Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Zahiriddin Muhamma Bobur hayoti va ijodiga oid eng muhim sanalar

1483-yil, 14-fevralda Farg‘ona viloyatining poytaxti Andijon shahrida tug‘ilgan.


1488-yilda Bobur birinchi marta Samarqand shahrida bo‘lgan va bu shahar bilan tanishgan.


1494-yil, 6-iyulda Farg‘ona viloyatining hokimi bo‘lgan.


1496-yilda shoir Muhammad Solih va Binoiy bilan uchrashgan.


1497-yil oxirida birinchi marta Samarqandni qo‘lga kiritgan.


1500-yilda ikkinchi marta Samarqandni egallagan. Alisher Navoiy bilan maktublar yozishgan.


1504-yilda Kobulga yurish boshlagan.


1504-yil, sentyabrda Kobulni egallagan. Shu-yili «Xatti Boburiy»ni tuzgan.


1506-yilda Hirot shahriga Sulton Husayn Mirzo ta’ziyasiga borgan va Alisher Navoiy qurdirgan barcha binolar bilan mufassal tanishib chiqqan.


1508-yil, 8-martda farzandi Humoyun dunyoga kelgan va Bobur o‘zini podshoh deb atashni buyurgan.


1511-yilda Samarqandni uchinchi marta egallagan.


1519-yil, iyulda Samarqand shahri hokimi Fulod Sultonga o‘zining devoni qo‘lyozmasini yuborgan.


1528-yil, 27-dekabrda Hindistonda yaratgan she’rlari «Hind devoni»ni tugatgani haqida dastxat chekkan. U Boburdan bizgacha yetib kelgan yagona dastxatidir.


1530-yil, 26-dekabrda Bobur Agra shahrida 47 yoshida vafot etgan.

Fikr qoldirish#

Izohlar:
1
sevinch uzoqboyeva • 7 ой аввал

ajoyib


O‘qish tavsiya qilinadi
Zahiriddin Muhammad Bobur xorijlik tadqiqotchilar tadqiqotlarida

Zahiriddin Muhammad Bobur dunyoga mashhur yetuk shaxs, buyuk shoh va...


Maqolani baholang
4.3