Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Boburiylar davri miniatyura sanʼatini o‘rganishning baʼzi masalalari

O‘z ibtidosini qadimiy Ajanta g‘orlari devorlariga ishlangan mahobatli tasvirlarda topgan Hindiston tasviriy sanʼati tarixida Boburiylar davrida juda rivojlangan qo‘lyozmakitoblar sahifasini ziynatlash uchun ishlangan miniatyuralar alohidao‘rin egallaydi. Ayniqsa, XVI asrda tashkil topgan ulkan markazlashgan Boburiylar davlati davrida tasviriy sanʼatning bu turi o‘zining eng yuksak taraqqiyot darajasiga erishgan deyish mumkin. Xususan, Hindistondagi eng yirik saltanat poytaxt shaharlari, Dehli, Agra va Lohurda, asosan, podshoh va aslzodalar homiyligida shakllangan rassomlikning bu yo‘nalishini boshqalaridan farqlash uchun Boburiylar davri miniatyura rangtasvir sanʼati deb ataladi.

Boburiylar davridagi madaniyatning taraqqiyoti va qisman miniatyura rang-tasvir sanʼatining shakllanishi va rivojlanishiga Markaziy Osiyova Xuroson madaniyati anʼanalari maʼlum darajada taʼsir ko‘rsatgan.Ayniqsa, tarixchilar G‘iyosiddin Xondamir va Shayx Zayn Xavofiy, shoirlardan Qosim Ko‘hiy Samarqandiy, mashhur Mir Ali Hiraviyning o‘g‘li, xattot Muhammad Boqir, rassom Farruxbek kabi ko‘plab Xuroson va Movarounnahrdanchiqqan sanʼatkorlar XVI asr Boburiylar saroyiga kelib, mahalliy madaniyat va sanʼat taraqqiyotiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar.

Shimoliy Hindistonda markazlashgan yirik Boburiylar davlatning tashkil topishi, o‘zaro nizolarning kamayishi, iqtisod bilan bir qatorda adabiyot, sanʼat va madaniyat rivoji uchun ham sharoit yaratdi.

Ilmiy adabiyotda XVI asr boshlarida yashab, ijod etgan rassomlar to‘g‘risida maʼlumotlar deyarli yo‘q. Ammo asr oxiriga kelib, 150 danortiq musavvirlar Boburiylar saroy kutubxonasida ijod qilganligi maʼlum. Ularningko‘pchiligini mahalliy sanʼatkorlar tashkil qilgani tabiiy bir hol. Jaloliddin Muhammad Akbar kutubxonasining faxri hisoblangan 24000 ta qo‘yozmaning ko‘pi XVI asrda asosan mahalliy va chetdan kelgan musavvirlar guruhi tomonidan nafis mo‘jaz rasm - miniatyuralar bilan bezatilgani tarixiy haqiqatdir.

Mavjud ijtimoiy tizimning inqirozi, Boburiylar hukmronligining tanazzuli, shuningdek, deyarli bir asr davom etgan kurashnatijasida Hindiston yarim oroli 1858 yili Angliyaning rasmiykoloniyasiga aylandi. Asrlar davomida yaratilgan beqiyos madaniyboyliklar yo‘qotildi, talandi va chet ellarga tashib ketildi. XVI asr hind rangtasviri namunalarining dunyo bo‘ylab tarqalib ketganligi hozirgi tadqiqotlar uchun maʼlum qiyinchiliklarni tug‘diradi. F.R.Martin, T.V.Arnold, P.Braun, I.Shchukin, B.Grey, M.Chandra, X.Goyets, R.Krishnadas, S.Tyulyayev, Hamid Sulaymon, T.V.Grek, I. Nizomutdinov va boshqa olimlarning Boburiylar davri rassomlik sanʼatini o‘rganishgabag‘ishlangan tadqiqotlari tufayli ayrim obidalar va umumiytaraqqiyot xususiyatlari bilan tanishish mumkin bo‘lib qoldi.

Boburiylar rassomlarining asarlari Yevropa mamlakatlaridaham keng tarqalgan. O‘z davrida taniqli golland rassomi Rembrandtshogirdlariga shu miniatyuralarni ko‘chirishni tavsiya qilgan.Mashhur ingliz rassomi J.Reynolds ham Boburiy rassomlarining yuksak mahoratini tan olgan (Hendley T. N. Memorial of Jaypore exhibition. VI vols ). Lekin, bu yuksak sanʼat namunalarini o‘rganish, asosan, XIX asr oxiri va XX asr boshlaridakechdi. Boburiylar davri rassomlik sanʼati yodgorliklarinio‘rganish uch yo‘nalishda olibborilgan: birinchisi, yodgorliklarni ilmiy tavsifga olish; ikkinchisi,rassomlik sanʼati taraqqiyotini umumiy tarzda yoki alohida manbaasosida o‘rganish; uchinchisi esa, miniatyuralardan davr madaniy va tarixiy hayotini o‘rganishda asosiy manba sifatida foydalanish.

Boburiylar davri rassomlik sanʼati yodgorliklari tarqalibketganligi bois, ularni aniqlash, ilmiy tavsifga olish muhimahamiyatga ega. Chunki davr rangtasviri taraqqiyotini o‘rganishdagiasosiy manba shu asarlarning o‘zidir. Hozircha XVI asrda yaratilganrangtasvir namunalarining to‘la tavsifiga ega bo‘lmasak-da, ayrim majmualar va namoyishlar katalogi mavjuddir (Dimand M. S. Several illustrations from the Dastan-i Amir Hamza in American Collections ). Bu boradagi T.H.Hendley, A.K.Kumarasvami, I.Shchukin, T.V.Arnold va B.Grey kataloglari ilmiy jamoatchilik tomonidan yuqori baholangan. Ayniqsa, T.Arnold va B.Grey ishlari alohida eʼtiborga sazovor bo‘lib, ularda XVI asrda yaratilgan ko‘plab asarlarning ilmiy tavsifi berilgan.

Rassomlik namunalarining maxsus kataloglardan tashqari ayrim maqolalarda ham tavsifga olib borilmoqda (Suhrawardy S. Introduction to the study of Indo-Persian Painting ). Maxsus kataloglarning muhim qiymati shundaki, ularda rassomlar asarlarning ilmiy tavsifi berilibgina qolmasdan, ko‘pincha asarlaridan namunalar ham berilgan. Asarlarning chop etilishi va ilmga kiritilishi xilma-xil namunalarni qiyosiy o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Boburiylar davri rassomlik sanʼati taraqqiyotini umumiy tarzda o‘rganish masalasi G‘arb olimlarining Sharq xalqlari tomonidan yaratilgan boy madaniy merosga kamsituvchilik nuqtai nazari bilan qarashlariga qarshi kurash bilan tutashib ketadi. Grife, Vedel, V. Smit singari olimlar Boburiylar davri rassomligining o‘ziga xos badiiy sanʼat ekanligini inkor etganlar. Ular Boburiylar davri miniatyura sanʼatini «musulmon sanʼati» yoki «eron sanʼati»ning bir oqimi deb izohladilar va uni «eron-hind», «hind-eron», «islom-hindiy» va «hindiy-islomiy» tarzida turlicha nomladilar.

Boburiylar davri miniatyuralarida, asosan, dunyoviy mavzular yoritilgan. Bu Boburiylar saroyida yashab, ijod etgan rassomlar diniy, etnik va tabaqaviy jihatidan turlicha hamda turli mamlakatlardan kelgan bo‘lsalar-da, ammo rassomlik sanʼatining asosiy yo‘nalishi mamlakatmadaniy hayot taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Mahalliy rassomlar ko‘pchilikni tashkil etgan, ular faqat hindiy yoki musulmon dinida bo‘lishmagan. Ular orasida yogalar, otashparastlar, budparastlar va boshqa eʼtiqod namoyandalari ham bo‘lishgan.

Hindiston sanʼatini o‘rgangan A. K. Kumarasvami, Ye. B. Hayvell, F.R.Martin kabi tadqiqotchilar yuqoridagi qarashlarga zid tarzda, Boburiylar rassomlik sanʼati taraqqiyoti o‘ziga xos xususiyatga ega, degan fikrni ilgari surdilar. Ikki guruhdagi olimlarning g‘oyaviy kurashikeyingilarning foydasiga hal bo‘ldi, chunki 3 asr davomida yaratilgansanʼat obidalari – nafis mo‘jaz tasvirlarning o‘ziga xosligi, ulardaqadimgi devoriy suratlardagianʼanalar davom ettirilganligi va busanʼat mamlakat xalqlari hayotining badiiy inʼikosi ekanligi radetib bo‘lmas dalil bo‘lib chiqdi. G‘arazgo‘y olimlarning qarashlari barchailg‘or fikrli tadqiqotchilar tomonidan rad etilgan bo‘lsa-da, ularning salbiy g‘oyaviy taʼsiri ostida Boburiylar davri rassomlik sanʼatinamunalarini «hind-eron» maktabiga oid deguvchilar hamon uchrabturadi (Haveil E. V.).

Yevropalik olimlarining salbiy nuqtai nazarlariga Hindistonsanʼatining tadqiqotchilaridan biri Ye.B.Hayvell «Hind sanʼatiideali» degan kitobida xaqli eʼtiroz bildirgan.

Ye.B.Hayvell o‘z kitobida Boburiylar davri sanʼati bilan qadimgihind sanʼati orasidagi umumiylik va farqni ham obyektiv izohlaydi:«Akbar, Jahongir va Shohijahon davrida saroy rassomlari avvalgibuddaviy va hindiy hukmdorlar davridagi xizmatni o‘tadilar, lekinBoburiy sultonlar ilohiy vorislikni daʼvo qilmadilar va davlathayotida diniy taʼsir hal qiluvchi rol o‘ynamadi. Bu davr sanʼatidakeng tarqalgan mavzular diniy bo‘lmay, balki sevgi va janglarto‘g‘risidagi dostonlar, bahodirlik afsonalari, kundalik hayot va portret edi».

Ye.B.Hayvell Boburiylar davri sanʼatidagi mahalliy aholi vakillarirolini belgilashda burjua olimlarining noto‘g‘ri fikriga qarshi chiqadi: «Boburiylar saroyida eronlik rassomlarbo‘lganligi sababliYEvropa tanqidchilari bu davr rassomliginihind-eron rassomliksanʼati, deb nomlaydilar va hind sanʼatidagi yaratuvchilik g‘oyalarinichetdan kelgan, deb taxmin qiladilar. Bu mantiqsiz va g‘ayriilmiytaxmindir...

Yaratuvchilik g‘oyalari qisman Akbar podshoh saroyidagi shart-sharoitdan va bushaxsning ajoyib xislatlaridan kelib chiqqan. Fikr doirasi keng Akbarpodshoh musulmon va hind rassomlariga aqliy va diniy erkinlik yaratib bergan.


Abdumajid Madraimov

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi tarix fanlari doktori, professor

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0