Samarqanddagi 15-a. meʼmorligining nodir namunalaridan biri, qo‘xna astronomik kuzatuv muassasasi. Ulug‘bek farmoyishi b-n 1428-29 y.da Ko‘xak (Cho‘ponota) tepaligida ulkan silindr shaklida bunyod etilgan; ayrim qo‘lyozmalar («Boburnoma»)ga ko‘ra, bal. 30,4 m dan iborat 3 qavatli qilib qurilgan. Unda o‘ndan ortiq turli astronomik qurilma va asboblar bulgan... Rasadxona o‘rta asrlarda asbob-uskunasi jihatdan ham beqiyos bo‘lgan. Asbob astronomiyaning asosiy doimiyliklari — ekvator va ekliptika orasidagi burchakni o‘lchash, yillik pretsessiya doimiysini, tropik yil davomiyligini va b. fundamental astronomik doimiyliklarni aniqlashga imkon bergan.... Hozir U.r.dagi katta asbob — kvadratning yer ostida saqlangan qismi balandligi b-n 11 m keladi. 1964 y. U.r. yonida Ulug‘bek muzeyi ochilgan. U.r.ning asl ko‘rinishi, ichki tuzilishi, bosh qurilmasi haqida O‘zbekiston va chet el olimlari tomonidan tadqiqot ishlari olib borilmoqsa.
O‘zME, T, 2000-2006, t.9. 2005, -704 b. – B. 79-81. (O‘zbekcha);
Обсерватория Улугбека.
Fikr qoldirish#