Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Buyuk shoir va bunyodkor orzulari ishtiyoqida

Zahiriddin Muhammad Boburning Hindistondagi hayoti 1525-1530 yillar. Bular agarchi yomon bordilar, Ahmadiy parvonacha va Vali xozin bulardinyomonroq bordi. Kobuldin chiqib, Ibrohimni bosib, Agrani olguncha, Xoja Kalon yaxshilar bordi, mardona so‘zlar aytti va sohib himmatona ra’ylar ko‘rsatti, vale Agrani olg‘ondin necha kun so‘ngra tamom ra’ylari o‘zga bo‘ldi. Bir bormoqqa bajid Xoja Kalon edi.Elning bu muzabzablig‘ini bilib, tamom beklarni tilab kengashtuk. Men dedimkim: “Saltanat va jahongirlig‘ beasbob va olot dast bermas. Podshohliq va amirliq benavkar va viloyat mumkin emas. Necha yil sa’ylar qilib, mashaqqatlar ko‘rub, uzoq yerlar qat’ etib, cheriklar yurub, o‘zumuzni va cherikni harb va qitol muxotaralarig‘a solg‘aybiz. Tengri inoyati bila bu nav’ qalin yog‘iylarni bosib, mundoq keng mamlakatni olg‘aybiz. Holo ne zo‘r kelibtur va ne zarur qilibturkim, mundoq jonlar tortib olg‘on viloyatlarni bejihat solg‘aybiz. Har kim davlatxohdur, mundin so‘ng mundoq so‘zlarni aytmasun, har kim toqat keltura olmay ketarg‘a yuz qo‘ysa, borg‘onidin qaytmasun”. Mundoq ma’qul va muvajjah so‘zlarni xotirnishon qilib, xohi va noxohi elni dag‘dag‘alardin o‘tkarduk.

Chun Xoja Kalonning turar ko‘ngli yo‘q edi, muqarrar andoq bo‘ldikim, savg‘otlarni Xoja Kalon, qalin navkarlik kishidur, olib borg‘ay. Kobul va G‘aznida ham kishi ozdur, alarni zabt va saranjom qilg‘ay. G‘azni va Gardiz va Sulton Mas’udiy hazorasini Xoja Kalong‘a inoyat qildim.Hindustonda yana uch-to‘rt laklik huram parganasini ham berildi. Xoja Mirmiron ham muqarrar bo‘ldikim, Kobulg‘a borg‘ay. Savg‘otlar Mirning uhdasida bo‘ldi. Qobiz Mullo Hasan sarrof va To‘ka Hindu ta’yin bo‘ldi”.

Bobur Podshohning yozishicha, “Xoja Kalon chun Hinddin mutanaffir edi, borurida Dehlining uyining imoratlarining tomida bu baytni bitibturkim:


Agar baxayru salomat guzar zi Sind kunam,

Siyohro‘y shavam, gar havoyi Hind kunam”.

Bobur Mirzo o‘z do‘stidan xafa bo‘lib, kuyunib yozadi: “Biz Hindustonda turub, mundoq zarofatomiz bayt aytmoq va bitmoq besurattur. Ketmakdin bir kudurat bo‘lsa, bu nav’ zarofattin ikki kudurattur. Men dag‘i badihada bir ruboyi aytib bitib yubordim:


Yuz shukr de, Boburki, karimu g‘affor,

Berdi senga Sindu Hindu mulki bisyor.

Issiqlig‘ig‘a gar sanga yo‘qtur toqat,

Sovuq yuzuni ko‘ray desang G‘azni bor”.

Mana shundan keyin Bobur asta-sekin mamlakatdagi ishlarni tartibga keltirib, mahalliy amaldorlar bilan yaxshi munosabatni tiklaydi.

“Shavvol iydidin necha kun o‘tub edikim, Sulton Ibrohimning haramsaroyining o‘rtasidag‘i tosh sutunluq ayvon gunbazta uluq suhbat tutildi. Humoyung‘a chorqab va kamar shamshir va oltun egarlik tupchoq, Chin Temur Sultong‘a va Mahdiy Xojag‘a va Muhammad Sulton Mirzog‘a ham chorqab va kamar shamshir va kamar xanjarlar in’om bo‘ldi. Nechukkim, mujmali munda masturdur, deb in’om qilingan sovg‘alar ro‘yxatini keltirdi: “Ikki tupchoq ot egari bila; kamar shamshiri murassa’ ikki qabza; xanjari murassa’ yigirma besh qabza; katora murassa’o‘n olti qabza; jamdarayi murassa’ ikki qabza; pichoqi hindu va bori oltun qabza; chahorqab to‘rt savb; saqorlot chakman yigirma sakkiz savb”.

Shu yilgi voqelar ichida Bayana qo‘rg‘onini egallash zikr qilingan, Bobur Podshoh yozadi: “Bayanag‘a Qalandar piyodani yiborib, Nizomxong‘a va’da va vaid farmonlari yiborildi. Bug‘ina qit’ani badihada aytib, bitib yuborildi:


“Bo turk siteza makun, ey miri Bayana,

Chalokiyu mardonagi turk ayonast.

Gar zud nayoiyu nasihat nakuni go‘sh,

Onjoki ayonast chi hojat ba bayonast.

(Mazmuni: Ey Bayana miri, Turk bilan o‘ynashma, Turkning epchilligi va mardligi hammaga ayon. Agar tez kelib nasihatni suloqqa olmasang, Ayon bo‘lgan gapni bayon qilishning nima hojati bor.).

Davlat ishlarini yo‘lga qo‘yish jarayonida Bobur Podshoh o‘zining bunyodkorlik nuqtayi nazaridan yozadi: “Doim xotirg‘a yetar edikm, Hindustonning bir uluq aybi budurkim, oqar suvi yo‘qtur. Harerda o‘lturushluq (joy) bo‘lsa, charxlar yasab, oqar suvlar qilib, tarhliq va siyoq yerlar yasasa bo‘lur. Agraga kelgandin bir necha kundin so‘ng ushbu maslahatqa Jun suvidin o‘tub, bog‘ yerlarni mulohaza qilduk. Andoq besafo va xarob yerlar edikim, yuz karohat va noxushluq bila andin ubur ettuk. Bu yerning makruhlig‘i va noxushlig‘idin chorbog‘ xayoli xotirdin chiqti. Mundin o‘zga mundoq yovuq yer Agrada chun yo‘q edi, necha kundin so‘ng zarur bo‘lub, bu yerga o‘q ilik qo‘yuldi. Ul ulug‘ chohkim, hammom suvi andindur, bunyod bo‘ldi. Yana bu parcha yerkim, anbiliy daraxtlari va musamman havz andadur, bulardin so‘ng “xilvatxona” bog‘chasi va uylari bo‘ldi. Andin so‘ng hammom bo‘ldi. Mundoq besafo va besiyoq Hindta tavr tarrohliqlar va siyoqliq bog‘chalar paydo bo‘ldi. Har go‘shada maqbul chamanlar, har chamanda muvajjah gul va nastarinlar murattab va mukammal bo‘ldi”.

Bobur Podshoh yangi mamlakat xususida yozadi:”Hindustonning yana uch ishidin mutazarrir erduk: bir issig‘idin, yana bir gardidin, yana bir tund yelidin. Hammom har uchchalasining dofii ermish. Gard va yel xud hammomda ne qilar. Issiq havolarda andoq sovuq bo‘ladurkim, yovuqdurkim, kishi sovuqqa to‘ngg‘ay. Hammomning bir hujrasinikim, qullatayn g‘avz andadur, tamom toshdin tugatibturlar. Izorasi oq toshtin, o‘zga tamom farsh va saqfi qizil toshdinkim, Bayana toshidur.

Yana Xalifa va Shayx Zayn va Yunus Ali va har kimgakim daryo yoqasida yer tegub edi, siyoqlik va yaxshi rahlik bog‘chalar va havzlar yasadilar. Lohur va Dipalpur dasturi bila charx rost qilib, suvlar joriy qildilar.

Hind eli bu tarh va bu andom bila yerlar ko‘rmagan jihatdin, Junning imoratlari qilg‘on tarafi yerlarg‘aKobul ot quyubturlar.

Yana qo‘rg‘on ichida Ibrohimning imorati bila fasilning orasida bir xoli yer bor edi, anda ham bir uluq vayn buyurdim dahi-dardah. Hinduston istilohi bila zinaliq uluq chohni “vayn” derlar. Bu vaynni bu chorbog‘din burun bunyod qilib edi. Ayni pashkalda qazmoqqa mashg‘ul edilar, necha navbat yiqildi, muzdurlarni bosti. Rana Sanga g‘azvidin so‘ng tamom bo‘ldi. Nechukkim, tarix toshida bitibturlar, itmomi g‘azvdin so‘ngra erkoniga ishora etibturlar. Tavr vayne voqi’ bo‘lubtur. Boridin quyig‘i tabaqasi uch ayvondur, yo‘li chohqa tushadur, zinadin-o‘qtur. Har uch ayvong‘a bir yo‘l-o‘q borur. Har ayvon bir-biridin uchar zina balandtur. Boridin quyig‘i ayvondin suv tortilg‘on chog‘da suv bir zina quyi tushar. Boridin yuqorig‘i ayvong‘a pashkol vaqti suv ulg‘ayg‘onda gohi suv chiqar. O‘rtanchi tabaqasida bir qaznoqliq ayvondur. Bu ayvonning qarinasi bir gumbazdurkim, suv charxini uyurur, o‘y(ho‘kiz) bu gumbazta uyurulur (aylanadi). Yuqoridag‘i tabaqasi bir ayvondur, tashqari boqishliq choh ustidagi sahndin besh-olti zina quyiroq, ikki tarafig‘a zinadin bu ayvong‘a yo‘l borur. Rost tarafig‘a borur, yo‘lning o‘trusida tarix toshidur. Bu chohning yonida yana bir choh qo‘porilibturkim ul ul chohning tubi burung‘i chohning o‘rtasidin bir nima yuqoriroq bo‘lg‘ay. Mazkur bo‘lg‘ongumbazta charxning o‘yi evrulub, ul chohdin suv bu chohqa kelur. Bu chohqa yana bir charx yasalibturkim, ul charx bila suv fasilning ustig‘a chiqar. Fasil usti bila yuqorig‘i bog‘chag‘a suv borur. Chohning zinasi chiqar yerda ham bir toshdin imorat bo‘lubtur. Bu chohning muhavvatasidin tashqari bir tosh masjid qililibtur, vale yaxshi qilmaydurlar. Hinduston tariqi bila qilibturlar”.

Qizg‘in davlat ishlari bilan band bo‘lgan Bobur Podshoh ayni vaqtda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarining tavsifini keltirib, uslubini ham ko‘rsatib o‘tishni unutmagan.

Hindistonda bo‘lib o‘tgan voqealar bayonidan tashqari Bobur Podshoh Movarounnahrda bo‘lib o‘tgan Ubaydxon va Marv, Saraxsdadagi harakatlarini ham eslatadi...

Shu yili Gujoratda sodir bo‘lgan siyosiy jarayonlar, Sulton Muzaffar Gujarotiy va uning o‘g‘illari Bahodurxon, Iskandarshoh tarixi bayon qilinib, xoinliq qilgan Imodulmulkning xaromnamakligi uchun jazosini berganini “Bu ham xo‘b bordi. Imodulmulkdinkim, mundoq namakharomliq bosh urub edi, o‘lturub, jazosig‘a yetkurdi. Mundin boshqa ham otasidin qolg‘on beklarni xeyli o‘lturdi. Xeyli saffok va bebok yigit nishon beradi, “-deb xulosalaydi o‘z fikrini.

“Vaqoyi’ sanayi salosa va salosina va tis’a mia” –to‘qquz yuz o‘ttiz uchinchi (1526-1527) yil voqealarida Bobur Podshoh o‘z o‘q otar qurollaridan katta to‘p-qozonni yaratishni buyurgan edi: “Bayana va ba’zi (qo‘lga) kirmagan qo‘rg‘onlar maslahatig‘a bir uluq qazon ustod Aliqulig‘a buyurulub erdikim, quyg‘ay. Ko‘ra va jam’i masolihini tayyor qilib menga kishi yibordi. Dushanba kuni muharram oyining o‘n beshida ustod Aliqulining qazon quyarining tafarrujig‘a borduk. Qozon quyar yerning girdida sakkiz ko‘ra qilib, olotni eritibtur. Har ko‘raning tubidin bir arig‘e bu qozonning qolibig‘a rost qilibtur. Biz borg‘och, ko‘ralarning teshuklarini ochti, har ariqtin erigan olot suvdek sharillab qolibg‘a kirar edi. Bir zamondin so‘ng qolib to‘lmay, bu ko‘ralardin kelaturgan erigan olotning kelmog‘i birar-birar munaqati’ bo‘ldi. Ko‘rada yo olotta qusure bor ekandur. Ustod Aliquli g‘arib yomon holate bo‘ldi. Darin edikim, o‘zini qolip ichidag‘i erigan misqa tashlag‘ay. Ustod Aliqulig‘a diljo‘yliq qilib, xil’at kiydurub, bu infi’oldin chiqarduk. Bir-ikki kun sovug‘ondin so‘ng ochtilar. Ustod Aliquli ko‘p bashorat bila kishi yiborubturkim, qazonning tosh uyi bequsurdur. Doruxonasini quymoq osondur. Qazonning osh uyini chiqarib, jam’eni aning islohig‘a tayin qilib, o‘zi qazonning doruxonasini quymoqqa mashg‘ul bo‘ldi”.

“Mahdiy Xoja Fathxon Servaniyni Humoyunning qoshidin olib keldi. Humoyundin Dalmavda ayrilibturlar. Fathxonni yaxshi ko‘rub, otasi A’zam Humoyunning parganalarini berib, yana ortuqsi viloyatlar ham inoyat bo‘ldi. Bir karo‘ru oltmish lakli pargana berildi.Hindustonda uluq rioyat qilg‘on umarog‘a muqarrariy xitoblar berurlar: ul jumladin biri A’zam Humoyundur, yana biri –Xonijahon va yana bir –Xonixonon. Muning otasining xitobi A’zam Humoyun edi. Bovujudi Humoyun bu xitob bila birovni muxotab qilmoqlik besurattur, bu xitobni bartaraf qildi, Fathxon Servoniyg‘a Xonijahon xitob berildi. Hinduston eli, agarchi ba’zisi qilich chopg‘ay, vale aksar sipohiyliq rog‘ va ravishidin va sardorliq yurish-turushidin oriy va bebahradur”.

“Bayanadagi Nizomxon...Rana Sanga ...xabari tezrak bo‘lg‘ach, chora qila olmadi. Sayyid Rafi’ bila kelib, mulozimat davlatig‘a musharraf bo‘ldi. Yigirma laklik pargana Miyona duobni inoyat qildim”.

Rana Sanga siyosiy mavqeyi kuchaygan sari turli qo‘rg‘on, viloyat va parganalarning bir qismi Bobur Podshoh atrofiga yig‘ila boshladi.

Safar oyining oxirlarida Xojagiy Asadkim, Iroqqa Shahzoda Tahmosibqa elchilikka borib edi, Sulaymon degan turkman bila kelib savg‘otlar kelturdi. Ul jumladin ikki cherkas qizini”.

Shu o‘rinda, “Odina kuni, rabiulavval oyining o‘n oltisida, tarix to‘qquz yuz o‘ttuz uchta g‘arib voqi’a dast berdi:nechukkim, Kobulg‘abitigan kitobatda mashruh bitilib edi. Ul kitobatni-o‘q beziyoda va benuqson munda kelturuldi. Ul kitobat budur, -deb o‘zining ovqatdan zaharlangini to‘g‘risidagi ma’lumotni keltiradi:”

Bu mash’um voqea marhum Sulton Ibrohim onasini Bobur Podshoh imkoni boricha hurmat qilishga harakat qilganiga qaramay, bu ayol sobiq oshpazlardan foydalanib, uni zaharlashga harakat qilgan edi. Bu voqea tavsiloti “Vaqoyi’” matnida bo‘lgani uchun uni to‘liq keltirmasdan, eng muhim masala, Bobur Podshohning mahalliy taomlarga qiziqqanidan foydalanishib, hamda ayrim ma’sul xodimlar beparvoligi tufayli ovqatiga zahar solishga ulgurishgan, ammo hammasini emas. Bobur Podshoh bazo‘r tirik qoladi. Bu voqealarni sharhlashda ikki misradan misol sifatida foydalanadi. Birinchisi: “Misra’:

Rasida bud baloye, vale baxayr guzasht” (Mazmuni: “Bir balo yetishgan yedi, biroq yaxshilik bilan kechti”)

Tengri manga boshdin jon berdi. Ul dunyodin keladurmen, onadin emdi tug‘dim. Men hasta o‘lub erdim, tirildim. Jon qadrini, billoh, emdi bildim”, -deb xulosalaydi.

Kasaldan davolanish jarayonida bir necha bor sut ichib, dorilarni qabulqilgach, yozgan edi:“Shukr, holo hech qissa yo‘qtur. Jon mundoq aziz nima emish, muncha bilmas edim, ul misra’ borkim:


“Kim o‘lar holatqa yetsa, ul bilur jon qadrini”, -

eslab, maktubni shunday yakunlaydi:

“Harqachon bu voqe’ayi hoila xotirimg‘a kelsa, bexost holim mutag‘ayyir bo‘lur. Tengri taoloning inoyati bor ekandur, manga yangi boshdin jon bag‘ishladi. Muning shukrini ne til bila qilg‘aysen. Xotirlarg‘a taraddud kechmag‘ay deb, har ne voqi’ bo‘lg‘onni sharhi va basti bila bitidim. Agarchi tilga, og‘izg‘a siqqusiz qo‘rqqudek voqea’ edishukr Tengrig‘a, yana ko‘rarim bor ekandur. Xayr va xo‘bluq bila o‘tti. Hech dag‘dag‘a va taraddud xotirlaringizg‘a kechurmang deb, seshanba kuni, rabiulavval oyining yigirmasida chahorbog‘da erurda bitildi”

Voqealar bayoni davomida “Yakshanba kuni, rabiuloxir oyining uchida “Hasht bihisht” bog‘ida Humoyun kelib, mulozamat qildi. Ushbu kun Xoja Do‘st Xovand ham Kobuldin keldi”, deb o‘zi qurgan bog‘larning yana biri nomini ham eslatadi.

“Hasanxon Mevatiyning Nohirxon otliq o‘g‘li Ibrohimning urushida ilikka tushub edi, garavga saxlab eduk. Bu jihattin otasi Hasanxon zohirda omadu rafte qilur edi. O‘g‘lini doim tilaredi. Ba’zining xotirig‘a yettikim, Hasanxonnning istimolasi jihatidin o‘g‘lini yiborilsa ko‘prak mustamol bo‘lub, xizmatkorliqni yaxshiroq bajoy kelturg‘ay. Hasanxonning o‘g‘li Nohirxong‘a xil’at kiydurub, otasig‘a va’dalar qilib ruxsat berildi. Bu munofiq mardak xud o‘g‘lining ruxsatig‘a ma’tal ekandur. O‘g‘lining ruxsatini xabar topqoch, o‘g‘li yetmasdan burun-o‘q, Alvardin chiqib kelib, Rana Sangag‘a To‘dada kelib qo‘shuldi. Aning o‘g‘lini mundoq mahalda ruxsat bermoq behisob ekandur”. Bu ham Bobur Podshohning oq ko‘ngillik inson ekanini yana bir bor tasdiqlaydi, kichik siyosiy xatolaridan biri edi deyish mumkin.

Bu yil davomida Qal’ai Zafar, Balx, G‘o‘riy qo‘rg‘oni, Qunduzda bo‘lib o‘tgan voqealar ham bayon etilgan.

“Bu fursatta Qismtoykim, Bayanag‘a ilg‘or borib edi... U bila Bo‘jakka bir necha qazoq yigitlar bila til tuta borg‘onda ikki bo‘lak kofirning yapqunchisini bosib, yetmish-sakmon kishi olurlar. Hasanxon Mevatiyning tahqiq qilib,qo‘shulg‘on xabarini Qismtoy ayta keldi.”

Bu davrda Bobur Podshoh yangi to‘plar yaratish ishlarini ham eslatadi: “Yakshanba kuni, oyning sakkizida Ustod Aliquli o‘shul uluq qazoni bilakim, quyarda tosh uyi benuqson edi, doruxonasini ham so‘ngra quyub, tayyor qilib, edi, tosh otarida tafarrujig‘a bordim. Namozi digar bor edi, tosh otti. Ming olti yuz qadam bordi. Ustodg‘a kamar xanjar va xil’at va tupchoq ot in’om bo‘ldi.

Dushanba kuni, jumodulavval oyining to‘qquzida g‘azo niyyati bila safar qilib, mahallottin chiqib, tuzda tushuldi. Uch-to‘rt kun munda cherik yig‘moqqa va cherikning jabdug‘i qilmoqqa kutib turduk. Chun Hinduston elig‘a xeyli e’timod yo‘q edi, har tarafqa-har tarafqa bu Hinduston umarosidin ilg‘or bitildi: Olamxonni Gvaliorg‘a ilg‘or yiborildikim, borib Rahimdodg‘a ko‘mak bo‘lg‘ay. Makanni va Qosimbek Sanbaliyni va Homid va og‘a-inisi bila va Muhammad Zaytunni Sanbalg‘a ilg‘or bitildi.

Ushbu yurtta xabar keldikim, Rana Sanga bo‘lg‘on cheriki bila Bayinaning yaqinig‘acha chopar. Qarovulliqqa borg‘onlar xabar yetkura olmaslar, balki qo‘rg‘og‘a ham kira olmaslar. Qo‘rg‘on eli qo‘rg‘ondin yiroqroq va besurfaroq chiqarlar. Yog‘iy zo‘rroq kelib bularni durbatur. Sangarxon janjuha anda shahid bo‘ldi.Bu g‘avg‘oda Kattabek jibasiz-o‘q chiqar. Bir kofirni yayoqlatib olur mahalda Kattabekning bir navkarini qilichini olib, Kattabekning kiftig‘a-o‘q chopar. G‘alaba tashvishlar tortti. Rana Sanganing g‘azosida kela olmadi. Necha mahaldin so‘ng yaxshiroq bo‘ldi. Vale ma’yubroq bo‘lubtur. Qismtoy va Shoh Mansur barlos va har kimki, Bayanadan keldi, bilmon qo‘rqqonlarimu edi: Kofirning cheriki jald va jarrorliq bila asru ko‘p sitoyish va ta’rif qildilar.

Safar qilg‘on yurttin Qosim miroxo‘rni beldorlar bila yiborildikim, Madhakur parganasidakim, o‘rdu tushar yerdur, qalin choh qozdurg‘ay.

Shanba kuni, jumodiul avval oyining o‘n to‘rtida Agra navohisidin ko‘chub, chohlar qozilg‘on yurtqa kelib tushuldi. Ertasig‘a andin ko‘chtuk. Xotirg‘a kechtikim, bu navohida uluq o‘rdug‘a suyi vafo qilur yer Sekriydur. Ehtimol borkim kofir, suvni olib tushgay. Bu jihatdin burung‘or, javong‘or, g‘ul yasol yasab-o‘q mutavajjih bo‘lduk. Darvesh Muhammad sorbon bila Qismtoykim, Bayanag‘a borib-kelib, yer-suvni ko‘rub-bilib edi, ilgari Sekriy ko‘lining yoqasida yurt ko‘ra yuborildi. Kelib, yurtta tushub, Mahdiy Xojag‘a, Bayanadag‘ilarg‘a kishi chopturuldikim, betavaqquf kelib qo‘shilg‘aylar.

Humoyunning navkari Bek Mirak mo‘g‘ulni bir necha yigit bila kofirdin xabar olg‘ali yiborildi. Kechasi borib, xabar olib, tonglasi xabar kelturdilarkim, g‘anim kishisi Busovardin bir ilgarrak kelib tushgan ermish. Ham ushbu kun Mahdiy Xoja va Muhammad Sulton mirzo va Bayanadag‘i ilg‘or kelib qo‘shuldilar. Beklar navbat bila qarovullikka ta’yin bo‘ldilar.

Abdulaziz qarovulliq navbatida ilgari-keyinini mulohaza qilmay, rost Kanvahag‘a boribturkim, Sekriydin besh kuruh yo‘ldur, kofir ilgarrak ko‘chgan ekandur bularning mundoq jilovsiz ilgari borg‘onlarini bilib, to‘rt-besh ming kishi tez-o‘q yetib kelurlar. Abdulaziz va Mullo Opoq ming besh yuzcha kishi bo‘lg‘ay edi, g‘anim kishisini chog‘lamay, bular ham ilik qo‘sharlar. Qalin kishi olg‘on bila-o‘q tebrar. Bu xabar bizga kelgach, Muhib Ali xalifani navkarlari bila yuborduk. Mullo Husaynni va yana ba’zilarni ubroq-subroq bularning ko‘magiga yiborduk. So‘ng Muhammad Ali jang-jangni ham yiborildi.

Bizga payopay xabar keldikim, g‘anim kishisi yovuq keldi. Jiba kiyib, otlarga kejim solib, yarog‘lanib, chopa otlanduk. Buyurdimkim, arobalarni tortib kelturg‘aylar. Bir kuruh kelduk. G‘anim kishisi yong‘on ekandur. Yonimizda uluq ko‘l edi, suv maslahatig‘a ushbu yerda tushuldi. Arobalarning ilgari mazbut qilib, zanjirlar bila arobalarni marbut ayladuk. Har ikki aroba fosilasi yetti sakkiz qari bo‘lg‘ay erdikim, zanjir tortilur.Mustafo Rumiy Rum dasturi bila aroba qilib edi, xeyli chust va chaspon yaxshi arobalar edi. Chun ustod Aliquli ziddona maosh qilur edi, bu jihattin Mustafoni barong‘orda Humoyunning olidata’yin qilildi. Aroba yetmagan yerga xurosoniu va hindustoniy beldorlar va kalandiylarni solib xandaq qozduruldi.

Bu kofirning mundoq ildam kelishidin va Bayanada bo‘lg‘on urush ishidin va Shoh Mansur va Qismtoy va Bayanadin kelganlarning ta’rif va sitoyishidin cherik elida bedillig‘ zohir bo‘ladur edi. Abdulazizning bosturg‘onini xud bir sari bo‘ldi. Elning itmiynoni xotiri va cherikning istihkomi zohiri uchun aroba yetmagan yeriga yig‘ochdin sepoyadek nima yasab, har ikki sepoyaning orasinikim, yetti sakkiz qari bo‘lg‘ay, o‘yning xomidin arg‘amchilar qilib, mazbut va marbut qilidi. Bu asbob va olot muhayyo va mukammal bo‘lg‘uncha yigirma-yigirma besh kunga tortti.

Ul fursatta Kobuldin Sulton Husayn Mirzoning qiz nabirasi, Qosim Husayn Sulton va Ahmad Yusuf va Qivom O‘rdushoh yana ba’zi yakka-yarimdin besh yuzcha kishi keldilar. Muhammad Sharif Munajjim shumnafas ham bular bila keldi. Bobo Do‘st suvchikim, chog‘ir uchun Kobulga borib edi, G‘aznining muvajjah chog‘irlaridin uch qator tevada yuklab, ul ham bular bila keldi.

Mundoq mahaldakim, o‘tgan vaqoyi’ va holot parishon so‘z va kalimottin, nechukkim mazkur bo‘ldi, cherik elining taraddudi va tavahhumi bisyor edi. Muhammad Sharif munajjim shumnafas, agarchi manga aytur yorosi yo‘q edi, har kimga yo‘luqsa mubolag‘alar bila aytur edikim “Bu ayyomda Mirrix g‘arb saridur, har kim bu tarafdin urushsa mag‘lub bo‘lur”. Mundoq shumnafas nekim surdi, bedil elning ko‘prak sindurdi. Aning parishon so‘zlarig‘a go‘sh qilmay, qilur ishlarimizni tikilmay, urush ishida bajid va masof qilmoqqa mustaid bo‘lduk.

Yakshanba kuni, oyning yigirma ikkisida Shayx Jamolni yiborildikim, Miyoni duob tarkashbandlaridin va Dehlidin yig‘a olg‘oncha cherik yig‘ib, Mevatiyning kentlarini chopib, talab, iligidin kelganini taqsir qilmag‘ay. To bularg‘a ul tarafdin haduge bo‘lg‘ay. Mullo Turk Alikim, Kobuldin keladur edi, farmon bo‘ldukim, Shayx Jamoliy bila qo‘shulub, Mevatni chopmoqqa va buzmoqta taqsir qilmag‘aylar. Borib, Mevatning bir necha yoqa buchoqdag‘i kentlarini chopib, talab, asir qilibdurlar. Ul mamardin bularg‘a chandon haduk bo‘lmadi.

Dushanba kuni, jumodi ul-avval oyining yigirma uchida sayr qila otlandim. Sayr asnosida xotirimg‘a yettikim, hamisha tavba dag‘dag‘asi xotirimda bor edi, bu nomashru’ amr irtikobidin aladdavom ko‘nglumda g‘ubor edi, dedimkim, ey nafs:


Chand boshi zi maosi mazakash,

Tavba ham bemaza nest bichash.

(Mazmuni: “Qachongacha gunoh ishlardan zavq olasan; tavba ham bemaza emas, undan ham totib ko‘r”).

Necha isyon bila oludalig‘ing,

Necha hirmon aro osudalig‘ing.

Necha nafsingg‘a bo‘lursen tobe’,

Necha umrungni qilursen zoye’.

Niyati g‘azv ilakim ko‘rubsen,

O‘lmakingni o‘zunga ko‘rubsen.

Kimki o‘lmak o‘ziga jazm etar,

Ushbu holatta bilursenki netar.

Dur etar jumla manohidin o‘zin,

Aritur barcha gunohidin o‘zin.

Xush qilib o‘zni bu kechmakliktin,

Oltinu nuqra surohiyu ayoq,

Majlis olotitamomin ul choq.

Hozir aylab borini sindurdum,

Tark etib mayni, ko‘ngul tindurdim.

Bu sindurulg‘on oltun-kumush surohiy va olotni mustahiqlarg‘a va darveshlarg‘a ulashildi. Ul kishikim, tavbada muvofaqat qilib edi, Asas edi. Soqol qirmoqta va qo‘ymoqta muvoqat qilib edi, ul kechasi va tnglasi beklardin va ichkilardin va sipohiylardin va g‘ayri sipohiydin uch yuzga yaqin kishi tavb qildilar. Hozir chog‘irlarni to‘kturub, Bobo Do‘st kelturgan chog‘irlarni buyurdukkim, tuz solib, sirka qilg‘aylar. Chog‘irlarni to‘kaan yerda bir “vayn” qozduruldi. Niyat qildimkim, bu vaynni tosh bila qo‘portib, bu aynning yonida buq’ayi (imorat) xayre qilg‘aylar”.

“Muharram oyi, to‘qquz yuz o‘ttuz beshdakim (1528), borib Gvaliorni sayr qildim, yong‘onda Do‘lpurdin Sekriy keldim. Bu vayn tamom (bitib) bo‘lib edi.Burunroq niyat qilib erdimkim, Rana Sanga kofirg‘a zafar topsam, tamg‘ani musulmonlarg‘a bag‘ishlay. Tavba asnosidaDarvesh Muhammad sorbon va Shayxi Zayn tamg‘a baxshishini yod berdilar. Dedimkim, yaxshi yod berdingiz, iligimizdagi viloyatlarda musulmonlrning tamg‘asi baxshish bo‘ldi. Munshiylarni tilab, buyurdimkim, bu ikki azimush-sha’n umurkim, voqi’ bo‘ldi, buning ixborig‘a farmonlar bitigaylar.Shayx Zaynning inshosi bila farmonlar bitilib, jami’ qalamravg‘a yiborildi. Ul insho budur”.

“Farmoni Zahiriddin Muhammad Bobur”.

Asli Hirotlik, Boburning sadri darajasiga ko‘tarilgan diniy ilmlar sohibi Shayx Zayn yuksak badiiy shaklda fors tilida 933 yili jumodi ul-avval oyining 24 kuni bitilgan farmonda ichkilikdan tavba qilish va g‘alaba yor bo‘lsa, musulmonlardan tamg‘a solig‘i olishga barham berilishi bayon qilingan edi.

“Ushbu ayyomda o‘tgan vaqoyi’din nechukkim mazkur bo‘ldi, uluq-kichikta dag‘dag‘a va taraddud ko‘p edi. Hech kimdin mardona so‘z va dalirona ra’y eshitilmas edi. Hikoyat deguchi vuzaroning va viloyat teguchi umaroning na so‘zlari mardona edi, na tadbirlari, na o‘zlari sohib himmatona edi, na taqrirlari”. Umumiy tushkunlik kayfiyati shunday ifodalangan Bobur tomonidan: “Bu yurushta Xalifa yaxshilar bordi,zabt va istihkom bobida jid va ehtimomni taqsir qilmadi.Oxir elning mundoq bedilliqlarini so‘rub va bu nav’ sustluqlarini ko‘rub, bir tadbir xotirimg‘a yetti. Jami’ beklarni va yigitlarni chorlab dedimkim: “Beklar va yigitlar!

Harki omad ba jahon ahli fano xohad bud.

Onki poyandavu boqist, Xudo xohad bud.

(Mazmuni: Har kimsa bu jahonga kelarkan, oxirda yo‘qlikka ketadi, adabiy qoluvchi yolg‘iz Xudodir.)

Har kimki hayot majlisig‘a kiribtur, oqibat ajal paymonasidin ichgusidur va har kishikim, tiriklik manzilig‘a kelibtur, oxir dunyo g‘amxonasidin kechgusidur. Yomon ot bila tirilgandin, yaxshi ot bila o‘lgan yaxshiroq.

Ba nomi neko‘ gar bimiram ravost,

Maro nom boyadki, tan margrost.

(Mazmuni: Yaxshi nom bilan o‘lsam, shu yetarli, menga yaxshi nom kerak, tana esa o‘lum uchundir.)

Tengri taolo bu nav’ saodatni bizga nasib qilibtur va mundoq davlatni bizga qarib aylabtur. O‘lgan-shahid, o‘lturgan-hozi. Barcha Tengrining kalomi oti-la ont ichmak kerakkim, hech kim bu qitoldin yuz yondurur xayol qilmag‘ay”.

Keltirilgan bu lavha Bobur Podshohning notiqlik san’ati namunasi va uning jiddiy harbiy chora-tadbiri edi,deb baholash mumkin.

“Bek va navkar uluq-kichik borcha rag‘bat bila “Mus'haf” (Qur’oni karim)ni ilikka olib, ushbu mazmun bila ahd va shart qildilar. Tavr tadbire edi, yovutin, yiroqtin do‘st, dushman ko‘rgali, eshitgali yaxshi bo‘ldi”.

Bobur Podshoh eng nozik paytda keskin zarurat yuzasidan amalga oshirgan bu muhim tadbirining hamma jihatlarini o‘z asarida ochib bergan: “Ushbu ayyomda to‘sh-to‘shdin sho‘r va fitna qoyim bo‘ldi.Husaynxon Nuhoniy Rapriyni kelib oldi. Qutbxonning kishisi Chandvarni oldi. Rustamxon degan bir mardak Miyona dubodag‘i tarkashbandlarni yig‘ishturub, kelib Ko‘yilni olib, Kichik Alini band qildi. Sanbalni Zohid tashlab chiqti. Kanno‘jni Sulton Muhammad Do‘ldoy qo‘yib keldi. Olamxonnikim, Gavliorg‘a bormay, o‘z viloyatig‘abordi. Har kun har taraftin bir noxush xabar kelur edi. Cherikdin ba’zi hindustoniylar qocha kirishtilar: Haybatxon Qarkanandoz qochib, Sanbalg‘a bordi. Hasanxon Barival qochib, kofirg‘a kirdi. Bularga parvo qilmay, olimizg‘a-o‘q mutavajjih bo‘lduk”.

Muhim jangga jiddiy tayyorgarlik amalga oshirilar edi: “Arobalar va g‘altaklik sepoyalar, bu asbob va olotkim tayyor bo‘ldi, seshanba kuni jumodi ul-oxir oyining to‘qquzida, navro‘z kuni ko‘chtuk. Burong‘or, javong‘or, g‘ul yasol yasab, olimizda arobalarni va g‘altaklik sepoyalarni yurutub, bularning keyinida ustod Aliqulini jami’ tufangandozlari bila ta’yin qilildikim, ayoq, arobaning keynidin ayrilmay, yasol bila yurugaylar. Yasollar yerlik-yeriga kelgandin so‘ng, jami’ yasollarg‘a ildam qatrab yetib, burong‘or, javong‘or, g‘uldagi beklar va yigitlar va sipohiylarg‘ako‘ngullar berib, har qaysi bo‘lakning qaysi yerda turushini, ne yo‘sunluq yurushini muqarrar va muayyan qilib ushbu tartib va nasaq bila bir kuruhcha yo‘l kelib tushtuk.Kofir kishisi ham xabardor bo‘lub, o‘trudin bo‘lak-bo‘lak yasab keldilar. Aroba va xandaq bila o‘rdu tushgandin so‘ng, o‘rduni va o‘rdu o‘trusini mazbut va mustahkam qilildi. Chun bu kun urush xayoli yo‘q edi, oz-ozlq yigit-yalang ilgari chiqib, g‘anim kishisi bila ilik olishib, shugunlashtilar... Malik Qosim yaxshi bordi. Ushmuncha bila cherik elining ko‘ngli xeyli qo‘pti, quvondi. Elga o‘zgacha tahniyat paydo bo‘ldi. Tonglasi beklar ko‘chub, urushur xayolimiz bor edikim, Xalifa va ba’zi davlatxohlar arzg‘a yetkurdilarkim, chun muqarrar bo‘lg‘on yurt yovuqtur, ani xandaqlab, mazbut qilib-o‘q ko‘chulsa, davlatqa munosibtur. Xandaq maslahati uchun Xalifa otlanib, xandaq yerlarini beldorlarg‘a ta’yin qilib, muhassillar muqarrar qilib keldi.

Shanba kuni, jumodiul-oxir oyining o‘n uchida arobalarni olimizg‘a tortturub, burong‘or, javonhor, g‘ul yasol bila bir kuruhqa yovuq yo‘l kelib, muqarrar bo‘lg‘on yurtqa tushuldi. Ba’zi chodirlar tikilib, ba’zi tikilmoqda edikim, xabar kelturdilarkim, yoqiyning yasoli paydo bo‘ldi. Filhol otlanib, farmon bo‘ldukim, burong‘or burong‘org‘a, javong‘or javong‘org‘a, yerlik yeriga borib arobalar bila yasolarni mazbut va murattab qilg‘aylar.

Chun bu “Fathnoma”din islom cherikining kayfiyati va kuffor xaylining kamiyati, sufuf va yasolning turushlari va ahli islom va ahli kufrning urushlari mushaxxas va ma’lum bo‘lur, ul jihatdin beziyoda va nuqson o‘shul “Fathnoma”kim, Shayx Zayn insho qilib edi sabt bo‘ldi.

“Farmoni Zahiriddin Muhammad Bobur G‘ozi”

Ushbu tarixiy farmon matnida uch she’riy lavha o‘rin olgani bejiz emas. Bulardan birinchisi:


Ba on filho hinduvoni zalil,

Shuda g‘arra monandi “as'hobi fil”,

Chu shomi ajal jumla makruhu shum,

Siyaxtar zi shab, beshtar az nujum,

Hama hamchu otash, valekin chu dud.

Kashida sar az kin ba charxi kabud,

Chu mo‘r omadand az yaminu yasor,

Suvoru piyoda hazoron-hazor”

(Mazmuni: Zalil hindilar, “as'hobi fil” kabi o‘z fillariga mag‘rur bo‘ldilar. Hammalari ajal tuniday xunuk va shum, tundan qora va yulduzlardan ko‘proq edilar. Hammalari xuddi olovday, lekin tugun kabi kekkayib, ko‘m-ko‘k osmonga bosh tortgan edilar. Otliq va yayov, xuddi chusoliday ming-minglab o‘ng va so‘ldan keldilar”).

Bundan so‘ng to‘rt qator qit’a keltirilgan:

“Dar on raxna ne az tibou vahim,

Chu ra’i shahashohu dini qavim.

Alamhoi o‘ farshi farsho hama,

Alifhoi “inna fatahno” hama”.

(Mazmuni: Shahanshohning ra’yi kabi va barqaror, dinday kishilarda qo‘rquv yo‘qlikdan saflar raxnasiz. Uning bayroqlari hamma yoqqa yoyilgan, hammasi “inna fatahna” (biz fath qildik) aliflariday.)

Uchinchi she’riy lavha ham to‘rtqatordan iborat:

“Furo‘ raftu bar raft ro‘zi nabard,

Nami xun ba mohiyu bar moh gard.

Zi summi suturon dar on pahn dasht,

Zamin shash shudu osmon gasht hasht.

(Mazmuni: Urush kuni qonning nami (yer ostidagi) baliqqa, gard esa, (osmondagi) oyga yetdi. Bu keng dashtda otlarning tuyoqlari zarbidan yer oltiga, osmon sakkizga aylandi)”.

Farmon oxirida ko‘tarinki ruhdagi olti qator quyidagi she’r keltirilgan:

“Hama hinduvon gashta zoru zalil,

Ba sangi tufak hamchu as'hobu fil.

Zi tanho base ko‘hho shud ayon,

Ba har ko‘h az on chashmai xun ravon.

Zi saxmi sihomi safi purshukuh,

Guzoron gurezon ba har dashtu ko‘h.

(Mazmuni: Hamma hindular o‘ldirilgan xor-zor, Tufak toshi bilan “as'hobi fil”day. Tanlaridan tog‘lar bo‘ldi ayon, Har bir tog‘da u chashmadan oqardi qon. Zo‘r shukuhli saf o‘qining qo‘rqinchidan , Qochishardi har bir dashtu tog‘ tomon”).

Bu farmon 933 yil jumodiul-oxir oyi beshinchi kunida bitilgan bo‘lib, unda tarixiy jang tafsilotlari Shayx Zayn tomonidan yozilgan va “Vaqoyi’” matniga kiritilgan.

Bobur Mirzo yozadi: “Bu fathdin so‘ngra “tug‘ro”da “g‘oziy” bitildi. Fathnomada tug‘roning ostida bu ruboiyni bitidim:

Islom uchun ovorai yozi bo‘ldim,

Kufforu hungud harbsozi bo‘ldum.

Jazm aylab erdim o‘zni shahid o‘lmoqqa,

Al-minnatu lillahki, g‘ozi bo‘ldim.

Shayx Zayn bu fathqa “Fathi podshohi islom” lafzini topib edi. Kobuldin kelur kishilardin Mir Gisu ham ushbu lafzni tarix topib, ruboiy aytib yiborib edi. –tavorud voqi’ bo‘lubtur. Ham Shayx Zayn va ham Mir Gisuning ruboiylaridin topqonlari yaxshiroq uchun o‘shul alfozni-o‘q kelturuldi. Yana bir qatla Dipalpur fathida Shayx Zayn “vas’ati shahri rabiul avval” ta’rix topib edi. Mir Gisu ham ushbu lafzni topib edi”.

Eng yirik dushmanning asosiy kuchlari mag‘lub etilgan bo‘lsa-da, ularni taqib qilish va mamlakat ishini tartibga solish davom etdi.

G‘alabadan so‘ng Bobur Podshoh o‘kunch bilan yozadi: “Muhammad Sharif munajjimkim, ne nav’ shumnafaslar surub edi, filhol muborakbodg‘a keldi. G‘alaba so‘kub, ichimni xoli qildim. Agarchi kofirvash va shumnafas va o‘ziga asru mag‘rur va bisyor sard qishi edi, chun qadim xizmati bor edi, bir lak in’om qilib, ruxsat berildikim, mening qalamravimda turmag‘ay“.

Mamlakat hududidagi Mevat viloyati to‘g‘risida Bobur Mirzo shunday ma’lumot beradi: “Mevat viloyate voqi’ bo‘lubtur, Dehlining yovug‘ida, taqriban uch-to‘rt kuro‘rcha jam’i bor. Hasanxon Mevatiy ota-otasidan beri yuz-ikki yuz yilg‘a yaqin Mevatta istiqlol bila hukumat qila kelibturlar. Dehli salotinig‘a nimkora itoate qilurlar ekandur. Hind salotini viloyatlari kengliginidin yoki fursatlarining torlig‘idin, yo Mevat viloyatiko‘histon jihatidin evrushmay, va viloyatning zabtining payig‘a tushmay ushmuncha itoat bila alarg‘a-o‘q musallam tutibdurlar. Biz ham Hind fathidin so‘ng salotin sobiq dasturi bila Hasanxong‘a rioyatni mar’iy tuttuk. Bu haqnoshunos kofirvash, mulhid bizning lutf va inoyatimizni ko‘zga ilmay, tarbiyat va rioyatimizni shukrin qilmay, barcha fitnalarg‘a ul muhrik va jam’i yomonliqlarg‘a ul bois edi, nechukkim mazkur bo‘ldi.Chun ul yurush mavquf bo‘ldi, Mevat tasxirig‘a mutaqajjih bo‘lduk. Ora to‘rt qo‘nub, Alvar qo‘rg‘onikim, Mevatning hokimnishini bu edi, olti kuro‘hida Manas suyining yoqasig‘a tushuldi. Hasanxondin burun, ota-otasi Tijarada o‘ltururlar ekondur. Men Hindustong‘a evrushub, Pag‘arxonni bosib, Lohur Dibalpurni olg‘on yili mening taraddudimdin durandeshlik qilib, bu qo‘rg‘onning imoratig‘a mashg‘ul bo‘lg‘ondur.

Hasanxonning Karamchand otliq mo‘tabar kishisi o‘g‘li Agrada ekanda ham kelib edi, o‘g‘lining qoshidin Alvardin kelib, amon tiladi. Abdurahim shig‘ovulni anga qo‘shub, istimolat farmonlari bila yiborildi. Borib, Hasanxonning o‘g‘li Nuhirxonni olib keldi. Yana inoyat maqomida bo‘lb, bir necha lakli pargana vajhig‘a berildi”.

“Urushta Xisravni yaxshi ish qilibtur xayol qilib, vajhi va istiqomatini ellik lak qilib, Alvarni aytildi. Bedavlatlig‘idin noz qilib olmadi. So‘ngra xud ma’lum bo‘ldikim, ishni Chin Temur Sulton qilg‘on ekandur. Juldu Sulton otig‘a bo‘lub, Tijara shahrinikim, Mevatning poytaxtidur, inoyat qilib, istiqomatini ellik lak qilildi.

Turdikag‘akim, Sanga urushida o‘ng qo‘l to‘lg‘amasida edi, o‘zgalargaboqa yaxshi edi, vajhini o‘n besh lak qilib, Alvar qo‘rg‘oni inoyat qilildi. Alvar qo‘rg‘onining xazoyinini ichidagilari bila Humoyung‘a inoyat qilildi.

Ul yurttin chahorshanba kuni, rajab oyining g‘urrasida ko‘chub, Alvarning ikki kuruhiga kelduk. Men borib Alvar qo‘rg‘onini sayr qildim. Ul kecha anda-o‘q bo‘ldum. Tonglasi o‘rdug‘a keldim.”

“Kofir g‘azotidin burunroq, nechukkim mazkur bo‘ldi, ulug‘-kichikka ont berurda bu ham mazkur bo‘lub edikim, bu fathdin so‘ngra taklife yo‘qtur. Har kim agar borur bo‘lsa, ruxsat berilgay. Humoyunning navkarlari aksar badaxshoniy va ul yuzlik ellar edi. Hargiz bir oychiliq, ikki oychiliq cherik tortqon emas edilar. Urushtin burun betoqatliqlari bor edi. Andoq va’da ham voqi’ bo‘ldikim, Kobul ham xoli edi. Bu jihatdin ra’yilar munga qaror toptikim, Humoyung‘a Kobulg‘a ruxsat berilgay. So‘zni munga qo‘yub, to‘rt-besh kuruh kelib, Manas suyining yoqasig‘a tushuldi. Mahdiy Xojaning ham xeyli tashvishi bor edi, Kobulg‘a ruxsat berildi.

Bayananing shiqdorlig‘in Do‘st eshik oqag‘a berildi. Burun chun Ita’vani Mahdiy Xojag‘a atalib edi. Qutbxonkim, Ita’vani tashlab qochib chiqti, Mahdiy Xojaning o‘rnig‘a o‘g‘li Ja’far Xojani Ita’vag‘a yiborildi. Humoyung‘a ruxsat berur jihatdin ikki-uch kun bu yurtta turuldi. Ushbu yurttin Mo‘min Ali tavachini fathnoma bila Kobulg‘a yiborildi”.

Bobur Mirzo yo‘l-yo‘lakay, mamlakat bilan tanishish jarayonida obodonchilik ishlariga ham e’tibor berganini ko‘ramiz: “Piruzpurning chashmasining va Kotlaning ulug‘ ko‘lining ta’rifini eshitib edim, ham Humoyunni uzata va ham bu yerlarni sayr qila yakshanba kuni o‘rduni o‘shul yerda qo‘yub, o‘rdudin otlandim. Ul kuni Piruzpurni va chashmasini sayr qilib, ma’jun yeyildi. Chashma suyi kelur darada tamom kanir gullari ochilibtur, xoli az safo emas, agarchi ta’rif qilg‘oncha emas. Ushbu daraning ichida har yerdakim, suv kengrak bo‘lub edi, buyurdimkim, toshlarni tarosh qilib, dahi-dardah qilg‘aylar.

Ul kecha o‘shul darada bo‘lub, tonglasi otlanib borib, Kotla ko‘lini sayr qildim, har yoni tog‘ning domanasi voqi’ blubtur. Manas suyi bu ko‘lg‘a kirar emish, xeyli ulug‘ ko‘l, bu yoqasidin ul yoqasi yaxshi ko‘rinmaydur. Ko‘lning atrofida kichik kemaginalar xeyli bor. Atrofidag‘i kentlik el sho‘ru g‘avg‘oda bu kemalarga kirib o‘zlarini qutqorurlar emish. Biz yetganda ham bir pora kishi kemaga kirib, ko‘lning ichiga bordilar.

Ko‘lni sayr qilib, kelib Humoyunning o‘rdusig‘a tushuldi. Anda istirohat qilib, taom yeb, mirzog‘a va beklariga xil’atlar kiydurub, namozi xuftanda Humoyunni vido’ qilib, otlanib, yo‘lda bir yerda uyuxlab, andin otlanib, tong otqonda Kuhriy pargansidin o‘tub, yana andake uyuxlab, o‘rdug‘akim, to‘dada tushb edi, kelildi”.

“To‘dadin ko‘chub, Sunkaraga tushganda, Hasanxon Mevatiyning o‘g‘li Nahirxonkim, Abdurahimg‘a topshirib edi, qochti.

Mundin (Sunkara) ora qo‘nub, Busa’var bila Chavsaning oralig‘idagi tog‘ning tumshug‘ida voqi’ bo‘lg‘on chashmag‘a tushub, shomiyonalar tikturub, ma’jun irtikob qilduk. Chirik mundin o‘tarda Turdibek Xoksor bu chashmani ta’rif qilib edi, kelib sari asbaki sayr qilib o‘tulub edi, tavr chashma voqi’ bo‘lubtur. Hindustondakim, oqar suv hargiz bo‘lmas, chashma xud ne tilar. Ahyonan chashma hamkim bor, yerdin zah suyidek sizib chiqar. Ul yerlarning chashmlaridek qaynab chiqmas. Bu chashmaning suyi yarim tegirmon suyig‘a yovushur. Tog‘ning domanasidin qaynab chiqadur, atrofi tamom lang, xeyli xush keldi. Buyurdumkim, bu chashmaning ustida sangi tarishida musamman havz qilg‘aylar. Chashma yoqasida ma’junnoklikda Turdibek har zamon mubohot bila takror qiladur edikim, “Chun joye xush kardaam nomu meboyad mond” (Mazmuni: Bu joyni yoqtirgan ekanman, nom qo‘yish kerak.). Abdulloh dedikim, “Chashmai podshohii Turdibek xush karda” demoq kerak. Bu so‘z xeyli boisi zihk va bashoshat bo‘ldi”.

“G‘alabadan so‘ng viloyat va parganotni ulashmoqchi bo‘lindi, ammo yomg‘ir mavsumi–pashkol yaqinlashib qolgani uchun keyinga surildi.

Bu asnoda xabar keldikim, Humoyun Dehliga borib, Dehlidag‘i xizonalardin bir necha uyni ochib, behukm mutasarrif bo‘lubtur. Men andin hargiz mundoq ko‘z tutmas edim. Durusht-durusht nasihatlar bitib yibordim... Panjshanba kuni, sha’bon oyining o‘n beshida Xojagi Asadnikim, Iroqqa elchilikka borib, Sulaymon Turkman bila kelib edi, yana Sulaymong‘a qo‘shub, shahzoda Tahmosibg‘a munosib savg‘otlar bila elchilikka yiborildi.

Turdibek Xoksorkim, darveshlikdin chiqarib, sipohiy qilib edim, necha yil mulozamatta edi, darveshliq dag‘dag‘asi g‘olib bo‘lub, ruxsat tiladi. Ruxsat berib, Komrong‘a elchi yo‘sunluq yiborildi. Uch lak xizona ham Komrong‘a yiborildi. O‘tgan yil borg‘onlarning hasbi holig‘a birgina qit’a aytilib edi. Mullo Alixonni muxotab qilib, ul qit’ani Turdibekdin Mullo Alixong‘a yiborildi. Ul qit’a budur:

“Ey alarkim, bu Hind kishvaridin

Bordingiz anglab o‘zga ranju alam.

Kobulu xush havosin sog‘inib,

Hinddin garm bordingiz ul dam,

Ko‘rdingiz toptingiz ekan anda,

Ishratu aysh birla nozu niam.

Biz dag‘i o‘lmaduk, bihamdilloh,

Garchi ko‘p ranj ediyu behad g‘am.

Hazzi nafsiyu mashaqqati badani,

Sizdin o‘tti va o‘tti bizdin ham”.

Bu ramazonni “Hasht behisht” bog‘ida o‘tkarildi. Har tarovihni g‘usl bila o‘taldi. O‘n bir yoshimdin beri ikki ramazon iydini payopay bir yerda qilg‘on emas edim. O‘tgan ramazon iydi Agrada bo‘lub edi. Bu qoida xalal topmasun, deb yakshanba salx oqshomi iyd qila Sekriyg‘a borildi. Sekriyda solg‘on “Bog‘i fath”ning g‘arbi-shimol tarafidag‘i tosh sufa ustida oq uy tikib, anda iyd qilildi”.

Shundan keyin: “Odina kuni, mazkur oyning yigirma to‘rtida Do‘lpur sayrig‘a borildi...Sabohi Sulton Iskandarning bandiga kelib tushtim. Bandtin quyiroq tog‘ning tugunishida qizil imorat toshidin yakpora toshe tushubtur. Ustod Shoh Muhammad sangtaroshni kelturub, buyurdimkim, agar yakpora uy tarash qilib bo‘lur, xud yakpora qilsunlar. Agar past bo‘lsa, imorat uchun ham hamvor qilg‘on toshda yakpora havz qozg‘aylar...Odina kuni, zulhijja oyining ikkisida qirq bir qatla o‘qur virdni bunyod qildim. Ushbu ayyomda bu baytimni:

Ko‘zu qoshu so‘zu tilinimu dey,

Qadu xadu sochu belinimu dey, -

Besh yuz to‘rt vaznda taqti’ qildim. Bu jihatdin risola tartib berildi” . (Aruz risolasi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot k-k).

“Vaqoi’i sanai arba va salosina va tis’a mia” -to‘qquz yuz o‘ttuz to‘rtinchi (1528) yil voqelari avvalgilariga nisbatan salmoqliroq bayon qilingan: “Shanba kuni. muharram oyining g‘urrasida Ko‘yilga tushtuk. Darvesh Ali Yusufni Humoyun Sanbalda qo‘yub edi. Qutb Servaniyni va bir pora rajalarni daryodin o‘tub urushub, yaxshi bosibturlar...bir fil yiborubtur. Kuyilda ekanda kelturdilar. Ikki kun Ko‘yilni sayr qilib, Shayx Guran istid’o qilg‘on uchun aning uyig‘a tushtuk. Ziyofat qilib, peshkashlar tortti. Andi otlanib, O‘truyi tushuldi.Chahorshanba Gang daryosidin o‘tub, Sanbal kentlarida qo‘nuldi... Yakshanba kuni muharram oyining o‘n oltisida isittim, titradim, navbat-navbat bo‘ldi. Yigirma besh-yigirma olti kunga tortti. Douyi okr ichtim. Oxir basit yarashti, uyqusizlig‘ va tashnalig‘din bisyor tashvish torttim. Bu maraz ayomida uch-to‘rt ruboiy aytildi. Ul jumladin biri budur:

Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur,

Ko‘zdin o‘chadur uyqu chu oxsham bo‘ladur.

Har ikkalasi g‘amim bila sabrimdek,

Borg‘on sayi bu ortadur, ul kam bo‘ladur.”

“Shanba kuni, safar oyining yigirma sakkizida Faxrijahonbegim va Xadicha Sultonbegim – amma begimlar keldilar. Kema bila borib, Sekandaroboddin yuqoriroq mulozamat qildim.” Bu voqea alohida rasmda tasvirlangan . (Tafsilot)

“Yakshanba kuni Ustod Aliquli ulug‘ qazon bila tosh otti. Agarchi toshi yiroq bordi, vale qazon pora-pora bo‘ldi”.

Dushanba kuni rabiul avval oyining yettisida Sekriyni sayr qila otlandim. Kuyilning ichida buyurg‘on musamman sufa tayyor bo‘lub edi.Kema bila borib, shomiyona tikturub, ma’jun ixtiyor qilduk. Sekriy sayridin yonib kelib, dushanba oxshomi rabiul avval oyining o‘n to‘rtidag‘azo niyati bila Chanderiy azimatig‘a safar qilib, uch kuruhcha yo‘l kelib, Jalesarg‘a tushuldi. Ikki kun el yaroq va isti’dod qilur uchun turub, panjshanba kuni Unvarga tushildi. Unvardin kemaga kirib Chandvardin chiqtuk. Andin ko‘ch bar ko‘ch yurub, dushanba kuni, oyning yigirma sakkizida Kunar guzarida tushuldi... Panjshanba kuni, rabiul oxir oyining ikkisida men daryodin o‘ttum...Bir necha kunda payopay kemada o‘lturub, ma’jun yeyildi. Chanbal daryosining qotilishi Kunar guzaridin bir-ikki kuro‘h yuqoriroqtur, odina kuni Chanbal daryosida kemada o‘lturub, qotilishidin o‘tub, o‘rdu kelildi. Agarchi Shayx Boyazid sarih muxolifat voqi’ bo‘lmaydur edi, vale harakot va af’olidin yaqin bo‘lub edikim, muxolifat doiyasi bor. Bu maslahatqa Muhammad Ali jang-jangni cherikdin ayirib yiborildikim, Qanno‘j Muhammad Sulton Mirzo va ul navohidin salotin va umaro misli, Qosim Husayn Sulton, Behub Sulton, Malik Qosim Ko‘kiy, Abulmuhammad nayzaboz, Minuchehrxon og‘a-inisi Daryoxoniylari bila jamiyat qilib, Sarvardag‘i muxolif afg‘onlar ustiga yurugaylar...

Chahorshanba kuni, rabiul oxir oyining sakkizida Kalpiyning bir kuruhida tushildi. Bobo Sulton Saidxonning tuqon inisi Sulton Xalil Sultonning o‘g‘li bu yurtta kelib mulozimat qildi. O‘tgan yili og‘asidin qochib kelib, andarobod haddidin yana pushaymon bo‘lib, yonib Qoshg‘arning yovug‘iga yetganda xon Haydar Mirzoning o‘trusig‘a yiborib, yondurubdur.

Tonglasi Kalpiyda Olamxonning uyiga tushuldi. Hinduston tariqi bila osh va taom tortib, peshkash qildi”...

Odina kuni, oyning yigirma to‘rtida Kachvaning yaqinig‘a tushuldi... Kachva tavrg‘ina yerdur. Atrofida kichikrak-kichikrak tog‘qinalar tushubtur. Kachvaning sharq janubidag‘i tog‘ining orasida band solibturlar, ulug‘ ko‘l bo‘lubtur, girdo-girdi besh-olti kuruh bo‘lg‘ay. Bu ko‘l Kachvaning uch tomondin ihota qilibtur. G‘arbi-shimol tarafida andak yer qo‘ruqturkim, darvozasi o‘shultarafdur. Bu ko‘lning ichida kichikqina kemalar bor, uch-to‘rt kishi siqquncha. Harqachon qocharlari bo‘lsa, kemalarga kirib, suvning ichiga kirarlar. Kachvag‘a yetkuncha yana ikki yerda ushmundoq tog‘ orasida band solib, ko‘llar qilibturlar, Kachva ko‘ldin kichikrak.Kachvada bir kun turub, jald muhassillar va qalin beldorlarin ta’yin qilildikim, yo‘lning chaqir-chuqurini rost qilib, jangallarni kesgaylarkim, arobalar va qazon betashvish o‘tgay. Kachva bila Chanderiy orasi jangalliq yer voqi’ bo‘lubtur.

Kachvadin ora qo‘nub, Chanderiyning uch kuruhida Burxonpur suyini o‘tub tushtuk... Orada qo‘nub, seshanba kuni , oyning yigirma sakkizida Bahjatxonning havzining yoqasida band ustida tushtum.Tonglasig‘a otlanib, buljor-buljorqo‘rg‘onning girdo-girdining g‘ul va barong‘or va javong‘org‘a qismat qilildi. Ustod Aliquli tosh otar uchun bog‘da yassi yerni ixtiyor qildi. Muhassillar va beldorlar ta’yin bo‘ldikim, qazon qurari uchun buljor qo‘parg‘aylar. Jami’ cherik eliga farmon bo‘ldikim, to‘ra va shotu va navkari to‘ranikim, qal’agirlik asbobidur, tayyor qilg‘aylar.

Chanderiy burun Mandav podshohlarig‘a taalluq ekandur, Sulton Nosiriddin o‘lganidan so‘ng, bir o‘g‘li, Sulton Mahmudkim, holo Mandavdadur, Mandavg‘a va ul navohig‘a mutasarrif bo‘lur. Yana bir o‘g‘li Muhammadshoh otliq Chanderiyni iliklab, Sulton Iskandarg‘a iltijo kelturur. Sulton Iskandar ham qalin cheriklar yiborib, aning homiysi bo‘lur. Sulton Iskandardin so‘ng Sulton Ibrohimning zamonida Muhamadshoh o‘lar, Ahmadshohotliq kichikkina o‘g‘il qolur. Sulton Ibrohim Ahmadshohni chiqarib, o‘z kishisini qo‘yar. Rana Sanga Ibrohimning ustiga cherik tortib, Do‘lpur kelganda beklari muxolifat qilurlar. O‘shul fursatta Chanderiy Rana Sanganing iligiga tushar. Mediniy Rav otliq ulug‘ mo‘tabar kofirg‘a berur. Bu fursatta to‘rt-besh ming kofir bila Mediniy Rav Chanderiy qo‘rg‘onida ekandur.Oroyishxon bila Shayx Guranni yiborib, inoyat va shafqat so‘zlari aytildi. Chanderiy mubodolasig‘a Shamsobodni va’da qilildi. Bir-ikki e’tiborliq kishisi chiqti. Bilmon, e’timod qilmadikmu, yo qo‘rg‘onig‘a ishondimu, isloh ishi somon topmadi.Chanderiy qo‘rg‘onig‘a zo‘rlamoq azimati bila seshanba sabohi, jumodi ul-avval oyining oltisida Bahjatxon havzidin ko‘chub, qo‘rg‘onning yaqinidag‘i o‘rta havzning yoqosida tushuldi. Ushbu saboh keladurganda Xalifa bir-ikki xat olib keldi. Mazmuni bukim, Purabg‘a ta’yin bo‘lg‘on cherik behisob borib, urushub, shikast topibturlar, Lakhnauni tashlab, Qannujg‘a kelibturlar. Ko‘rdimkim, bu jihattin Xalifa bisyor mutaraddud va purdag‘dag‘a.

Men dedimkim: “Taraddud va dag‘dag‘a bevajhast, harchi taqdiri Xudost, g‘ayri on nameshavad. Chun in kor dar peshast, azin maqula dam nameboyad zad, va fardo bo qal’a zo‘r ovarem. Ba’d az on harchi ro‘y dihad, bubinem” (Mazmuni: Tashvishlanish, hovliqish o‘rinsizdir. Xudoning taqdiri nima bo‘lsa, shundan boshqasi bo‘lmaydi. Bu ish oldinda bo‘lgani uchun, bu to‘g‘risida hech narsa demaslik kerak. Indinga qal’aga zo‘r urub ko‘ramiz. Shundan keyin nima yuz bersa, ko‘rarmiz).

Bular xud arkni berkitgan ekandurlar. Tosh qo‘rg‘onda baroi maslahat birin-ikki kishi yurur ekandur. Bu oxshom har tarafdin cherik eli tosh qo‘rg‘ong‘a chiqtilar. Oz-og‘loq kishisi bor edi, chandon urush ham bo‘lmadi. Qochib arkka chiqtilar.

Chahorshanba sabohi, jumodiul-avval oyining yettisida cherik eliga farmon bo‘ldikim, yarog‘lanib, buljorlik buljoriga borib, urush angizi qilg‘aylar. Men naqora va alam bila otlang‘och, to‘shliq-to‘shidin zo‘r kelturgaylar. Urush qizig‘uncha naqora va alamni mavquf qilib, o‘zum Ustod Aliqulining tosh otarini tafarruj ko‘ra bordim. Uch-to‘rt tosh otti. Chun yeri bog‘daysiz va fasili asru mustahkam va tamom toshdin edi, korgar kelmadi”.

Bobur Podshoh Chanderiy qal’asini shunday ta’riflaydi: “Chanderiyning arki tog‘ ustida voqi’ bo‘lubtur, bir tarafida suv jihatidin dutahi qilibturlar. Bu dutahining fasili tog‘din quyidur, bir zo‘r kelturur yer-bu yerdur. G‘ulning o‘ng qo‘li va so‘l qo‘li va xassa tobing‘a bu yer buljor tegib edi. Har tarafdin urush soldilar. Bu yerdin ko‘prak zo‘r kelturdilar. Yuqoridin kuffor har necha tosh ottilar, o‘t yondurub soldilar, bu yigitlar yonmadilar. Oxir tosh qo‘rg‘onning fasili bu dutahining faslig‘a yetgan yerdin Shohim Nurbek chiqti, yana ikki-uch yerdin ham yigitlar tirmashib chiqtilar. Dutahidag‘i kofirlar qocha berdilar, dutahi olildi.

Yuqoridag‘i qo‘rg‘onda muncha ham urushmadilar, bot qochtilar. G‘alaba kishi tirmoshib yuqori qo‘rg‘ong‘a chiqtilar. Andak fursattin so‘ngra kofirlar tamom yalang‘och bo‘lub kelib urusha kirishtilar. G‘alaba elni qochurub, fasildin uchurdilar. Bir necha kishini chopqulab, zoyi’ qildilar. Fasilning ustidin bot borg‘onlarining jihati bu ekindurkim, oldururlarini jazm qilib, xotunlarini tamom chopqulab, o‘lturub, o‘zlariga o‘lumni ko‘rub, yalang‘och bo‘lub, urushqa kelmishlar. Oxir to‘sh-to‘shdin zo‘r qilib, fasil ustidin qochurdilar. Ikki-uch yuz kofir Mediniy Ravning havolisig‘a kirdi. Ushbu havolida aksar o‘zlari bir-birlarini o‘ldurubtur. Andoqkim, birisi bir qilichni olib turubtur, o‘zgalari birar-birar rag‘bat bila bo‘yunlarini uzotib turubtur. Aksar bu dastur bila do‘zahqa bordi.

Tengri inoyati bila mundoq nomdor qo‘rg‘on alam va naqorani kelturmy, bajid urush solmay-o‘q ikki-uch gariyda fath bo‘ldi... Bu fathning ta’rixiga “fathi dorulharb” lafzi tarix topib edilar. Men mundoq bog‘ladim:

Bud chande maqomi Chanderiy,

Pur zi kufforu dorulharbiyu zarb.

Fath kardam ba harb qal’ai o‘,

Gasht ta’rix “Fathi dorulharb”.

(Mazmuni: Chanderiy ko‘pdan buyon kofirlar bilan to‘lgan “dorulharb” edi. Uning qal’asini urushub qo‘lga kiritdim, “fathi dorulharb” bunga tarix bo‘ldi(Bu ta’rix “abjad” hisobida 934 hijriy, 1527 yil bo‘ladi).

Chanderiy tavre viloyat bo‘lubtur. Atrof va navohiysida oqar suv xeyli bor. Arki tog‘ning ustida tushubtur, ichida toshdin ulug‘ havz ushbu dutahida edikim, o‘shul yerdin zo‘rlab olildi. Vazi’ va sharifning imorati tamom toshdin, ulug‘larining imoratlarini takalluf bila taroshida toshdin qilibturlar. Rezapoy elining imorati ham toshdin, g‘oyatash taroshda emas, po‘shishi safol o‘rnig‘a taxta sanglar bila qilibturlar. Qo‘rg‘onning olida uch ulug‘ havzdur. Atrof va javonibida burung‘i hukkom bandlar solib, havzlar qilibturlar. Yeri baland voqi’ bo‘lubtur. Betviy deb bir daryochasi bor, Chanderiydin uch kuruh bo‘lg‘ay. Hindustonda Betviy suyi xo‘bluq va xushta’mliq bila mashhurdur, tavr daryog‘ina voqi’ bo‘lubtur. O‘rtasida parcha-parcha qiyolar tushubtur, imorat qilmoqqa munosib. Agradin Chanderiy janubqa boqa to‘qson kuruh yo‘ldur. Chanderiy jadyining irtifoyiyigirma besh darajadur.

Tonglasi, panjshanba kuni qo‘rg‘on girdidin ko‘chub, Malluxonning havzi yoqasiga tushuldi. Bu niyat bila kelilib edikim, Chanderiy fathidin so‘ng Ray Sing va Bhilsanva Sarangpur ustigakim, kuffor viloyatidur, Salohiddin kofurg‘a taaalluq edi, yurulgay.Bularni olib, Sanganing ustiga Chito‘rg‘a yurulg‘ay. Chun mundoq parishon xabar keldi, beklarni chorlab, mashvarat qilib, bu mufattin va yog‘iylarning sho‘r va fitnasining daf’ig‘a mutavajjih bo‘lmoq ansab va avlo ko‘rindi.Chanderiyni Ahmadshoh mazkurg‘akim, Sulton Nosiriddining nabirasi bo‘lg‘ay, berildi. Chanderiydin ellik lak xolisa qilib, shiqdorlig‘ini Mullo Ofoqg‘a uhda qilib, ikki-ch ming turk va hindustoniy bila Ahmadshohqa ko‘mak qo‘yuldi. Bu ishlarga somon berib, yakshanba kuni, jumodul avval oyining o‘n birida murojaat azimati bila Malluxonning havzidin ko‘chub, Burhonpur suyining yoqasig‘a tushtuk.

Bu yil oxirida Ganga daryosi bo‘yidgi siyosiy raqiblar bilan bo‘lgan jang, daryoga ko‘prik qurilishi, Bobur PodshohningLakhnau shahrini sayr qilishi, Saru va Gagar dayolari qo‘shilish joyida to‘xtash, Shayx Boyazidga qarshi kurash, so‘ngra Avadda tavaqquf haqida so‘z boradi.

Shu joyda “Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi”da yozilishicha 168 kunlik uzilish mavjud.

Vaqoyi’ sanayi xamsa va salosina va tis’a mia- to‘qquz yuz beshinchi (1528) yil voqealari bayoni shunday boshlanadi: “Odina kuni, muharram oyining uchida Askariynikim, Chanderiy yurushidin burunroq Mo‘lton maslahatig‘a tilab edim, kelib, xilvatxonada mulozamat qildi. Tonglasi Xondamir muarrix va Mavlono Shihob muammoyi va Mir Ibrohim qonuniy Yunus Alining qarobatikim, muddati madid edikim, mulozimat doiyasi bila Hiriydin chiqib edilar, kelib mulozamat qildilar”.


Abdumajid Madraimov

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

tarix fanlari doktori, professor

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0