Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bobirning ijodi. “Bobirnoma”

Bobirgacha va u yashagan asrda o‘zbek adabiyotida poeziya (sheʼriy asarlar) juda ko‘p bo‘lib, proza (nasriy asarlar) poeziyaga nisbatan nihoyat darajada oz edi. Bobir o‘zbek adabiyoti tarixini lirik sheʼrlari bilan birga yirik prozaik memuar (xotiranoma) – “Bobirnoma” asari bilan ham boyitdi. “Bobirnoma” o‘z mazmuni, qurilishi va xarakteri bilan memuardir. Yozuvchining o‘z davri voʼialari hamda boshidan o‘tkazgan sarguzashti to‘g‘risida yozgan asari memuar (xotiranoma), deb ataladi. “Bobirnoma” ning qachon yozilganligi aniq maʼlum emas. Broq, asarning mazmuniga qarab, avtor uning ko‘pchilik qismini Hindistonda 1526-1530 yillarda yozgan bo‘lsa kerak, deb tahmin qilish mumkin. “Bobirnoma”da 1494 yildan 1529 yilgacha bo‘lib o‘tgan voqialar bayon qilinadi. Broq asarda ayrim yillarning voqialari to‘g‘risida maʼlumot yo‘q. “Bobirnoma” feodalizm davridv yaratilgan boshqa manbaʼlarga qaraganda tarixiy voqialar va o‘z avtorining hayoti, dunyoʼqarashi, davri va zamondoshlariga munosabati haqida kengroq va chuqurroq maʼlumot beruchi tarixiy manbaʼdir. Bu asar epik asarlar turiga kiradi. Biroq, u boshqa epik asarlardan farq qiladi.

“Bobirnoma”da Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” yoki “Saddi Iskandariy” kabi epik asarlarida bo‘lganidek, voqialari bir-biriga bog‘langan, bir murakkab syujet va umumlashgan obrazlar yo‘q. Bobir ko‘rgan, bilgan va eshitganlarini ham o‘z sarguzashtlarini xotiralar tarzida, ayrim epizodlar shaklida bayon etadi. Shuning uchun ham biz “Bobirnoma” ni hikoyalar to‘plami, povest, roman yoki doston demasdan memuar asar deymiz. “Bobirnoma”da badiiy to‘qima orqali tipiklashgan va avtorning orzu umidlarini o‘zida aks ettirgan (Navoiy yaratgan Farhod, Shirin yoki Iskandar obrazlariga o‘xshash) ideal obrazlar yo‘q. Uning bosh obrazi tarixiy shaxsdir, yaʼni Bobirning o‘zidir. Asardagi ko‘pchilik voqialar shu bosh obraz orqali bir-birlari bilan bog‘lanib, yaxlit bir sarguzashtni tashkil etadilar. Bu obraz – podsho, sarkarda va shoir Bobir obrazidir; yaxlit sarguzasht – Bobir sarguzashtidir. Bobir xotiranomasida o‘zi orqali feodal hokimi va jangchisiningtipik obrazini yaratgan. Asarda Bobirning o‘g‘illari, beklari va boshqalar ikkinchi va uchinchi darajali obrazlar sifatida davrni tushunishga va bosh obrazni to‘laroq tasavvur etishga yordam etadilar. 

O‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Hindistonning iqtisodiy, siyosiy va madaniy vaziyati haqida XV-XVI asarlardagi tarixchilarning asarlariga qaraganda ko‘proq va ishonchliroq maʼlumotlar beruvchi “Bobirnoma”ning tarixiy, badiiy va ilmiy ahamiyati kattadir. “Bobirnoma”ni o‘qir ekanmiz, XV asr oxirida kuchsizlangan, parchalangan va o‘z o‘rinini boshqa bir sulolaga berib qo‘yishga majbur bo‘lgan temuriylar davlati bilan batafsil tanishamiz. Unda Andijon, Samarqand, Toshkent, Buxoro va Hirotda temuriylarning o‘zaro qonli kurashlar olib borganliklari, buning natijasida mehnatkash ommaning boshiga zo‘r kulfatlar tushganligi, Muhammad Solih, Xondamir kabi shoir va olimlarning sargardon bo‘lib, saroydan saroyga qochib yurishlari, nihoyat, Bobirning o‘z vatani Farg‘onani tark etib, uzoq viloyatlarga borishga majbur bo‘lganligi haqida keng maʼlumot beriladi. 

Bobir 1499-1500 yilda, Samarqandni ikkinchi marta olganida, Shayboniyxon o‘z qo‘shinlari bilan kelib, shaharni qurshab oladi. Besh-olti oy qamalda qolgan shahar aholisi qattiq azob chekadi. Bu voqialar haqida Bobir yozadi: “Oshluq emdi pishgan choq edi, hechkim yangi oshluq kiyurmaydur edi. Muhosara ayyomi mumtad bo‘ldi. Elga bisʼyor tanqislik bo‘ldi. Anga yetdikim, faqir va miskin it etini, eshak etini yiya kirishtilar... har necha atrof va javonibqa elchilar vakishilar yuborildi, hechkimdan ko‘mak va madad yetishmadi... Biz buatrofvajavonibdag‘ilardin ko‘mak va madad ko‘z tutarbiz, bular hud harqaysi bir o‘zga hayolda. Sulton Xusayn mirzodek mardona va sohib tajriba podsho bizga madad qilmay va ko‘maklar berib, elchi yubormay, Shaybonixonga Kamoliddin Husayn Kozarg‘ohiyni muhosara vaqtida elchilikka yubordi”. Yuqoridagi parchadan shaybonixonlarga qarshi kurashda temuriylar orasida birlikning bo‘lmagani, urushlardan xalqning ko‘p azob tortgani anglashiladi. Bu faktlar O‘zbekiston halqlarining tarixini o‘rganish uchun katta yordam beradi. 

“Bobirnoma”da siyosiy voqialar haqidagi maʼlumotlardan tashqari O‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Hindistonning geografik vaziyati, shaharlari, u yerlardagi mashhur kishilar va tarixiy yodgorliklar shuning u joylarning tabiati, iqlimi, hayvonot va o‘simlik dunʼyosi, aholisining urf-odatlari, tili va adabiyoti haqida ham qimmatli maʼlumotlar bor. Shu jihatdan ham u o‘z davridagi tarix kitoblardan farq qiladi. Bobir Buxoro to‘g‘risida quyidagilarni yozadi: “... Samarqandning g‘arbiy tarafi yigirma besh yog‘och yo‘ldir. Buxoroning ham necha tumonoti bor. Tavr (Tavr – ajoyib) shahri voqiʼ bo‘libdur. Mevasi ko‘p bo‘lur va xub bo‘lur, qovuni bisʼyor yaxshi bo‘lur. Movarounnahrda Buxoro qovunicha ko‘p va xub qovun bo‘lmas.

... Yana “oluyi buxoriy” mashhurdur. Buxoro olusidek hech yerda bo‘lmas... Parvori, tovug‘i va g‘ozi bisʼyor bo‘lur”. 

Bobir Andijon, Samarqand va boshqa shaharlarni ham taʼriflab xaraqterli maʼlumotlar beradi. “Samarqandning taʼrifida” Bobir dastlab Samarqandning territorial joylanishi, uning chegaralari haqida so‘zlaydi.

“Qo‘hak suyi” (Zarafshon darʼyosi) haqida so‘zlab, suv tanqisligini taʼkidlaydi: “shundoq ulug‘ darʼyo aslo ziroattin va imrottin ortmas, balki yozlar uch-to‘rt oy Buxoroga suv yetmas”. Samarqand mevalari haqida: “Uzumi va qovuni va olmasi va anori, balki jamʼi mevasi xo‘b va g‘alaba (G‘alaba – ko‘p, bisʼyor) bo‘lur. Vale ikki meva Samarqandtin mashhurdur: sebi va sohibi Samarqand”. Shundan so‘ng Bobir Samarqandning asosiy imoratlari haqida maʼlumot berib, ko‘proq Ulug‘bek bino qilgan imoratlar ustida to‘xtaydi: “Ulug‘bek mirzoning imoratlaridan Samarqand qalʼasining ichida madrasa va xonaqohdur. Xonaqohning gumbazi bisʼyor ulug‘ gumbazdir, olamda oncha ulug‘ gunbaz yo‘q, deb nishon berurlar. Ushbu madrasa va xonaqohqa yovug‘ (Yovug‘ – yaqin) bir yaxshi hammom solibtur, “Mirzo hammomi”g‘a mashhurdur. Harnavʼi toshlardan farsh qilibtur. Xuroson va Samarqandda oncha hammom maʼlum emaskim bo‘lg‘ay... ”. Demak Bobir XV-XVI asr shaharlarining ko‘rinishi, ob-havosi, tabiati, imoratlari va boshqalar haqida juda haraqterli maʼlumotlar beradi. Bobir o‘z davrining adabyotshunosi va tanqidchisi sifatida zamondosh shoirlari, Alisher Navoiydek ustozlari, tarixchilar va boshqa sanʼatkorlarning hayoti, ijodiyoti va ayrim asarlar haqida maʼlumot beradi va ular to‘g‘risida o‘z mulohazalarini aytadi. “Bobirnoma”dagi ayrim faqtlar o‘zbek va tojik xalqlari adabiyotining baʼzi masalalarini o‘rganishga katta yordam beradi.

Biz “Bobirnoma” orqali Alisher Navoiyning umri oxirida yosh shoir va shahzoda Bobirga xat yozgani, Bobirning ham hurmat bilan Navoiyga xat va dastlabki ruboiylardan birini yuborganini bilib olamiz. Bobir yozadi: “Bu ikkinchi navbat (1500 y.) Samarqandni olg‘onda, Alisherbek tirik edi. Bir navbat menga kitoboti ham kelib edi. Men ham bir kitobot yuborib edim. Javob kelguncha tafriqa (Tafriqa – ajralish, janjal) va g‘avg‘o bo‘ldi”. Navoiy ijodidan bahramand bo‘lgan Bobir ustozi Navoiyni haqli ravishda yuqori baholaydi: “Alisherbek naziri yo‘q kishi edi. Turkiy til bila to sheʼr aytibturlar, hechkim oncha ko‘b va xub aytqon emas”. O‘ziga zamondosh bo‘lgan shoirlar asarlariga tanqidiy yondoshgan. Bobir, ularning ancha kamchiliklarini ham sezadi.

Bobir Husayn Boyqaro devoni haqida so‘zlar ekan uning sheʼrlarini maqtamaydi. “Baʼzi baytlari yomon emastur, - deb yozgandan keyin – vale Mirzoning devoni tamom bir vazndadur”, – deb Husayniy devonining vazn jihatidan kambag‘alligini taʼkidlab o‘tadi. “Bobirnoma” rus, tojik va boshqa tillarga tarjima bo‘lib, birnecha marta nashr etilgan: Rus sharqshunos olimi Ilminskiy 1857 yilda Qozonda birinchi marta “Bobirnoma”ni aslida (eski o‘zbek tilida) nashr ettirdi. Keyinchalik “Bobirnoma”ning ayrim parchalari rus tiliga to‘liq tarjima bo‘lib, nashr etilgan. Faqat sovet hoqimiyati davridagina “Bobirnoma” O‘zbekistonda nashr etildi, rus tiliga to‘liq tarjima qilindi va ilmiy asosda chuqur o‘rganila boshladi. Tarixiy, badiy, ilmiy ahamiyati va tilining anchagina sodda bo‘lishiga qaramay, “Bobirnoma” ham feodalizm davrida yozilgan tarixiy asarlarga xos bo‘lgan jiddiy kamchiliklardan xoli emas. 

Bobir o‘z asari “Bobirnoma”da davridagi ijtimoiy va sinfiy munosabatlarining keskinlashishini ifodalamaydi. U, davr hodisalariga feodal sinfi dunʼyoqarashi nuqtai nazaridan yondoshadi. O‘z memuarida asosan hukmron sinf hayoti va u bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalarni bayon qiladi. Mehnatkash halq hayoti haqida juda qisqa to‘xtaydi. Anjijon, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Hirot va boshqa shaharlarning tabiati, binolari, mevalari va boshqalar haqida keng so‘zlaydi. Lekin shaharlar aholisi, ularning hayot sharoitlari haqida yo‘l-yo‘lakay aytilgan bir-ikki so‘z bilan cheklanib qoladi. Shuning uchun “Bobirnoma”ni tanqidiy o‘rganish va foydalanish kerak. 


O‘zbek adabiyoti tarixi, 1950. - B. 207-211. (O‘zbekcha); Творчество Бабура. “Бабур-нама”.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0