Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Zahiriddin Muhammad Boburning Afg‘onistondagi obodonchilik ishlari

Zahiri ad-Din Muhammad Babur is an poet who has made a great contributionto the treasury of world culture. During his rule in Afghanistan, he built many caravanserais, mosques, madrassas and gardens. Many of these improvements werebuilt during Babur’s time and, moreover, during the time of his sons.


Zahiriddin Muhammad Bobur 1504-yilda hozirgi Afg‘onistonga kelib, birinchidan, Qunduz viloyatini egallaydi. So‘ngra Hindukish tog‘laridan o‘tib, Kobul tomonga yurish qiladi. Bobur urushsiz va talofatsiz Kobulni olib shu shaharda hokimiyatini tiklaydi. G‘azni shahrini ham urushsiz qo‘lga kiritadi. Bu shaharlarning xalqi Boburning yaxshi munosabatini ko‘rib, unga jon-u dil bilan koʻmaklashadi. Bu vaqt Shayboniyxon Xurosonni bosib olishga tayyorlanayotgan edi. Bu hol Husayn Boyqaroni ham tashvishga solgan edi. U 1503-yilda Husayn Boyqaro o‘g‘li Badiuzzmonga qarshi yurish qilishga buyruq berdi. Badiuzzamon yigirma ming kishi bilan Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘iga o‘tib, Hisor, Xatlon, Badaxshon va boshqa shahar hokimlarining koʻmaklarini va himoyatini kutdi. Ammo ular Badiuzzamonga vaqt bermadilar va Husayn Boyqaroning o‘zi ham o‘g‘liga yordam berish o‘rniga uni Balxga qaytishini buyurdi. Biroq 1503-1506-yillarga kelib vaziyat juda jiddiylashdi. Hussayn Boyqaro, qattiqroq jazzo berishga shaylandi. U o‘g‘illarini, sardorlar, beklarini va Boburni kengashga chaqirdi. Zahiriddin Muhammad Bobur esa, sulton Hussayn Boyqaroning bunday tashabbusini ko‘pdan beri ko‘tayotgan edi va unga katta umid bog‘lagan edi.1506-yilning yanvarida Badiuzzamon mag‘rib tomonga yo‘l oldi, keksa va bemor Husayn Boyqaro ham shayboniyxon bilan bir tarafa qilish uchun yo‘lga chiqdi. Biroq kuchlar berlasha olmadi. 1506-yilining may oyida Husayn Boyqaro vafot etadi, uning taxtiga birdan ikki o‘g‘li, Badiuzzamon va Muzaffar Husayn o‘ldirmoqchi bo‘ldi va o‘zlarini otasi o‘rnida podshoh deb e’lon qildilar. Shayboniyxon bu fursatdan foydalanib, Hirotga elchi yuborib, ularning boʻysinishlarini talab qildi. Badiuzzamon va Muzaffar Husayn uning soʻzlarini rad qilib urushga tayyorlana boshladilar. Shaybonixon Balxni qamal qilib oldi, Badiuzzamon Balx tomon harakat qilganda, bu vaziyiyatni eshitib yana Movarounnahrga qaytib ketdi. Biroq u 1506-yilda katta kuch bilan Xurosonga kirib keldi. Hirotning yaqinida Temuriylar qoʻshini yengildi. Badiuzzamon Qandahorga va Muzaffar Husayn Astraobdga qochdilar. Shayboniyxon Hirotni olgandan so‘ng Eronni ham egalashga harakat qildi. Biroq 1510-yilda Marv yaqinida shoh Ismoildan yengilib, o‘zi urush maydonida oʻldi va lashkarlari tarqalib ketdi. Shoh Ismoil esa 1511-yilda Xurosonning shimoliy viloyatlarini bosib oldi. 1512- yilda Bobur Amudaryodan kechib, Hisor, Xatlon, Koʻlob va Badaxshonni egalladi. Bobur esa Movarounnahrga qaytib yana hokimyatini oʻrnatmoqchi edi. Shuning uchun shoh Ismoil Safaviydan yordam soʻradi va Samarqandi uchinchi marta egallab oldi. Ammo Shaybonixonning o‘g‘illari: Ubaydullao Sulton va Muhammad Temur Sulton 1513-yilning boshlarida katta qoʻshun bilan Boburga qarshi yurish bashladilar. Bobur ellik ming kishi bilan jangga kirishdi, ammo yana yengilib Hisorga qochdi va Samarqand ham yana Shayboniylar qo‘liga tushdi.

Shoh Ismoil Boburga koʻmak uchun o‘z sipohsolori Najmisoniyning rahbarligida qoʻshin yubordi. Bobur bilan Najmisoniy Termiz atrofida uchrashdilar. Uchrashgandan so‘ng Bobur Samarqandga va Najmisoniy esa Qarshi tomonga joʻnadilar. U Qarshini olib, butun shahar aholisini qirib tashlashga buyuruq beradi. Uning shu siyosati, sunniy-shia’ ixtiloflari kuchaytirib, butun xalq Najmisoniyga qarshi yurish qiladi. Shu vaqt Shayboniylar qoʻshuni kelib, Gʻijdivon atrofida Eron qoʻshinini yegib, Najmisoniyni oʻldiradi va shoh Ismoilning qolgan qutgan lashkarlari Eron tomonga qochib ketadilar. Shunday qilib, Boburning Movarounnahrda Temuriylar hukumatini qayta tiklash va u yerda mustahkam davlat qurish rejalari ham barbod bo‘ldi. U majburan Afg‘onistonga qaytib keldi va bu yerda o‘z davlatini mustahkamlashtirdi. Afg‘onistonning iqtisod va madaniyatiga katta e’tibor berib, bu yerda, ayniqsa, Kobulda ko‘p joylarni va binolarni qurdi.


Zahiriddin Muhammad Boburning Kobuldagi faoliyatlari:

Bobur va Boburiylar yaratgan madaniyat, jahon madaniyatining muhim, porloq va yirik qismini tashkil etadi. Bu kunga kelib, bu madaniyat sharq va g‘arbning ko‘plab tadqiqotchilar va olimlarining diqqat va e’tiborini o‘ziga tortgan. Boburning “Boburnoma” asari tarixning ushbu ajoyib va nodir siymosining yaqqol, haqiqiy ko‘zgusidir. “Boburnoma” va ko‘plab ilmiy-tarixiy manbalarning guvohligicha, Bobur Afg‘onistondan boshlab Hindistongacha butun hukumronligi davomida qurulish, bog‘lar barpo etish, ariq chiqarish hamda san’at turlarini ravojlantirish ishlari bilan doim shug‘ullangan ekan. Chunonchi, Kobul va uning atrofida undan ortiq bog‘ va saylgoh qurgan. Tarixiy manbalar Kobulda, Bog‘i Saman, Bog‘i Kalon, Jahonaro, Shahraro, O‘rta Bog‘, Chahorbog‘, Ohuvxona Bog‘i, Istolif Bog‘ishi, Yung‘incha Bog‘i(shu Bog‘da Hamoyun Mirzo tug‘ilgan), suratxona va ohuvxona kabi ko‘plab, ko‘rkam, mashhur bog‘lardan eslaydilar. Bu bog‘larning qurilishida Boburning shaxsan o‘zi hissa qoʻshganini manbalar va oʻsha davrda ishlangan asarlari ko‘rsatadi. Shuningdek, Nangarhorda Bog‘i Safo, Bog‘i Vafo va Bog‘i Norinjzor kabi bog‘lar qurgani ham tarixiy manbalar hamda “Boburnoma”da zikr etilgan. Bu oʻrinda shuni ham ta’kidlash kerakki, Bobur bog‘lar barpo etish bilangina cheklanmagan, balki u Movarounnahr va Xurosondagi bog‘ tuzish va bog‘dorchilik usullari, qolaversa, turli mintaqalarning daraxtlar va o‘simliklarini ham oʻstirish va rivoj berishga ham alohida e’tibor bergan. Bobur va uning sulolari zamonida qurilgan bog‘lar quyidagilardan iborat:


Bog‘i Bobur

Zahiriddin Muhammad Boburning muborak qadamlari yetgan joyda, ulardan, albatta, iz qolgan. Shulardan biri Afg‘oniston poytaxti bo‘lmish Kobul shahrida buyod etilgan ajoyib, tarovati betakror bog‘ “Bog‘i Bobur”dir. Zahiriddin Muhammad Bobur kobulda qadam ranjida qilar ekan, bu yerning obhavosi, iqlimiy, bepoyon yavlovlari, shifobaxsh suvlari, u zotni hayratda qoldirgani “Boburnoma” asarida takror-takror qayd qilingan. Mazkur bog‘da yetti iqlimdan an’anaviy gullar, mevali va mazarali daraxtlar keltirilib ekilgani hanuzgacha poytaxt shahrning ko‘rki hisoblanadi. Hozirgi kunda “Bog‘i Bobur” saylgoh bo‘lib, davlat va jamoatchilik tomonidan o‘tkaziladigan omaviy anjumanlar markaziga aylangan. Zahiriddin Muhammad Boburning maqbarasi ham ushbu bog‘da joylashgan. Hozirgi kunda dunyoning har bir joyidan kelgan sayyohlar, “Bobur bog‘i” va Boburning maqbarasini ziyorat qiladilar.


Bog‘i Safo

Bu bog‘ Zahiriddin Muhammad Boburning o‘z vaqtida Kobul bilan Jalolobodning qatnov yo‘lida barpo etilgan edi. Ushbu bog‘ Boburiylar hukmdorlaridan, Shohjahon zamoniga qadar Safo nomi bilan mashhur edi va bu bog‘ haqida Abulfazil shunday degan: “Bu bog‘ning chamanlari orasta shaklda tuzilib, ko‘p sof va toza bo‘lgani uchun Safo nomiga ot qoʻyilgan”. Aynan shuningdek, Pokistonning Panjob viyolatida Bobur zamonida, bir koʻl yoki buloq atrofida bir bog‘ qurilgan edi. Ushbu bog‘ esa tozalik jihatdan Safo bog‘idek oʻta ko‘p toza va pok edi.


Bog‘i Vafo

Vafo bog‘i Odenapur oldida, janub tarafdagi bir balandlikda 914-yilda Bobur tomonidan bunyod etilgan. Ushbu bog‘ ichidan kichkinagina bir daryocha oʻtgan. Bog‘ esa bir kichkinagina tepa va balandlikka ega edi. Bobur bog‘ ichidagi tepa yo balandlikning atrofida hovuz, koʻcha va chamanzorlar barpo etdi. Koʻchalar yonida norinj va anor daraxtlaridan ekdi. Bu bog‘ Kobul bilan Jalolobod qatnov yo‘lida voqe bo‘lgan edi. Qishlarda ushbu tepa(bog‘)da qor yoqmas edi. Bobur o‘z safarlarida Vafo bog‘ida tushib dam olib, keyin harakat qilardi. Zahiriddin Muhammad Bobur mazkur bog‘ haqida shunday degan:

“Odenapur qoʻrg‘onining oldida, janub tarafdagi bir balandlikda, hijriy to‘qiz yuz oʻn toʻrtinchi (914) milodiy1508-yili bir chorbog‘ soldim. U bog‘i Vafo deb nomlangan. Soyga tutash, soy qoʻrg‘on bilan bog‘ orasidadir. Norinji, turunji va anori ko‘p bo‘ladi.Koʻkargan edi, undan burungi yili shakarqamish ham ekkan edilar, shakarqamish yaxshi bo‘lgandi. Badaxshon va Buxoroga u shakarqamishlardan yuborilgan edi. Yeri baland, oqarsuvi muttasil, havosi qish payti moʻtadil, bog‘ning o‘rtasida bir kichikroq tepalik yastangan, bir tegirmon suv bu bog‘ning o‘rtasidan va bog‘ning ichidagi tepalikning ustidan hamisha oqib turardi. Bog‘ o‘rtasidagi chorchaman (toʻrt burjak gulzor) shu tepalik ustida barpo etilgan. Bog‘ning g‘arbiy-janubiy tarafida unga oʻn oʻlchovidagi hovuz, atrofida butunlay norinj daraxtlaridir va anor daraxtlari ham bor. Bu havzning tevarak qirg‘oqlari batamom sarbargazordir. Bog‘ning eng soʻlim yeriushbudir. Norinjlar sarg‘aygan mahalli ko‘p yaxshi ko‘rinadi”. Quyi oʻtloqqa hich qor tushmaydi. Oraliq masofa yarim kunlik yo‘ldir. Bu tog‘etagida yaxshi havoli yerlar bor. Suvlari sovuq, muzga hech ehtiyoj bo‘lmaydi.

Odenapur qoʻrg‘onining janub tarafi sarxurud (qizilsoy) soyidir. Qoʻrg‘on tepasida bunyod topgan, soy tomoni qirq-ellik qari tektog‘dir. Shimolida bir parcha tog‘ bo‘lib, hiyla mustahkam qurg‘ondir. Qachon Kobulda qor yog‘sa, bu tog‘ choʻqqisiga qor tushadi. Lamg‘on eli Kobulda qor yoqqanini shundan biladilar.


Chor Bog‘

Zahiriddin Muhammad Bobur hijriy 903-milodiy 1506-yilda Qandahorni bosib olgach, shimoli-g‘rbiy tomonidagi bir joyni “Farruxzod chorbog‘i” deya tilga olgan. Bu bog‘ unga mansub, ammo ma’lum emaski, Farruxzod kimdir! Biroq ko‘p ehtimolda, Farruxzod 1052-1059-yillardagi g‘aznaviylar podshohlaridan biri, sulton Ma’sudning oʻg‘li bo‘lsa kerak.Abulfazl rivoyatiga ko‘ra: “Chorbog‘ ham Zahiriddin Muhammad Boburning obodonchiliklaridan biri bo‘lib, ko‘p sof va tozadir. Boburning o‘g‘li Humoyon Erondan qaytganda, ushbu bog‘da dam olgan.


Chihlzina

Chihlzina ham Boburiylar me’morlaridan biri bo‘lib, Qandahorning g‘arb tomonida qurilgan. Mardum (odamlar) buni chihlzina deb ot qoʻygan. Muhammad Ma’sum degan tarixchi buni (besh toq imorati)degan. Bu imorat esa xuddi Zahiriddin Muhammad Boburning buyurug‘i orqali, Qandahorda Supuza degan tog‘ni taroshlabzina qurgan. Ushbu zinani qurishda kunda 80 nafar sangtarosh(tosh yoʻnuvchi kishi) mashg‘ul bo‘lib, 9 yil davomida qurib tamomladi. Chihlzina imoratining devorlarida, Mirzo Bobur, Mirzo Komron, Mirzo Askariy va Mirzo Hindol haqida kitobat bo‘linib,ularning qilgan faoliyatlarida zikr bo‘lingan. Zahiriddin Muhammad Bobur Chihlzina haqida shunday degan: “Qandahorning qoshida imorati barpo qildim”. Chihlzinaning devorlariga Boburiylar haqida ba’zi ma’lumotlar nasta’liq xati bilan yozilgan. Devorning g‘arb tomonida ikki satrda shunday yzilgan: “Bobur shavvol oyining 13-kuni 928-hijriy shamsiy yilida Qandahorni butunlay fath qildi. Ushbu yilda devon qurib Chihlzinani qurish haqida farmon chiqardi, Chihlzinaning qolgan ishlarini tamomlashi uchun Muhammad Komronni tayinladi”.

Muhammad Komron mazkur farmondan keyin, Chihlzinani qurish uchun mohir ustalarni yigʻdi. Biroq u Qandahorda ko‘p vaqt qolmay, o‘z o‘rnida ukasi Muhammad Askariyni ta’iyinladi. U esa 953-yilda, Chihlzinaning qolgan ishlarini butunlay tamomlab adog‘iga yetkazdi.


Zahiriddin Muhammad Boburdan keyin, Boburiylar hukumdori Jaloliddin Akbar zamonida, Qandahor hokimi Shohbekxon edi. Darbor amirlaridan biri Sayyid Ma’sum Qandahorga kelib, ushbu binoda quyidagi mazmunda xat yozdi: “Qandahor podshohligi Jaloliddin Akbarning ajdodlari tasarrufida edi, lekin Dehlini qayta olish chog‘ida Qandahor Humoyun tasaruffidan chiqarildi. Yana hijriy 1002-yili qaytadan Jaloliddin Akbar sipohlari tomonidan qo‘lga kiritildi. Oʻsha zamonda Qandahor hokimiyati Shohbekxon qo‘lida edi. Sayyid Safoyi o‘gʻli Muhammad Ma’sum Chihlzina devorida, hijriy 1007, milodiy 1598-yili Jaloliddin Akbar va o‘g‘illari Shohsalim, Shohmurod, Doniyolshoh, Xisravshoh va Parvizshoh tomonidan bu qo‘lyozmani yozdi hamda Jaloliddin Akbar hokimiyati ostidagi barcha viloyatlarni ushbu devorda qayd etdi”.


Erkin Mohammad Aalim,

Afg‘oniston poytaxti Kobul Universitetidagi o‘zbek tili va adabiyoti bo‘limining o‘qituvchisi.

Zahiriddin Muhammad Bobur merosining sharq davlatchiligi va madaniyati rivojida tutgan o‘rni

uluslararo ilmiy-nazariy konferansi materiallari. Toshkent, 2023.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0