Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bobirning prozaik asarlari. [“Bobirnoma”]

Bobirning adabiy-ilmiy merosi faqat she’riy tarzda yozilgan asarlardan iborat bo‘lmay, balki prozaik obidalardan ham, jumladan, aruz, musiqa, harbiy ishga doir risolalar hamda mashhur “Bobirnoma”dan iboratdir. 

Bobirning jahoniy shuhratini ta’minlagan asari uning “Bobirnoma”sidir. 

Karl Marksning asarida tilga olingan, butun jahonda eng nodir memuar sifatida e’tirof etilgan “Bobirnoma” darhaqiqat nihoyat katta ahamiyatga ega bo‘lgan asardir. Chunki u o‘zining ko‘p qirraligi, hayotiy, ilmiy va badiiyligi bilan, muallifning esa nihoyatda rostgo‘yligi va insoniyligini namoyish ettirgani bilan ko‘pchilikning hurmatiga sazovor bo‘lgan ajoyib badiiy obidadir. Xuddi shuning uchun “Hindiston tarixi” kitobining muallifi ingliz sharqshunosi Elfinston (shu muallifning eslatilgan asarini K. Marks ko‘zdan kechirgan edi) o‘tgan asrdayoq Hindiston tarixini yozishga kirishib, ko‘pgina materiallarni, tarixiy xronikalarni mutolaa qilar ekan, “Bobirnoma” uni nihoyat hayajonga solgan va maftun etgan edi. Shuning tufayli u bu asar haqida mulohaza yuritib, uni dabdabalikdan, manmanlikdan xoli, oddiy, ammo mardona uslubda, jonli va obrazli tarzda yozilganligini alohida uqtirib o‘tadi. Xususan, asarda muallif xarakterining yoritilishi olimni juda quvontirgan edi (A.K. Singxa. Banerdji. Istoriya Indii, M., 1954, str. 214.). “Bobirnoma”ning xususiyat va fazilatlari turli mamlakatlarning ko‘pgina olimlari diqqatini o‘ziga tortgan edi. Shuning uchun ham bu asarni o‘rganish, uning haqida so‘z yuritish, unga tayanish, uni boshqa tillarga tarjima qilib, nusxalarini ko‘chirish muallif davridayoq boshlanib, bizning davrimizgacha davom etdi (H. Jagub. Babir, Tashkent, Өzfan naşrijati, 1941, 17-bet; Ch. Stori. Persidskaya literatura, M., 1973; A. Madraimov. “Bobirnoma”ning fors tilidagi qo‘lyozma nusxalari, “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali, 1974 yil, 1-son, 58-62 betlar. Keyingi yillarda Pokistonda “Bobirnoma”ga va umuman, XVI asr Hindistondagi o‘zbek tilidagi adabiyotga nisbatan bo‘lgan qiziqish ancha ortdi. Shuning natijasida ana shu davrning o‘zbek tilida yaratilgan obidalari original tarzda nashrga tayyorlanib, chop etildi (jumladan, Bayramxon devoni), ba’zilari esa urdu tiliga tarjima qilindi. Ana shunday tarjimalardan biri “Bobirnoma”dir. “Bobirnoma” urdu tiliga Bobirning avlodidan b-lmish Mirzo Nasriddin Haydar Ko‘ragoniy tomonidan tarjima qilinib, 1962 yili Karachida nashr ettirilgan. Shuning bilan bir qatorda pokistonlik olimlar “Bobirnoma” leksikasida urdu tili elementlari mavjudligini ta’kidlab alohida maqolalar ham yozdilar (jumladan, doktor Muhammad Sobirning yuqorida eslatilgan maqolasi), boshqa bir olimlar, jumladan M. H. Siddiqiy esa “Bobirnoma” materiallariga tayangan holda Bobirning Qandahorga yurishi tarixini yoritganlar (M.H. Siddigi. Chronology of Ralnrs Occkpcton of Qandahar, University Stides. Karachi, Vol III, No 1). Bundan tashqari “Bobirnoma”ning fors-tojik tiliga Abdurahim xoni xonon tomonidan bajargan tarjimasini Rushan Oro Begim nashrga tayyorlab, 1972 yilda chop ham ettirgan.). 

“Bobirnoma”ning nomlanishi masalasiga kelganda shuni eslatish mumkinki, Bobir o‘z asarini shunday nom bilan atamagan edi. Shuning uchun turli adabiyotlarda bu asar “Voqeoti Bobiriy”, “Tuzuki Bobiriy”, “Tavorixi Bobiriy, “Bobiriya” nomlari bilan tilga olinib kelinardi. Keyinchalik unga “Bobirnoma” deb murojaat etish va uni shu nom bilan atash rasm bo‘lib qoldi. 

Bobir o‘z asarini bir necha o‘rinda eslar ekan, uni “Tarix” yoki “Vaqoye” deb tilga oladi va uning avtobiografik xarakterini alohida uqtiradi. Jumladan, u yozadi:

Bu olam aro ajab alamlar ko‘rdum, 

Olam elidin turfa sitamlar ko‘rdum, 

Har kim bu “Vaqoye”ni o‘qur, bilgaykim, 

Ne ranju ne mehnatu ne g‘amlar ko‘rdum. 

Bu ruboiyda muallif o‘z asarining tarjimai hollik holatini ta’kidlab, uni hayotining, o‘z shaxsiyatining, o‘z faolnuqtaying oinasi ekanligini e’tirof etmoqda. 

“Bobirnoma”ning yozilishi yoki tartib berilishi vaqti haqida turli xil mulohazalar mavjud. Asarning o‘zida esa muallif bu to‘g‘rida aniq bir ishora qilmagan. Shunga qaramay, “Bobirnoma”ni mutolaa qilish, undagi fakt va yozilish uslubini diqqat bilan ko‘zdan kechirish shundan dalolat beradiki, u 1518-1519 yillarda yozila boshlaganga o‘xshaydi. Bunday da’voning asosiy sababi shundan iboratki, asarning bizgacha yetib kelgan varianti yozilish nuqtai nazaridan ikki xil uslubga ega. Birinchisi, 899 h./1493-1494 m. yillar voqealarining bayonidan – 914 h./1508-1509 m. yillar bayonigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga qamrab olsa, ikkinchisi 925 h./1519 m. yildan – 936 h./1529-1530 m. yillargacha bo‘lgan vaqtdagi voqealarning bayoniga mansub. Bu ikki xillikning mohiyati shundaki, birinchi davr hodisa-voqealari ma’lum darajada umumiy tarzda bayon qilinib, ba’zan o‘sha yil voqealari hikoyasi ichida keyingi yillarda sodir bo‘lgan voqealar ham tilga olinsa, ikkinchi davr hodisalarini yozishda muallif vaqtni konkret ko‘rsatishi, oylargina emas, balki kunlarning, haftaning qaysi kuni ekanini, va hatto, ba’zan voqea kunning qaysi vaqtida sodir bo‘lganini alohida ta’kidlashga e’tibor qiladi. Shu jihatdan qaraganda, birinchi davr hodisa-voqealari xotiralar asosida bitilgani, ikkinchisi esa voqealar sodir bo‘layotgan paytda ketma-ket bitilib borilgani seziladi. 

Fikrni isbotlash uchun ayrim misollarga murojaat etish mumkin. Jumladan, Bobir 909 h./1503-1504 m. yil voqealari haqida so‘z yuritgan bobda shunday jumla uchraydi: “Odinapur qo‘rg‘onining oldida, janubiy tarafida, bir balandida tarix to‘qquz yuz o‘n to‘rtta bir chahorbog‘ soldim, Bog‘i Vafog‘a mavsum” (190-bet). Yoki 911 h./1505-1506 m. yil voqealari bayonida quyidagi gap ham bor: “Tarix to‘qquz yuz o‘n yettida men Samarqandni olg‘onda...” (237) (Bu voqealar sodir bo‘lgan yilning (917 h./1511-1512 m.yil) bayoni asarda yo‘q.). 

Yana bir fakt: Bobir 911 h./1505-1506 m. yil voqealari bayonida Husayn Boyqaroning nabiralaridan bo‘lmish Qosim Husayn Sulton haqida so‘z yuritib, shunday yozadi: “Hindustonda mening mulozamatimg‘a keldilar. Rano Sangoning g‘azvida bor edi. Badovunni anga berildi” (244-bet). 

Bu misollardan ko‘rinadiki, Bobir o‘z asarini keyingi yillarda yoza boshlagan, shuning tufayli voqealar bayonidagi xronologiya hamma vaqt izchil davom etmagan. 

Ikkinchi grupp-dagi misollar bilan ham tanishaylik. Bobir 925 h./1519 m. yil voqealarini bayon qilar ekan, endi u keyin ke-adigan tarixiy sanalarga murojaat etmaydi (yuqorida ko‘rilganiday), balki, aksincha, bundan oldin sodir bo‘lgan voqealar va tarixiy sanalarga murojaat etish hodisasi uchraydi. Jumladan, xuddi shu bobda) ya’ni 925 h. yil voqealari bayoni bobida) Bobir oldin sodir bo‘lgan voqelar-i eslab yozadi: “Tarix to‘qqiz yuz o‘nda Kobulg‘a avval kelgan yilikim (qizig‘i shundaki, xuddi shu 910 h. yilida sodir bo‘lgan voqealarning bayoni “Bobirnoma”da yo‘q – B.V.), Hindistong‘a kirmoq doiyasi bila Xaybardin o‘tub, Parshovar kelganda Boqi-Chag‘oniyoniyning sa’yi bila qo‘yig‘i Bangash sarikim, Ko‘hat bo‘lg‘ay, yurub ... Duki bila chiqildi” (3-tom, 39-bet). 

Yoki voqealar sodir bo‘lgan vaqtning konkretlashuvi ham xuddi o‘sha yildan boshlab ko‘zga tashlanaveradi. Jumladan, 925 h. yil voqealari bayoni quyidagicha beriladi: 

“Dushanba kuni muharram oyining g‘urrasida Chandoval julgasining oyog‘ida qattiq zilzila bo‘ldi... Panjshanba kuni muharram oyining to‘rtida buyuruldikim, cherik eli jiba kiyib, yarog‘lanib otlangaylar... Odina kuni muharram oyining beshida farz vaqtida farmon bo‘ldikim...” (283-284-betlar).

Yana: “Tush bila ko‘chub, Savod suyini o‘tub, namozi digardin ertaroq tushuldi. Namozi xuftanda otlanib, ildam yuruduk. Oftob bir nayza bo‘yi chiqqanda Rustam turkman... xabar kelturdi”... (287-bet) va boshqalar.

Aytilganlar va yuqorida keltirilgan misollar asarning yozila boshlagan vaqtini aniqlashga ko‘maklasha oladi. 

Shunday qilib, “Bobirnoma”dagi bayon uslubi, voqealarni tasvirlash, vaqtni ko‘rsatish kabi masalalarga tayanib, shuni ta’kidlash mumkinki, Bobir o‘z asarini yozayotganda, birinchidan, xotiralarni bayon etish uslubi asosida (925 h. yilga qadar voqealar) ish tutgan bo‘lsa, ikkinchidan esa voqealar izidan borib, ularni qayd etish yo‘lidan ustalik bilan foydalangan. Ikkinchi holatni Bobirning o‘zi ham go‘yo qayd qilmoqchi bo‘lganday bo‘ladi. Zero u 925 h. yili voqealari bayoning bir o‘rinda shunday yozadi: “Binsir barmog‘im tubidan sindi... Bir necha mahal xele riyozat tortd-m. Xat bitiy olmas edim” (3-tom, 64-bet). Yana davom etib: “Iligim chiqqoni (sababli) hech nima bitimaydur edim, ushbu yurtta yakshanba kuni oyning o‘n to‘rtida ozroqcha nima bitidim” (3-tom, 68-bet).

Demak, u shu yillarda o‘z asarini sistematik ravishda yoza borgan. Ba-zan esa kutilmagan sabablar

tufayli tanaffus bo‘lib ham turgan. Ammo, shunisi xarakterliki, u shaharda bo‘lmasin, safarda bo‘lmasin yozishni tark etmagan (chodirda yozayotganida shamol va yomg‘ir bo‘lib, qog‘ozlarning sochilib ketganligi haqidagi epizodni eslang). 

Bu faktlarning hammasiga diqqat qilganda, shunday xulosa chiqarish imkoniyati tug‘iladi. 

“Bobirnoma”ning 925 h. yildan so‘nggi yillarga qadar bo‘lgan hodisalar bayoni voqealar ketidan ularni qayd qilib borish, qog‘ozga tushirish natijasida yozilgan bo‘lsa, 1527 yildan keyin, ya’ni Rano Sango ustidan g‘alaba qozonib, Shimoliy Hindistonda hokimiyatni mustahkamlagan Bobir ana shu voqealarning sistemali bo‘lishi va o‘z sarguzashtlarining butunligini saqlash, Hindistonga ega bo‘lishgacha bosib o‘tgan yo‘lini – 899 h. yildan 914 h. yilgacha bo‘lgan voqealarni xotira va esdalik tarzida yoza boshlagan. Shuning natijasida bu yillardagi voqealar bayoni protsessida ularning yozilish davri hodisa va hayotiy epizodlari ham o‘z aksini topgan. 

Demak “Bobirnoma”da voqealar bayonidagi ikki xillik ana shu holat bilan bog‘liq bo‘lib, bu asarning nuqsoni emas, balki fazilatidir. Chunki agar asar faqat xronologik uslubda bitilganda, unda bayonning bir xilligi voqealarni tushunishni ancha qiyinlashtirar edi. 

Bu esa Bobirning adabiy-estetik prinsiplariga, badiiy adabiyotga nisbatan bo‘lgan talablarga muvofiq kelmasdi. Chunki Bobirning o‘zi murakkab va tushunilishi qiyin, jimjimador yozishni emas, balki sodda hamda ravon hamda ko‘pchilikka tushunarli bo‘lgan asarlar ijod qilishning tarafdorlaridan edi. Shu jihatdan qaraganda “Bobirnoma”ning ham ana shu prinsiplar asosida yaratilganligi tasodifiy hol emas, albatta. 

“Bobirnoma”da ikki xil bayon uslubi qo‘llanilgan ekan, bu adabiy-estetik talablar natijasi bo‘lishi bilan birga, asarning ilmiy-badiiy qimmatini oshiruvchi vosita hamdir. Agar “Bobirnoma”ga faqat memuar – esdalik – tarix deb emas, balki ma’lum ehtiyoj va prinsiplar talabining natijasi sifatida maydonga kelgan asar deb qaralsa va muallif ham ana shunday bir adabiy-badiiy ehtiyoj nuqtai nazaridan, ma’lum g‘oyani ioyinadagidayaklini tanlagan deb o‘ylasa, unda ba’zi bir masalalar, xususan, asarning strukturasi nuqtayirab olgan material kriteriyasi oydinlashib qoladi.

“Bobirnoma”dan ravshanki, unda 899 h./1493-1494 m. yildan 936 h./1528-1529 m. yilgacha bo‘lgan voqealarning hammasi izchil bayon etilmagan. Unda 899 h. dan 909 h. yilgacha, 911 h. dan 914 h. yilgacha, 925 va 926 h. yillar hamda 932 h. yillar hamda 932 h. yildan 936 h. yilgacha bo‘lgan voqealar bayon etilgan bo‘lsa, 910, 915- 924, 927, 928, 930, 931 h. yillardagi voqealarning bayoni yo‘q. Asardagi bu uzulish olimlarimizning turli taxminlar, gipotezalarga chorlaydi, bu haqda har xil fikrlar o‘rtaga tashlanadi.

Bizningcha, asarda voqealar tizmasining uzulishi ma’lum maqsadda muallif tomonidan amalga oshirilganga o‘xshaydi. Chunki agar bu asardagi uzilish keyingi davrlarning mahsuli deb qaralsa, unda shu asarning XVI asrdayoq amalga oshirilgan fors-tojik tilidagi tarjimasida (Abdurahim Xoni Xonon tarjimasi) ham xuddi shunday uzilishlar mavjud. Akbar o‘z bobosiga doir barcha ma’lumotlar va asarlarni to‘plashga alohida e’tibor berib, uning asarlarini keng targ‘ib qilish maqsadida fors- tojik tiliga tarjima qildirgan ekan, demak Bobirning barcha asarlarini to‘plagan bo‘lsa kerak.

Shunga qaramay, asardagi uzilishlar qolavergan.

Agar diqqat qilinsa, uzilib qolgan joylar Bobir hayoti uchun muhim bo‘lgan yillarning voqealaridir. Jumladan, 910 h. /1504-1505 m. yilni olsak, Bobirning o‘zi bu yilga ishora qilib, “Kobulg‘a avval kelgan yil” deb aytadi. Bas, shunday ekan, bu yil voqealari to‘la berilishi lozim edi. Ammo “Bobirnoma”da 909 h. yil voqealari bayon qilinar ekan, unda Kobulga kelgani, uni egallagani va Kobulning tavsifi keng beriladi. Bunda Kobulni qo‘lga kiritish vaqti ham, ayniqsa, oyi ham ko‘rsatiladi: “Rabeul avval oyining avoxirida... Kobul va G‘azni mulk va viloyatini bejang va jidal muyassar va musaxxar qildi” (185-bet). 

Rabeul avval oyi 909 h. yil uchun ham, 910 h. yil uchun ham avgust-sentyabr oylariga muvofiq keladi. Buning ustiga shu, ya’ni 909 h. yil voqealari bayoni protsessida ajib bir ishora mavjud. Bu quyidagichadir: “Alouddin Jahonso‘z bu viloyatqa (ya’ni G‘azniga – B.V.) musallit bo‘lg‘anda bu bandni (gap suv bandi – to‘g‘oni ustida bormoqda – B.V.) buzubtur (Alouddin Jahonso‘z Afg‘onistonda hukmronlik qilgan g‘uriylar (1000-1215 yillar orasida) dinastiyasining vakillaridan bo‘lib, u g‘aznaviylardan Bahromshoh podsholigi davrida 1150-1151 yilda G‘azniga hujum qilib, uni nihoyat xarob qilgan edi. Bobir shu voqeaga ishora qilmoqda.)... Andin beri bu band buzug‘dur. Hindustonni fath qilg‘on yil bu bandni yasamoq uchun Xoja Kalondin yormoq yuborildi” (196-bet). 

Demak, bu fakt shundan dalolat beradigi, mazkur bob 1527 yildan so‘ng yozilgan. Bas, shunday ekan, “Bobirnoma”ning xotira asosida yozilgan boblarida ba’zan yillar voqealarining qorishib ketishi turgan gap. Bu jihatdan 910 h. yil xarakterlidir. Bobir bunda bu ikki yilda sodir bo‘lgan voqealarni 909 yil voqealarida bayon etgach, 910 h. yil voqealarini alohida ajratmagan va natijada xronologiyadagina bo‘lshiq maydonga kelgan, voqealar bayoni esa o‘zining butunligini saqlagan. Boshqa tushib qolgan yillar masalasini qanday tushunish kerak? Buning haqida, bizningcha mulohaza yuritsa bo‘lar. “Bobirnoma”ga kiritilib, hozir bizning qo‘limizga yetib kelgan qismlarga e’tibor qilinsa, unda ularni uch qismga, uch davrga ajratish mumkinday tuyuladi: birinchi davr – 899-914 h./1493-94, 1508-1509 m. yillarning voqealari.

Bu davr Bobirning Farg‘ona taxtiga chiqishi, Movarounnahrga ega bo‘lish uchun olib borgan kurash – yurishlari va nihoyat, bu maqsadga erisha olmagach, Kobulni egallashi, bu yerda o‘z hokimiyatini mustahkamlashi kabi voqealarni qamrab oladi. Demak, Bobirning podshoh deb e’lon qilinganicha bo‘lgan davr voqealari bayon qiliobyektivkinchi xil qilib aytganda, Mirzo Bobirning Bobir podshohga aylanish davri.

Ikkinchi davr – 926 h./1519-1520 m. yillar. Bu orada, ya’ni 1509 m. yildan 1519 m. yilgacha bo‘lgan davr voqealarining bayoni yo‘q. Ma’lumki, bu davrda Bobir Afg‘onistonda o‘z hokimiyatini mustahkamlash faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan. U Movarounnahrga yurish qilib, yengilib, kelib Kobul va uning atrofida o‘z mavqeini mustahkamlaydi. Demak, bu davr Bobir siyosiy faoliyati uchun boshqa, yana katta voqealarga o‘tish ko‘prigi vazifasini o‘tagan. Bu katta voqea esa Hindistonni qo‘lga kiritishdan iborat bo‘lgan. Ana shu maqsadga erishish esa 1519 yibisyorat’iy vazifa qilib qo‘yilgan va shunga tayyorgarlik ishlari kuchaytirilganki, buning natijasi uchinchi davr – uchinchi qism voqealarida bayon qilingan. 

Uchinchi qism – 932-936 h./1525-1529 m. yillar voqealari. Bu orada yana 926 h./1519-20 m. yildan 932 h./1525 yilgacha bo‘lgan voqealar tushib qolgan, chunki u asosan ikkinchi davr voqealari bayon qilishi tlozim bo‘lgan vazifani o‘tagan.

Uchinchi davr voqealari esa ana shu katta maqsadning amalga oshuvini Bobirning Hindistonni zabt etish, unda o‘z imperiyasini tuzish davrini qamrab oladi. Shuning uchun Bobir bunga alohida e’tibor berib, bu yillarda sodir bo‘lgan voqealarni batafsil yoritadi. 

Shunday qilib, Bobir asarga kiritgan voqealar bayoni orqali viloyat hokimidan Kobul markazligidagi Afg‘onisfikr-uodshohi bo‘lishigacha, undan so‘ng esa Hindiston va Afg‘onistonni o‘z ichiga oluvchi imperiyani tuzgan shoh bo‘lishiga qadar bo‘lgan siyosiy faoliyatdagi zinalarni bayon etishni nazarda tutgan. Bu vaqtda esa biz Bobir podshohning mafkurasiga duch kelamiz. Shu maqsadni ifoda etishga xizmat qilmaydigan voqealar bayoniga Bobir e’tibor bermay, ularni o‘z “Bobirnoma”siga kiritmaganmikin? Bizningcha, shu maqsad bayoni asarning kompozitsiyasini belgilashiga ta’sir qilgan va o‘zi uchun kerakli bo‘lmaganlarini tushirib qoldirganga o‘xshaydi. Ammo masalaning ikkinchi tomoni shundaki, Bobir bu maqsadni ochiq va manmanlik tarzida bayon etmay, voqealarning ko‘pchiligini real bayon etish zaminida ifoda etishni lozim deb bilgan. Shuning uchun “Bobirnoma” o‘qilayotganda, o‘quvchi voqealar girdobiga tushib qoladi, o‘zini ko‘pgina shaxslar orasida his qiladi, tabiatning go‘zal tasviri uni maftun etadi. XV asr yakuni va XVI asrning boshlaridagi hodisa-voqealar bayoni o‘zining rasmiyatdan xoliligi, ba’zan achchiq haqiqatning ro‘yi rost ifoda etilgani bilan kishini hayratda qoldiradi. 

Shunisi muhimki, muallif o‘zgalar aybini axtarishga intilmaydi, balki o‘z aybini ham, o‘zinig “gunoh”larini ham shafqatsiz bo‘lib qalamga oladi. Masalning bu tomoni asarni yozishda muallif kelib chiqqan g‘oyadan ustunlik qilib, “Bobirnoma”ning realistikligini ham, jahoniy ahamiyatini ham ta’minlagan. Ikkinchi xil qilib aytganda, asarda ko‘zda tutilgan g‘oyadan unda keltirilgan voqealar tasviri birinchi planga chiqib, muallif tutgan g‘oyadan ko‘ra ilg‘or aqidalarni ifoda etgan, ya’ni asarni yozayotganda voqealar yozuvchining obyektiv bo‘lishini, haqgo‘y va realist sifatida qalam tebratishini ta’minlab boravergan. Bunday hodisa nihoyat diqqatga sazovordir. Xuddi ana shu xususiyat “Bobirnoma”ni o‘sha davrlarda yaratilgan ko‘pgina tarixiy asarlardan farq qildiradi. Agar boshqa tarixiy asarlarda ma’lum bir hokim va uning sarguzashtlari dabdabali va maddohlik ruhida tasvirlangan bo‘lsa, u yoki bu hokim bunday asarlarning asosiy ideal qahramonlari sifatida gavdalansa, “Bobirnoma”da asosiy qahramon ideal shaxs tarzida emas, balki real, murakkab shaxs sifatida ko‘rinadi; agar boshqa tarixiy asarlar dabdabali uslubda voqealarni bayon qilib, ana shu ruhga mos kelmovchi hodisalarni – mehnat ahli hayoti, urushlarning og‘ir va uqubat natijalari e’tiborga olinmagan bo‘lsa, “Bobirnoma” sodda va oddiy uslubda ko‘proq oddiy, ammo nihoyat muhim voqealarni qamrab oladi. Xuddi ana shu xususiyatlar bu asarning qimmatini oshirib, uning jahoniy shuhratini ta’min etgan. 

“Bobirnoma”ning adabiy-ilmiy mohiyatini tahlil qilishda bobirshunos olimlardan H. Yoqubov, V. Zohidov, H. Hasanovlarning xizmatlari katta. Bu mualliflarning, xususan V. Zohidovning yuqorida eslatilgan ilmiy asarlarida “Bobirnoma”ning Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasiga qadar bo‘lgan o‘zbek prozasi tarixida tutgan muhim mavqei, uning ilmiy va adabiy fazilatlari har tomonlama va chuqur bayon qilingan.

“Bobirnoma”da keltirilgan ma’lumotlar faqat tarixiy jihatdangina emas, balki boshqa fanlarga tegishli bo‘lganligi bilan ham xarakterlanadi. Unda tipografiya va toponimiya, zoologiya va ixtiologiya, geografiya va adabiyotshunoslik, tilshunoslik va etnografiya kabi fanlarga daxldor muhim materiallarni topish mumkin. Bu ma’lumotlarning ahamiyati shundan iboratki, ularning haqqoniyligi tufayli tarixchi o‘sha davrdagi Movarounnahr, Xuroson va Hindiston tarixiga oid muhim materiallarni topa oladi; geograf o‘sha davrdagi mazkur o‘lkalarning topografiyasi, iqtisodiy geografiyasiga doir qimmatli faktlarni ko‘radi; zoolog esa shu mamlakatdagi qushlar va hayvonlar dunyosini o‘rganadi; adabiyotshunos o‘sha davr adabiy muhitini tekshiradi; tilshunos o‘zbek tili tarixi taraqqiyotini aniqlay oladi; etnograf esa bu joylarda yashaydigan xalqlarning urf-odatiga doir nodir ma’lumotlarga duch keladi. Bularning hammasi asarning asosiy qahramoni – Bobir tomonidan idrok etilib, ijodiy laboratoriyadan o‘tkazilib tasvirlanarkan, muallifning o‘z zamonining yuksak madaniyatli, nozik didli va keng dunyoqarashga ega ekanidan dalolat beribgina qolmay, balki bu obrazning mohirona chizilganini ham namoyish etadi. Chunki bu obraz XV asrning oxiri va XVI asrning boshlaridagi hodisa-voqealarda faqat o‘zaro urushlarni, shuning tufayli to‘kilgan qon va kesilgan boshlarni ko‘rib qolmay, bunday urushlarning yuzlab-minglab odamlar rizqini kesib, och qoldirganini, ekin eka olmay fig‘oni oshgan dehqonlar kayfiyatini, shunday bo‘lsa ham tabiat va uning guzalligidan estetik zavq ola bilganini, estetik ma’nodagi go‘zallikning yaratuvchisi bo‘lmish insonlarni ham ko‘ra bildi.

Buning ustiga saroy muhiti bilan bog‘liqligi, uning kayfi safosiga ba’zan berilganini tasvirlagan qahramon, bu muhitning fitna-fasodli tomonlaridan jirkanadi, amaldorlarning xiyonati, din ahlining firibgarligidan nafratlanadi. Xulosa qilib aytganda, u feodal tuzum muhitining ko‘p tomonlarini go‘yo oinadagiday aks ettirdi. Afsuski, Bobir aqli, zakovati o‘z zamonasining muhiti, ijtimoiy mavqei nuqtai nazaridan cheklangan edi. 

Shu sabab u o‘z ozodligi va erkinligi uchun kurashganlarni tushunmaydi, shuning uchun Bobir psixologiyasi kurashuvchanlar ruhiy dunyosidan farq qiladi. U o‘z dunyoqarashi asosida xatti-harakatlarni yoqlaydi, ammo unga qarshilik ko‘rsatgan, bo‘ysunmagan kishilarni jazolaydi. To‘g‘ri, bu maslada qahramon ba’zan ikkilanadi, ayrim hollarda asirlarning gunohlarini kechiradi. Ammo bu ham o‘z mavqeini mustahkamlash yo‘lida ishlatilgan diplomatik bir yo‘l edi. Ko‘rinadiki, muallif – asarning bosh qahramoni voqealar bayonida hech narsani yashirmaydi, o‘zini gunohsiz qilib ko‘rsatishga intilmaydi. Chunki uning o‘zi shu asarida 912 h./1506-1507 m. yil voqealarini tasvirlar ekan, boshqalarga yaxshilik qilishga uringani, ammo uning evaziga yomonlik ko‘rgani to‘g‘risida gapirib, shunday yozadi: “Bu mastur bo‘lg‘onlardin maqsud o‘zining ta’rifi emas, bayoni voqei bu edikim, tahrir etibturmen. Chun bu tarixda andoq iltizom qilinibturkim, har so‘zning rostini bitilgay va har ishning bayoni voqeini tahrir etilgay” (292-bet). Demak, Bobir asarni yozayotganda, “har so‘zning rostini... va har ishning bayoni voqeini tahrir” qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Natijada asardagi voqealar tasvirida yozuvchi kredosi aniqlanib, u ana shundan chetga chiqmaslikka harakat qilgan. Bu yozuvchini haqgo‘y (o‘z tushunchasi doirasida) bo‘lishga, voqealarni rost aks ettirishga bel bog‘laganidan darak beradi.

“Bobirnoma”da avtorning siymosi faqat ijtimoiy-siyosiy jihatdan emas, balki shaxsiy sifatlari tomonidan ham ko‘rinib turadi. Hayotning murakkab voqealarini ko‘rgan bu shaxs hamma sharoitda ham insoniylikni, odamgarchilikni, kamtarlikni shior qilib olgan. U o‘ziga nisbatan juda talabchan bo‘lganligi tufayli atrofdagilarning hurmatiga sazovor bo‘lgan. Hirotdan Kobulga qaytayotganda tog‘da izg‘irin sovuqda ko‘pchilik askarlari bilan qor ustida tunaydi, issiq joyga borishdan voz kechadi (“Har necha dedilarkim, havolg‘a boring, bormadim. Ko‘ngulga kechtikim, barcha el qorda va chopqunda, men issiq uyda istirohat bila, munda barcha ulus tashvish bila mashaqqatta, men bunda uyqu bila farog‘atda – muruvvattin yiroq va hamjihatlikdin qiroq ishdur. Men ham har tashvish va mashaqqat bo‘lsa, ko‘rayin, har nechuk el toqat qilib tursa, turayin. Bir forsiy masal bor: “Marg bo yoron sur ast”... O‘shul kecha qulog‘imga sovuq ta’sir qildi“ (283)), qor ko‘pligi tufayli yo‘llar berkilganda o‘zi oldinga tushib qorni kurab boshqalarga yo‘l ochadi; sovuqdan noliyatganlarga ibrat bo‘lsin deb muzni yorib, suvga sho‘ng‘iydi. Safarlarda yuraverib, turli sharoitga, ba’zan juda mushkul ahvolga tushganda o‘zi yana ibrat namunasi bo‘ladi; “Dahkatda ekanda, Dahkatning gird va navohisidagi tog‘larni hamesha yayoq yurub, sayr qilur edim. Aksar yalang oyoq yurur edim. Yalang oyoq ko‘p yurgandin oyoqlarim andoq bo‘lub edikim, tog‘ va tosh tafovut qilmas edi” (141-bet).

Shohona dabdaba, taxt-toj da’vogarlarining o‘zaro qonli urush va yurishlari, tabiatning go‘zal manzaralari tasviri orasida bunday oddiy manzaraning berilishi kishi diqqatini darrov o‘ziga tortadi. Chunki mana shu misolda yalang oyoq, boshpanasiz qolgan ming-minglab oddiy kishilarning holati o‘quvchi ko‘z o‘ngiga o‘tadi. Bobir voqealarni shu tarzda real bayon etib kishilar muhabbatini qozonishga intilgan. 

To‘g‘ri, Bobir ba’zan shaxs va voqealarni sharhlar ekan, tendensiozlikka yo‘l qo‘yadi. Ammo bu voqelar siyosiy ahamiyatga ega bo‘lib, Temuriylar va Shayboniylar o‘rtasidagi dinastion xarakterdagi voqealar bilan bog‘liq. Shunisi ham borki, agar oilaviy aloqa nuqtai nazaridan qaraganda, Shayboniy Bobirning pochchasi, Bobir Shayboniyning Xurram otliq o‘g‘lining tog‘asi. Ammo Bobir unga oilaviy yaqinlik ko‘zi bilan qaramaydi, balki unga siyosiy jihatdan yondashib, ko‘p o‘rinda obyektiv mulohaza yuritadi.

“Bobirnoma”da muallifning obrazidan tashqari juda ko‘p tarixiy shaxslarning portret va psixologiyalari mohirona chizilgan. Tarixiy shaxslar portretini tasvirlashda Bobir obyektiv bo‘lishga intiladi. Xususan, uning temuriyzodalarga munosabati bu jihatdan xarakterlidir. Misol uchun, asarda Husayn Boyqaroga berilgan xarakteristikani olib qarash mumkin. Bobir uning jismoniy va ma’naviy holatini tasvirlash bilan birga hayotining so‘nggi davrlarida katta siyosiy ishlarga layoqatsizligini ham uqtirib o‘tadi. Demak, Bobir Husayn Boyqaroni tasvirlaganda masalaga bir tomonlama yondoshmaydi, balki uni keng sharhlaydi. Agar shu nuqtai nazardan “Bobirnoma”da Husayn Boyqaro haqida yozilgan materiallarning hammasi bir joyga to‘plansa, unda bir tomondan, gavdali, qiyiq ko‘zli, kuchli qilichboz qo‘llar sohibini, ikkinchi tomondan, mag‘rur, o‘ziga bino qo‘ygan shohni, uchinchidan esa hayotining so‘nggi davrlarida ichkilikka, aysh-ishratga berilgan shaxsni ko‘z o‘ngimizga keltiradi. Buning ustiga u shoir va qo‘chqor, xo‘roz urishlarining muxlisi – tipik feodal obrazi. Yoki ikkinchi bir misol. Bobir amakisi Sulton Mahmud to‘g‘risida yozganda haqgo‘ylikning ajib namunasini ko‘rsatadi. U yozadi: “Past bo‘yluq, suyuq soqollik, tanbal, sinchsizroq kishi edi. Zulm va fisqqa ko‘p mashg‘ul edi. Muttasil chog‘ir ichar edi. Chuhra qalin saxlar edi... Bu shum fe’l aning zamonida andoq shoye edikim, chuhrasiz kishi aslo yo‘q edi... Zulm va fisqning shomatidin o‘g‘lonlar tamom juvonmarg bo‘ldilar... 

Bad e’tiqod kishi edi... Yuraksiz kishi edi... Hayosi kamroq edi... Badkalom edi... 

She’ri bis’yor sust va bemaza edi. Andoq she’r aytqondin aytmag‘on yaxshiroqdur” (42-43-betlar). 

Bu tasvirda Bobir amakisining ma’naviy ruhiyasini ifodalashda shunday uyg‘unlikni topa bilganini, bu uyg‘unlik shu obrazning salbiy shaxsga mansubligini ta’kidlab turadi. 

Bobir har bir so‘z va iboradan mohirlik bilan foydalangan. Jumladan, shaklu shamoyilining tavsifi “past, suyuq” kabi sifatlardan boshlanadi, ma’naviy xarakteristikasi esa “zulm, fisq hamda bad e’tiqod, yuraksiz, hayosi kamroq, badkalom” singari so‘zu iboralar bilan toshib ketadi. Bundan tashqi portret shtrixlarini belgilashda ishlatilgan sifatlarning ma’naviy portretni bayon etishda qo‘llagan so‘z va iboralar bilan mantiqiy o‘zaro aloqaga kirishi natijasida Sulton Mahmudning butun borligi mana-man deb ko‘zga tashlanadi. U ham tuban, razil va pastkash feodallardan biri. Shundan kelib chiqib Bobir, uning atrofidagilarni, jumladan, amiru amaldorlarini ham xarakterlaydi. Masalan, amirlardan biri Xusravshoh haqida Bobir “tiyra va fosiq edi, befahm va bevafo va haromnamak kishi edi... Domani qiyomatgacha la’nat va nafrin sazovori bo‘ldi” tarzida ifoda etadi. Naqadar kuchli nafrat, naqadar kuchli tanqid va fosh etish quvvati bor bu ifodada! Bu o‘sha zamon Sulton Mahmudlari, Xusravshohlarining tipik xarakteristikasi, tashqi va ma’naviy portreti tarzida muhim sotsial ahamiyatga ega bo‘lgan adabiy hodisadir. Bobir bu bilan o‘zi mansub bo‘lgan dinastiya vakillarining siyosat va mamlakatni boshqarishga qobiliyatsiz bo‘lib qolganliklari, xususan, “qiyomatgacha la’nat va nafringa sazovor” bo‘lganlarini alohida ta’kidlaydi. Agar bu baholarning Movarounnahr va Xurosonda Temuriylar dinastiyasi tarix sahifasidan tushganidan so‘ng, o‘zining esa Hindistonda podshoh bo‘lgandan so‘ng berilgani e’tiborga olinsa, go‘yo Bobir mazkur dinastiyaning fojialari sabablarini yuqorida bayon qilingan faktlar misolida ochib berilayotganday, boshqalar esa bu fojiali taqdirdan ibrat olmoqlari kerak, degan mazmunda fikr yuritilganday tuyuladi. 

Bobir qalam sohiblarining ijodiy portretlarini tasvirlashga ko‘proq mayl ko‘rsatadi. Shu jihatdan qaraganda, go‘yo Bobir bunday tipdagi shaxslarning asosiy fazilati tashqi ko‘rinishlarida emas, balki yaratgan asarlarida bayon etilishini idrok etganday bo‘lib tuyuladi. Shuning tufayli u ulug‘ o‘zbek shoiri Alisher Navoiy, tojik shoiri Badriddin Hiloliy, rassom-miniatyuristlardan Kamoliddin Behzod kabilar haqida so‘z yuritar ekan, ularga xarakteristika berishda Bobirning badiiy ijod masalalariga munosabati ham ifoda etilgan. 

“Bobirnoma” muallifning badiiy ijod va o‘sha davr shoirlaridan ayrimlari haqidagi mulohazalarini ham o‘zida qamrab olganki, ular o‘zbek adabiy-tanqidiy qarashlari tarixini o‘rganishda muhim mohiyat kasb etadi.

Asarda bayon qilingan fikr-mulohazalar umumlashtirilganda shu narsa aniqlanadiki, Bobir, bir tomondan, badiiy ijodningumumiy masalalariga oid fikrlarni bayon etishga uringan, ikkinchidan esa o‘sha davr shoirlaridan ayrimlarining ijodiyoti, asarlariga konkret yondoshgan, ularga nisbatan o‘z munosabatini bildirgan. Har ikki holda ham u o‘zigacha mavjud bo‘lgan progressiv adabiy- tanqidiy qarashlarni, asarlarga baho berish kriteriyalarini davom ettirgan. 

Bobir o‘z dunyoqarashi va tushunchasi asosida bo‘lsa ham, badiiy ijodning asosini voqealarni to‘g‘ri aks ettirishda deb biladi. Hayotiy voqealarning rost bitilishi Bobirning o‘zi uchun ham, boshqa yozuvchilarga ham tavsiya qilingan asosiy ijodiy kredo edi. “Bobirnoma”dagi “bayoni voqei... rost bitilgay” iborasi hozirgi ma’nodagi realistik tasvir bo‘lmasa ham, har holda hayotdan uzilib asoslangan va axloqsizlikni targ‘ib etishdan afzal edi. 

O‘sha davrdagi saroy – feodal adabiy tanqidiy qarashlarida badiiy asarning haddan tashqari g‘ayrihayotiy, ya’ni hayotdan uzoq bo‘lishi ma’qullanar ekan va “akzabuho – ahsanuho” prinsipiga amal qilinar ekan, Bobirning yuqorida keltirilgan prinsipi o‘z mohiyati bilan unga qarama-qarshi edi. 

Demak, Bobir, badiiy ijodni rost va to‘g‘ri tasvirga bog‘lar ekan, bu bilan ustozi Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlarini davom ettiribgina qolmay, uni Hind o‘lkasida o‘z asari bilan targ‘ib ham qiladi. Bu hol esa diqqatga sazovordir. 

Ikkinchi tomondan, Bobir badiiy ijod orqali axloqiy buzuqlikni, qabihlikni propaganda qilishni qattiq qoraladi va hatto, ma’lum davrgacha uning o‘zida ham uchraydigan bunday holatdan nihoyat nafratlanib, “hayf bo‘lg‘ay ul tildinkim, mundog‘ alfozni darj qilg‘ay, yana fikrni qabih so‘zlarga xarj qilg‘ay va darig‘ ul ko‘nguldinkim, mundoq maoniy zuhur etay” deb yozgan edi. 

Bobir badiiy asarning ixcham va ravon bo‘lishi, shoir – yozuvchining esa kamtar va keng bilimli, ma’lumotli bo‘lishi tarafdori edi. Shunisi diqqatga sazovorki, “Bobirnoma”da keltirilgan shoirlar zikri o‘zining xususiyatlari nuqtai nazaridan Alisher Navoiyning “Majolisun-nafois”ining ma’lum bir davomiday bo‘lib tuyuladi. Chunki bunda shoirlar haqida keltirilgan ma’lumotlar Alisher Navoiy asarida shular to‘g‘risida keltirilgan zikrlarni to‘ldirib, yangi faktlar bilan boyitdi. 

Bu jihatdan, “Bobirnoma”da Badriddin Hiloliy va uning ijodi haqida bayon qilingan fikrlar qiziqarlidir. Zero, Bobir Hiloliyning ijodiga, uning asarlariga, jumladan “Shoh va gado” poemasiga ancha batafsil to‘xtash bilan qanoatlanmay, balki unga o‘z munosabatini ham bildirib, bu asarning “mazmun va ustuxonbandligi bis’yor kovok va xarobtur” deb to‘g‘ri baholaydi. 

Bobirning shoir va aruzshunos Sayfiy Buxoriy, olim Atoulloh Husayniy haqida yozganlari ham shu nuqtai nazardan xarakterlidir. “Bobirnoma”da, xususan, ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy to‘g‘risida batafsil to‘xtalgan. Unda Alisher Navoiyning ijtimoiy va ilmiy-adabiy faoliyati ham, uning benazir kishiligi ham tilga olinib, bayon etilgan. Bobirning bu ulug‘ shoir haqida so‘z yuritganida uning bilan faxrlanish hissi sezilib turadi (“Devoni Foniy” va “Mezonul-avzon” to‘g‘risida o‘zining kuzatishlari natijalarini bayon etadi).

Bobir o‘zining asarida yuqorida qayd qilingan shoirlar haqidagina so‘z yuritib qolmaydi, balki u saroy-feodal adabiy oqimining vakillari bo‘lmish shoirtaroshlar to‘g‘risida mulohaza yuritib, ularning ko‘pchiligini yoqtirmaydi (Shayboniyxon, Sulton Mahmud), ularday she’r yozishdan yozmagan ma’qul, degan fikrni qayta-qayta uqtiradi. 

Ammo Bobir ba’zan (qiziqqonlik bilan) u yoki bu shoir ijodi va asari to‘g‘risida xulosa ham chiqaradi. Jumladan, uning Muhammad Solih “Shayboniynoma”si haqidagi mulohazalarini olaylik. Bobir bunda butun asardan tanho bir baytini ma’qullaydi-da, qolgan qismlarini “bis’yor sust va furudtur, ani o‘qug‘on kishi Muhammad Solihning she’ridan bee’tiqod bo‘lur”, deb aytadi. Aslida esa Muhammad Solihning mazkur asari shoir dunyoqarashidagi cheklanganliklar bilan belgilanuvchi nuqson va kamchiliklardan qat’i nazar, o‘zbek epik poeziyasi, realistik tasvir uslubi tarixida o‘ziga xos mavqeni egallashi adabiyotshunosligimiz tomonidan isbot etilgandir. 

Bu o‘rinda biz “Bobirnoma”da knltirilgan aforizmnamo iborani Bobirning o‘ziga nisbatan ham qo‘llashimiz mumkinligini uqtirmoqchimiz. Bobir shunday yozadi: “har kimdin yaxshi qoida qolg‘on bo‘lsa, aning birla amal qilmoq kerak. Agar ota yomon ish qilg‘on bo‘lsa, yaxshi ish birlan badal qilmoq kerak”, ya’ni Bobirning bizga taalluqli bo‘lgan, bizning zamonamiz uchun muhim bo‘lgan fikru mulohazalarini diqqat bilan o‘rganib, ularning ahamiyatini belgilash bilan birga, uning asaridagi kamchilik va nuqsonlarni Bobir yashagan davr sharoiti, uning ideologiyasi va dunyoqarashi bilan sharhlasak, unda uning o‘gitiga amal qilgan bo‘lamiz.

“Bobirnoma”da o‘sha davrdagi o‘zbek tili qonun-qoidalariga amal qilish, ba’zida esa fors-tojik, ayrim hollarda, xususan Hindiston bilan bog‘liq voqealar bayonida hindcha so‘z va iboralardan o‘rni-o‘rni bilan foydalanish hodisasi uchrab turadi (Bu masala pokistonlik doktor M. Sobirning maqolasida yoritilgan. University Studies. Vol. II, No 2, 1965, pp. 65-106 (urdu tilida).). 

“Bobirnoma”da keltirilgan xalq maqollari ham diqqatga sazovordir. Chunki ular bir tomondan, Bobir bayoni protsessida ixcham tarzda ifoda etish qulayligini tug‘dirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, shu maqollarning tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga molikdir. Jumladan, quyida keltirilgan xalq maqol va afristik iboralari fikrimizni isbotlay oladi: “Ishonmag‘il do‘sting‘a somon tiqar po‘sting‘a”, “Yomon ot bila tirilgandin, yaxshi ot bila o‘lgan yaxshiroq”, “Qopudag‘ini qopmasa, qarig‘uncha qayg‘urur” va boshqalar. 

“Bobirnoma” o‘zining fazilatlari bilan o‘sha davrda yaratilgan memuar tarixiy asarlardan keng ko‘lamliligi, ma’rifiy, ilmiy va badiiy ahamiyati bilan ajralib turuvchi, Movarounnahr, Xuroson va Shimoliy Hindistonning XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi choragidagi ko‘p qatlamli ijtimoiy va tabiiy hayotini har taraflama o‘rganishga xizmat qiluvchi badiiy ensiklopedik asardir. 


O‘zbek adabiyoti tarixi. Besh jildlik. 3-jild. XVI-asrdan XVIII-asrning 70-yillarigacha. Mas’ul muharrir V. Abdullayev. Nashrga tayyorlovchi Q. Tohirov. –T.: Fan, 1978. -380 b. – B. 64-77. (O‘zbekcha); Прозаические произведения Бабура. [“Бaбyр- нaмe”].

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0