurum: 1998 (Hoji o‘g‘li Husayn. Miftohul-adl. Arzurum, 1998)) va boshqalardir. Xorazmshohiylar davridan boshlangan bu diniy asarlar yaratish anʼanasi eski chig‘atoy davriga kelib to‘xtab qolgan. Ilk o‘zbeklar davrida bu anʼana goh islom hayotining qanday bo‘lishi lozimligini ko‘rsatuvchi hikmatlar shaklida, goh diniy masalalarni ilmiy jihatdan yorituvchi asarlar sifatida yangidan jonlana boshlagan. Garchi mumtoz chig‘atoy (mumtoz adabiyot) davrida Alisher Navoiy «Siroju-l-muslimin» nomli asarini yaratgan bo‘lsa-da, bu dinni o‘rgatish maqsadidan ko‘ra ko‘proq o‘zi suhbatlarida ishtirok etgan Xoja Ahrorga nisbatan qarzdorlik sifatida yozilgan (Sulaymoniya kutubxonasi Shahid Ali Posho bo‘limi, 1634 raqamli qo‘lyozma).
Islom dunyosi sunniylar va shialar sifatida ikkiga ajralgan. Turklar, asosan, islomning sunniylik xanafiyya-moturidiyya maktabini ixtiyor qilishgan. Temuriylarning so‘nggi vakillari va o‘zbekxonlarning ilk davrida shialik davlat diniga aylanishi bilan sunniy-shia kurashi boshlangan. Islomlashish jarayonining tugashi davrida o‘rin olgan o‘zbek xonlari ham shia mujodalasini davom ettirishgan. Ushbu mujodala, bir tomondan, jang maydonlarida qilichlar vositasida, boshqa tomondan esa, qalam vositasida amalga oshirilgan. Ular sunniy-hanafiy eʼtiqodini o‘rgatish bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Diniy rahbarlik vazifasini bajargan xonlar xalqqa sunniylik va hanafiy mazhabi borasida tushunchalar berib borgan. Shayboniyxonning «Risolai maorif» (Seybani Han. Risale-I Ma’arif, British Museum, nu: OR. 12956, Meshedi hatti, 46 yaprak, 10 (M916)), Ubaydullohxonning «Tarjimai qavoidi Qurʼon fi-l Furqon» (Qo‘lyozma, Anqara Millat kutubxonasida A 4690 raqami ostida sakdanmoqda), «Masoilu-s-salot» (Nur Usmoniya kutubxonasida 4909 raqami ostida saqlanmokda. Boshqa nusxalari ham mavjud) kabi asarlari asosida darslar tashkil etilgan. / Bobur Mirzo dinni siyosat darajasiga olib chiqmagan. Buning natijasida Shayboniyxonga qarshi Samarqandni himoya qilolmay, sharqqa mujodala qilgan. O‘sha paytlarda Bobur Mirzo o‘zining «Mubayyin» nomli asarini yaratgan. Bu asarni mumtoz chig‘atoy adabiyotida yaratilgan asarlardan keyingi taʼlimiy asar sifatida sanashimiz mumkin. «Mubayyin» asarida Bobur Mirzoning olimligi va sunniy shaxsiyati ko‘rinadi (Kuprulu G‘. Chag’atay Edebiyati, IA, Cild III, Istanbul: 1963. 270-323).
4. Boburshohning eʼtiqodi va bu sohadagi taʼlimi (Bobur Mirzoning diniy qarashlarining manbasi va eʼtiqodi haqida qisqacha so‘z yuritiladi).
Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo eʼtiqodiga ko‘ra hanafiy mazhabining naqshbandiylik tariqatiga mansubdir (Batafsil maʼlumot olish uchun B. Bobojonov (1996) «Zahir al-Din Muhammad Mirza Babur et les Shaykh Nakshbande de Transoxiane», Cahiers D’Asie Cenrale 1-2: 219-226; A. Schimmel (1960), Babur Padishah, the Poet, With and Account of the Poetical Talent in his Family», Islamic Culture XXXIV, 2: 126-139). Otasi Umarshayx Mirzo Xoja Ubaydullohning muridi hisoblanadi. Bobur Mirzo ham Xoja Ahror muridlaridan Xoja Mavlono Qoriga eʼtiqod qiladi. Tariqat tomonidan yaxshi taʼlim olgan Bobur Mirzo uchun mashhur naqshbandiy shayxlaridan bo‘lgan Mahmudi Aʼzam Ahmad Kosoniy «Risolai Boburiyya» nomli asar ham yozgan. «Muzakkiri ahbob»da oilasi va nikohi Xoja Ubaydulloh Ahrorning (Buhara, Khwaja Baha al-din Hasan Nithari (tayyorlovchi Said Muhammad Faalulloh, 1969), 91-92-betlar; Mudhakkir-i-Ahbab, New Delhi: 89-94) istagiga bog‘liq ekani ifodalanadi. Qolaversa, ushbu fikr mazkur asarda bir forscha bayt orqali ham Xoja Ahrorga bog‘liqligi isbotlanadi. «Xojagiro mondaamu xojagiro bandaam» (Xoja uchun qolganman va xojaga qul bo‘lganman) (Buhari, Khwaja Baha al-din Hasan Nithari (tayyorlovchi Said Muhammad Fazlulloh, 1969), 91-92-betlar; Mudhakkir-i-Ahbab, New Delhi: 92).
Bobur Mirzo islomda o‘zini yaxshi tarbiya qilgan, bu sohadagi eng muhim manbalarni o‘qigan. Bobur Mirzo (hijriy) 903 yil voqealarini tasvirlar ekan: «Hidoyaning egasi Farg‘onaning Marg‘ilon viloyatidandir. Imom Abu Hanifa mazhabida «Hidoya»dan mo‘tabarroq fiqh kitobi yo‘qdir» deb, fiqh sohasida muhim manbalardan foydalanganini tasdiqlaydi (Arat, R.R. Baburname, Kultur ve Turizm Bakanligi Yay., Ankara: 1985).
Burhoniddin Abul Hasan Ali binni Abu Bakr binni Abdul Jalil Farg‘oniyning (vafoti 593/1197) bosh asari «Hidoya», Kuduriyning «Muxtasar», Shayboniyning «Al-Jomeʼ as-Sag‘ir» asarlariga asoslanib yozilgan «Kitob Bidoal al-Mubtadoiy»ga yozilgan sharhidir. Keyinchalik ora-sira sharh etgan (Heffening, «Merginani», I.A., C.7, Istanbul: 1970. — 761), Ali binni Abu Bakr Marg‘iloniy kabilarning ilmidan bahramand bo‘lgan. «Boburnoma»da 925 yil yuqealari tasvirlanar ekan, maxsus fikh darslari tashkil etilgani haqida so‘z boradi (Babur, Zahir al-din Muhammad (tayyorlovchi Eiji Mano), 1995. 376/1-2). «...Yana Kad ixtiyor etti. Kadlikni xo‘b qildi, fiqhda bir forsiy risola bitibtur, tavr risoladur. Yana har mazmun bilan iqtibos uchun aytgan so‘zini jam qilibtur». «Kad ixtiyor kadlig‘ini yaxshi yopdi. Fikh haqida go‘zal bir forscha risola yozmishdir. Bir iqtibos uchun so‘z jumlalarini nazmga ko‘ra to‘plagandir» (Arat, R.R. Baburname, Kultur ve Turizm Bakanligi Yay., Ankara: 1985. — 278).
Bobur Mirzoda biz xalq eʼtiqodlarining keng o‘rin egallaganini ko‘rishimiz mumkin. «Xotirot»da duo va ishonch kuchi orqali himoyalanish, turli tabiat hodisalariga ham mana shu yo‘l bilan to‘sqinlik qilish mumkinligiga oid qarashlar mavjud: «198 b...Qo‘lida yalang‘och qilich bilan birdan chorbog‘ eshigidan kirdi. Menga to‘g‘ri kela boshladi. Men zirh kiygan edim, biroq kamar bog‘lamagan va mug‘far kiymagan edim. Bir necha marotaba: «Ey do‘st, bey do‘st» deb baqirdim. Ahmad Yusuf ham baqirdi. Sovuq va qordan titraganligim sababmi, meni tanimadi. Yoki muhoraba tashvishi sababmi, hech chekinmasdan yalang‘och qo‘limga qilich urdi. Tangrining inoyati bilan menga qilchalik taʼsir qilmadi. Qilich qanchalik dunyoni o‘rnidan qo‘zg‘ata olsa-da, Tangrining iznisiz bir tomirni ham kesa olmaydi. Men bir duo o‘qigan edim. Buyuk Tangrining zararni daf etishi va kelgan balodan qutqarishi mana shu duoning kuchi edi. Yaʼni: Ey Tangrim, sen mening Rabbimsan, sendan boshqa iloh yo‘q. Senga tavakkul qildim. Sen buyuk arshning egasisan. Tangri nimani istasa bo‘ladi, nimani istamasa bo‘lmaydi. Hech qanday qudrat va quvvat mavjud emas va bularning barchasi Buyuk va Ulug‘ Tangrining qo‘lidadir. Bilki, Tangri har narsaga qodir. Tangri barcha narsani ilmi bilan ihota qilgan va har narsani bittalab sanagan. Ey Tangri, men o‘zimning yomonligimdan, boshqalarning yomonligidan va panjam tutgan hayvonlarning yomonligidan senga sig‘inaman. Sen buyuk arshning Rabbisisan» (Arat, R.R. Baburname, Kultur ve Turizm Bakanligi Yay., Ankara: 1985. — 311).
«330... Yog‘in ko‘p behad bo‘ldi. Bir tilsimni bilur edim. Mulla Ali Xonga o‘rgatdim (Babur, Zahir al-din Muhammad (tayyorlovchi Eiji Mano), 1995. 398/5-7).To‘rt parcha qog‘ozga bitib to‘rt tarafga osdi. O‘shal zamon yomg‘ir to‘xtab, havo ochilmoq bunyod qildi (Arat, R.R. Baburname, Kultur ve Turizm Bakanligi Yay., Ankara: 1985. — 399).
«Ushbu nemat (ular kofirlikni ixtiyor ettilar) aytti, imsollar haqida kofirlarning quvvatlari haqida... (Arat, R.R. Baburname, Kultur ve Turizm Bakanligi Yay., Ankara: 1985. — 509) («Har ish nafs uchun qilinar») jumlasini nazarda tutgan, ...( Arat, R.R. Baburname, Kultur ve Turizm Bakanligi Yay., Ankara: 1985. — 512).
Zohidlikni xushlamagan Boburshoh ozod hayot kechirgan. Baʼzan diniy, baʼzida esa dunyoviy hayot tarzi uning tom maʼnoda islom podshosi bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. 933 yil jumodul avval oyida tavba qilguniga qadar Boburshoh din shartlarini bajarish bilan birga ichkilik majlislariga ham tez-tez vaqt ajratgan.
Uning diqqatni tortuvchi jihatlaridan biri vaqt o‘lchovlarida duolarning o‘qilish muddatidan foydalanganidir: «288b... daqiqaning miqdori taqriban olti qatla Fotihani Bismilloh bilan o‘qigunchadir». «Kim bir kecha-kunduz sakkiz ming olti yuz qirq navbat Fotihani Bismilloh bilan o‘qiguncha bo‘lg‘ay...( Arat, R.R. Baburname, Kultur ve Turizm Bakanligi Yay., Ankara: 1985. (Rashid Rahmati Arat. Boburnoma. Madaniyat va turizm nashri, Anqara, 1985))
5. Bobur mirzo asarlari.
Bobur adabiy-ilmiy va diniy-tasavvufiy sohalarda asarlar yozgan:
1. Xotirot (Arat, R.R. Baburname, Kultur ve Turizm Bakanligi Yay., Ankara: 1985. (Rashid Rahmati Arat. Boburnoma. Madaniyat va turizm nashri, Anqara, 1985). / Beveridce, Annette Susannah, The babur-nama in English (Memoirs of Babur) Tmaslated from the original Turki Text of Zahira’d-din Muhammad Babur Padshah Ghazi, Reprinted london, 1969 (Anneta Susanna Beverij, «Boburnoma»ning inglizcha tarjimasi (Boburning xotiralari). London, 1969. / Sen, Mesut, Baburname, [Girish-Metin (Kabil ve Hindistan Boumleri) Aciklamali Dizin] Basilmamish Doktori Tezi, Marmara UniversitesiTurkiyat Enstitusu, Istanbul. 1993 (Mecyr Shen Boburnoma [Kirish matn (Kobul va Hindiston bo‘limlari)] Istanbul, 1993). / Thackston, Jr W.M. Zahiruddin Muhammad Babur Mirza: Baburnama, III Cilt, The Departmen of Near Eastern Languages and Civilizations Harvard University, 1993 (Tekston M. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo, Boburnoma, III jild, 1993)).
2. Devon (Samoylovic A. Sobranie Stihatvoreniy Imperatora Babura. Petrograd, 1917 (Samoylovich A. Shoh Boburning sheʼrlari to‘plami. Petrograd, 1917). / Yucel, Bilal, Babur Divani Ataturk Kultur Merkezi Yayini, Ankara: 1995 (Yujal Bilol. Bobur devoni. Otaturk madaniyat markazi nashri, Anqara, 1995)).
3. Aruz risolasi (Scerbak, A.M. Socinenie Babura ob Aruze: previtel, Narodi Azii i Afriki, 1969. No 5: 156-168 (Shcherbak A.M. Boburning aruz haqidagi asari, 1969). / Babur, Zahir Ed-din Muhammad (Haz. I. V Steblevai, 1972), Traktat ob Aruze: faksimike rukopisi, Moskva (Zahiriddin Muhammad Bobur Aruz Risolasi. Nashrga tayyorlovchi Stebleva I.V. Moskva, 1972)).
4. Mubayyin.
5. Risola-i volidiyya (Bodrogligeti, A.J.E, «Babur Shah’s Chagatay Verseion if the Risala-i Validia: A Central Asiant Turkic Treatise on How to Emulate ze Prophet Muhammad» Ural-Altaiseche Jahrbocher, Eurolengua: 1984. 1-61. / Bilkan, Ali Faut. Risale-i Validiyye, Tercumasi, Kitabevi, Istanbul. 2001 (Bilkan, Ali Fuat. Risola-i volidiya, tarjima kitobi, Istanbul. 2001)).
6. Vasiyatnoma (Beveridce, A.S. «Further Notes on Baburiana. II. Paternal Counsels Attr’buted to Babur in a Bhopal M.S.», JRAS: 1923 75-82. / Akun, Omer Faruk, «Babuur», Islam Ansiklopedisi, C.4, Turkiye Diyanet Vakfi Yayini, Istanbul: 1991, 395-400 (Akun Umar Foruq. Bobur. Islom ensiklopediyasi, Istanbul, 1991: 395-400 b). / Bobur, Zahiriddin Muhammad. Kitobu-s-salot (tayyorlovchilar Amir Fayzulla, Saidbek Hasan, Alibek Rustamov). Toshkent: Abdulla Qodiriy nomli xalq merosi nashriyoti, 1993. / Arat, R.R. Baburname, Kultur ve Turizm Bakanligi Yay.,).
«Mubayyin» taʼlimiy asar bo‘lgani sababli badiiylik jihatidan katta ahamiyatga ega bo‘lmasa-da, balandparvoz tasvirlardan yiroq, nihoyat darajada boy, turkchani bir tekis, muvaffaqiyat bilan aruz qolipiga singdirish natijasiga yaratilgan asardir.
Ushbu asar tilning bir mahsuli sifatida, avvalo, turk tili tarixiga, qolaversa, hanafiy fiqhi masalalari hamda Bobur tashkil etgan saltanatda tadbiq etilgan soliq tizimini yoritishi bilan ahamiyatlidir (Arat, R.R. Baburname, Kultur ve Turizm Bakanligi Yay., Ankara: 1985: 562-563 (Rashid Rahmati Arat. Boburnoma. Madaniyat va turizm nashri, Anqara, 1985: 562-563)).
Asarning nomi Berezin nusxasining jildida «Mubayyin dar fikh» deb ko‘rsatilgan. Asar turlicha nomlangan bo‘lib, «Mubayyin» so‘zi «Mubin» (Kuprulu Fuat. Turk Dili ve Edebiyati Hakkinda Arashtirmalari, Istanbul, 1934: 221 (Ko‘prulu Fuod. Turk tili va adabiyoti tadqiqotlari. Istanbul, 1934, 221 b)) «Mubayyin» (Bobur Zahiriddin Muhammad. Kitobu-s-salot (tayyorlovchilar Amir Fayzulla, Saidbek Hasan, Alibek Rustamov). Toshkent: Abdulla Qodiriy nomli xalq merosi nashriyoti, 1993) shakllarida o‘qilgan.
Bobur 2253 raqamli baytida asar nomiga to‘xtaladi:
Chun bayon qildim anda sharʼiyyot
Ne ajab gar dedim «Mubayyin» ot (Bunda shariat bilan bog‘liq narsalarni izohladim, «Mubayyin» deb nom berishim hayron qolarli emas).
Asar nomi Berezin nashridagi matnda ham ko‘rsatilganidek vazn talabiga ko‘ra, «Mubin» deb emas, uch hijoli Mubayyin ekani maʼlum:
Iltimosim budur mening andin * Bitigay sharh o‘qub «Mubayyin»din.
Manbalarda «Mubin» sifatida noto‘g‘ri ko‘rsatilganini izohlab, F.Ko‘prulu shunday yozgan:
«Boburnoma»ni 1922 yildan ingliz tiliga tarjima qilgan A.S.Beverij, hind muarrixlaridan Abu Fazl bilan Badoyuniyning bu nomni «Mubayyin» sifatida o‘qishganini va Springer ushbu asarni «Fiqhi Boburiy» deb ko‘rsatganini bayon qilib, eski xatosida davom etgan, «Boburnoma»ni forschaga tarjima qilgan Shayx Zayn ushbu manzum fiqh kitobiga sharh ham yozgan bo‘lib, «Mubin» mana shu sharh kitobining nomidir (Kuprulu Fuat. «Babur», Islam Ansiklopedisi, Ilcilt, Istanbul: 1961: 185-186 (Ko‘prulu Fuod. Bobur. Islom ensiklopediyasi, II jild, Istanbul: 1961: 185-186 b)).
Akun ham «Mubin» nomi noto‘g‘ri ekaniga ishora qilib, Ko‘prulu bergan izohni tasdiqlaydi: «...nomining haqiqiy shakli «Mubayyin» ekani tarixchi Abdulqodir Badoyuniy tomonidan ochiq-oydin ko‘rsatilgan. «Mubin» nomi esa, Badoyuniy bildirganidek, Boburning kotibi Shayx Zaynning «Mubayyin»ga yozgan forscha sharhining nomidir» (Akun, Omer Faruk, «Babuur», Islam Ansiklopedisi, C.4, Turkiye Diyanet Vakfi Yayini, Istanbul: 1991, 399 (Akun Umar Foruq. Bobur. Islom ensiklopediyasi, Istanbul, 1991: 399 b)).
6. Asarning yozilish sababi.
«Mubayyin» Bobur Mirzoning butun musulmonlarga hanafiylik mazhabi eʼtiqodi va qonun-qoidalarini o‘rgatish maqsadida yozilgan fiqh kitobi hisoblanadi.
Man bu ganjimni oshkor ettim
Bari din ahlig‘a nisor ettim.
Kitob xotimasi (Berezin I. Turetskaya xrestomatiya. Kazan, 1857, 271 b).
Bobur emdi agarchi chekdim ranj,
Kirdi ilgimga ushbu yanglig‘ ganj.
Ganj nuqsong‘a xarjdin tortar,
Xarj qilg‘an sayi bu ganj ortar.
Bori el zoye etmayin ranjin,
Yashurur olam ahlidin ganjin.
Men bu ganjimni oshkor ettim,
Bori din ahlig‘a nisor ettim.
Ushbular kim dedim bo‘lung ogoh
Bor durur borcha xolisan lilloh.
Bu demakdin g‘araz haq erdi-vu bas,
Sheʼru shoirlik ermas erdi havas.
Chunki ilmisin1167 ayladim tahqiq
Amaliysig‘a bergaysen tavfiq...
Chun bayon qildim anda sharʼiyyot,
Ne ajab gar dedim «Mubayyin» ot.
7. Asarning yozilish tarixi.
«Aruz risolasi»da qayd etilganiga ko‘ra va Alisher Navoiy muzeyida 103 raqami ostida saqlanayotgan xotima bo‘limidan o‘rin olgan baytga ko‘ra «Mubayyin» 928 (milodiy 1522) yilda yozilgan.
«...Sharaf Romiy bu vaznda Imom Hanafiy mazhabida bir fiqh muxtasari nazm qilib, muqaddima salovatga mavsum tarix to‘quz yuz yigirma sakkizda menda dag‘i imom Abu Hanifa mazhabida Tangri tavfiqi bila bir fiqhni nazm qildim. «Mubayyin»ga mavsum kitob nazmining sababini mundoq deyilibdur (Aruz risolasi. Alisher Navoiy muzeyi. № 103 qo‘lyozma: 145 b /1).
Bu kitobim ki ehtimom ettim
Jiddu jahd aylabon tamom ettim...
Yil to‘quz yuz yigirma sekiz edi Ankara: 1985: 574-5 (Rashid Rahmati Arat. Boburnoma. Anqara, Madaniyat va turizm nashri, 1985: 574-5).
Fiqhda Bobur ushbu nazm dedi (Aruz risolasi. Alisher Navoiy muzeyi. № 103 qo‘lyozma: 145 b /I).
8. Asar bag‘ishlangan kishilar.
Asar kimga bag‘ishlab yozilganligi borasida turli fikrlar mavjud. Baʼzilar asar Komron Mirzoga bag‘ishlab yozilgan desa (Hoffman, H.F. Turkish Literature a Bio-bibliograohical Survey, Parti, 1969. p. 177-179. / Akun, Omer Faruk, «Babuur», Islam Ansiklopedisi, C.4, Turkiye Diyanet Vakfi Yayini, Istanbul: 1991, 399 (Akun Umar Foruq. Bobur. Islom ensiklopediyasi, Istanbul, 1991: 399 b)), baʼzilar Humoyunga, boshqalar har ikki o‘g‘li va xalq uchun yozilganini aytib, (Yusel, Bilal, Babur Divani Ataturk Kultur Merkezi Yayini, Ankara 1995:17 b. (Yujal, Bilol. Bobur devoni. Ogaturk madaniyat markazi nashri, Anqara, 1995: 17 b)) Bobur Mirzo kelajakda hukmdor bo‘ladigan o‘g‘illarini diniy jihatdan kamol toptirishni maqsad qilgan, deb bayon etadi.
I Kitobning kirish qismida:
Bilgaysen, e xujasta-e farzand * Jigarim birla jonima payvand.
Baytda kelgan «xujasta-e farzand» ifodasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘g‘li yoki o‘g‘illariga xitobdir. Yana shu bo‘limda quyidagi baytlarda kelgan Humoyun va Komron o‘g‘illarining ismi bo‘lib, ular o‘z maʼnolarida qo‘llanilgan:
Dinu donishda har kun afzun bo‘l, * Davlatu baxt ila Humoyun bo‘l. * Komron bo‘l jahonda davlat ko‘r, * Yuz tuman obro‘yu izzat ko‘r.
Bu davrda asarlarning o‘g‘liga bag‘ishlab yozilishi anʼanaga aylangan. Asar yaratuvchilarning xon bo‘lishi bu holatning tabiiy ekanini ko‘rsatmoqda. Shunday holatni Shayboniyxonda ham ko‘rishimiz mumkin. U ham o‘g‘li Muhammad Bahodirga bag‘ishlab «Risolai maorif» asarini yozgan va xalq uchun ham foydali bo‘lishini bayon qilgan.
Asarning o‘g‘illari uchungina emas, balki butun hanafiy mazhabi fikh qoidalarini barchaga tushuntirish uchun yozilganining isboti asardagi xitoblardir. Boburshoh murojaat qilmoqchi bo‘lgan o‘quvchi guruhini ushbu xitoblar orqali aniqlab olamiz: Ey noyib, ey hujasta farzand, ey mo‘min, ey hamdam (11 marta), ey dono (5 marta), ey musalliy, ey barno (2 marta), ey yor (19 marta), ey ahbob (2 marta), ey sarvar (3 marta), ey qardosh (2 marta), ey musalliyi tolib, ey soyil, ey tolib (3 marta), ey qori(y), ey hom, ey so‘zi tuz.
Bobur Mirzo o‘rni kelganda olimlarga murojaat qilib, ushbu kitobning bir manba ekanini taʼkidlaydi. Berezin nashrida bo‘lmagan baytlarda keng jo‘g‘rofiyada, Movarounnahrda ushbu kitobning o‘qilishini va olimlarning fikri unga yetkazilishini istaydi. Hatto kitobni forschaga tarjima qilib, asar mazmunini yoyishlarini istaydi.
9. Asarning yoyilish sohasi.
Berezin nashridagi kitob xotimasi bo‘limi orqali Bobur asarini tugatib, Movarounnahrning turli joylarida fiqhlarni sharhlashlari uchun yuborganini va asarni fors tiliga tarjima qilishlarini istaganini bilib olamiz (Berezin, I. Turetskaya xrestomatiya. Kazan, 1857, 272 b). Bu yetti bayt Movarounnahrga berildi, kitob doxili emas.
Movaroaunnahrning faqihlari:
Go‘sh qilsinlar so‘zi Boburiy
Fiqhdin men bu nazm kim qildim
Bu masoyil ki dedimu bildim
Bo‘lsa miftiya ushbu masallar
Fiqh eliga sanad tushilsa agar
Fiqh ilmida ushbu xat aro
Kimki ul bo‘lsa ulamo
Iltimosim budir mening andin
Bitigay sharh o‘qub »Mubayyin»din
Forsiy til bila ayon etkay
Andadur nuktani bayon etkay
Qilsa bu yo‘lni qat aning ayog‘i
Mujda topkay Xudoy murd dog‘i.
10. Asarning vazni, tartib shakli va tarkibi.
«Mubayyin» masnaviy shaklida, xafif bahrida, foilotun mafoilun foilun qolipida yozilgan bo‘lib, 2258 baytdan iborat.
Asar hanafiya mazhabiga Islom ruknlari asos qilib olingan 5 ta bosh bo‘limdan iborat:
1. Imon A: 6-12 V: 15-617a 1-28;
2. Kitobu-s-salot A: 43-164 V:17a-77b 28-118;
3. Kitobu-z-zakot A: 13-65-188 V: 67a-77b 135-149;
4. Kitobu-s-savm A: 189-208 V:77b-85b 135-149;
5. Kitobul-haj A: 209-287 V:85b-118 b4-205; / A: 287 V: 119 a20.
Har bir bo‘lim nazm sababi yoki kirish, kitob mavzusini tanishtirish, asosiy qism va xotima bo‘limlaridan iborat.
Misol:
Bobur emdi degil ikinchi farz * Deyilur so‘zni anda qilg‘il arz * Bu ikinchini bil namoz durur * Bandadin Tengriga niyoz durur…
Kitob xotimasi (Berezin, I. Turetskaya xrestomatiya. Kazan, 1857, 272 b).
Lillahi-l-hamdkim ikkinchi farz * So‘zini bilganimcha qildim arz * Aytdim men namozlar oyatini * Farzini, vojibini, sunnatini. *
Bu demakdin g‘araz Haq erdi bas, * Sheʼru shoirlik ermas edi havas. * Chunki ilmiysin aylading tahqiq * Amal ishig‘a bergasen tavfiq. * Yana so‘zni boshiga men qaytay * Qolg‘an uch farzning so‘zin aytay.
10. Asar nashrlari va qo‘lyozma nusxalari.
I . F.Ko‘prulu (Turkiya) nusxasi:
Hijriy 937 yilda Marg‘ilonda Muso binni Iso Marg‘inoniy tomonidan ko‘chirilgan nusxasi Ko‘pruluning shaxsiy kutubxonasiga oid bo‘lib, Berezin nashriga nisbatan to‘liq hisoblanadi (Kuprulu Fuat Turk Dili ve Edebiyati Hakkinda Arashtirmalari, Istanbul, 1934: 245 (Ko‘prulu Fuod. Turk tili va adabiyoti tadqiqotlari. Istanbul, 1934, 245 b)). Biroq uning hozirgi kunda qayerdaligi nomaʼlum.
II. O‘zbekiston nusxalari:
1. Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida saqlanayotgan qo‘lyozma 103 raqami ostida bo‘lib, 13x18 o‘lchamdadir. Ushbu qo‘lyozma hijriy 928 yilda taʼliq xatida yozilgan bo‘lib, 147 sahifadan iborat. Har bir sahifada 9 satr mavjud. Asar krem rangidagi qalin sharq qog‘oziga qora siyoh bilan yozilgan. Atrofi betartib ramkalangan, ikki ustundan iborat. Qo‘l bilan jildlangan, yomon ahvolda saqlangan (Qayumov A.P., O‘rinboyev A.U., Chabrov G‘.N, Katolog Fonda instituta Rukopisey, I jild, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi 1989. 61 b).
Matnni tuzishda mana shu birinchi nusxa (A nusxasi) asos qilib olindi. Qo‘lyozma Sherozda ko‘chirilgan. Asarning Kitobu-z-zakot bo‘limi ustidagi pastki o‘ng burchagida qizil siyoh bilan «Agar... ki Sheroz ba-dast» iborasi mavjud. Sherozda 1480-yillarda boshlangan xattotlik faoliyati XVI asrga kelib o‘zining eng yuksak cho‘qqisiga ko‘tarilgan. Bu paytga kelib kitob sanoatining markaziga aylangan Sheroz xonadonlarida oilaning barcha aʼzolari kitobga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun faoliyat olib borishgan. Serpil Bog‘chi Budoq Qazviniyning «Javohiru-l-axbor» asarida Sherozda yozuvlarini bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan bir qancha nastaʼliq xati ustasi haqida so‘z yuritilib, ayollar o‘qish va yozishni bilmasalar-da, xuddi naqsh solayotgandek yozuvlarni ko‘chirishgani aytiladi. Yozuvchi Sherozni ziyorat qilgan paytda har bir uyda ayol kotib, er musavvir, qiz muzahhib, o‘g‘il esa jildlovchi ekanini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini, shu tariqa har qanday kitob bir oilaning o‘zida tayyorlanganini va Sherozda bir yilda ming dona kitob tayyorlanganini aytadi (Bagci, Yard. Doc. Dr. Serpil, «Takdim Menyaturlerinde Farkli Bir Konu Suleyman Peygamber’in Divani», «Sanat Tarihinde Ikonografik Arashtirmalar» Guner Inal’a Armagan, Hacettepe Universitesi, Ankara. 1993: 44-45 (Bag‘chi Serpil «Taqdim miniatyuralarida farkli mavzu: Sulaymon payg‘ambar devoni», «Sanʼat tarixida ikonografik tadqiqotlar». Guner Inolga armuton, Hajettepa universiteti Anqara. 1993. 44-45 b)). Biz ustida ishlayotgan va orqada rasmlari tushirilgan qo‘lyozmada ham baʼzi sahifalar chetiga baytlarni takror yozish orqali mashq qilinganini, ustki va o‘rta chiziqlar qo‘lyozmani to‘g‘rilash uchun baʼzi sahifalarga tortilgani, baʼzilariga esa tortilmagani ko‘rinadi.
2. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutidagi qo‘lyozmalar:
a) 8433 raqami ostidagi 14x21 o‘lchamli, 92 varaq, har bir varaqda 13 satrli qo‘lyozma, boshi va oxiri yo‘q. Ushbu qo‘lyozma XIX asrda ko‘chirilgan.
b) 12990 raqami ostidagi 16x25,5 o‘lchamli, 121 varaq, sahifada 11 satrli qo‘lyozma. Nastaʼliq xatida ko‘chirilgan bu qo‘lyozma 1303/1889 yilga oid.
3. Hamid Sulaymon nomidagi Qo‘lyozmalar institutidagi qulyozmalar:
a) 805 raqami ostida 8,5x15 o‘lchamli, taxminan XIX asrda ko‘chirilgan qo‘lyozma. Krem rangidagi sharq qog‘oziga nastaʼliq xatida bitilgan. Sarlavhalar qizil siyohda yozilgan. Qo‘lyozma 117 varaq, har varaq 11 satrdan iborat. Yomon ahvolda saqlangan, sahifalarining ko‘pchiligi yirtilgan. 1, 2 va 3-tabaqalar orasida boshida va boshqa yerlarida baʼzi sahifalar yo‘q (Qayumov A.P., O‘rinboyev A.U., Chabrov G‘.N, Katolog Fonda instituta Rukopisey, I jild, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi 1989. 61 b).
b) 2031 raqami ostida 13x20,5 o‘lchamli bo‘lib, 152 varaq, har varaqda 13 satr bor. Qo‘lyozma nastaʼliq xatida ko‘chirilgan. Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida 103 raqami ostida saqlanayotgan qo‘lyozmaning nusxasi ekani ilgari surilgan. Matn qora siyohda, sarlavhalar qizil siyohda yozilgan. Karton jild qoplangan. Katalog sanasi 1205-1791.
III. Leningrad nusxasi.
1. Sharqshunoslik instituti Sankt-Peterburg bo‘limidagi qo‘lyozma A-104 raqami ostidagi 11x17,5 o‘lchamli, 98 varaq, har varaq 13 satrdan iborat qo‘lyozma. Bu ham nastaʼliq xatida bitilgan bo‘lib, XVII oxiri XVIII asr boshlariga oid deb taxmin qilinadi.
2. Bu nusxa haqida Xofman katalogidan (Hoffman, H.F. Turkish Literature a Bio-bibliograohical Survey, Part I, 1969. p. 177-179) boshqa maʼlumotga ega emasmiz. Leningrad. I.V. Dmitriyeva (143) A. 104. Sor. End 17 th or beg. 18 th c. Dmitrieva USSR Academy of Sciences Institute of Oriental Studies kolleksiyasidagi turkiy tillari bilan bog‘liq 3500 qo‘lyozmasi umumiy mavzu qilib olingan ishida «Mubayyin» haqida so‘z yuritadi: «Sredi mnogix poem vыdelim redkiy Mubayyin» (Roza i Solovey, s. 847, A 836, s. 1722, v. 297) (Dmitriyeva L. V. Problemы vostokovedeniya. — Moskva: 1959. S. 143 b). Leningrad. Ivan Tixonov (16)?? = Leningrad I.V. Tixonov. (145b) or the Mas. On the Action against the Hazaras? V. For inst. F.Teufel: Babur und Abu’l Fazl. (Leipzig? 1883) ZDMG.Bd.37 (141-;180). Leningrad. Ivan Tixonov. V.I. (145b) = Leningrad. IVAN Tichonov, v. Supra.
IV. Kitobxonayi saltanat nusxasi:
Zaki Validi To‘g‘on (Togan, Zeki Velidi, «Tahran Kutubhanelerinde Hindistan’dan Gelen Eserlerde Cagatay Dil ve Temurlu Sanat Abideleri», Turk Tarih Kurumu Belleten, Cilt XXIV, Sayi 95, Ankara: 1960), Umar Foruq Akun (Akun, Omer Faruk, «Babuur», Islam Ansiklopedisi, C.4, Turkiye Diyanet Vakfi Yayini, Istanbul: 1991, 399 (Akun, Umar Foruq. Bobur. Islom ensiklopediyasi, Istanbul, 1991: 399 b)) mana shu kutubxonadagi milodiy 931 sanasida kulliyot ichida «Mubayyin» asarining mavjudligini ilgari suradi. Kutubxona katalogini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lmaganimiz sababli bu borada biror narsa deya olmaymiz. Doktorlik dissertatsiyasini mana shu kutubxonadagi nusxasiga asoslanib himoya qilgan Bake Grammon (Bacque Grammont)ning fikriga ko‘ra, 2936 raqami ostida saqlanayotgan kulliyotda (Sen, Mesut, Baburname, [Girish-Metin (Kabil ve Hindistan Bolumleri) Aciklamali Dizin] Basilmamish Doktori Tezi, Marmara Universitesi Turkiyat Enstitusu, Istanbul. 1993 XXXIII (Mesut Shen Boburnoma [Kirish matn (Kobul va Hindiston bo‘limlari)] Istanbul, 1993: XXXIII)) Bobur Mirzoning «Devon» (1.: 377), «Aruz risolasi» (379-455), ’’Boburnoma» (457-1010), ’’Risolayi Volidiyya» (1013-1034) asarlari o‘rin olgan bo‘lib, kulliyotda «Mubayyin» mavjud emas. Biroq «Mubayyin»ning O‘zbekistondagi nusxalari haqida maʼlumot bergan S. Hasanov bu kulliyotda «Mubayyin» asari borligini eʼtirof etgan.
V. Berlin nusxasi:
Bu nusxani shaxsan borib kurmagan bo‘lsak-da, Gots katalogi orqali maʼlumotga egamiz. Ms. or. 2212 staatsbibliothek, Berlin. Hindiston jildi jigarrang yupqa qog‘oz. Atrofida suv dog‘lari, qurt yegan joylar bor. 121 varaq, 119-varag‘i yozilmagan, 9-varaq yo‘q. 21,5x13,5. 16,5x19 sm 2 ustun 11 satr. Sarlavhalar va arabcha ilovalar mavjud. Yozuv sharqiy turklarning taʼliq xatida, manzum bo‘limlar katta va keng qalamda yozilgan. Atrofi ikki chiziq bilan ramkalangan, o‘rta va tik chiziqlar bilan sarlavhalar qizil rangda (Gotz, Manfred, Turkische Handschrifen, Band XIII, 4, Wiesbaden: 495). Ko‘chirilgan sanasi ko‘rsatilmagan.
Ushbu nusxadagi «Tammat tamom bo‘ldi va tu katti bu risolayi sharifa al-musamma ba-mubayyin hazrati Bobur podshohi qalandarning tasniflaridan hasbu-l-hukm sharofat saharining quyoshi va rifʼatu murammat tengizining durri yaktosi. Mushfiqu murabbiyi g‘aribon, fayyozi zamon Abdullohbekxon sallomhum allohi-r-rahmon, kamina qul kam nam Mulla Muhammad Mushtoqiyning sinuq qalamidin ixtisnom topti, Alhamdu lillohu rabbil aʼlamin. Allohuma axfar li soxiba val kotiba va li-nazira va-mahz ya akrama-l-akramiyn va ya ar-rahmor-rohimiyn tommat» so‘zlaridan qo‘lyozma kotib Mulla Muhammad Mushtoq tomonidan Abdullohxon zamonida ko‘chirilganini bilamiz, bu 1539-1540 yillarga to‘g‘ri keladi. Qo‘lyozmalar oxirida 120-121 betlarda forscha satr osti chig‘atoycha tartibda 95 ta so‘zli ikki tilli lug‘at mavjud.
Yuqoridagi nusxalardan tashqari Boburning o‘z asarlarida «Mubayyin»dan parchalar keltirilgan:
1. «Mil» haqida so‘z yuritib, «Mubayyin»da buni izohlaganini aytib, uch bayt keltiradi (Arat, Rasit Rahmeti. Baburname, Kulturve Turizm Bakanligi Yay., Ankara: 1985: 565 (Rashid Rahmati Arat. Boburnoma. Madaniyat va turizm nashri, Anqara, 1985: 565)).
2. «Aruz Risolasi»dagi bahrga misol tariqasida 27 bayt oladi: «Sharaf Romiy bu vaznda Imom Abu Hanifa mazhabida bir fiqh muxtasari 12 nazm qilib, muqaddima salovotga mavsum tarix to‘qqiz (yuz) yigirma sakkizda men dag‘i 13 imom Abu Hanifa mazhabida Tengri tavfiqi bila bir fiqhni nazm qildim. «Mubayyin»ga mavsum kitob nazmining sababini mundoq deyilibdur» (Bibliotheque nationale Supplement Turc Nu: 1308). Mana shu kirish bilan (birinchi kitob)ning «Kitob nazmining sababi» bo‘limidagi 10 bayt o‘rin olgan. «Chun bu muxtasar safarda Beyozga bordi. Ul munosabat bila musofir masoyili bitildi» izohidan keyin 26 baytlik «musofir masoyili» nomli bo‘lim o‘rin oladi.
12. Asar ustida amalga oshirilgan tadqiqotlar.
«Mubayyin»ning ilk nashri 1905 yilda Toshkentda G‘ulom Hasan bosmaxonasida «Mubayyinu-l-islom» nomi bilan bosilgan.
Ikkinchi nashr 2000 yilda Saidbek Hasan va Hamidbek Hasan tomonidan Alisher Navoiy muzeyidagi nusxa bilan Sharqshunoslik institutidagi nusxa solishtirilib, Kirill alifbosida tayyorlangan nashrdir (Zahiriddin Muhammad Bobur. Mubayyin, Nashrga tayyorlovchilar: S.Hasanov, H.Hasanov. Toshkent: 2000). Bulardan boshqa ishlar asarning bir bo‘limi yoki biror qismini nashr etish shaklidadir.
Uchinchi nashr Fuod Ko‘pruluning fikricha, nom. qozonishini taʼminlagan ish hisoblanadi (Berezin I. Turetskaya xrestomatiya. Kazan, 1857). Bu yerda birinchi kitobning oxiri va ikkinchi kitobning boshidan «namozda vaqtlar bilan makruh vaqtlarning bayoni» bo‘limigacha bo‘lgan qismi va kitob xotimasi qo‘lyozmadagidan (5 bayt) hajmi kattaroq (22 bayt) bo‘lib o‘rin egallaydi. Biroq uning 8 bayti xotimaga aloqador bo‘lmay, asarning Movarounnahrga yuborilishi bilan bog‘liq. Berezinning ishida Alisher Navoiy muzeyidagi nusxaga tayanilgan.
Asarning salot qismi «Kitobu-s-salot» nomi ostida Toshkentda kirill alifbosida bosilgan (Hasanov S. Zahiriddin Muhammad Bobur. Kitobu-s-salot. Toshkent: 1993).
1958 yilda Toshkentda bosilgan Bobur asarlaridan saylanmalar o‘rin olgan «Tanlangan asarlar» nomli kitobda «Mubayyin»dan bir parcha nashr etilgan. Asar haqida nisbatan batafsilroq so‘z yurituvchi ish Fuod Ko‘pruluga tegishlidir (Kuprulu Fuat. «Babur», Islam Ansiklopedisi, II cilt, Istanbul: 1961: 185-186 (Ko‘prulu Fuod. Bobur. Islom ensiklopediyasi, II jild, Istanbul: 1961: 185-186 b)).
Samoylovich Bobur bilan bog‘liq tadqiqotida «Mubayyin»ning «Kitob xotimasi» nomli bo‘limidagi ikki baytni keltiradi:
Shukr Bobur agarchi chektim ranj
Kirdi ilgimga bu yanglig‘ ganj.
Ganj nuqsong‘a xarjdin tortar
Xarj qilg‘an sayi bu ganj ortar (Samoylovic, A. Sobranie Stihotvoreniy Imperatora Babura. Petrograd, 1917; 4).
S.Azimjonova «Nekotorыe ekonomicheskiye vzglyadы Zaxir ad-dina Muxammada Babura, izlojennыy v «Mubayyine» nomli tadqiqotida «Mubayyin»ning «Kitobi zakot» bo‘limiga asoslanib, soliq masalasi va Boburning iqtisodiy qarashlariga to‘xtalgan (Azimjonova S. «Nekotorыe ekonomicheskiye vzglyadы Zaxir ad-dina Muxammada Babura, izlojennыy v «Mubayyine»». Tashkent, 1963: 203-208). Yana bir tadqiqot L.V.Dmitriyeva tomonidan «Mubayyin»ning Leningrad nusxasi asosidagi ishdir (Dmitriyeva L.V. Problemы vostokovedeniya. XI. 4, Moskva. 1959. 136-146). Bulardan tashqari Bobur Mirzo ijodi borasida olib borilgan tadqiqotlarda Beverij, Shpringer, Yujel, Akun v.b. asarga oid ishlarida «Mubayyin» nomi keltiriladi...
13. Matn tuzilishi.
Matn Alisher Navoiy muzeyida 103 raqami ostida saqlanayotgan qo‘lyozma (A nusxasi) hajman katta bo‘lgani bois asos olinib «Staatsbibliothek»da ms. or. 2212 raqami ostidagi Berlin nusxasi (B nusxasi) bilan solishtirilgan holda tuzilgan. Har ikkala nusxa ham XVI asrning birinchi yarmida ko‘chirilgan. Leningrad nusxasini olish imkoni bo‘lmasa-da bu ikki nusxa tom maʼnoda matn hosil qilishimiz uchun yetarli bo‘lgan deb hisoblaymiz. / Matn tuzishda asos qilib olingan har ikkala nusxani ham ko‘rishning imkoni bo‘lmadi. A nusxaning CD sini, V nusxasining mikro filmini qo‘lga kirita oldik. Ulardagi raqamlarni matnda va kitobning orqasida ko‘rsatdik. Solishtirish imkoni bo‘lishi uchun B nusxasiga oid raqamlarni ham kiritdik.
Yopiq «e» unlisini yozuvda ko‘rsatadigan biror belgi bo‘lmaganligi sababli matnda ko‘rsatmadik. So‘z boshida faqatgina alif orqali yozilgan bo‘lsa, «a» harfidan, «alif» va «yo» harfi bilan yozilgan bo‘lsa, «i» harfidan, so‘z ichida esa qanday shaklda yozilganidan qatʼi nazar «i» harfidan foydalandik. Uyg‘ur yozuvi anʼanasi baʼzi o‘rinlarda davom etib, asarda alohida yozilgan qo‘shimchalarni transkripsiyali matnda so‘zga qo‘shib yozdik. Alohida yozilishi kerak bo‘lgan, biroq qo‘shib yozilgan so‘zlarning alohida transkripsiyasini berdik. Har ikki nusxada so‘z oxirida jarangsizlashuv, nisbatan nomutanosiblik kuzatiladi. Bunda chig‘atoychaga xos bo‘lgan jarangsizlarni tanladik...
Tanju O‘ral Seyhan.
Xorijda boburshunoslik, T, 2008. –224 b. – B. 184-202. (O‘zbekcha);
Танжу Урал Сейхан. Захириддин Мухаммад Бабур и (его) произведение «Мубаййин» (фикх).
В кн.: Бабуроведение за границей: Исследование, версии и статьи.
Fikr qoldirish#