Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Temur davrida yashagan olimlar

Hozirgi O‘zbekiston respublikasi Shahrisabz («Yashil shahar»)ning eski nomi Kesh bo‘lgan. Sohibqiron Amir Temur mana shu Kesh shahrida tug‘ilgan. Temur davrida Kesh ancha obod va serodam shahar edi. Shu sababdan bo‘lsa kerak, shahar ko‘kalamzor, yaʼni Shahrisabz deb atala boshlangan va uning qadimgi Kesh degan nomi faqat tarixiy asarlardagina eslanadigan bo‘lgan.

Undan tashqari bu shaharga yaqin bo‘lgan Qarshi shahri ham bor. Qarshi mo‘g‘ul tilida qasr degan maʼnoni englatadi. Undan oldin bu shahar Naxshab deb atala boshlangan, XIV asrga kelnb shahar Qarshi nomini olgan. IX asrda yashagan yirik olim Abu Turob Naxshabiy (vafoti 850 y.) xuddi shu shahardan bo‘lgan. Bundan tashqari Naxshabda ko‘p olimlar yetishgan, ularning tabarruk nomlari tarix sahifasida mashhur.

Amir Temur dastlabki faoliyatini ona diyorida boshladi. Keyinchalik xukmronligi va qo‘l ostidagi o‘lkalar bir qadar kengayganidan keyin Temur Samarqandni poytaxt qilib olib, bu yerda katta-katta qurilishlar bunyod etdi, turli-tuman olimlar guruhlari bu shaharga tuplana boshladi. Samarqandda hozir mavjud bo‘lgan qurilishlarning ko‘pini Temur davrida bunyod bo‘lganligini eslasak, Sohibqironning bunga naqadar ahamiyat berganligini tasavvur qilish mumkin.

Maʼlumki qaysi bir davlatda qaysi shahar poytaxt bo‘lsa, olim va fozil kishilar usha yerga to‘planganlar, o‘z navbatida bu olimlar ilm-maʼrifat yo‘lida ish qilganlar, bilimdonlar ahli yig‘ilib, ilmning turli-tuman tarmoqlari rivoj topgan. Ushbu maqolada Amir Temur davrida yashagan bir qator olimlar haqida so‘z yuritiladi. Sharq olimlari, xususan, Temur davri olimlari haqida maʼlumot olmoqchi bo‘lganlar, dastlab qo‘yidagi yordamchi manbalarga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi:

Arab olimlaridan bo‘lmish Xayruddin az-Zirkli (tug‘. 1893) ning o‘n jildlik «al-Aʼlom» («Bilginlar») degan ensiklopedik asariga, (bu Damashq shahrida 1954-1959 yillarda nashr etilgan), shuningdek Jurjiy Zaydonning «Tarix adab al-lug‘a al-arabiya» («Arab adabiyoti va tili tarixi») degan uch jildlik asariga murojaat qilishi kerak – bu asar 1957 yili Qohirada nashr etilgan. Shu bilan birga Hoji Xalifa (Kotib Chalabiy)ning «Kashf az-zunun an asomiy al-kutub va-l-funun» («Kitoblar va fanlar ismlarida ikkilanish pardasining ko‘tarilishi») Istanbul, 1310 x. (1892 milodiy) kitobiga, ingliz olimi Jorj Sartonning (1884-1956) «Ilmga kirish» asari – men uning arab tiliga qilingan tarjimasidan foydalanganman – asar «Tarix al-ilm» deb atalib, uni arab olimlaridan Ibrohim Madkur, Konstantin Roziq, Muhammad Husayn, Muhammad Mustafo Zayyotlar arabchaga tarjima qilishgan (Qohira, 1959-1963, uch jildlik). Bulardan tashqari ilm-fan tarixiga oid asarlaridan yana biri De Burning «Tarix al-falsafat fi-l-Islom» («Islom falsafasi tarixi») kitobiga ham eʼtibor qilishlari mumkin. Bu kitob 1981 yili Bayrutda Muhammad Abdulhadiy Abu Rido tarjimasida nashr etildi. Yana Rizoquli Hidoyatning «Majmaʼ al-fusaho» («So‘z ustalari to‘plami») (Tehron, 1778 yili bosilgan) asari ham bu borada foydalidir.

Shu bilan birga turk olimi Shamsuddin Somiyning olti jildlik «Qomus al-aʼlom» (Istanbul, Tehron matbaasi, 1889-1899) asari, arab olimi Umar Farruhning «Tarix al-fikr al-arabiy ila Ibn Xaldun» (Ibn Xaldunga qadar bo‘lgan arab fikri tarixi, Bayrut, 1981) hamda yana shu muallifning «Abqariyat al-arab fi-l-ilm va-l-falsafa» («Arablarning ilm va falsafadagi qobiliyati», Bayrut, 1982) kabi asarlari hamda Luis Maʼluf va Ferdinand Tutalning «al-Munjid fi-l-lug‘a va-l-aʼlom» (Bayrut, 1980), Najib al-Aqiqiyning «al-Mustashriqun» (Misr, 1947), hamda turk tilida bosilgan «Islom Ansiklopedisi» asari, (I-XIII jildlar, Istanbul, 1950-1985), Nikolsonning «Arab adabiyoti tarixi» (London, 1907, 500 b., ingliz tilida), Italiya sharqshunosi Karlo Nallinoning (1872-1938) arab tilida nashr etilgan «Ilm al-falak va tarixuhu ind al-arab fi-l-qurun al-vusto» (Rim, 1911 – «O‘rta asrlarda arablarda falakiyot haqida bilim va uning tarixi») kitobining nashri hamda Ibn Arabshohning «Ajoyib al-makdur fi tarixi Temur» («Temur tarixida taqdir ajoyibotlari») degan asari o‘zbekcha tarjimasiga murojaat qilishlari mumkin. Bu asarni arabchadan Ubaydulloh Uvatov tarjima etib, unga kirish so‘z va izohlar yozgan. Toshkent, «Mehnat», 1992, I jild – 328 s., II – 192 s. Masʼul muharrir A.O‘rinboyev, taqrizchilar N.Ibrohimov va A.Hasanovlar.

Maʼlumki, Amir Temur davrida ko‘p atoqli olimlar Samarqand diyorida yig‘ilganlar yo bo‘lmasa Ibn Xaldun (1332-1406) ga o‘xshagan olimlar Samarqandga kelmay, o‘z istagiga ko‘ra ish tutganligini ko‘ramiz. Shu narsa maʼlumki, Ibn Xaldun keyinchalik Qohirada yashagan, u yerda qozilik qilgan.

Valiuddin Abu Zayd Abdurahmon ibn Muhammad ibn Xaldun 27 may 1332 yili Tunisda tug‘iladi, boshlang‘ich taʼlimni otasidan oladi. Uning «Kitob al-ibar» («Ibratli so‘zlar kitobi») asari bo‘lgan. Bu asar 1374 yilda yozila boshlanib, 1378 yilda tugatilgan.

Ibn Arabshoh o‘z asarida Ibn Xaldun haqida zikr qilarkan uning Amir Temur haqida aytgan latif so‘zlarini keltiradi. Ibn Xaldun Amir Temurga qarata aytadi:

Tangriga maqtovlar bo‘lsinkim, mening kiymatimni biladigan, xidmatimni qadrlaydigan va hurmatimni o‘rniga qo‘yadigan kishini menga ato qildi» (Ibn Arabshoh, I, 65 b.).

Bu so‘zlar Amir Temurga ham taʼsir etib, Ibn Xaldunga nisbatai ehtirom ko‘rsatadi va hatto o‘z yaqinlariga, bu kishini hurmat qilinglar, bu odam juda ham peshqadamlardan hisoblanadi, degan.

Temur davrida yashagan va u bilan muloqotda bo‘lgan olimlardan yana biri Mirsayyid Sharif Jurjoniy (1339-1413) edi. Tarixiy manbalarda bu olimning to‘la nomi Ali ibn Muhammad as-Sayyid ash-Sharif al-Jurjoniydir. Bu kishi Astrobod yaqinida 740/1339 yili tug‘ilgan. Manbalarda ko‘pincha Mirsayyid Sharif sifatida uchraydi. Mir Sayyid Sharif yoshligidan ilm-maʼrifatga berilib, til, mantiq, falsafa kabi fanlarni o‘rganadi, ilm-maʼrifatga yoshlik chog‘idan berilgan bo‘ladi. U 1365 yili bilimini oshirish niyatida Hirotga boradi, u yerda mashhur Qutbiddin Muhammad ar-Roziy at-Tahtoniyga (vaf. 1365) shogird tushadi, undan so‘ng Turkiya diyoriga safar qiladi, u yerda faylasuf Muhammad Oqsaroiydan taʼlim oladi. Shu tariqa bu kishi faylasuflarning asarlarini mutolaa qilishga kirishadi va ko‘p kitob va risolalarni o‘qiydi, bir shoir: «Ko‘p nahrlar yig‘ilsa, daryoyi purdir o‘lg‘ay» deganidek ko‘p kitob o‘qib, bu kishining o‘zi ham kitob taʼlif qilish xarakatiga tushadi. Dastlab falsafiy risolalarga sharhlar bitadi, taʼliqlar yozadi. Ammo bu kishiniig ulug‘vor ishlaridan biri o‘z faoliyatida ko‘p mashhur kishilarga ustodlik qilganligidir.

Amir Temur 1387 yili Sherozni egallagach, Mirsayyid Sharif bilan uchrashadi va unga Samarqandga borishni taklif qiladi. Shu tariqa Jurjoniy Samarqandga kelib qoladi va bu yerda ko‘p talabalarga dars beradi. Hatto Qozizoda Rumiy, Ulug‘bek kabi olimlar Jurjoniydan dars o‘qigan kishilardan sanaladilar. Alisher Navoiy «Majolis an-nafois» («Nozik yig‘ilishlar») asarida faqih-konunshunos Xo‘ja Fazlulloh Abu Laysiy va uning ustozi Mir Sayyid Sharif Jurjoniyni eslab o‘tadi. Jurjoniy xatto Abdurrahmon Jomiyning ham ustozi bo‘lgai. Mashhur alloma Alouddin Ali Samarqandiy ham Jurjoniy shogirdi bo‘lganligi manbalarda so‘zlanadi. Mir Sayyid Sharif Jurjoniy ellikdan ortiq asarlar yozgan. U kishi Olim Abdurrahmon al-Ijiy (1300-1356) ning «Mavoqif fi ilm-al-kalom» («Kalom ilmiga munosabat») degan asariga sharh yozib, uni «Sharh mavoqif ilm al-kalom» («Kalom ilmi munosabatlariga sharh») deb nomlaydi. Amir Temur vafot etgandan so‘ng (1405) Jurjoniy Sherozga qaytadi va shu yerda 1413 yili vafot etadi. Jurjoniyning eng so‘nggi asarlaridan biri «Kitob at-taʼrifot»dir.

Bu davrning ko‘zga ko‘ringan olimlaridan yana biri Muhammad al-Buxoriy (1377-1438) sanaladi. Bu kishining yoshlik chog‘lari Buxoroda kechadi. Keyin u arab mamlakatlariga sayohat qilib, Damashqqa keladi, bu shahar unga maʼqul tushib, qo‘nim bo‘lib qoladi va shu yerda vafot topadi.

Amir Temur saroyida Alouddin al-Buxoriy, Hoji Mahmud ibn Shohob al-Hiraviy, Masʼud as-Simnoniy, Muhammad as-Sog‘irjiy, Tojiddin as-Salmoniy, Alouddavla va Ahmad at-Tusiy kabi olimlar bor edi. Bu kishi – forsiy va arabiyni juda bilimdoni bo‘lgan, chunonchi, alloma Mavlono Shamsuddin esa Ibn Arabshoh asarida saqlanib qolgan o‘sha davr iborasi bilan aytsak, zamonasining o‘tkir qonunshunosi: «qalami tig‘i» o‘z iqlimlari fathida Temur iayzasidan ham o‘tkir edi. Bu kishi Temur vafot etgach, adabiyot borasida ishlashni yig‘ishtiradi. Undan buning sababini so‘rashganda, u kishi «mening qiymatimni biladigan odam dunyodan o‘tdi va endi men boshkalar xizmatida o‘z hurmatimni ketkazmayman» degan (Ibn Arabshoh, II, 84 s.).

Yana yuqorida eslatilgan olimlardan tashqari imom Abduljabbor ibn Nuʼmon Muʼtaziliy, qozilardan Mavlono Qutbuddin, Hoja Abdulmalik, Xoja Abdulavval, Mavlono Ubayd, tabiblardan Fazlulloh hamda Shom – Suriyada tabobatda eng ko‘zga ko‘ringan va tabiblar boshlig‘i bo‘lgan Mavlono Jamoluddin kabi allomalar bor edi.

Shu bilan birga Ibn Arabshohning shahodat berishicha, yuqorida zikr etganimiz qonunshunos olimlardan faqiq Mavlono Abdulmalikni ham eslashimiz mumkin. Bu kishi asli Islom olamida qonunshunoslik borasida buyuk xizmat qilgan alloma Burhonuddin al-Marg‘inoniy (1125-1197) avlodlaridaya bo‘lib, o‘zi yirik olim edi; madrasada mudarrislik qilar, xatto odamlarga shatranj va nard o‘yinlaridan taʼlim ham berar edi. Bu kishi sheʼr ham yozar ekan.

Bulardan tashqari yuqorida zikr qilingan – Abduljabbor ibn No‘mon Muʼtaziliyning otasi No‘monuddin Xorazmiy ham bo‘lib, bu kishi No‘mon Ikkinchi sifatida tanilgan. Naql qilishlaricha, bu kishining ko‘zlari ojiz bo‘lgan; yana Isomuddin ibn Abdumalik kabi alloma bo‘lgan. Yana olimlardan Shayx Shamsuddin Muhammad ibn al-Jazariy (1350-1449) ham bor edi. Amir Temur bu kishini Turkiyadan olib kelgan edi. U aslida Shom – Suriyadan Misrga o‘tgan bo‘lib, keyin tinchroq joy deb Rum – Turkiya o‘lkasini tanlagan edi. Bu kishi Sherozda vafot topadi. Yana yirik mufassir va muhaddislardan bo‘lgan Xoja Muhammad az-Zohid Buxoriy degan olim Qurʼoni Karimga yuz jildlik tafsir yozgan. Bu kishi Makkada 822/1419 da vafot etadi.

Shu bilan birga Ibn Arabshoh kitobida keltirilgan ahli ilmdan hamda hofizi Qurʼon bo‘lgan qorilar, mufassirlarni qayd etsak, Amir Temur saroyida yig‘ilgan bunday olimlardan Abdullatif al-Domg‘oniy, mavlono Asaduddin Sharif Hofiz Husayniy, Mahmud Muhriq al-Xorazmiy, Jamoluddin Ahmad al-Xorazmiy musika ilmida tanilgan donishmandlardan Abdulqodir al-Marog‘iylarni ham sanab o‘tish mumkin. Yana yirik olimlardan sanalga Mavlono Ahmad ibn Shams ul-Aimma esa forscha, arabcha va turkchada «so‘z podshosi» sanalgan, xatto bu olim «o‘z davrining muʼjizasi» deb tanilgan ham edi. Shu bilan birga bu yerda Mavlono Axmad at-Termiziy, Mansur al-Qog‘oniy kabi yetuk olimlar ham xizmat qilar edi. Yana zamonasining peshqadam xattotlaridan bo‘lgan Ibn Bandgir, Abdulkodir va Tojuddin as-Salmoniy hamda yulduzshunoslik sohasida qalam tebratgan qator olimlar bo‘lgan edi. Bu davrda yashagan yulduzshunos Ahmad degan olim bor edi. U aslida tabib, misgar va yulduzlarga qarab fikr bildiradigan olim edi. Bu kishi Ibn Arabshohga, men yulduzlarga qarab ikki yuz yilga hukm chiqara olaman, derkan. Ibn Arabshoh so‘ziga qaraganda, shu kishi o‘sha gapni 808 hijriy (milodiy 1405-1406) yilda aytgan ekan.

Bulardan tashqari Temur saroyida mohir zargarlar, toshfaroshlar ham bo‘lganki, bu sohadagi hunarmandlar ham zamonasi sanʼatlarini namoyish qiladigan mohir kishilar bo‘lgan. Ular aqiq, yoqut, yashm kabi qimmatbaho toshlarga naqsh solar edilar.

Temur davrida yetishgan bu allomalardan tashqari mohir shatranjchilar ham bo‘lgan. Shatranjchilardan bo‘lgan Muhammad ibn Odil al-Haymiy va Zayn al-Yazdiy kabi ustodlar bo‘lgan. Bu borada ko‘zga ko‘ringan faqih, muhaddislardan bo‘lgan Alouddin at-Tabriziyni ham keltirish mumkin. Bu kishi shahmatda ustaligidan oshnasi Zayn al-Yazdiyga ortiqcha bir piyoda qo‘yar, shunda ham g‘olib chiqar edi. Yana boshqa bir oshnasi Muhammad ibn Odil al-Haymiyga bitta ot qo‘shib berib ham undan ustun kelar edi. Amir Temur shahmat o‘ynashni juda yaxshi ko‘rar va doimo bu o‘yinni ustasi bilan o‘ynashga ishqivoz edi. Hatto Sohibqiron eng zo‘r bo‘lgan shahmatdon Alouddin at-Tabriziyga qarata, men mamlakat siyosatida yagona bo‘lganim kabi, sen dam shahmat olamida tengi yud kishisan, derkan. Shu kishi bir tush kurgan, unda dazrati Aliy Alouddin at-Tabriziyga bir xaltada shahmat bergan ekan, xuddi o‘sha tushidan keynn uni hechkim shahmatda yengolmagan ekan. Bu kishi shahmat o‘ynasa, ko‘p o‘ylab o‘tirmas, ammo raqibini ko‘p o‘ylatar, hatto bir vaqtni o‘ziga ikki raqib bilan g‘oyibona o‘ynay olar, shunda o‘yin-o‘ynayotganda, o‘zi va raqibi donalarini ko‘z oldiga keltira olar ekan. Ko‘pincha Amir Temur shu kishi bilan shahmat o‘ynashga ishqivoz bo‘lar ekan.

Amir Temur davrida yashagan olimlardan yana biri Saʼduddin Taftazoniydur (1322-1392). Bu olim ham Temur dargohida ishlashga sazovor bo‘lgan zotlardan sanalgan. Bu kishi yirik hakim faylasuf, zamonasining tengsiz allomasi edi. Olim hozirgi Turkmaniston respublikasining poytaxti Oshxobod shahriga yaqin bo‘lgan Taftazon qishlog‘ida dunyoga keldi. U dastlab arab tili va adabiyotini, mantiq va ilohiyot fanlarini egallaydi.

Taftazoniyning ilmga bo‘lgan ishqivozligi, bu sohada erishgan yutuqlar yoshlik chog‘laridayoq odamlar va ustozlariga maʼlum bo‘ladi. U kishiga o‘z davrining yirik mantiqshunos olimi Qutbiddin ar-Roziy at-Taxtonny (1290-1365) damda Abdurrahmon al-Ijiy (1300-1356) ustodlik qilgan. Bu kishi tafsir, fiqh-qonunshunoslik, mantiq kabi sohalarda zamonasining ko‘zga ko‘ringan olimlaridan edi, uzoq vaqt mantiq va hikmat fanlaridai dars beradi, o‘z davri olimlari bilan munozaralarda qatnashib ham turadi. Taftazoniy asarlari Islom sharqi o‘lkalarida mashhur bo‘lgan, u «Maqosid fi ilm al-kalom» («Kalom ilmidan maqsad»), «Maqosid at-tolibiyn» («Talabalar maqsadlari») qabi asarlar yozgan. U kishining bu asarlari davrimizgacha yetib kelgan. Bu asarlar o‘z davrida qo‘llanma sifatida ish bergan edi. Umuman Taftazoniy qirqdan ziyod asarlar yozgan. Uning «Tahzib al-mantiq va-l-kalom» («Mantiq va kalom ilmini tuzatish») va «As-Saʼdiya» kabi asarlari ham bo‘lgan. Bu so‘nggi asar aslida o‘zidan oldin o‘tgan olim Kotibiyning mantiq borasidagi «ash-Shamsiya» risolasiga щarh bo‘lgan. Taftazoniy asarlari Jomiy va Navoiy kabi siymolarga ham manzur bo‘lgan, ular bu alloma kitoblarini mutolaa qilishgan. Taftazoniy 1389 yili Samarqandda vafot etgan. Temur davri tarixchisi Ibn Arabshoh o‘z asarida bu kishini hurmat va ehtirom bilan eslab o‘tadi.

Yana bu davr ilmlilaridan biri Xafizuddin Muhammad ibn Nasiruddin Muhammad al-Qudriy al-Bazzoviy al-Xorazmiydur (vaf. 827/1431-32). Bu kishining al-Fatoviy al-Bazzoviy – «Bazzoviy fatvolarn» degan asari mashhur.

Temur davrida Samarqandda yashagan Shayx ul-islom bo‘lgan Xoja Abdulmalik Samarqandiy ham yirik olim va mutafakkir bo‘lgan. U kishi Isomiy taxallusi bilan sheʼrlar ham bitganlar. Yuqorida eslab o‘tganimiz Qutbuddii Muhammad ar-Roziy Taxtoniy (vaf. 1365) degan olim ham yashagan. Bu allomaning «Muhokamat» («Muhokamalar») degan mashhur acapi ham bo‘lgan. Bu kishi hikmat va mantiq borasida taʼliflar qilgan. U kishi asli Rayda o‘sib unadi, keyin Damashq tomonga safar qiladi va shu yerda vafot topadi. Bu kishiga nisbat berilgan asarlardai biri «Taxrir al-qavoid al-mantiqiya fi-sharh va risolat ash-shamsiya» («Shamsiya risolasini sharhlash borasida mantiq qoidalarining bayoni») bo‘lib, bu asar «ar-Risolat al-qutbiya» degan nom bilan ham mashhur bo‘lgan. Yana Qutbiddin ar-Roziyni «Lavomiʼ al-asror fi sharh matoliʼ al-anvor» («Nurlar boshlanmasini sharhlash borasida sirlar porlashi») degan asari ham bo‘lgan.

Undan tashqari Ibn Arabshoh (1389-1450) ham Temur davrida yashagan, olim bo‘lib, u Amir Temur tarixiga oid yirik asar yozganligi maʼlum. Uning asari «Ajoyib al-maqdur fi tarixi Temur» («Temur tarixida taqdir ajoyibotlari») deb yuritiladi. Ibn Arabshoh to‘g‘risida to‘xtalsak, u 1389 yil 5 noyabrida Damashq shahrida tug‘ilgan. Amir Temur Damashq shahrini egallagach, ko‘p maʼrifatli odamlar qatori 12 yashar Ibn Arabshoh ham xesh-aqrabosi bilan birga Samarqandga keladi. Temur davrida yashagan va yuqorida zikr etganimiz Sayyid Sharif Jurjoniy (1839-1413) dan tashqari ko‘pgina olimlar ham bo‘lgan. Bu davrda yashagan yana yirik olimlardan biri tarixchi va faqih-qonunshunos Hofizuddin Muhammad ibn Nosiruddin Muhammad al-Bazzoviy (vaf. 827/1431-1432) edi. Hatto mana shu olim nazdida Ibn Arabshoh bir qadar tahsil ko‘radi. Ibn Arabshoh sayohat qilib Krim o‘lkasiga boradi, undan Turkiyaga yo‘naladi, yo‘l-yo‘lakay «Munis al-ushshoq» («Oshiqlar do‘sti») degan asar muallifi Abdulmajid bilan ham tanishadi.

Bu kishi Turk sultoni Muhammad I (hukmronlik yillari 1413-1421) saroyida uning o‘g‘li Murod ikkinchiga ustodlik ham qiladi, unga arab va fors tillaridan dars beradi. Shu asnoda yirik olim Shamsuddin ibn Hamza Fanoriy hamda Burhonuddin Haydar al-Havofiylar bilan tanishib, ular bilan ko‘p muloqotda bo‘ladi. Bu so‘nggi olim o‘sha vaqtda mantiq va tasavvufda anchagina bilimdon kishilardan biri sanalar edi. Bu olimlar bilan tanishuv Ibn Arabshohga foyda beradi, ulardan bahramand bo‘ladi, hukmronga kotib bo‘lib xizmat ham qiladi. Bu esa o‘zi kabi oddiy olimlar nazdida bir qur yuqori ko‘tarilish va martabali obro‘ edi. Saroyda xizmat qilish Ibn Arabshohga qulaylik keltiradi; uning turk, fors va arab tilini mukammal bilishi qo‘l keladi. O‘sha kezlardl hukmron saroyida bo‘lgan yozishmalar u bilgan tillarda olib borilar edi. Uning saroyda xizmat qilishi 1421 yilgacha cho‘zildi. Shu yili hukmron vafotidan keyin Ibn Arabshoh yurtiga qaytish niyatida Halab shahriga o‘tadi, kelasi yili Damashqqa yetib keladi. Shu bilan bir qancha vaqt yurtida yashaydi. 1429 yili Ibn Arabshoh Haj safariga boradi, keyin Qohirada yashaydi.

Bu yerda u tarixchi olimlardan «Inbo al-g‘umr» («Xabarlar xirmoni») degan asar muallifi Ibn Hojar al-Asqaloniy (1372-1449) bilan tanishadi. Keyii u Ibn Tangriberdi (1411-1465 va yo 1469) degan tarixchi bilan tanishadi. Ibn Tangriberdi anchagina kitoblar muallifi edi. Hatto uning «an-Nujum az-zohira» («Ko‘rinib turgan yulduzlar») va «al-Manhal as-sofiy» («Pokiza o‘tloq», yaʼni asalarilar bol yig‘adigan makon) kabi asarlari ham bo‘lgan. U bir qancha vaqt Qohirada hukmdor Zohir Chaqmoq (hukmronlik yillari 1438-1453) dargohida yashaydi. Hatto olim bu hukmronga bag‘ishlan qasidalar ham yozadi. U Qohirada bir qator olimlar davrasida bo‘ladi va hatto ularning baʼzilariga qasidalar va boshqa asarlar yozib, uni dusti va olim Ibn Tangriberdiga o‘qib ham beradi. Eng so‘nggi bor Qohiraga kelganda, Ibn Arabshoh hasadxo‘r raqiblari tarafidan to‘qilgan ig‘volari tufayli qamoqqa ham olinadi, besh kun davomida qamoqda bo‘lgan tarixchi bu tuhmat va ig‘volarga chiday olmay betoqat bo‘ladi, qamoqdan chiqqach, ikki hafta ham hayot kechirmay, 1450 yilning 25 avgustida vafot etadi. Shu tariqa Ibn Arabshoh Qohirada dafn etiladi.

Ibn Arabshoh zamonasining adibi, faqihi-qonunshunosi sifatida ham mashhur edi. U kishi ham nasriy, ham nazmiy asarlar yozgan, o‘zi ham so‘zamol kishi bo‘ladi, qaysi davrada o‘tirgan bo‘lsa, u o‘z davrasida o‘tirganlar ichida so‘zga chechanligi bilan boshqalardan ajralib turar edi. Ibn Arabshohning asarlaridan 15 dan ortig‘ining ismi va ularning ko‘pchiligining jismi ham davrimizgacha yetib kelgan.

Bu keltirilganlardan tashqari bu davrda Shamsuddin Muhammad al-Jazariy (1350-1449), adib va shoir Abdulmajid degan yirik mutafakkir ham yashagan. Bu kishi turkchada «Munis al-ushshoq» («Oshiqlar do‘sti») degan asar yozgan. Bularga yana mutasavvif va mantiq ilmida yuksak bilimdon Burhonuddin Haydar al-Havofiyni qo‘shsak ham bo‘ladi. Yana bu davrda yashagan olimlardan biri Shoziliy (1354-1425) edi. Bu olimning to‘la nomi Ali ibn Umar ibn Ibrohim al-Qurashiy as-So‘fiy ash-Shoziliydir. U Yaman Shayxi as-Saxoviy sifatida tanildi. U Ramaʼ degan vodiyning pastidagi Zubayd degan joyda tug‘ildi. Haj safariga borib, bir qancha vaqt Quddusda yashaydi, keyin Misrga ko‘chadi, Tasavvufda uning o‘ziga xos, boshqa olimlardan farqli shoziliya oqimini tuzadi. U Yaman tomanga sayohat qiladi, keyin Eron va Xabash yurtlarini kezadi. Keyin al-Maho degan shaharda yashaydi va o‘sha yerda vafot etadi.

Yana bu davr olimlaridan biri Ibn as-Sayrafiy (1371-1441)dir. Alouddin ibn as-Sayrafiy Shofiiy qonunshunoslaridan bo‘ladi. U kishi aslida Damashq ahlidan bo‘lgan, 803 hijriyda (1400-1401) Qohirani ziyorat qilib, u yerda biroz yashaydi. U kishining kitoblari: «al-Vusul ila mo fi-r-rofiiy min al-usul» – «Ildizdan ko‘tariladigan prinsipga yetishish», yana «Natoij al-fikr fi tartib masoil al-minhoj alo al-muxtasar» – «Metod masalalarni tartibga tushirishda qisqa fikr natijalari» (to‘rt jild) hamda uning «Xutab» (xutbalar) va «Zod as-soiriyn fi fiqh as-solihiyn» («Yaxshilarni tushunish borasida kezuvchilar homiysi») kabi asarlari bo‘lgan.

Yana bu davr olimlariga Bahouddin as-Subkiy (1319-1362) degan, olimning ham qo‘shish mumkin. Bu kishi Abu Homid Ahmad ibn Ali ibn Abdulkafiy Bahouddii as-Subkiy (1319-1362)dir. Bu kishi o‘z asrining fozil kishilaridan bo‘lgan. Uning «Arus al-af-roh sharh talxis al-fattoh» – «Miftoh – kaldni kisqacha sharhlashda shodlik kelini» degan asari ham bo‘lgan. Bu kishi Shom qozisi ham bo‘lgan. 762 xijriy yili (1360-61) bir yil davomida qozilik ham qilgan, undan so‘ng askarlar qozisi bo‘lgan, ko‘pgina o‘lkalarga sayohatlar ham qilgan, so‘ng Makkaga yaqin joyda vafot etgan.

Bu davr olimlariga arab adibi va olimi Xalil ibn Saloh as-Safadiy (1298-1363)ni ham qo‘shish mumkin. Bu kishining «al-Vofiy bi-l-vafoyot» – «Ulug‘ kishilar vafotlari» degan asari bo‘lib, bunda qariyb o‘n to‘rt mingga yaqin mashxur kishilar tarjimai holini qamrab olgan qomusnamo bir asar bo‘lgan. Yana olimlardan Abu-l-Fido (vaf. 1331), Ibn Shokir al-Kutubiy (vaf. 1362), ko‘z tabibi Alouddin Kahhol (vaf. 1320), Ali ibn Abdulkarim ibn Tarxon ibn Taqiy al-Hamaviy as-Safodiy kabilar ham bu davrda yashagan olimlardan edi. Bu so‘nggi kishi ko‘z tabibi bo‘lgan, adabiyot borasida ham taʼliflari bo‘lgan, o‘zi Falastindagi shahar Safadda davlat xazinachisi bo‘lgan. Uning «al-Qonun fi amroz al-uyun» – «Ko‘z kasalliklari borasida qonun» degan kitobi mashhur. Uning yana «al-Ahkom an-nabaviya fi-s-sinoat at-tib» («Tabobat sanʼatida payg‘ambar hukmlari») kabi asari ham bo‘lgan. U kishi yetmish yoshlarga borib vafot etgan.

Xulosa qilib aytsak, Temur davrida turli-tuman soha mutaxassislari, fanning rang-barang tarmoqlari, hunarmandlar va boshqa tarmoq ahllari Samarqandga yig‘ilgan edi, shu davrda ilm-fan bu yerda bir qadar rivoj topadi va uning baʼzi tarmoqlari yuqori pog‘onaga ko‘tariladi.


Abdusodiq Irisov

Sharqshunoslik. № 7, 1996. - 208 b. B. 163-173. (O‘zbekcha);

Ученые, проживавшие в эпохе Тимура.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0