Zahir ad-Din Muhammad Babur, who was associated with Kabul for about twenty-five years of his forty-seven years of life, gained fame as the royal poet of Kabul in the late XVth and early XVIth centuries. Despite the fact that Zahir ad-Din Muhammad Babur reached Amir Temur on his father's side and Genghis Khan on his mother's side, he mentions these two relationships in his famous book "Baburi Tuzuki"and call shimself a Turk (Uzbek). After Uzbek Babur was defeated several times by Shaybani Khan, he was forced to emigrate from Ferghana to Kabul, the current capital of Afghanistan, in order to try his luck in Kabulistan. Here the people of Kabul (Kabulistan) welcomed Babur and Babur became the Uzbek king of Kabul and from there he invaded India to expand his rule. This brave cosmopolitan Turk/Uzbek world-goer was a clever poet, a brilliant writer and a powerful ruler - a king. Babur was 22 years old when he was crowned in Kabul, and Babur's nickname Mirza was changed to the title of Shah.
Movarohunnahr, Xuroson va Hindistonning siyosiy va adabiy shaxsiyati va buyuk shahanshohi bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda, Amir Temur sulolasiga mansub Farg‘ona hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga kelgan. U otasining o‘limidan keyin 12 yoshida Farg‘ona hokimi etib tayinlangan. Zahiruddin Muhammad shajarasi ota tomonidan Amir Temurga, ona tomonidan Chingizxonga taqaladi, ammo u o‘zining mashhur “Bobur Tuzuki” kitobida bu ikki munosabatni eslatib o‘tadi va o‘zini turk (o‘zbek) deb ataydi. Bobur o‘zbek Shayboniyxondan bir necha bor magʻlubiyatga uchragach, oʻz omadini Fargʻonadan tashqarida, Kobulistonda (hozirgi Afg‘oniston) sinab koʻrish uchun ketishga majbur boʻladi. Shayboniyxon 1504-yili Andijonni qo‘lga oldi va Bobur esa Amudaryodan o‘tib, qisqa vaqt ichida Kobulistonda o‘z hokimiyatini o‘rnatadi va shohlik toji boshiga qo‘yiladi. Shundan so‘ng u tarixda shoh va shoir nomi bilan shuhrat qozonadi. Manbalarda zikr qilinishicha, o‘shanda Kobuliston xalqi Boburni hech qanday qarshiliksiz mamnuniyat bilan kutib oladi. Bobur Kobul taxtini egallaganidan keyin baxt-iqbol unga kulib boqadi, natijada boshqa bir qator shaharlarni ham birin-ketin qo‘lga kirita boshlaydi. U Hindistonni tasarruf qilishi bilan o‘z qalamravida osoyishtalik o‘rnatishga, vayronalarni qayta qurishga hamda yangi binolar va bog‘lar barpo etishga kirishadi hamda umrining oxiriga qadar o‘zidan jahonshumul moddiyva ma’naviy boyliklar meros qoldirish uchun kurashadi. Bobur xalq orasida Kobulning shoh me’mori va shoir bog‘boni nomini ham olgan.
Bobur Shohning “Boburnoma” yoki “Bobur Tuzuki” asari voqea-hodisalar, atrofmuhit, jo‘g‘rofiya va xalqlarni tasvirlashda, Boburgacha bo‘lgan va Boburdan keyin yaratilgan voqealar kitoblaridan farqli asar hisoblanadi. Bu farq “Boburnoma”ning tarafsiz, xolisona pozitsiyada turib yozilganida ko‘zga tashlanadi. Asarning o‘ziga xos jihatlari xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, eng avvalo, uning Islom olamidagi birinchi tarjimayi holi (xotira kitobi) bo‘lgani, unda voqealar haqqoniy ravishda tasvirlangani,she’riy tili bilan voqealarga adabiy baho berilgani, o‘zidan keyingi tadqiqot dasturlargamunosib o‘rnak bo‘lgani bilan qimmatlidir. Bobur shohning kuchli va iqtidorli saltanativa hokimiyati xususida jahon mutafakkirlari so‘z yuritganda, uni misli ko‘rinmaganShahanshoh, zukko adib bo‘lgani e’tirof etiladi. Hind qahramoni Javohir La’l Neru,“Boburning darbori ma’no jihatidan ham, mazmun jihatidan ham o‘ziga xosxususiyatga ega bo‘lganligini tan oladi. Bobur Shohning Amudaryodan Sindgachabo‘lgan imperatorligida shu paytgacha misli ko‘rilmagan bog‘lar, binolar, yo‘llar,hovuzlar qurilgani; vayronalar qayta tiklangani;ilm-ma’rifat va san’at judarivojlanganligi xususida uning jahonshumul shoh asari “Boburnoma”da batafsilma’lumot beriladi” deb ta’kidlaydi.
Mashhur sharshunos ingliz olimi William Erskin o‘zining “Eron va Bobur” asarida Boburni Afg‘oniston va Hindiston madaniyatining buyuk asoschisi sifatida tan oladi va tadbirli hukmdor bo‘lganligiga ishora qiladi. Muallifga ko‘ra, Bobur shoh Kobulda suv inshootini ustakorlik bilan yo‘lga qo‘ygani bois shahar yilning to‘rt faslida ham suv bilan ta’minlanib turgan. Afg‘onistonlik pushtu zabon muhaqqiq Dr. Abdulhay Habibiy “Zahiriddin Muhammad Bobur Shoh” nomli kitobida, Bobur shaxsiyati haqida to‘xtalib, jumladan, shunday yozadi:
“Boburning shijoati va qahramonligini, Andijon shohligidan Hindiston Shahanshohligiga ko‘tarilganining o‘zi ko‘rsatib turibdi. Uning madaniyatparvarligi esa o‘zidan meros qoldirgan bebaho asarlaridan namoyondir”.
Zahiruddin Muhammad “Bobur” nomini olgani haqida ko‘plab rivoyatlar mavjud. Ayrim manbalarda jasorati uchun unga “babr” (yo‘lbars) laqabi berilgani aytiladi, biroq Zahiriddinning zamondoshlaridan biri Mirzo Muhammad Haydarning yozishicha, mo‘g‘ullar fors va arab tili va adabiyoti bilan to‘liq tanish bo‘lmagani bois Zahiriddin Muhammadning to‘liq talaffuzi ularga qiyin bo‘lgani uchun uni “Babar” deb atashgan. Zabardast o‘zbek shoiri Sirojiddin Sayyid o‘zining “Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur” kitobida ham Boburga nisbatan yo‘lbars iborasini qo‘llagani ko‘zga tashlanadi:
Dunyoga kelmishdir hazrati Bobur,
Daholar ham qarzu ham farz yaralgay.
Sherlarning zuryodi faqat sher bo‘lur,
Yo‘lbars avlodidan yo‘lbars yaralgay.
Kobul Shohi Bobur (Yo‘lbars) Andijonda dunyoga kelganiga qaramay, u Kobulga ko‘proq ko‘ngil qo‘ygan. Bunga esa Kobulda shohlik tojini kiygani, 14 farzandidan 12 tasi shu yerda dunyoga kelgani, qolaversa, tug‘ilgan o‘z yurtiga sig‘may Kobuldan maskan tutgani sabab bo‘lgan bo‘lsa kerak. Javohir La’l Neruning ta’biri bilan aytganda: “Bobur Hindni tasarruf qilganidan keyin ham har doim Kobul shabadalari, gullari, bog‘lari va qovunlarini qo‘msab yashagan. Bobur yozgan xotiralarning guvohlik berishsa, u juda xushtabiat, ochiqko‘ngil, mehribon va jozibali shaxs bo‘lgan”.
O‘zbek Shohi Zahiruddin Muhammad Bobur davridagi Kobuliston bugungi Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridangina iborat bo‘lmagan. Kobulistonning shimol tomondan Koʻkcha va Amudaryolari tabiiy chegaralarini tashkil etgan va uning muhim shimoliy shaharlari Badaxshon, Kishm, Talqon va Qunduzdan iborat bo‘lgan. G‘arbiy chegarasi bugungi Bomiyondan Kahmardgacha etib borgan va Aybak (Oybek), Sarbog‘, Xurram, Ojar va Bomiyon uning muhim g‘arbiy shaharlari hisoblangan. Janubiy muhim shaharlarini G‘azni, Barmala, Gardez, Tal, Bangesh va Xo‘st tashkil etgan. Sharqda esa Hind daryosi tabiiy chegara bo‘lgan, Peshovar, Bajavur va Suvat Kobulistonning muhim shaharlari sanalgan. Mo‘g‘ullar davrini boshdan kechirgan Kobuliston, Bobur va uning avlodlari davrida gullab-yashnadi. Boburning kuchli davlatchilik siyosati va ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy tadbirlari natijasida Kobul o‘ziga yangi islomiy shahar qiyofasini kasb etdi. Shahar yangi tiklanish bosqichida qad ko‘tarar ekan, qadim vayronalar ustida yangi binolar, ko‘rkam bog‘lar, hovuzlar va anhorlar barpo etila boshlandi.Temuriylar sulolasidan bo‘lmish Sulton Abusaid 1449-yil o‘g‘li Ulug‘bek Mirzoni Kobuliston hukmdori qilib tayinlaydi. Yangi hukmdor Ulug‘bek Mirzo Kobul qal’asidan turib, G‘aznidan Badaxshongacha bo‘lgan hududlarni boshqara boshlaydi. Uning saltanati 1499-yilgacha davom etadi. Ulug‘bek Mirzo vafotidan 2 yil o‘tar-o‘tmas Bobur 1511-yili Kobulni urushsiz Muhammad Muqim Arg‘uniydan tortib oladi. Arg‘uniy esa Qandahor tomon qochib ketadi. Bobur Kobulda o‘z hokimiyatini o‘rnatgach, bir tomondan Shahar obodonchiligiga katta e’tibor bera boshlaydi, boshqa tomondan esa o‘z kechinma va xotiralarini qog‘ozga tushirib boradi. Natijada ham Kobul ko‘rkam shaharga aylanadi hamda jahonshumul “Boburnoma” asari vujudga keladi. Bobur bu asarini o‘z ona tili – o‘zbek tilida yozadi va u Shohjahon zamonida Abdurahimxon Xonon tomonidan Kobul forschasiga tarjima qilinadi. Asarda qayd qilingan, Kobul atrofidagi ayrim muhim shahar, jumladan, Nangarhor, Alishing, Alingor, Lugar, Kunar, Nijrob, Panjsher, Gʻorband, Ko‘hdoman kabilar hozir ham ayni o‘sha Bobur zamonidagi nom bilan atalib kelinmoqda. Bobur zamonida Kobulistonda to‘g‘onlar, daryolar, bog‘lar, koshonalar quriladi, bu hudud yanada go‘zallashtiriladi va uni Hindiston bilan Xuroson oʻrtasidagi ulanish savdo yoʻliga aylantiriladi. Hind, Chin, Rus, Turk, Fors va Movarounnahr o‘lkalaridan turli buyum va matolar olib kelib savdo qilinadi. Kobulning ko‘rkamligi, tabiyat manzaralari, o‘ttizdan ortiq gul-lolalar turi mavjud bo‘lgani, ayniqsa, yoqimli iqlimisayohatchilarni ham o‘ziga jalb eta boshlaydi. O‘sha paytlarda Kobulistonda uch til(o‘zbek, fors va pushtu) tillarida ish yuritilgani ma’lum. Aytilishicha, har yili Kobulgasavdogarlar o‘n mingga yaqin ot bilan kelib ketishgan. Bobur o‘sha paytdagi Kobuliston xalqning turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, tabiati, me’morchilik sanoati, dehqonchilik, chorvachilik, bog‘dorchilik, musiqa va shaharsozlik sohalari haqida o‘z asarida batafsil ma’lumotlar bergan. Shuningdek, u Kobuliston xalqlari ayniqsa, “Hazora” xalqining Kobulistonga kirib kelgani haqida ham ishora qiladi. “Boburnoma” yozilgunga qadar va undan keyin ham Kobuliston shaharlari va xalqlari haqida bunchalik batafsil ochiq-oydin ma’lumotlarni toppish qiyin. Kobulistonning “Yerdagi jannat” deb atagan Stalf (Istolif) vodiysi, Sanjon, Qorabog vodiylari, Lag‘mon va Najrav (Nijrob) kabi joylarining o‘ziga xos go‘zal talqini shu qadar jozibali va ayni paytda haqiqatga yaqindirki, shuning uchun bo‘lsa kerak.
Bobur Hindistonda turib ham Kobulistonni unutolmaydi. Bu shaharni farzandlaridan hech biriga topshirmay, uni o‘zi uchun xos makon sifatida asrab keldi. Kobul go‘zalligini ba’zan she’r yoki lirik satrlarda tasvirlagan shoirlar ko‘p bo‘lishi mumkin, ammo shuni aytish mumkinki, Kobul go‘zalligini hech kim Boburchalik tasvirlab berolmagan. Uning ta’biri bilan aytganda, Kobul yaqinidagi hududlarni issiq-sovuq hududlar deyish mumkin. Kobulning bir tomoni qor bilan qoplangan bo‘lsa, qarshi tomoni quyosh bilan qoplangan. Ya’ni g‘arb tomoni qahraton qish bo‘lsa, sharq tomonijazirama yoz bo‘lgan. O‘shanda Bobur Pag‘mon va Jalolobod mintaqalarini nazarda tutgan. Darhaqiqat, Pag‘mon tog‘larida yoz faslida ham qorni kuzatish mumkin bo‘lsa,
Jalolobodda qish faslida ham qor yog‘maydi. Bobur Pag‘mon haqida shunday deydi:
“Pag‘mon qishlog‘i Kobulga yaqin joylashgan bo‘lib, turli mevalarga boy hududdir.
Pag‘mon tog‘i doimo qor bilan qoplangan, Kobulda havo juda issiq bo‘lsa, u yerdan qor olib kelishadi, suvga solib ichishadi”.
Bobur Shohning nafaqat davlatchilikda, balki san’at va madaniyatda ham didi baland bo‘lgan. Dastlab uning zamonida Kobulda qadim islomiy ko‘rinishdagi bog‘lar va binolar vujudga kela boshlagan. Bog‘lar sahnida masjidlar, ayvonlar, hovuzlar qurilgan, ariqlar tortilgan, yo‘laklarga marmar toshlar o‘rnatilgan. Bobur bunday bog‘larga nafaqat Kobulda balki Istolif, Istarg‘ich, Pag‘mon, Jalolobod, Qandahor va boshqa joylarda ham asos solgan. Misol uchun: Bobur bog‘i, Sharoro, Safo, Mahtob, Ohuxona, Vafo, Jilvaxona, Suratxona bog‘lari, hamda O‘rta bog‘, Chor bog‘, Navro‘z bog‘,Bo‘ston saroy kabilarni sanash mumkin. Bobur qurgan hovuzlardan “Murg‘obi hovuzi”, nahrlardan “Darsan nahri”, ariqlardan “Juyisher, Shohjo‘y, Bolojuy”, shuningdek, “Argi Bolohisor” (qal’a), “Bobur taxti” (1519) diqqatga sazovordir. Boburning chevarasi Jaloluddin Akbarning o‘g‘li Jahongir Shoh 1595-yilda Hindistonning buyuk Shahanshohi sifatida Kobulga qilgan birinchi tashrifida, bobokaloni Bobur qurgan shaharni ko‘rib hayratga tushadi. Shaharning ko‘rkamligi, bog‘larning ozodaligi Shahanshohni o‘ziga mahliyo qiladi. Jahongir Shoh fildan tushib Sharoro bog‘iga kirayotganida kovushini yechib bog‘ni yalang oyoq kezib chiqadi. Bu haqda shahanshohning o‘zi shunday yozadi: “Bu ozoda makonga kovush bilan kirish odobdan emasdur”. Ma’lumki, Sharoro bog‘i Bobur Shohning ammasi Shahrbonu Begim tomonidan qurilgan va Bobur davrida ushbu bog‘ qayta tiklangan.
Bobur Shohning ziroat va bog‘dorchilik faniga mahorati juda kuchli bo‘lgan, qaysi (o‘rikning bir turi) daraxt qanday iqlimda yaxshi hosil berishini ko‘p va xo‘b bilgan. U olxo‘ri va olcha ko‘chatlarini shimoldan Kobulga va u yerdan janubga olib borgan. Janubdan esa nayshakar (shakarqamish) va banana (Bobur bananani nag‘zak deb atagan) ko‘chatlarini Kobul va Jalolobodga keltirgan. Uzum va qovun ekishni hatto Hindistonda rivojlantirgan. Zahiriddin Muhammad Bobur qayerga bormasin, u bosqinchi Shoh sifatida emas, balki savlatli sarkarda, mohir yozuvchi va zukko shoir sifatida o‘zidan nom qoldirgan. Bundan besh yuz yil avval xalq hayotini shoh va shoir sifatida haqqoniy tasvirlagan Boburga hech bir zamon uning hukmronlik salobati ko‘lanka solmagan. Boburning boshqa shoh va shahzodalardan farqi ham ana shu xalqchilligida namoyon bo‘ladi.Xullas, Kobulda Shoh bo‘lgan, 21 yil hukm surgan Zahiruddin Muhammad Bobur Kobuliston (Afg‘oniston) tarixida o‘zidan meros qoldirgan qator an’analardan biri bog‘ yaratish an’anasi 1880-yillarda Amir Abdulrahmon hukmronligi paytida yana bir bor takrorlandi. Shoh Abdulrahmon go‘yo Bobur an’anasiga tayanib shahar markazida Bo‘ston saroy, Guliston saroy, Gardo‘n saroy nomli bog‘lar obod etdi. Bobur Hindistonda 4 yil hukmronlik qiladi, 1529-yilda og‘ir kasallikka chalinib, bir yil o‘tar-o‘tmas olamdan ko‘z yumdi va Agrada Aram bog‘iga vaqtincha dafn etildi. Oradan 10 yil o‘tib, 1539-yilda rahmatli Bobur Shohning pushtun millatiga mansub turmush o‘rtog‘i Muboraka Pupalzay tashabbusi bilan marhumning jasadi Agradan Kobulga olib kelindi va tirikligida qilgan vasiyatiga binoan “Bobur bog‘i”ga dafn etildi.
Azizulloh Arral
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Fikr qoldirish#