Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Buyuk shoir va bunyodkor orzulari ishtiyoqida

Zahiriddin Muhammad Boburning Hindistondagi hayoti 1525-1530 yillar. “Vaqoyi’” kitobining shartli Hindiston deb atalgan, uchinchi qismi, aslida Pokiston va Hindistonning shimoliy qismi Dehli Sultonligiga yurish bilan bog‘liq voqealarda “Vaqoyi’i sanayi isno va salosina va tis’a mia” -to‘qquz yuz o‘ttinchi ikkinchi (1525) yil voqealari bayonidan boshlanadi.

Shu yili Bobur Podshoh o‘zining Istalif yaqinidagi sevimli “Bog‘i Vafo”da bo‘ladi: “Shanba kuni (oyning to‘qqizida) Bog‘i Vafog‘a tushuldi. Bir necha kun Humoyun Mirzo va ul yuzning cheriki uchun Bog‘i Vafoda tavaqquf qilildi.

Bog‘i Vafo haddi va hududi va safo latofati bu tarixda mukarrar mazkur bo‘lubtur. Asru safoliq bog‘ voqi’ bo‘lubtur. Har kim xaridorliq ko‘zi bila ko‘rsa, bilgaykim, ne turluk yerdur. Necha kunkim, anda eduk, ichar kunlari aksar ichildi va sabuhiy qilildi, ichmas kunlari ma’jun suhbati edi.” (Boburnoma, 2002, 184 . Keyingi iqtiboslar shu nashrdan olingan)

Bu yurish jarayonida Bobur Podshoh o‘z yaqinlari bila jola-soldasuzganini yozadi: “Jolada she’r aytur el xeyli bor edi. Misli, Shayx Abul Vajd vaShayx Zayn va MulloAlixon va Turdibek Xoksor va ba’zilar ham bor edi. Suhbatta Muhammad Solihning bu bayti mazkur bo‘ldikim:


Joye ki tu boshi digarero chi kunad kas,

Mahbubii har ishvagarero chi kunad kas.

(Mazmuni: Har bir nozkarashmachining muhabbatini nima qilsin kishi, sen bo‘lgan joyda boshqani nima qilsin kishi.), dedukkim, bu go‘shada aytsunlar. Tab’i nazmi bor el aytmoq maqomida bo‘ldilar. Chun Mullo Alixon bila xeyli mutoyaba qililur edi, hazl tariqi bila bu bayt badihada xotirga keldi.


Monandi tu madhushu karero chi kunad kas,

Har govkunu moda xarero chi kunad kas.

(Mazmuni: Senga o‘xshash hushsiz karni nima qilsin kishi, Har bir ho‘kizga o‘xshagan va urg‘ochi eshakni nima qilsin kishi).

O‘z mulozimiga nisbatan ushbu qo‘pol hazilni aytgandan so‘ng, Bobur Podshoh chuqur o‘yga toladi hamda keyincha “Mubayyin” asarini ijod qilish jarayonida o‘zi uchun quyidagi yangi mulohaza, ijodiy taomil va hayotiy xulosaga kelganini shunday bayon qiladi: “Mundin burun yaxshi va yomon, jid va hazl harne xotirg‘a yetsa edi, mutoyaba tariqi bila gohi manzum bo‘lur edi. Har nechuk qabih va zisht nazm bo‘lsa ham marqum bo‘lur edi. Bu fursattakim, “Mubayyin”ni nazm qiladur edim, xotiri fotirg‘a xutur etti va hazin ko‘ngulga mundoq yettikim, xayf bo‘lg‘ay ul tildinkim mundoq alfozni darj qilg‘ay, yana fikrini qabih so‘zlarg‘a xarj qilg‘ay va darig‘ bo‘lg‘ay ul ko‘nguldinkim, mundoq maoniy zuhur etgay, yana zisht xayollar anda xutur etgay.Andin beri hajv va hazl she’r va nazmidin torik va toib erdim. Bu baytni aytur mahal aslo xotirg‘a yetmadi va bu ma’ni hargiz ko‘ngulga xutur etmadi!”

Ushbu yurish davomida Bobur Podshohning sog‘lig‘i to‘g‘risida ma’lumot ham keltirib, o‘zining shamollaganini yozadi: “Odina kuni, oyning sakkizida Gandamakka tushganda, menga tund rezandaliq bo‘ldi. Bihamdilloh osonliq bila o‘tdi”. Keyincha bu shamollash davom etganini ko‘ramiz: “Bir ikki kundin so‘ng Bigromda tushganda rezandaliq bo‘lib isittim. Bu rezandaliq surfag‘a munjar bo‘ldi. Har yo‘talganda qon tukurar edim, aksar isitma bo‘ldi, bildimkim, bu isitma qondindurva bu tashvishni qilg‘andin: “Fa man nasaka fa innamo yankusu alo nafsih va man avfo bimo ahada alayhilloha fasayu’tihi ajran aziyman”(mazmuni:...),


Ne qilayin sening bila ey til,

Jihatingdin mening ichim qondur.

Necha yaxshi desang bu hazl ila she’r

Birisi fahshu biri yolg‘ondur.

Gar desang kuymayin bu jurm bila,

Jilavingni bu arsadin yondur.

“Rabbano zalamno anfusano va in lam tag‘fir lano va tarhamno lanakunanna minal-xosirin” (Mazmuni: ... ).

Yana boshdin istig‘for va e’tizor maqomida bo‘lub, bu nav’ botil andeshadin, bu yo‘sunluq noloyiq peshadin ko‘ngulni tindirub, qalamni sindurdim. Ul dargohdin osiy bandalarg‘a bu nav’ tanbihlar davlatedur azim, har banda hamkim, mundoqlardin mutanabbih bo‘lg‘ay saodatedur jasim”.

“Ul kunkim, Bigromda turuldi, oqshomda rezandaliq bo‘lib isittim, bu rezandaliq yo‘talg‘a tortti, har yo‘talda qon tukurur edim, xeyli tavahhum bo‘ldi, alhamdulilloh, ikki-uch kundin so‘ng bartaraf bo‘ldi”

Bu safar Nilob guzaridan o‘tish vaqtida “ta’yin qilildikim, jami’ cherik elini nom-banom bitib, sonlarini olg‘aylar”.

Bigromdin ko‘chub, yomg‘ur yog‘durub, Kobul suvi yoqasig‘a tushuldi. Hindustondin xabar keldikim, Davlatxon va G‘ozixon yigirma-o‘ttuz ming cherik yig‘ib, Kalanurni oldi, Lohur ustiga kelmakchidur. Mo‘min Ali tavochini qadag‘a bila chopturuldikim, biz ko‘ch-barko‘ch mutavajjihdurbiz, biz yetkuncha urushqunchi bo‘lmasunlar. Ikki qo‘nub, panjshanba kuni, oyning yigirma sekkizida Sind yoqasig‘a tushtuk.

Shanba kuni, rabiulavval oyining g‘urrasida Sind suyi kechib, Kachakot suvidin o‘tub, daryo yoqasiga tushuldi. Kemalar ustiga qo‘yg‘on beklar va baxshilar va devonlar cherikka kelgan elning sonini arzg‘a yetkurdilar. Uluq-kichik, yaxshi-yomon navkar o‘n ikki ming kishi qalamg‘a kelubtur.

Bu yil tuzda pashkal oz bo‘lg‘ondur. Tog‘ domanasidag‘i viloyatlarda pashkal yaxshi bo‘lg‘ondur...Tog‘ domanasi bila Siyalkot yo‘li bila mutavajjih bo‘lduk. Hatiy Gakkarning viloyati to‘g‘risiga yetganda, bir rudta har yer-har yerda qalin suvlar turubdur. Bu suvlar tamom yax bog‘labtur, agarchi xeyli qalin emas bir ilikcha qalinligi bo‘lg‘oy. Hinduston viloyatida bu nav’ yax g‘aribtur. Yaxshi o‘shanda-o‘q ko‘rildi. Bir necha yilki Hindustonda eduk, qor va yaxdin osor va alomat ko‘rulmadi...

Sinddin besh ko‘ch ko‘chub, oltinchida Jud tog‘iga payvast Balnat jo‘gining tog‘ining tubida Bagyallar yurti rudqa kelib tushildi. Tonglasi el oshliq olur maslahati uchun ul yurtta turduk. Ul kun araq ichildi, Mullo Muhammad Parg‘ariy ko‘p hikoyat qildikim, oncha purgo‘yluq qilib edi, Mullo Shams xud ertaki shaloyin edi, bir shaloyinliq boshlasa, kechgacha tugata olmas edi. Oshliqqa borg‘on qul-qulluqchi va yaxshi va yomon oshliqdin o‘ta chiqib, changal va tog‘ va qattiq va bo‘rtog‘ yerlarg‘a parishon va behisob borib, bir necha kishi oldurdilar. Kichkina Tunqator anda o‘ldi”.

Bahlulpurdin o‘rdug‘acha kema bila kelduk, suhbat edi, ba’zi araq, ba’zi bo‘za ichtilar, ba’zi ma’jun yedilar.Kemadin namozi xuftondin kechrak chiqib, xirgohda ham ozroqcha ichildi. Ot maslahatig‘a bir kun bu suv yoqasida otqa dam berduk.

Odina kuni, rabiulavval oyining o‘n to‘rtida Siyalkotqa tushtuk. Doim Hindustong‘a borsak, gov va govmish o‘ljasig‘a tog‘din va tuzdin jat va gujur behad va beqiyos kelur edi. Boshsizliq va zulm qilg‘uchi ushbu badbaxtlar edi. Burun viloyatlar yog‘iy edi. Bu navbatkim, bu viloyatlar tamom el bo‘lubtur, ushmundoq muomala qila kirishtilar. Sayilkotning yalang‘och faqar, miskinikim, o‘rdug‘a kelib edilar, bayakbor g‘avg‘oye tushti, talong‘a bordilar. Boshsizliq qilg‘on elni topturub, ikki-uchni pora-pora qildurdum”. Ushbu tadbir yurish paytida jamoat tinchliginisaqlanishi uchun tartibsizlik qilganlarga jazo berilgan.

“Sialkotdin Shohim Nurbekni ham Lohur beklariga chopturuldikim, yog‘iy ne yerda ekanin tahqiq qilib, qayda qotilurlarini sohib vuquf kishidn bilib, aytib yuborsinlar”.

Malut qo‘rg‘onida G‘ozixonni qamal qilgan vaqtda, “El qo‘rg‘on eshigida bisyor g‘uluv qiladurlar edi, siyosat uchun bir necha o‘q ottim, yakbor bir qazo o‘qi Humoyun mirzoning qissaxoniga tekkach-o‘q jon barhaq taslim qildi”.

“Ikki kecha o‘shul balandida qo‘nub, dushanba kuni qo‘rg‘ong‘a kirib sayr qilib, G‘ozixoning kitobxonasiga kirdim. Bir necha nafis kitoblar chiqti, bir nechasini Humoyung‘a berib, bir nechasini Komrong‘a yibordim. Mulloyona kitoblar xud bisyor edi. Va le oncha nafis kitoblarkim, ko‘z tutulur edi, oncha chiqmadi”.

Bobur Podshoh siyosiy dushmani G‘ozixonni Malo‘t qal’asini tashlab qochgani munosabati bilan ushbu she’riy lavhani keltiradi:


“Mabin on behamiyatro ki hargiz,

Naxohad did ro‘i nekbaxti,

Tan osoni guzinad xeshtanro,

Zanu farzand bigzorad ba saxti”.

(Mazmuni: Unday behamiyatni ko‘rma, u hech qachon xushbaxtlik yuzini ko‘rmaydi. U o‘z gavdasini qutqarib, xotin, bola-chaqasini yomon holda qoldiradi”).

“G‘ozixonning ustiga ilg‘or ayirg‘ondin so‘ng himmat rikobig‘a oyoq qo‘yub, tavakkul inonig‘a ilik urub, Sulton Ibrohim binni Sulton Iskandar binni Sulton Bahlul Ludiy afg‘onning ustigakim, ul tarixta Dehli poytaxti va Hinduston mamoliki aning taxti tasarrufida edi, hozir cherigini bir lak derlar edi, o‘zida va beklarida mingga yovuq fil chenarlar edi, mutavajjih bo‘lduk.”

Dundin quyi bir-iki ko‘chtin so‘ng Shoh Imod Sheroziy Oroyish Xon va Mullo Muzahhibning xatlarini olib keldi... Dundin ko‘chub, Aro‘par kelduk. ...qalin yomg‘urlar yog‘di. Filjumla sovuq bo‘ldi. Och-yalangg‘och hindustoniylar qalin qirildi... Arupardin ko‘chub, sahrind to‘g‘risida Karmalg‘a tushub edukkim, bu hindustoniy: “Sulton Ibrohimning elchisidurmen”, deb keldi. Agarchi, xat va kitobati yo‘q edi, bizdin bir kishi elchilikka istid’o qilibdur. Biz ham aning muqobalasida bir-ikki Savodiy tunqatorni yiborduk. Bu faqirlar yetgach, har ikkisini Ibrohim band qildurur. O‘shal kunkim, Ibrohimni bostuk, o‘shal zamon Savodiy xalos bo‘lub keldi”.

“Ora qo‘nub, Bano‘r va Sano‘r ro‘di yoqasig‘a tushtuk. Hindustonda daryolardan boshqa oqar suvkim bor – budur, muni Gagar suvi derlar, Chitr ham bu suv yoqasidadur... Chitrdin uch-to‘rt kuruh yuqoriroq xeyli latif va munosib yerlardur. Ushbu suvning keng daradan chiqishida bir chahorbog‘ buyurdum... Bu yurtta xabar toptukim, Sulton Ibrohimkim, Dehlining beri yonida edi, andin ilgari boqa kechubtur, yana Hisori Feruzaning shaqdori Hamidxoniy Xossa Xayliy Hisori Firuza va ul navohining cheriki bila Hisori Firuzadin o‘n-o‘n besh kuruh berirak chiqib kelibtur. Kattabekni xabar uchun Ibrohimning o‘rdusig‘a yiborildi. Mo‘min atkani Hisori Firuza cherikiga xabar uchun yiborildi...Yakshanba kuni, jumodilavval oyining o‘n uchida...Humoyunni tamom burong‘or kishisi bilakim, Xoja Kalon va Sulton muhammad do‘ldoy va Vali xozin bo‘lg‘ay va Hindustonda qolg‘on beklardin Xisravbek va Hindubek va Abdulaziz va Muhammad Ali jang-jang va g‘uldin ichkilardin va yigitlardin Shoh Mansur barlos va Kattabek va Muhib ali va bir pora kishgi qo‘shub, Hamidxon ustiga ta’yin qilduk”.

Bobur Podshoh yozadi: “Biban ham ushbu yurtta kelib, mulozamat qildi. Bu afg‘onlar ko‘p rustoyi va behush el bo‘ladur. Bovujudikim, Dilovarxon ham navkar va ham martabag‘a andin ulug‘roq o‘lturmas, Olamxonning o‘g‘lonlarikim, podshohzodalaredur, ular o‘lturmas, bu o‘lturmoq istid’o qildi, aning noma’qulig‘a kim quloq solur!”

Dushanba kuni, sabohi oyning o‘n to‘rtida Hamidxon ustig‘a Humoyun mutavajjih bo‘ldi. Ilg‘ob, Humyuon o‘zidin ilgarrak yuz-yuz ellik o‘bdon yigitni qaravul ayirur. Qorovul kishisi yovuq yetib, ilik olishib, bir-ikki dast erishgan mahalda keyindan Humoyunning qorasi paydo bo‘lg‘ach-o‘q g‘anim qochar. Yuz-ikki yuz kishi tushurub, yarmining bo‘ynini urub, yarmini yetti-sakkiz fil bila kelturdi. Humoyunning bu fathining xabarini odina kuni, tush vaqtida oyning o‘n sakkizida Bek Mirak mo‘g‘ul o‘shal yurtta-o‘q kelturdi. Filhol xossa bosh-oyoq va taviladag‘i xossa otlardin bir ot inoyat qilib, juldu ham va’ada bo‘ldi”.

“Dushanba kuni, oyning yigirma birida shshal yurtta +umyun yuzcha bandi bila va yetti-sakkiz fil bila kelib, mulozamat qildi...avvali yurishi va avval ish ko‘rgani bu edi... Humyung‘a Hisori Firuzani tavobi’ va lavohiqi bilakim, bir karo‘r viloyattur, yana bir karor yarmoq juldu berildi.”

Ul yurttin ko‘chub, Shohobod kelduk. Til tutar uchun Sulton Ibrohimning o‘rdusig‘a kishi yiborib, bir necha kun bu yurtta tavaqquf bo‘ldi. Rahmat piyodani fathnomalar bila Kobulg‘a yiborildi”.

“Ibrohimning o‘rdusidan ham mutavotir (og‘zaki) xabarlar kela boshladiki, bir kuruh-ikki kuruh ko‘chub har yurtta ikki-uch kun maqom qila-qila keladur. Biz ham mutavajjih bo‘lub, Shohoboddin ora ikki qo‘nub, Jun daryosining yoqosig‘a Sarsava to‘g‘risi kelib tushtuk. Xoja Kalonning navkari Haydarqulini til tut yiborildi.

Men jun daryosini guzar bila kechib borib, sarsarani sayr qildim. Ul kuni ma’jun ham yeduk. Sarsavaning chashmasi bor, ozroqcha suv bu chashmadin chiqib boradur, yomon yer emas. Bir Turdibek xoksor ta’rif qildi. Men dedimkim, seniki bo‘lsin. Ba taqrib bila Turdibekka Sarsava berildi.

Bir kemada tolor yasatib, gohi kema sayri qilur edim, gohi ko‘chlarda kema bila andin kelur edim. Ul yurttin daryo yoqalay quyig‘a boqa ikki ko‘ch qo‘chulub edikim, til tuta borg‘onlardin Haydarquli xabar kelturdikim, Dovudxon Haytimxonni besh-olti ming kishi bila Miyoni duob sari kechurubtur. Uch-to‘rt kuruh Ibrohimning doirasidin berirak doira urub o‘lturubtur.Bu favjning ustida yakshanba kuni, jumodiulavval oyining o‘n sakkizida Chin Temur Sultonni va Mahdiy Xoja va...tamom javong‘or kishisiniki, ... bo‘lg‘ay, ... g‘uldin ham … ilg‘or ayurduk”.

“Namozi peshin bu yerdin suv kechib, namozi digar-namozi shom orasida ul yuzdin tebradilar. Biban ushbu ilg‘or bahonasi bilan suvdin o‘tub qochti. Farz vatida g‘anim ustiga yetarlar. Oz-og‘loq yasab chiqqandek qilurlar. Bizning kishi yetgan bila-o‘q olib tebrarlar. Ibrohimning doirasi to‘g‘risig‘acha tushura borurlar. Haytimxonnikim, Dovudxonning og‘asi va bir sardori ul edi, tushurub yetmish-sakmon bandi bila, olti-yetti fil bila kelib ko‘rdilar. Siyosat uchun aksari yasoqqa yetti... Andin ko‘chub, burong‘or, javong‘or, g‘ul yasol yasab dim ko‘ruldi. Ul miqdorkim, qiyos qilur eduk, oncha cherik ko‘rilmadi... Bu yurtta farmon bo‘ldikim, jami’ cherik eli faroxo‘ri holig‘a aroba kelturgaylar. Yetti yuz aroba bo‘ldi. Ustod Qliqulig‘a farmon bo‘ldikim, Rum dasturi bila arobalarning orasida zanjir o‘rnig‘a o‘yning xomi(terisi)din arg‘amchilar eshib, bir-birig‘a bog‘lag‘aylar. Har ikki aroba orasida olti-yetti to‘ra bo‘lg‘ay. Tufakandozlar bu aroba va to‘ralarning keynida turub, tufang otqaylar. Bu asboboning tartibi jihatidin besh-olti kun bu yurtta tavaqquf bo‘ldi.

Va bu asbob va olot tayyor va mukammal bo‘lg‘ondin so‘ng, tamom beklarni va so‘z bilur o‘bdon yigitlarni dag‘i kengashga tilab, om kengash qilib, ra’ylar munga qaror toptikim, Panipat shahredur, mahallot va uylari qalin, har tarf mahallot va uylar bo‘lur, yana atrofiniaroba va to‘ra bila berkitib, tufauandoz va yayoqni aroba va to‘ra orqasida ta’yin qilmoq kerak.

Bu qaror bila ko‘chub, ora qo‘nub, payshanba uni, jumoduloxir oyining salxi Panipat kelduk. O‘ng qo‘l shahr va mahallot bo‘ldi. .oldimizda tartib qilg‘on to‘ralar bo‘ldi. So‘l qo‘lda va ba’zi yerlarda xandaq va shoh bo‘ldi. Har bir o‘q otimi yerda yuz-yuz ellik otliq chiqqudek yerlar qo‘yuldi. Cherik eli ba’zi xeyli mutaraddud va mutavahhum edilar. Taraddud va tavahhum betaqribdur. Nekim azalda Tengri taqdir qilibtur, andin o‘zga bo‘lmas. Agarchi alarni ham ayb qilib bo‘lmas. Haq alar jonibi edi. Ne uchunkim, vatandin ikki-uch oyqilik yo‘l kelilib edi. G‘arib qavme bila elning ishi tushub edi. Ne biz alarning tillarini bilur eduk, ne alar bizning tilimizni.


Parishon jam’eyu, jam’e pareshon,

Giriftor qavmeyu, qavme ajoyib”.

Eng muhim ushbu jangdan avval Bobur Mirzo o‘zining siyosiy raqibiga shunday baho beradi: “G‘animning hozir cherikini bir lak (yuz ming) chenarlar edi. O‘zining va umarosining ming-ikki mingga yovuq fili bor derlar edi. Ikki otasidin qolg‘on xazina xud naqd iligida edi. Hindustonda bir rasme bordurkim, mundoq ish tushganlarda yarmoq berib, miyod bila navkar tutarlar. Bu elin “badhandiy” derlar. Agar mundoq xayol qilsa edi, bir lak, ikki lak ham navkar tuta olur edi. Tengri taolo rost kelturdi, ne yigitini rozi qila olurkim, tabiatig‘a imsok ko‘p g‘olib edi. O‘zi yarmoq yig‘ishturmoqqa behad tolib, betajriba yigit edi. Ne kelishi saranjomliq edi, ne turushi, ne yurushi ehtimomliq edi, ne urushi”.

Bobur Mirzoning ushbu jangga puxta tayyorgarligini ko‘rgan mulozimlaridan biri Darvesh Muhammad Sorbonunga ayttikim: “Muncha ehtiyotkim bo‘ldi, ul ne imkondurkim, kelgay?”. Muallif yozadi: “Ul fursattakim, Panipatta cherik elining atrof va javonibini aroba va shoh va xandaq bila mazbut va murattab qililadur edi...Dedimkim, sen bularni o‘zbek (Shayboniy) xon, sultonlariga qiyos qilamusen? Ul yil Samarqandtin chiqib, Hisor kelganda o‘zbakning jami’ xon va sultonlari yig‘ilib, ittifoq qilib, bizning ustimizga kelur azimat bila Darbanddin o‘ttilar. Biz jami’ sipohiy va mo‘g‘ulning ko‘ch va mollarini mahallotqa kiyurub-kiyurub, mahalloni ko‘chaband qilib berkuttuk. Chun ul xonlar va sultonlar yurush-turushning hisob va yarog‘ini bilur edilar, ko‘rdilarkim, o‘luk-tirikni Hisorda ko‘rub, Hisorni berkuttuk. Hisor ustiga kelmakning hisobini topa olmay, Chag‘aniyon navohisi Navandokdin-o‘q yondilar. Bularni alarg‘a o‘xshatma, ish hisobini va yurush yarog‘ini qanda bilurlar?”

Bobur Podshoh yozadi: “Tengri rost kelturdi, men degandek-o‘q bo‘ldi. Yetti-sakkiz kun Panipatda eduk, oz-oz kishimiz borib, doirasig‘acha qalin kishilarig‘a o‘q qo‘yarlar edi, bosh kesib keltururlar edi. Alar hech harakate va junbushe qilmaslar edi. Oxir ba’zi davlatxoh Hindustoniy beklarning ra’yi bila mal qilib, Mahdiy Xoja va Muhammad Sulton Mirzo va Odil Sulton va Xisrav va Shoh Mir Husayn va Sulton Junayd barlos va Abdulaziz miroxo‘r va Muhammad Ali jang-jang va Qutluqqadam va Vali xozin va Muhib Ali xalifa va Muhammad baxshi va Jonibek va Qaroko‘z boshlig‘ to‘rt-besh ming kishini shabixung‘a yibordik. Kecha bila o‘bdon ittifoq qila olmay, pareshon borib tegarlar, ish qila olmadilar. Tong otib yoruq bo‘lg‘uncha g‘animning doirasining yaqinida edilar, g‘anim kishisi naqoralarini choldurub, fillar yasab chiqtilar. Agarchi ish qila olmadilar, andoq qalin kishi bila ilik olishib, vale hech kishi qora oldurmay, solim va salomat chiqtilar. Muhammad Ali jang-jangning oyog‘ig‘a o‘q tegdi, agarchi muhlik emas edi, vale urush kuni ishga yaramadi.

Bu xabarni topib, Humoyunning cheriki bila bir kuruh-bir yarim kuruh bularning o‘trusig‘a yiborib, o‘zim ham qolg‘on cherik bila yasab chiqtim. Shabixun borg‘onlar Humoyunga qo‘shulub keldilar. Chun g‘anim kishisi ilgarrak kelmadi, biz ham yonib tushtuk.Bu kecha o‘rduda g‘alat g‘avg‘oye tushti. Bir gariyga yovuq suron edi va g‘avg‘o edi. Mundoq g‘avg‘olarni ko‘rmagan ellarg‘a xeyli taraddud va tarahhum bo‘ldi. Bir zamondin so‘ng g‘avg‘o bosildi... “Odina kuni, rajab oyining sakkizida farz vaqtida qaravuldin xabar keldikim, g‘anim yasab keladur. Biz dag‘i jibalanib va yaroqlanib otlanduk. Burong‘or Humoyun va Xoja Kalon va Sulton Muhammad do‘ldoy.va Hindubek va Vali xozin va Pirquli Siystoniy edi.

Javong‘ir Muhammad Sulton Mirzo va Mahdiy Xoja va Odil Sulton va Shoh Mir Husayn va Sulton Junayd barlos va Qutlug‘qadam va Jonibek va Muhammad baxshi va Shoh Husayn Yorakiy mo‘g‘ul g‘onchi edi.G‘ulning o‘ng qo‘li Chin Temur Sulton va Sulaymon mirzo va Muhammadiy ko‘kaldosh.va Shoh Mansur barlos va Yunus ali va Darvesh Muhammad sarbon va Abdulla kitobdor edi.G‘ulning so‘l qo‘li Xalifa va Xoja Miromon va Ahmadiy parvonachi va Turdibek va ko‘chbek va Muhib Ali xalifa va Mirzobek tarxon edi.

Irovul Xisrav ko‘kaldosh va Muhammad Ali jang-jang edi. Abdulaziz miroxo‘rni tarhqa (?) ta’yin qilib eduk. Barong‘orning uchida Vali Qizil va Malik Qosim Bobo Qashqa mo‘g‘ullari bila to‘lg‘amag‘a muqarrar qilduk.Javong‘orninguchida Qaroqo‘zi va Abulmuhammad nayzaboz va Shayx Jamol barin va Mahdiy va Tengriquli Pishag‘i mo‘g‘ulni to‘lg‘amag‘a yasaduk, g‘anim kishisi yovuq kelgach, bu ikki bo‘lak to‘lg‘ama o‘ng qo‘ldin, so‘l qo‘ldin g‘animning orqasig‘a yevrulg‘aylar.

G‘animning qorasi ko‘runganda, burong‘or sari mayli ko‘prak edi, bu jihatdin Abdulazizkim, tarhqa muayyan edi, burong‘org‘a ko‘makka yiborildi.” Bu jangdan oldingi holat bayoni edi.

“Sulton Ibrohimning qorasi yiroqtinkim, ko‘rundi, hech yerda darang qilmay, tez-o‘q keladur edi. Ilgarrak kela bizning qoramizkim, alarg‘a ko‘rundi, bu tartib va yasolnikim, malohaza qildilar, hasr bo‘lub, turay-turmay, kelay-kelmay degandek qilib, ne tura oldi, ne burung‘idek bedarang kela oldi. Farmon bo‘ldikim, to‘lg‘amani ta’yin bo‘lg‘on kishi o‘ng qo‘ldin, so‘l qo‘ldin g‘animning orqasig‘a evrulub, o‘q qo‘yub, urushqa mashg‘ul bo‘lg‘aylar. To‘lg‘ama kishi orqasig‘a evrulub, o‘q qo‘ya kirishtilar. Javog‘ordin Mahdiy Xoja burunroq tegishti. Mahdiy Xojaning o‘trusida bir favj bir fil bila keldi. Bular ham qalin o‘q qo‘yub, ul favjni yondurdilar. Javong‘org‘a ko‘mak g‘uldin Ahmadiy parvonachi va Turdibek Ko‘chbek va Muhib Ali xalifani yiborildi. Burong‘orda ham urush qoyim bo‘ldi.

Muhammad Ali Ko‘kaldosh va Shoh Mansur barlos va Yusuf Ali va Abdullog‘a farmon bo‘ldikim, g‘ulning oldidin yurub, urushqa mashg‘ul bo‘ldilar. Ustod Aliquli ham g‘ulning olidin necha qatla yaxshi faranglar otti. Mustafo to‘pchi ham g‘ulning so‘l qo‘lidin aroba ustidagi zarbzanlar bila yaxshi zarbzanlar otti. Burong‘or, javong‘or va g‘ul va to‘lg‘ama g‘animning girdo-girdini olib, shiba qo‘yub, bajid urushqa mashg‘ul bo‘ldilar. Bir-ikki qatla javong‘or, burong‘or sari qisqa-qisqa hamlalar qildilar. Bizning kishi o‘q qo‘yub, shiba zarbi bila yana g‘ulicha tiqtilar. G‘animning o‘ng qo‘li va so‘l qo‘li bori bir yerga yig‘ilib, andoq tiqilish bo‘ldikim, ne ilgari kela oldilar, ne qochg‘oli yo‘l topa oldilar.

Oftob bir nayza bo‘yi chiqib edikim, urush angizi bo‘ldi. Kun tushgacha zarb urush edi. Kun tush bo‘la a’do mag‘lub va maqhur va ahibbo mubtahij va masrur bo‘ldilar. Tengri taolofazl va karami bila mundoq dushvor ishni bizga oson qildi va andoq qalin cherikni yarim kunda andoq yer bila yakson qildi. Besh-olti ming kishi Ibrohimning yaqinida bir yerda-o‘q qatlg‘a yetibturlar. O‘zga har yerda o‘lganlarni bu ma’rakada o‘n-o‘n olti ming taxmin qilur eduk. So‘ngra Agraga kelganda, Hindiston eli taqriridin andoq ma’lum bo‘ldikim, qirq-ellik ming kishi bu ma’rakada o‘lgan ekandur”.

“Yog‘iyni bosib tushira-tushira yuruldi. O‘trudin tushurgan umarolarni va o‘g‘lonlarni olib kela boshladilar. Suruk-Suruk fillarni filbonlari kelturub, peshkash qildilar.Yog‘iyning keynicha yurub, xossa tobindin Qismtoy mirzoni va Bobo chuhrani va Bujka boshliqlarni, Ibrohimni chiqqan xayol qilib, quvg‘incha ta’qin qildukkim, Agraga yetguncha ta’jil bila borib, iliklagaylar. Ibrohimning o‘rdusini ichi bila o‘tub, sarocha va uylarini sayr qilib, bir qora suv yoqasig‘a tushtuk. Namozi digar bor edikim, Tohir Tabariy xalifaning qayinisini Sulton Ibrohimning o‘luguni qalin o‘luklar ichida tanib, boshini kelturdi. Ushbu kun-o‘q Humoyun mirzoni va Xoja Kalon va Muhammadiy va Shoh Mansur barlos va Yunus Ali va Abdullo va Vali xozinni ta’yin qildukkim, jarida ildam yurub, Agrani iliklab, xizonni zabt qilg‘aylar.“Mahdiy Xojani va Muhammad Sulton Mirzo va Odil Sulton va Sulton Junayd barlos va Qutlug‘qadamni mukarrar qildukkim, partoldin ayrilib, ilg‘ab, Dehli qo‘rg‘oniga kirib, xizonalarni ehtiyot qilg‘aylar.

Tonglasi ko‘chub, bir kuruh yo‘l kelib, ot maslahatig‘a Jun yoqasig‘a tushtuk. Ora ikki qo‘nub, seshanba kuni Shayx Nizomiddin avliyoning mazorini tavof qilib, Dehli to‘g‘risida Jun yoqasida tushuldi. Ushbu chahorshanba oxshomi-o‘q Dehli qo‘rg‘onini sayr qilib, kechasi anda bo‘lub, tonglasi chahorshanba kuni Xoja Qutbiddinning mazorini tavof qilib, Sulton G‘iyosiddin Balban va Sulton Alovuddin Xiljiyning maqbara va imoratlari va minorlarini Havzi Shamsiy va Havzi Xosni va Sulton Bahlul va Sulton Sekandarning maqobiri va bog‘otini sayr qilib, o‘rdug‘a tushub, kemaga kirib, araq ichildi. Dehlining eshikdorlig‘ini Vali Qizilg‘a inoyat qilib, Do‘stni Dehli viloyatida devon qilib, bo‘lg‘on xizonalarni muhr qilib, bularning uhdasig‘a qilduk. Panjshanba kuni andin qo‘chub, Tug‘laqobod to‘g‘risi Jun yoqasig‘a tushuldi.

Odina kuni ul yurtta tavaqquf qilduk. Mavlono Mahmud va Shayx Zayn, yana ba’zi borib, Dehlida jum’a namozi qilib, mening otimg‘a xutba o‘qittilar. Fuqaro va masoking‘a bir pora yarmoq ulashib, o‘rdug‘a keldilar.

“Shanba kuni ul yurttin ko‘chub, ko‘ch-barko‘ch Agra azimati qilildi. Men borib Tug‘laqobodni sayr qilib, o‘rdug‘a tushtim.Odina kuni, rajab oyining yigirma ikkisida Agraning mahallotida Sulaymon Farmuliyning manzilig‘a tushuldi. Chun bu yurtta xeyli qo‘rg‘ondin yiroq edi, tonglasig‘a ko‘chub, Jalolxon Jag‘hatning imoratig‘a tushuldi.

Humoyunkim, ilgarrak kelib edi, qo‘rg‘ondag‘ilar uzr aytib, hayal qilibturlar, bular ham elning besarlig‘ini mulohaza qilib, xizonag‘a dastandoz bo‘lmag‘aylar, deb biz kelguncha chiqar yo‘llarni ehtiyot qilib, o‘lturubturlar. Bikramajit hindukim, Gvaliyar rajasi edi, yuz yildin ko‘prak Gvaliyar viloyatida otalari saltanat qilib edilar. Iskandar Gvaliyarni olur maslahatig‘a necha yil Agrada o‘lturdi. So‘ngra Ibrohim zamonida A’zam Humoyun Servoniy necha mahal bajid urushti, oxir sulh bila olib, Shamsobodni anga berdi. Bikramajit Sulton Ibrohimni bosqonda do‘zahqa bordi. Avlodi va xaylxonasi Agrada edi. Agraga kelganda Bikramajitning xaylxonasining qochar xayoli bor ekandurkim, Humoyun qo‘yg‘on kishilar tutub ehtiyot maqomida bo‘lurlar. Humoyun ham tolog‘ali qo‘ymas. O‘z rizolari bilan qalin javohir va jarov Humoyung‘a peshkash qilur. Bu jumladin bir ashhar shuhratiy olmos edikim, Sulton Alovuddin kelturgan ekandur. Andoq mashhurdurkim, bir muqayyim muning qiymatini tamom olamning ikki yarim kunlik xarji debtur, g‘olibo sakkiz misqoldur. Men kelganda Humoyun menga peshkash qildi, men Humoyung‘a-o‘q bag‘ishladim”.

Ushbu mashhur olmos to‘g‘risida dunyoda ko‘plab kitoblar yaratilgan, shulardan biri Iroj Aminiyning “Ko‘hinur-Boburning olmosi” nomli asari o‘zbek tiliga tarjima qilib, Toshkentda bir yilning o‘zida ikki marta nashr qilindi.

“Qo‘rg‘on ichidagi sipohiylardin bilgulik kishilardin biri Malikdod Karaniy edi, yana Malliy Surduk yana Feruzxon Mevatiy edi. Bir nima hiyal bulardin zohir bo‘ldi. Siyosat qilib yiborildi. Malikdod Karaniy chiqarib, ba’zi istid’olar qilibturlar.Bora-kela bu so‘zlar qaror topquncha to‘rt-besh kun o‘tti. Alarning muddaosidek inoyat va shafqat qilib, jami’ jihotlarini o‘zlariga-o‘q maof tuttuk. Ibrohimning otasiga yetti laklik pargana naqd inoyat bo‘ldi. Beklariga ham har qaysig‘a parganalar berildi. Ibrohim otasini bayrilari bila chiqarib, Agradin bir kuruh suv quyi yurt berildi. Panjshanba kuni, rajab oyining yigirma sakkizida namozi digar Agraga kirib, Sulton Ibrohimning manzilig‘a tushuldi. Tarix to‘qquz yuz o‘ndakim, (1504-1505) Kobul viloyati musaxxar bo‘ldi, ul tarixdin bu tarixqacha hamisha Hinduston havasi qililur edi. Gohi beklarning sust ra’ylig‘idin, gohi og‘a-inining nohampoylig‘idin Hinduston yurushi muyassar bo‘lmas edi. Oxir mundoq mavoni’ qolmadi. Kichik-kirim bek va bekottin hech kim xilofi maqsud so‘z ayta olmadi.Tarix to‘qquz yuz yigirma beshida cherik tortib, Bajavrni zo‘r bila ikki uch kerrida olib elini qatli om qilib, Bhiraga kelduk. Talon va toroj qilmay Bhira elig‘a moli omon solib, naqd va jinsdin to‘rt lak shohruxiy olib, cherik eliga navkar adadi bila ulashib, Kobulga murojaat qilildi. Ushbu tarixdan to‘qquz yuz o‘ttuz ikkigacha (1526) Hindustong‘a, bajid urushub, yetti-sakkiz yilda besh navbatHindustong‘a cherik torttuk. Beshinchi navbatta Tengri taolo o‘z fazl va karami bila Sulton Ibrohimdek g‘animni maqhur va abtar qilib, Hindustondek vase’ mamlakatni bizga muyassar va musaxxar qildi”.

Mana shu ma’lumotdan so‘ng Bobur Podshoh Hindiston tarixi, mamlakat hududi, jug‘rofiyasi, jonvorlari, parrandalari, daraxtlari va gullarini ta’rifini keltirgan . Ushbu ma’lumotlar katta ilmiy qiymatga ega bo‘lib, ingliz tadqiqotchisiF. G. Talbot, “Hozirgi Hindistonni o‘rganmoqchi bo‘lgan kishi ishni eng yaxshisi, “Boburning xotiralari” (“Boburnoma”)ni mutaola qilishdan boshlagani ma’qul”–degan gapida jon bor. Ushbu lavha ilmiy ahamiyati va ma’lumotlarning qamrovi kengligi bilan ajralib turdi. Faqat bir o‘rinda muallif anba-mango mevasini ta’rifida Amir Xisrav Dehlaviy baytini keltirgan:


“Nag‘zaki mo nag‘zaki bo‘lton,

Nag‘ztarin mevai Hinduston”

(Nag‘zakimiz bo‘ston bezagi va Hindustonning eng go‘zal mevasidur)”.

Ushbu ma’lumotlarni bayon qilgandan so‘ng: “Hinduston viloyati yerining va elining xususiyati va kayfiyoti ulcha ma’lum va mushaxxas bo‘lub edi, mazkur va mastur bo‘ldi. Mundin so‘ng yana bitilgudek nima nazarga kelsa, tahrir qilg‘umdur; eshitilgudek nima eshitilsa, taqrir qilg‘umdur”.- deb izoh beradi.

Hindistonni qo‘lga kiritgach, Bobur Mirzo yozadi: “Dushanba kuni, rajab oyining yigirma to‘qquzida xizonani ko‘rmak va ulashmak bunyod bo‘ldi: Humoyung‘a yetmish lak xizonadin berildi. Yana bir bitilmagan, tahqiq qilmagan xizona uyini o‘shandoq-o‘q Humoyung‘a in’om qildim. Yana ba’zi beklarga o‘n lak, bazilarga sakkiz lak, yetti lak, olti lak berildi. Jami’ cherikta bo‘lg‘on afg‘on va hazora va arab va baluj va har jamoatqa qadri hollarig‘a yarasha xizonadin naqd in’omlar bo‘ldi. Har savdogar va har tolibi ilm va balki har kishikim, bu cherikda hamroh edilar, barcha in’om va baxshishdin hazzi vofir va nasibi komil elttilar.Cherikta bo‘lmag‘onlarg‘a ham bu xizonadin qalin in’om va baxshishlar bordi. Misli, Komrong‘a o‘n yetti lak, Mug‘ammad Zamon mirzog‘a o‘n besh lak, Askariy va Hindolg‘a va balki jami’ uruq-qayosh, o‘g‘lon-ushoqqa qalin qizildin, oqtin, raxttin, javohirdin, bardadin savg‘otlar bordi. Ul yuzdagi beklarga va sipohiylarg‘a qalin in’omlar bordi. Samarqand va Xurososn va Koshg‘ar va Iroqqa uruq-qayosh uchun savg‘otlar yiborildi. Samarqand va Xurososn mashoyixqa nuzur bordi. Makka vaMadinag‘a ham nazr bordi. Kobul viloyati bila Varsak sadasining jondor boshig‘a erdin va xotundin banda va ozoddin, bolig‘ va nobolig‘din biror shohruxiy in’om bo‘ldi”.

Bobur Mirzo Sulton Ibrohimni yenggan bo‘lsa ham boshqalar o‘z hududidan kelib muomala qilmadilar: “Bir Dehli va Agradin o‘zga jami’ qo‘rg‘onliq yerlar qo‘rg‘onlarini berkitib, itoat va inqiyod qilmadilar.

Biz Agraga kelganda issiq vaqtlari edi, xaloyiq tavahhumdin tamom qochib edilar.O‘zga va otqa oshliq va xas topilmas edi. Kentlar mug‘oyarat va munofarat jihatidinyog‘iliqqa va o‘g‘urluqqa va rahzanliqqa yuz qo‘yub edilar. Yo‘llar ravon bo‘lmaydur edi. Bizga hanuz fursat ul bo‘lmaydur edikim, xizonani ulashib, har pargana va har yerga mazbut kishilar ta’yin qilg‘aybiz. Yana ul yil xeyli issiq edi. Xeyli el bodi samumning ta’siridin har zamonda yiqilib-yiqilib, o‘la kirishtilar. Bu jihatlardin aksar beklar va o‘bdon-o‘bdon yigitlar qo‘ngul solib edilar. Hindustonda turmoqqa rozi emas edilar, balki ketarga yuz qo‘yub edilar”.

Yuzaga kelgan holatni izohlab, Bobur Podshoh o‘kinib yozadi: “Uluq yoshliq tajribaliq beklar mundoq so‘zlarni aytsa, aybi yo‘qtur. Mundoq so‘zlarni hamkim ayttilar, bu kishida oncha aql va hush bordurkim, alar taqrir qilg‘ondin so‘ng saloh va fasodig‘a yetgay. Borchani bu kishi o‘ziga ko‘rub, bir ishnikim jazm qildi, o‘zga aytilg‘on so‘zlarni mukarrar ioda qilmoqning ne mazasi bor. Kichik-kirimdin xud mundoq so‘zlar va mundoq bemaza ra’ylarning ne taqribi bor. Bu g‘aribdurkim, kichik-kirimdin bu navbat Kobuldin otlanadurg‘onda, bir nechani yangi bek qilib edim. Mening chashmdoshtim bulardan mundoq edikim, men o‘tqa, suvg‘a kirsam-chiqsam, betahoshiy bizlar bila kirgaylar va bila chiqqaylar. Men har sorig‘a bo‘lsam, alar mening sori bo‘lg‘aylar, yo‘qkim: mening xilofi maqsudim so‘z aytqaylar, har ish va har muhimningkim, borining kengash va ittifoqi bila o‘zimizg‘a jazm qilduk, kengashtin ko‘pmasdin burunroq ul so‘z va muhimdin qaytqaylar


Abdumajid Madraimov

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

tarix fanlari doktori, professor

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0