Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Ulug‘bek

Ulug‘bek (taxallusi; asl ismi Muhammad Tarag‘ay) [1394.22.3, Sultoniya sh., Eron Ozarbayjoni — 1449. 27.10, Samarqand]


Buyuk o‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi. Shohruxning o‘g‘li, Amir Temurning nabirasi. Sohibqironning «besh yillik yurish»ida (1392-96) Iroqdagi Mordin qalʼasini qamal qilish chog‘ida tug‘ilgan. Sharafuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» asarida yozishicha, Amir Temur huzuriga chopar kelib U.ning tug‘ilgani va munajjimlar bu nevara kelajakda ham olim, ham hukmdor bo‘lishini bashorat qilganlari xushxabarini yetkazadi. Sohibqiron xursandligidan Mordin qalʼasi qamalini to‘xtatib, uning xalqiga yuklangan to‘lovni bekor qiladi. Uning o‘z nabirasiga Muhammad Tarag‘ay va Ulug‘bek deb ism qo‘yganini ham munajjimlarning yuqoridagi bashorati b-n bog‘lash mumkin... U. davrida Samarqand sh. yanada ravnaq topgan. Shaharda hunarmandchilik, meʼmorlik, adabiyot, umuman ilm-fan yuksaldi, savdo taraqqiy etdi. Buxoroda (1417), Samarqandda (1420), G‘ijduvonda (1432-33) madrasalar va Marvda xayriya muassasalari qurildi... U. Samarqand yaqinida rasadxona barpo qildi (q. Ulug‘bek rasadxonasi). U. akademiyasidagi yirik olim — Ali Qushchini U. «Ziji»ning so‘zboshisida «farzandi arjumand», yaʼni «aziz far-zandim» deydi. Aslida u U.ning sadoqatli shogirdi bo‘lib, «Zij» ustida ishlar poyoniga yetkazilguniga qadar ustoziga yordam bergan... 16-a.ning 2-yarmi va 17-18-a.lardagi qator musulmon olimlari «Zij»ga sharhlar yozdilar va uni qayta ishlab o‘z zamonlari va makonlariga moslashtirganlar. Ular orasida suriyalik Taqiyiddin ash-Shomiy (1526-85), ... Dog‘istonlik Damodon al-Muhiy (1718 y.v.e.) kabi olimlarning sharhlari shular jumlasidandir. Bular orasida hind davlat arbobi va olimi Savay Jay Singhning faoliyati alohida o‘rin tutadi. U Hindistonning Boburiy sultoni Muhammadshohning (1719-48) farmoni b-n U. rasadxonasidagi jihozlarning taʼriflariga ko‘ra, Dehli, Banoras, Jaypur, Ujjayn va Muttrada rasadxonalarini barpo qiladi... Tarixchi Mirzo Muhammad Haydar «Tarixi Rashidiy» asarida «Mirzo Ulug‘bek tarixnavis donishmand (va) «To‘rt o‘lus» (tarixi)ni (ham) yozib qoldirgan edi», deb yozgan. U.ning turkiyda yozgan «Tarixi arbaʼ ulus» («To‘rt ulus tarixi») asari Chingizxon bosib olgan mamlakatlarning 13-14-a. lar 1-yarmidagi siyosiy hayotini o‘rganishda muhim manbadir...


O‘zME, T, 2000-2006, t.9. 2005, -704 b. – B. 75-79. (O‘zbekcha);

Улуғбек (тахаллус; наст. имя Муҳаммад Тарагай).

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0