Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Umarshayx Mirzo (1456, Samarqand – 1494.9.6)

Temuriy shahzoda. Abu Said mirzoning to‘rtinchi o‘g‘li. Boburning otasi. Abu Said mirzo Kobul viloyatini U.ga bergan, biroq U. hali yosh bo‘lganligi bois unga Boboyi Kobuliyni bek atka qilib tayinlaydi. Ammo tez orada mirzolarning xatna to‘yini o‘tkazish munosabati bilan otasi U.ni Samarqandga qaytaradi. To‘ydan keyin Abu Said mirzo U.ga Andijon viloyatini boshqarishni topshirgan. Bu gal mirzoga Xudoyberdi tukchi Temurtoshni bek atka qilib tayinlaydi. Keyinchalik akasi Sulton Ahmad mirzo U.ga Toshkent bilan Sayramni beradi. Shohruxiyani esa, o‘zi firib bilan qo‘lga kiritadi. Maʼlum vaqtdan keyin Toshkent va Shohruxiya U. tasarrufidan chiqadi, uning qo‘l ostida Farg‘ona, Xo‘jand va O‘ratepa qoladi. U.ning o‘z saltanati hududlarini kengaytirish maqsadida qilgan harakatlaridan tahlikaga tushgan akasi Sulton Ahmad mirzo Toshkent hukmdori Sulton Mahmudxon (Xonika) ibn Yunusxon o‘zaro ittifoq tuzib 1494 yil U. ustiga qo‘shin tortadilar. Biroq shu yilning 9 iyunida U. kaptar uchirish vaqtida kaptarxona bilan birga jarga qulab halok bo‘ladi. «Boburnoma»da qayd etilishicha, U. past bo‘ylik, paxmoq soqolli, yumaloq yuzli, to‘la, lo‘ppi kishi bo‘lgan. Kiyimni tor tiktirib kiyar, sallani chirmab o‘rar edi; xanafiy mazhablik, sof eʼtiqodlik kishi edi, besh vaqt namozni vaqtida ado etardi. Xoja Ahrorni o‘ziga pir sanar, uning ko‘pdan-ko‘p suhbatlarida qatnashgan. U. xushxulq, sahovatli va mard inson bo‘lgan. Ad.: Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma, T., 1960; Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1996.


O‘zME, T, 2000-2006, t.9. 2005, -704 b. – B. 91-92. (O‘zbekcha);

Умаршайх Мирзо – королевич-темурид.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0