Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Boburiylar davri miniatyura sanʼatini o‘rganishning baʼzi masalalari (manbalar tahlili)

Hindistonlik olim, Aligarh musulmon universiteti professori S.P.Vermaning so‘nggi ikki tadqiqoti, «Akbar podshoh saroyidagi rasmlarsanʼativa moddiy madaniyat» (Yangi Dehli, 1974) va «Boburiy rassomlarva ularning asarlari» (biografik maʼlumotnoma va qiyosiy katalog,Dehli, 1994)da o‘sha davrlarda yaratilgan rasmlar va ijod etganrassomlar to‘g‘risida imkon qadar maʼlumotlarni to‘plagani bilan qimmatlidir (Verma. 1974; Verma. 1994).


1998-yili YUNESKO shafeligida chop qilingan «Boburiy rassomlar: so‘nggi tadqiqotlar» nomli kitobda Xoja Abdussamad, Mir Sayyid Ali,Dastvant, Laʼl, Kesu Das, Farruxbek, Vishnudas, Govardhan ijodi maxsus o‘rganilgani bilan qimatlidir ( Mughal Masters: Futher Studiyes.–Mumbai ).


1960-yili S.I. Tyulyayev tomonidan Moskvadagi Sharq sanʼati muzeyidagi parokanda rasmlardagi 69 sahifada mavjud “Boburnoma” asariga ishlangan rasmlarining eʼlon qilinishi mutaxassislarning eʼtiborini Zahiriddin Muhammad Boburning shoh asari va unga ishlangan rasmlarga qaratdi. 1969 yili Hamid Sulaymon Britaniya muzeyidagi Akbar Podshoh uchun yaratilgan noyob 116 sahifasida rasmlar mavjud qo‘lyozmaning 93ta rasmi, zarvaraq va Bobur podshoh portreti bilan nashr etdi. 1983 yili M. S. Randxava Dehlidagi Milliy muzeyda saqlanayotgan “Boburnoma”ning 183 ta rasmli qo‘lyozmasi to‘g‘risida albom tadqiqotni nashr etdi. Yelena Smart “Boburnoma” asariga ishlangan hozir Valter sanʼat muzeyidagi 30 ta rasmni tadqiq etib, ular nashr etilgan. O‘z davrida mavjud maʼlumotlar asosida 1979 yili “Tarixiy asarlariga ishlangan XVI asr oxiri –XVII boshlaridagi hind miniatyuralari” (“Boburnoma rasmlari” mavzuida nomzodlik dissertatsiya yoqlagan edim. 2015 yili nashr etgan “Temuriy va Boburiylar davri madaniyati, kitobat va rangtasvir sanʼati tarixiga chizgilar” nomli monografiya ilovasida “Boburnoma” asariga ishlangan 458ta rasm aniqlanib, ularning nomlari va ayrim maʼlumotlar keltirilgan edi (Chizgilar, 357-372 betlar.)


Bu maʼlumotlar “Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi”ning 2 nashrida qaytarilgan. Ularda AQShning Baltimor shahridagi Valter sanʼat muzeyidagi 30 sahifadagi 41ta rasm eʼtiborga olinmagan.


Umuman, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asariga ishlangan miniatyuralar tadqiqoti ham davom ettirilishi zarur.


Boburiylar davri miniatyura sanʼati asarlarining janr xususiyatlarinianiqlash va uni o‘rganish sanʼatshunoslikning muhim vazifalaridanbiri bo‘lib, maxsus tadqiqotlarni talab qiladi.


Abdumajid Madraimov

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

tarix fanlari doktori, professor

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0