Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Buyuk shoir va bunyodkor orzulari ishtiyoqida

Zahiriddin Muhammad Boburning Hindistondagi hayoti 1525-1530 yillar. Bobur Podshoh yozadi: “Yakshanba, namozi digar, oyning beshida Gvaliyar sayr doiyasi bilakim, kitoblarda “Galiyur” bitirlar, Jundin kechib, Agra qal’asig‘a kirib Faxri Jahonbegim bila Xadicha Sultonbegim bilakim, o‘shul ikki-uch kunda Kobulg‘a azimat qilmoqchi edilar, xayrobod qilib, otlandim. Muhammad Zamon Mirzo ruxsat tilab, Agrada qoldi. O‘shul kecha uch-to‘rt kuruh yo‘l yurub, bir ulug‘ ko‘l yoqasida tushub, o‘y quvladuk. Namozni ertarak o‘tab, otlanduk. Gambiyr suyining yoqasida tushlanib, namozi peshin andin otlanib, yo‘lda Mullo Rafi’ yasag‘on safufni kayfiyat uchun tolqon bila cholib ichtuk. Bisyor badxo‘r va bemaza keldi.

Kech namozi digar Do‘lpurning bir kuruhida g‘arb sori bog‘ va imoratig‘akim, buyurulub edi, kelib tushtum. Bu bog‘ va imorat buyurg‘on bir tog‘ning tumshug‘ining tuganishi voqi’ bo‘lubtur. Bu tog‘ tuganish tumshug‘i yakpora qizil imorat toshidindur. Muni buyurib edimkim, bu tog‘ni qozib, yerga yetkurgaylar. Agar yakpora toshdin imorat taroshlasa bo‘lg‘ay, xud imorat tarosh qilg‘aylar. Agar oncha baland qolmasa, bu yakpora toshdin hamvor bo‘lg‘on sahnda havz qozilg‘ay. Oncha baland tog‘ qolmaydurkim, yakpora toshdin imorat bo‘lg‘ay. Ustod Shoh Muhammad sangtaroshqa buyuruldikim, bir kaylador musamman havz bu yakpora bo‘lg‘on toshning ustida tarh qildi. Hukm bo‘ldi: sangtaroshlar bajid bo‘lg‘aylar.

Bu yakpora toshdin havz buyurg‘on yerning shimoliqalin daraxtlardur: anbah va ja’mun va har nav’ daraxttin. Bu daraxtlarning orasida bir dahi-dardah chohe buyurub erdim, ul choh itmomig‘a yeta yovushubtur. Bu chohning suyi ul havzg‘a borur. Bu havzning g‘arbi-shimolida Sulton Iskandar bande solibtur. Bandning ustida imoratlar qilibtur. Banddin yuqori pashkol suvlari yig‘ilib, uluq ko‘l bo‘lur. Bu ko‘lning sharq atrofi bog‘dur. Ko‘lning sharq tarafida ham buyurdimkim, yakpora toshdin sufanamolar tarosh qilg‘aylar. G‘arb tarafida masjud buyuruldi. Seshanba va chahorshanba bu maslahatlar uchun Dulpurda turildi.

Odina kunikim, oshur edi, andin otlanib yo‘lda bir katta kentga tushlanib, namozi xuftan Gvaliyardin bir kuruh shimol sari bir chorbog‘dakim, men o‘tgan yil buyurub erdim, kelib tushtum. Tonglasi namozi peshindin so‘ng otlanib, Gvaliyarning shimoliy pushtalarini va Namozgohini sayr qilib kelib, Gvaliyarning Hathiy Po‘l otliq darvozasidinkim, Raja man Singning imorati bu darvozag‘a payvasttur, kirib Raja Bikramajitning imoratlarig‘akim, Rahimdod anda o‘lturub edi, kech namozi digar kelib tushtim...Man Sing va Bikramijitning imoratlarini tamom sayr qildim, g‘arib imoratlardur.Agarchi bo‘luk-bo‘luk va besiyoqdur, bi imoratlar tamom sangi taroshidadindur. Borcha rajalar imoratlaridin Man Singning imoratlari yaxshiroq va oliyroqtur. Man Sing imoratlari tomining bir zil’i sharq soridur. Bu zil’ilarg‘a boqa ko‘prak takalluf qilibtur, balandlig‘i taxminan qirq-ellik qari bo‘lg‘ay, tamom sangi taroshidadindur, yuzini gach bila oqortibturlar. Ba’zi yerda to‘rt tabaqa imorattur, ikki quyi tabaqasi xeyli qorong‘udur, andak yorug‘lig‘i muddate o‘lturg‘ondin so‘ngra zohir bo‘ladur, bularni sham’ bila yurub sayr qilduk. Bu imoratning har zil’ida besh gumbazdur. Bu gumbazlarni oralarida kichik-kichik Hinduston dasturi bila chorsu-chorsu gumbazchalardur. Bu besh ulug‘ gunbazlarning ustiga zarandud qilg‘on mis tangalarini qadamturlar. Bu tomlarning tashqarisi yashil koshiy bila koshinkorliq qilibturlar. Yashil koshiy bila girdo-girdini tamom kela daraxtlarini ko‘rsatubturlar. Sharq soyig‘a zil’ining burjida Hathiy Puldur. Filni “hathiy” derlar, darvozani “pul”. Bu darvozaning chiqishida bir filning suratini mujassam qilibturlar, ustida ikki filbon ham qilibturlar; biaynihifil, heyli mushobih qilibturlar. Ushbu jihattin “Hathiy Pul” derlar. To‘rt tabaqa imoratkim, bor, boridin quyig‘i tabaqasining bu mujassam fil sori ravzani bor, andin fil yovuq ko‘runadur. Yuqorig‘i martabasi xud mazkurbo‘lg‘on gunbazlardur. Ikkinchi tabaqasida o‘lturur uylaridur. Bu uylar ham chuqur yerlarda voqi’ bo‘lubturlar, vale behavoroq yerlardur”...

Ushbu hududdagi imoratlari tavsifi ham “Vaqoyi’”dan o‘rin olgan: “Man Singning o‘g‘li Bikramajitning imoratlari qo‘rg‘onning shimoli sori o‘rtada voqi’ bo‘lubtur. O‘g‘lining imoratlari otasining imoraticha emas, bir ulug‘ gumbaz qilibtur, xeyli qorong‘u, muddate turg‘ondin so‘ngra ravshanliq zohir bo‘ladur. Bu uluq gunbazning ostidag‘i bir kichikrak imorattur, ana xud hech tarafdin yoruqliq kirmas.Ushbu uluq gunbazning ustida Rahimdod bir kichikrak tolorg‘ina qilibtur. Rahimdod ushbu Bikramajitning imoratlarida o‘lturubtur. Ushbu Bikramajitning imoratlaridan bir yo‘le qilibturlarkim, otasining imoratlarig‘a borur. Toshqoridin aslo ma’lum emas, ichkaridin ham hech yer ko‘runmas, ba’zi yerdin yoruqluq kirar, tavr yo‘ldur”.

“Bu imoratlarni sayr qilib, otlanib Rahimdod solg‘on madrasani kezib, qo‘rg‘onning janubiy tarafida bir uluq havzning yoqasida Rahimdod solg‘on bog‘chani tafarruj qilib, kech o‘rdu tushgan chorboqqa kelduk.Bu bog‘chada xeyli gullar tikibtur. Xushrang qizil kaneyr bog‘chada xeyli bor. Bu yerlarning kaneyri guli shaftoludekbo‘lur. Gvaliorning kaneyri qip-qizil xushrang kaneyrlardur. Bir pora qizil kaneyri Gvaliordin Agra bog‘larig‘a kelturub ekturdum.Bu bog‘ janubida bir uluq ko‘ldur. Pashkol suvlari bu ko‘lda yig‘ilur. Bu ko‘lning g‘arbida bir baland butxonadur. Sulton Shamsiddin Eltutmish bu butxonaning yonida bir masjidi jomi’ solibtur. Bu butxona xeyli baland butxonadur. Qo‘rg‘onda mundin balandroq imoratyo‘qtur va Dulpurning tog‘idin Gvalior qo‘rg‘oni va butxona mashaxxas ko‘rinur. Derlarkim, bu butxonani toshlarini tamom ushbu uluq ko‘ldin qozib olibturlar. Bu bog‘chada bir yig‘och tolor qilibtur, pastroq, beandomroq. Bog‘chaning eshigida hindustoniy vaz’liq bemaza ayvonlar qilibturlar”.

Bobur Podshoh yozadi: “Tonglasi namozi peshin Gvaliorning ko‘rmagan yerlarining sayri doiyasi bila otlanib, Man Singning qo‘rg‘onidan tashqori Ba’dalgar otliq imoratini ko‘rib, Hathi Pul darvozasidin kirib Udva degan yerga borduk. Bu Udva degan yer qo‘rg‘onning g‘arbiy tarafida bir ko‘lvoqi’ bo‘lubtur. Agarchi bu ko‘l bir fasildinkim, tog‘ ustida qilibturlar, toshqoridur, vale bu ko‘lning dahanasida yana ikki martaba baland fasillar qilibturlar. Bu fasillarning balandligi o‘ttuz-qirq qari yovushur. Ichkarigi fasil uzunroqtur va balandroqtur. Bu fasil ko‘lning bu yuzidagi va ul yuzidagi qo‘rg‘on fasilig‘a payvast bo‘lubtur. Bu fasilning o‘rtasida bu fasildin pastroq yana bir fasil igribturlar. Bu fasil sar-tosar emas, obro‘d maslahatig‘a bu fasilni igirgandurlar. Bu fasilning ichida suv olmoq uchun “vayn” qilibturlar, o‘n-o‘n besh zina bila suvg‘a yetar. Bu uluq fasilning vaynliq fasilig‘a chiqar eshigining ustida Sulton Shamsiddin Iltamishning otini toshda qazib, bitibturlar, tarixi “sanayi salosina va sitta miadur (Olti yuz o‘ttuzinchi (1232-1233) yil).

Bu toshqorig‘i fasilning tubida qo‘rg‘ondin toshqori uluq ko‘l tushubtur, g‘olibokim, kam bo‘lur ko‘l emas, obrudga bu ko‘l suyi borur. Bu Udvaning ichida yana ikki uluq ko‘ldur. Qo‘rg‘on eli bu ko‘llarning suyini o‘zga tarjih qilurlar. Bu Udvaning uch tarafi yakpora tog‘ voqi’ bo‘lubtur. Toshining rangi Bayana toshlaridek qizil emastur, bir nima berangroqtur.

Bu Udvaning atrofidag‘i yakpora qiyolarni qozib, uluq-kichik mujassam butlar tarosh qilibturlar. Janub tarafi bir uluq buttur, balandligi taxminan yigirma qari bo‘lg‘ay. Bu butlarni tamom yalangg‘och, besatri avrat ko‘rsatibturlar.

Udvaning ichidagi ikki uluq ko‘lning atrofida yigirma –yigirma besh choh qozibturlar. Bu chog‘lardin suv tortib, sabzakorliqlar qilib va gullar va daraxtlar ekibturlar. Udva yomon yer emas, tavr yerdur. Aybi atrofidag‘i butlardur... Udvadin yana qo‘rg‘ong‘a chiqib, Sultoniy Pulning o‘zinikim, kofirlar zamonidin beribu darvoza masdud ekondur, tafarruj qilib, namozi shom Rahimdod solg‘on bog‘chaga kelib tushtum, ul oxshom o‘shul bog‘chada-o‘q bo‘ldum”.

Shundan keyin sodir bo‘lgan asosiy voqealar bayoni quyidagilardir: “Seshanba kuni, oyning o‘n to‘rtida (28.09.1528) Rana Sanganing Bikramjit otliq ikkinchi o‘g‘lidinkim, onasi Padmavatiy bila Rantanpur qal’asidaedilar, kishilar keldi. Gvalior sayrig‘a otlang‘ondin burun ham Bikramijtning uluq e’tiborliq Asuk otliq hindusidin kishilar kelib, qulluq va xizmatkorliq izhorini qilib, o‘ziga yetmish laklik vajhi istiqomat istid’o qilib edi. Andoq muqarrar qilib edikim, Rantanpurni topshurg‘ay. Muddaosidek, parganalar inoyat qilib, kishilariga ruxsat berduk. Gvalior sayrig‘a boriladur edi, ul kishilarg‘a miyod (va’da) qilduk. Miyoddin bir necha kun keyinroq qoldilar. Bu Aso‘k (Ashok) hindu Bikramajitning onasi Padmavatiyg‘a yaqin uruq bo‘lur emish. Bu kayfiyatni onaliq-o‘g‘ulluqqa ham izhor qilibtur. Ular ham bu Ark bila muttafiq bo‘lub, davlatxohliq va xizmatkorliq qabul qilibturlar”.

“Toj va kuloh va zar kamarkim, Rana Sanga Sulton Mahmudni bosib, Sulton Mahmud kofirning qaylig‘a tushganda bu ta’rifiy toj va kuloh va zar kamarni olib, Sulton Mahmudni qo‘yub edi, o‘shul toj va kuloh va zar kamar Bikramajitta ekandur, og‘asi Ratansingkim, holo otasi o‘rnig‘a rana bo‘lub, Chito‘rg‘a qobizdur, toj va kuloh va zar kamarni inisidin tilabtur. Bu bermaydur. Bu kelgan kishilardin toj va kuloh va zar kamarni manga so‘zlanibtur. Rantanpurning mubodalasig‘a Bayanani tilabtur. Bayana so‘zidin alarni o‘tkarib, Shamsobodni Rantanpur mubodalasig‘a va’da qilduk. O‘shul kuni-o‘q bu kelgan kishilarga xil’atlar kiydurub, to‘qquz kunda Bayanag‘a kelmoq miyodi bila ruxsat berildi”.

Kitobda Bobur Podshoh o‘z sayri davomini bayon etadi: “Bu bog‘chadin otlanib, Gvalior butxonalarini sayr qilduk. Ba’zi butxonalar du oshiyona, se oshiyona, oshiyonalari pastroq, qadimiy vaz’liq, izorasida tamom mujassam suratlar toshdin qozibturlar. Ba’zi butxonamadrasa vaz’liq, peshgohida uluq va baland gunbaz, madrasa hujralaridek hujralarikim bor, har hujraning ustida tang-tang gunbazlar taroshida toshdin qilibturlar. Quyidagi hujralarida mujassam toshdin butlar tarosh qilibturlar. Bu imoratlarni tafarruj qilib, Gvaliorning g‘arbiy darvozasidin chiqib, Gvalior qo‘rg‘onining janub tarafidin evrulub, sayr qilib, Rahimdod solg‘on chahorbog‘qakim, Hathiy Pulning oldidadur, kelib tushtum. Rahimdod to‘y ishini bu chorbog‘da tayyor qilib edi, yaxshi oshlar tortib, qalin peshkashlarqildi, jins va naqddin to‘rtlak peshkashi edi.

Chahorshanba kuni oyning o‘n beshida (29.09.1528) Gvaliorning sharqi-janubi sori obshornikim, Gvaliordin olti kuruh yo‘ldur, sayr qila bordim, mundin kechrak otlanilg‘on ekandur. Obshorg‘akim, kech namozi peshin yetushtuk. Bir arg‘amchi balnd qiyodin bir tegirmon suyi shorildob tushadur. Bu obshordin yuqori bu suv yakpora qiyoning ustidan oqib keladur. Bu suvning tubi yakpora toshdur. Har yer-har yerda tushub ko‘l bo‘lubtur. Bu suvning yoqalarida yakpora parcha-parcha toshlar tushubtur, o‘lturg‘udek, vale bu suv doimiy emas emish. Obshorning ustida o‘lturub ma’jun yeduk. Suv yuqori borib, suvning bidoyatigacha sayr qilib, yonib, bir balandi ustiga chiqib, muddate o‘lturduk. Sozandalar soz choldilar va go‘yandalar nima ayttilar. Obnus yig‘ochikim, hind eli “tindu” derlar, ko‘rmaganlarga ko‘rsatildi”.

Bobur Podshoh o‘zi uchun yangi bo‘lgan joylarni sayr qilib, ularni tavsiflashda davom etadi: “Odina kuni oyning o‘n yettisida (01.10.1528) Suhjana degan Salohiddinning zodbud kentini va kentidin yuqori tog‘ orasidag‘i va ko‘l ichidag‘i limu va sadofal bog‘ini sayr qilib, bir paharda chorboqg‘a tushtum.Yakshanba kuni, oyning o‘n to‘qqizida tongdin burunroq chorbog‘din otlanib, Kavariy suyidin o‘tub tushlanduk. Namozi peshinda andin otlanib, oftob o‘lturur mahal Chanbal suyidin o‘tub, namozi shom xuftan orasida Dulpur qo‘rg‘oniga kirib, charog‘ bila Abulfath solg‘on hammomni sayr qilib, andin otlanib, yangi chorbog‘ solg‘on yerga band boshig‘a kelib tushuldi. Tonglasig‘a buyurulg‘on yerlarni yurubsayr qildim. Yakpora toshda byurulg‘on kaylador havzning yuzini bir martaba tamom ko‘tarmaydurlar edi, buyuruldikim, sangtaroshlar ko‘prak kelib, bir martaba, havzning tubini durust olsunlarkim, suv quyib, atrofini tarozu qilsa bo‘lg‘ay. Kech namozi digar havzning bir martaba yuzini tamom oldilar. Buyurdimkim, suv to‘ldurdilar. Atrofini suv bila tarozu qilib, hamvor qilmoqqa mashg‘ul bo‘ldilar. Bu navbat yana bir obxona buyurdimkim, yerini yakpora toshdin tarosh qilg‘aylar, ichidagi kichik havzni ham yakpora toshdin qozg‘oylar”.


Abdumajid Madraimov

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

tarix fanlari doktori, professor

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0