Yangi ijtimoiy maʼno kasb etgan hind sanʼati boshqa texnikanʼanalarni o‘zlashtirish bilan birga o‘zining avvalgi chegara doirasinikengaytirdi va hayotiyligini namoyish etdi, lekin o‘z ideallariga sodiqqoldi. Umuman olganda, Boburiylar davri rassomlik maktabisanʼat voqeligi sifatida Eron, Xitoy va Yaponiya maktablari kabioriginal va o‘ziga xosdir» (Martin F. R).
Ye.B.Hayvellning yuqoridagi fikrlari F.R.Martinning ikki jildlik«Eron, Hindiston va Turkiya miniatyura sanʼati va rassomlari»nomli kitobida kengaytirildi va unda Boburiylar davrida yaratilganeng asosiy yodgorliklarning umumiy xususiyatlari taʼkidlab o‘tildi. F.R. Martin o‘z tadqiqotlari asosida shunday xulosaga keladi: «Hind-eron termini bilan, menimcha, Boburiylar miniatyurasanʼati noto‘g‘ri atalgan.Ular (yaʼni, eron va hind miniatyurasi) o‘rtasida hech qanday anglabbo‘lmaydigan o‘xshashlik yo‘q...».
Boburiylar davri miniatyurasi taraqqiyotini o‘z asarida umumiytarzda ko‘rib chiqqan F.R.Martin Boburning rassomlik sanʼatitarixidagi roliga obyektiv baho bergan: «Bobur podshoh rassomlikka judaqiziqqan va o‘z ajdodlari Temuriylar kutubxonalaridan qolgan harbir qo‘lyozma parchasini imkoni boricha to‘plagan va Hindistonga o‘zibilan olib ketgan. Bu olib kelingan qo‘lyozmalar Boburiylardavri miniatyura sanʼatitaraqqiyotiga juda katta taʼsir ko‘rsatdi».
F. R. Martinning yuqoridagi fikri, Boburiylar davri rassomligi taraqqiyotidaTemuriylar davri rassomchiligi taʼsirini to‘g‘ri tushunibetganidan dalolat beradi. Ammo F. R. Martin kitobi yaratilganda Boburpodshoh uchun tayyorlangan miniatyurali qo‘lyozmalar fangamaʼlum emas edi.Uning fikrini esa mana shunday yodgorliklardan biri AbdurahmonJomiy «Devon»ining mashhur xattot Sulton Ali Mashhadiy tomonidan 1515 yili Hirotda ko‘chirilgan nusxasi va unga Mahmud Muzahhibtomonidan beshta rasm ishlangan nodir qo‘lyozmasi tasdiqlaydi (Martinovitch N. N. A Djami’s manuscript in the Lafaytte college library ).
Sharq miniatyura sanʼati taraqqiyotining eng xarakterli xususiyatlarinito‘g‘ri anglagan olim F.R.Martin, o‘z kitobiga ilova tarzida har birmamlakatda yashab ijod etgan rassomlar ro‘yxati keltiriladi. Lekin,ushbu tadqiqotda to‘g‘ri va obyektiv xulosalar bilan birga, baʼzimunozarali fikrlar ham mavjud. Masalan, muallif yozadi: «Akbar podshoh davrigacha yaratilgan miniatyuralar Eron miniatyuralarining mahalliy talqinidir» (Binyon L., Arnold T. )
Bu olimning Bobur podshoh va Humoyun podshoh davrida yaratilgan tarixiy portretlarmavjudligini inkor etishiga ham tanqidiy yondashish lozim. Shungaqaramay, bular ushbu asarning ilmiy ahamiyatini kamaytirmaydi, balki olim Boburiylardavri miniatyura sanʼatlarini o‘rganishda ilmiy obyektiv munosabatdabo‘lganidan darak beradi.
XX asr boshlaridan Yevropada Boburiylar davri rassomliksanʼatiga eʼtibor keskin ortadi. Natijada, ushbu masalaga bag‘ishlangantadqiqotlar, alohida monografiyalar eʼlon qilina boshlandi. Inglizsanʼatshunoslari L.Binyon, T.V.Arnoldhamkorligida yaratilganBoburiylar davri miniatyurasini o‘rganishga bag‘ishlangan «BuyukBoburiylar saroy rassomlari» monografiyasida rassomlik sanʼatitarixi umumiy tarzda ko‘zdan kechirilgan. Alohida davrlarga ajratilmaganhamda XVI asr rassomlarining alohida xizmatlari butunlayeʼtibordan chetda qolgan (Vinuon L., Arnold T. W).
Boburiylar davri rassomlik sanʼatini o‘rganishda PersiBraunning «Boburiylar davri rangtasviri» va I.Shchukinning«Boburiylar davri rangtasviri» nomli tadqiqotlari alohidaahamiyat kasb etadi. Bu monografiyalarda mualliflarning tadqiqotdoirasi keng, rassomlik sanʼati taraqqiyoti alohida davrlargaajratilgan hamda bu sanʼatning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashmaqsad qilib olingan. Ayniqsa, I.Shchukin tadqiqoti shu sohadagi engyaxshi monografiyadeb tan olingan (Gray V. Painting).
P.Braun tadqiqotining ijobiy xususiyati shundaki, asarda ilkbor Boburiylar davri rassomlik sanʼati taraqqiyotini alohidabosqichlarga ajratib o‘rganilgan. Muhim yodgorliklarga qisqacha to‘xtalibo‘tilgan, tadqiqot ilovasida rassomlarning nomlari, asarlari va hindminiatyuralari saqlanayotgan fondlar ko‘rsatgichi keltirilgan.
I.Shchukin tadqiqotida boshqa olimlarning ishlariga xolisonayondashib, ko‘p yozma yodgorliklar, xususan, qadimgi hind yozma yodgorliklariham tadqiqot doirasiga kiritilgan. Miniatyuralar kompozitsiyasi,ranglari va ularda tabiat, inson va jonivorlarningqay yo‘sindatasvirlanishi batafsil tahlil qilingan.
Ammo monografiyalarda ijobiy xulosalar bilan birga, baʼzinoaniqliklar ham uchrab turadi. Masalan, P.Braun monografiyasidaXVI asr ikkinchi yarmida yaratilgan yodgorliklardan «Boburnoma»ningBritaniya muzeyidagi OR. 3714 raqamli qo‘lyozmasining yaratilish vaqtinibelgilashda va rasmlar badiiy tahlilida yanglishib, olim ularni1575 yilgacha yaratilgan deb taxmin qiladi (Brown P ), vaholanki, «Boburnoma» o‘zbekchadan forschaga 1589 yildagina to‘la tarjima qilib bo‘lingan.P.Braunning bu yanglish fikri I. Shchukin monografiyasida ham qaytarilgan (Stshoukine I ).
P.Braun, I.Shchukin asarlari tadqiqotchilar tomonidan yuqoribaholanganligining sababi, har ikkala olim ham Boburiylar davri rassomlik sanʼati tarixidagi hali o‘rganilmagan masalalarnimuomalaga kiritganidadir.
V.Shtaudening «Akbar davri hind rassomi», X.Goyetsning «Hindrassomlik sanʼati tarixi», R.Krishnadasning «Boburiylar miniatyurasi» singari umumiy xarakterdagi tadqiqotlarida eʼlon qilinganva ilmga kiritilgan yodgorliklarni eʼtiborga olish lozim. Boburiylardavri rassomlik sanʼati taraqqiyoti umumiy tarzdao‘rganilgan tadqiqotlardan tashqari, alohida yodgorliklarni o‘rganishga bag‘ishlangan monografiya va ilmiy maqolalarda ham tahlil qilinmoqda.
F.R.Martin o‘z monografiyasida Akbar podshoh davridagi ayrim yodgorliklarni maxsus o‘rganish lozimligini eslatgan edi (Martin F. R. Yuqoridagi asar ). Bu sohadagi birinchi tadqiqot Boburiylar davri hind rassomlik sanʼati namunalarini o‘rganish Jaypur Rojasiga taalluqli bo‘lgan «Razmnoma» qo‘lyozmasi suratlarini eʼlon qilish bilan boshlangan (Hendley T. N. Miniatures oi Razm-nameh, in-Hendley T. H. Memorials of Jaypore exhibition, vol.VI.).
«Amir Hamza qissasi» miniatyuralarini bir joyga jamlab o‘rgangan H.Glyukning maxsus monografiyasi ham qimmatli tadqiqotlardan biridir (Glück H. Die Indischen Miniaturen des Hamzae-Romanes). XVIasrning mashhur tarixchisi Abulfazl Allomiy «Oyini Akbari» kitobida«Amir Hamza qissasi»ga 1200 ta miniatyura ishlanganligini qayd etgan edi.Ammo, Mir Alauddovla Qazviniyning «Nafois ul-muosir» tazkirasidaHumoyun Podshoh Kobulda 1550 yili 50 ga yaqin mohir rassomlarni to‘plab,mashhur musavvir Mir Sayyid Ali Tabriziy rahbarligida «Amir Hamzaqissasi»ga yirik o‘lchamli miniatyuralar ishlashni buyurgan, deyiladi.
Hind olimi R.Krishnadas taxminicha, bu miniatyuralarni ishlash 1582 yilgacha davom etgan bo‘lib, ularning soni 2800 taga yetgan. Ammo,bizgacha ulardan 100 dan ortiq miniatyura yetib kelgan bo‘lib, ularAvstriya, Angliya, AQSH va Hindistonda saqlanadi. H. Glyukning mazkurminiatyuralarni o‘rganish borasida olib borgan ishlari keyinchalikV.Shtaude, G.Eggar singari olimlar tadqiqotlari uchun asos bo‘lgan ( Staude W. Les artistes de la court d’Akbar et les illustration de Dastan-i Amir Hamzae) .
«Amir Hamza qissasi» miniatyuralari bir davrda yashagan ijodkorlartomonidan yaratilgan. Ularni o‘rganish, rassomlarini aniqlash XVI asr Boburiylar davri rassomlik sanʼatining shakllanish xususiyatlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Abulfazl Allomiy saroy kutubxonasidagi rasmlar bilan ziynatlanganqo‘lyozmalar nomini keltirar ekan, ular orasida Rashididdinning «Jomeʼut-tavorix» kitobini ham eslatadi. Bu qo‘lyozmaning XVI asrga mansub,miniatyura ishlangan nodir nusxasi Tehrondagi shoh kutubxonasida saqlanadi. U «Kitobi Chingiznoma» deb nomlangan. Qo‘lyozma 304 varaq bo‘lib, 98 sahifada miniatyuralar berilgan. Qo‘lyozma 1596 yil, 25 mayda ko‘chirilib bo‘lingan. Uni ziynatlashda XVI asrning ikkinchi yarmida ijodetgan mashhur rassomlar qatnashgan. Boshqa tadqiqotchilar nazaridan chetda qolib kelgan bu nodir yodgorlikni chex olimlari Ya.Marek va X.Knijkova maxsus o‘rgangan (The Jenghiz Khan Miniatures,Text by J.Marek and H. Knizkova )
Ular 98 miniatyuradan 34 tasini tanlabolib, rangli holda eʼlon qilishgan. Bu miniatyuralar asosida shu davr rassomlik sanʼati taraqqiyotining ayrim xususiyatlarini o‘rganishgan.
Garchi Boburiylar davriga oid XVI asrikkinchi yarmida yaratilgan eng qimmatli asarlar nashr etilgan bo‘lsa-da, hali yana ko‘pchilik qo‘lyozmalarning miniatyuralari tadqiqot doirasidan chetda qolmoqda.
Miniatyuralar texnikasini o‘rganish masalasi dastlab F.R.Martinmonografiyasida uchraydi. P.Braun ham o‘z tadqiqotida miniatyuraasarlari texnikasiga alohida to‘xtalgan. Lekin, miniatyura texnikasihind olimi Moti Chandraning tadqiqotida har tomonlama, maxsuso‘rganilgan (Chandra M. The Technique of Moghul painting). Ushbu olim, Boburiylar davri miniatyuralari texnikasini o‘rganar ekan, sanʼatga oid qadimgi hind risolalaridan keng foydalandi. Uning kitob yozishida banoraslik rassom, ustod Ramprasadning amaliy maslahatlari muhim o‘rin egallagan.
Biroq muallif bu qimmatli asarni yozishda qo‘shni mamlakatlarda yaratilgan rassomlik sohasidagi ayrim risolalarga murojaat qilmagan.Ozarbayjon olimi, prof. A.Yu.Kaziyevning «O‘rta asr qo‘lyozmasining badiiy va texnik materiallari» nomli monografiyasi o‘rta asrlarda yaratilgan ko‘pgina risolalardagi qimmatli fikrlarni umumlashtiruvchi xarakterga ega (Kaziyev A. Yu. Xudojestvenno-texnicheskiye materialы i terminы srednevekovoy knijnoyjivopisi, kalligrafii i perepletnogo iskusstva ).
XVI asr rassomchilik taraqqiyotini o‘rganishda hindistonlik olim Mahfuzul Haqning «Xoni-Xonon va uning rassomlari» maqolasini chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Olim qimmatli yozma manba «Muasir ul-Rahimiy» asari qo‘lyozmasidagi maʼlumotlarga tayanib, Boburiylar davrida faqat saroy ustaxonasida emas, boshqa maʼrifatparvar ziyolilar homiyligida ham rassom, xattot va kitobat sanʼati namoyandalari ijod etganini ko‘rsatib beradi (Haq M. Khan-i Khanan and his painters,).
Miniatyuralar katta madaniy, tarixiy va estetik ahamiyatga molikdir.Ular asosida davr madaniy muhiti, yodgorliklari va estetik talablarini o‘rganish mumkin. Hindiston sanʼati namunalari,jumladan,miniatyuralarni bunday manba sifatida birinchilar qatori o‘rganganolim T.H.Hendley edi (Hendley T. N. Sport in Indian Art, Journal of Indian Art and Industry, vol. XVIII). Lekin bu tadqiqotlar umumiy xarakterga ega edi. Qolaversa,bu davrda ko‘pchilik miniatyuralar hali fanga kiritilmagani bois,T.H.Hendley asarlarida maʼlum darajada cheklanganlikmavjud. Miniatyuralarni madaniyhayotni o‘rganishda manba sifatida olgan nemis olimi H. Goyetsning«Hind madaniyati tarixiga rasmli ilova» kitobi esa juda katta ilmiyahamiyatga ega ( Goetz H. Bilderatlas zur kulturgeschichte Indiens in der Grossmogul-Zeit).
O‘tgan asrning oltmishinchi yillarida hindistonlik olim MuhammadAzhar Ansoriy Boburiylar davri madaniy hayotini o‘rganishga bag‘ishlanganqator muhim maqolalarini «Islom madaniyati» jurnalida eʼlon qildi (Ansari Mohd A. Dress of the Great Moghuls).
Mir Sayyid Ali, Abdusamad Sheroziy, Basavan, Farruxbek ijodinio‘rganishga bag‘ishlangan ayrim maqolalar eʼlon qilingan bo‘lsa-da,ularning ijodi mukammal o‘rganilgan deyish qiyin ( Chaghatai A. Mir Sayyid Ali, / Pakistan Quarterly, – Karachi ). XVI asrda yaratilgan ko‘plab miniatyuralarning madaniy, tarixiy va estetik ahamiyati katta, shu sababli ayrim asarlar va miniatyuralar mazmunini qiyosiy o‘rganish, rassomlik sanʼatining baʼzi xususiyatlarini ochishga yordam berishi shubhasiz.
Abdumajid Madraimov
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
tarix fanlari doktori, professor
Fikr qoldirish#