Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Kirish

Ushbu kitobchada Zahiriddin Muhammad Bobirning Parij Milliy kutubxonasida saqlanayotgan “Aruz risolasi” asari Muhammad Samarqandiy tomonidan ko‘chirilgan nusxa asosida tadqiq etiladi. Bobirning aruz va umum aruz nazariyasini rivojlantirishdagi xizmatlari ochib beriladi. 

 Asar ilmiy xodimlar, aspirantlar hamda oliy o‘quv yurtlari filologiya fakultetla- rining o‘qituvchi va studentlariga, shuningdek, o‘zbek klassik adabiyoti bilan qiziquvchi kitobxon- lar ommasiga mo‘ljallangan. 

 Zahiriddin Muhammad Bobir shaxsiyati va uning ilmiy-adabiy me- rosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish shoirning hayotligidayoq uyg‘ongan edi. Hozir esa Bobir ijodi chet el, ayniqsa, sovet olimlarining samarali mehnatlari tufayli yuzaga chiqa boshladi. Uning hayoti va ijodini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning bu kabi keng ko‘lamga aylanishi Bobir asarlari- ning ilmiy va amaliy ahamiyati bilan albatta bog‘liqdir. 

 Bobir o‘zining 47 yillik umri mobay- nida ikki devon tuzdi, «Mubayyan», «Risola-yi volidiya» nomli she’riy asarlar yaratdi, jahonga shuhrati ketgan «Bobirnoma»ni yozdi, «Xatt-i bobiriy» deb nomlangan yangi alfavitni tuzdi, aruz, qofiya, muzika va harbiy ishga oid risolalari bilan ilmga ma’lum hissa qo‘shdi. Afsuski, Bobir- ning qofiya, muzika va harbiy ishga oid risolalari taqdiri hanuzga qadar noma’lum bo‘lib kel- moqda. 

 Bobirning ilmiy-nazariy asarlari orasida ayniqsa «Aruz risolasi» o‘zbek va boshqa turkiy xalqlar she’riyat nazariyasini o‘rganishda muhim o‘rin egallaydi. 

 Aruz ilmi o‘zbek va O‘rta Osiyodagi boshqa qardosh xalqlar adabiyotlari tarixida katta rol o‘ynab kelgan. 

 Ma’lumki,arab va fors-tojik aruzi hamda she’riy san’atlar haqida bir qator risola, yirik asarlar yaratilgan. Ibn Hojibning «Ilm ul-aruz», Vohid Tabriziyning «Jam’-i muxtasar», Shamsiddin Muham- mad ar-Roziyning «Almu’jam fi ma’oyiri ash’or il-ajam», Xoja Nasiriddin Tusiyning «Me’-yor ul-ash’or», Mir Shams ad-din Dehlaviyning «Hadoyiq ul-balog‘a», Sayfiyning aruzga oid risolalari arab, fors-tojik aruz faniga salmoqli hissa qo‘shdi. 

 So‘nggi yillarda sovet aruzshunoslari o‘rta asr olimlarining aruz ilmiga oid asarlarini o‘rganish va nashr qildirish borasida ulkan ishlarni amalga oshirmoqdalar. 

 Aruz Yaqin va O‘rta Sharqda keng tarqalgach, bu she’riyat nazariyasini qabul qiluvchi har bir xalq uni o‘z ona tili qonun-qoidalariga moslashga harakat qildi. Natijada fors-tojik aruzi, ozarbayjon aruzi, o‘zbek aruzi nomi bilan milliy tillar fonetikasiga asoslangan aruzlar shakllana boshladi. 

 Ko‘p asrlik o‘zbek poeziyasining arab, fors-tojik aruzi tajribalarini chuqur o‘rganib, uning qonun-qoidalarini o‘zida mujassamlantirgan mukammal asar yaratish Navoiy va Bobir yashagan davrlarning eng zarur ehtiyojlaridan biri edi. Bu mas’uliyatli va sharafli vazifa buyuk Navoiy znmmasiga tushdi. U arab va fors-tojik aruzlarini chuqur bilgan holda, o‘zbek poeziyasi shakllarini til xususiyatlari bilan qiyosiy tadqiq qnlib chiqdi va o‘zbek aruzi faniga doir birinchi bo‘lib «Mezon ul-avzon» asarini yaratdi. Bunda shoir aruz fanining ayrim sohalariga doir fikrlar va aruzga yaqin xalq she’riy formalaridan changi, tuyug‘, qo‘shiq, muhabbatnoma, mustazod, aruzvoriy kabilar haqida o‘zining qimmatli nazariy fikrlarini bayon qiladi. 

 Bobirning she’riyat nazariyasiga oid yaratgan «Aruz risolasi» asari esa Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon» asaridan so‘ng o‘zbek aruzi haqida yozilgan ikkinchi yirik risola bo‘ldi. 

 Alisher Navoiy asos solgan o‘zbek aruzi fanining qonun-qoidalarini yanada mukammal- lashtirish, arab, fors-tojik xalqlari poeziyasi nazariyasi haqida yaratilgan asarlar qatoridan o‘rin olishi mumkin bo‘lgan nazariy, ilmiy jihatdan asoslangan bir yirik, fundamental ish bunyod qilish zamonasining peshqadam olimi va hassos shoiri Zahiriddin Muhammad Bobir zimmasiga tushdi. U Navoiyning «Mezon ul-avzon» asari bilan birga, arab aruzi asoslarini, fors-tojik adabiyoti namoyandalari Rashididdin Vatvot, Nasiriddin Tusiy, Shamsiddin Muhammad ar-Roziy, Sayfiy Buxoriy va boshqalarning aruz, she’riy san’atlar haqida risolalarini sinchiklab o‘rgandi. 

 Bobir salaflari orttirgan boy tajriba va erishgan yutuqlar asosida bu nazariyaning asoslaridan, boshqa xalqlar singari, turkiy xalqlarning ham bahramand bo‘lishini istadi. U Navoiy asos solgan bu fan soxasini mukammal asar yaratib rivojlantirdi. 

 Bobirning aruz ilmiga oid maxsus risola yozgani haqidagi dastlabki ma’lumotlar «Bobirnoma» asarining 933

1526 yil voqe- alarida uchraydi: 

 «Ushbu ayyomda bu baytimni: 

 Ko‘zu qoshu so‘zu tilinimu dey, 

 Qadu haddu sochu belinimu dey? 

 besh yuz to‘rt vaznda taqti’ qildim. Bu jihatdin risola tartib berildi». 

 Riso- la haqidagi boshqa bir ma’lumotni «Bobirnoma» qo‘lyozmasining kotibi asarga qilgan ilovasida xabar qiladi: 

 «Va ul podshoh(ning) aruz va qofiyag‘a ham (oid) risolalari bor va ul jumladin “Mufassal” degankim, ushbu fan sharhi bo‘lg‘ay, ko‘pdin-ko‘p yaxshi tasnif qilibturlar»314. 

 Kotibning so‘zlaridan biz aruz risolasidan tashqari Bobir ilmi qofiyaga oid ham asar yaratganligidan xabardor bo‘lamiz. 

 «Aruz risolasi» haqidagi boshqa yangi bir ma’lumotni Boburiylar xonadoniga mansub bo‘lgan, XVIII asr hind, fors-tojik va o‘zbek adabiy jarayonini rivojlantirishda o‘ziga xos hissa qo‘shgan shoir, olim va mohir tarjimon Mirza Ali Baxt Azfariy (1760-1819) hayoti vaijodini o‘rganish orqali yuzaga chiqardik. 

 Azfariy o‘zbek adabiyoti tarixi va uning yirik vakillari hayoti va ijodi bilan yaqindan tanish bo‘lgan. U o‘zbek adabiyotining eng yirik va mashhur namoyandalari Navoiy va Bobir ijodlarini chuqur o‘rgangan, ularning asarlaridan ruhlanib kitoblar yaratganligini uning adabiy merosi misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Azfariy fanning turli sohalariga oid 15 dan ortiq asar yaratgan. Bu asarlar o‘zbek adabiyotini rivojlantirishda va uning munosib vakillarini Hindistonda targ‘ib qilishdaariy o‘zbek adabiyoti tarixi va uning yirik vakillari hayoti va ijodi bila’rlaridan iborat uch devon tuzgan, «Voqiot-i Azfariy», «Savo- nihot-i Azfariy» nomli tarixiy-biografik asarlar yaratgan, «Favod al-mubtada», «Farhang-i Azfariy», «Mezon-i turkiy», «Nisob-i turkiy-i chig‘atoiy», «Risola-yi qabriya» kabi tilshunos- likka oid kitoblar yozgan. Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Bobirning «Aruz risolasi» asarlarini fors tiliga tarjima qilgan. 

 Azfariy Bobir aruzini ham nazm, ham nasr yo‘li bilan fors tiliga ag‘dargan. «Aruzzoda» deb nomlangan bu tarjimalarning ikkita qo‘lyozma nusxasi mavjud. Ular Hindiston qo‘lyozma fondlarida saqlanib kelmoqda. 

 Nasrda yozilgan qo‘lyozma nusxasida Az- fariy tarjima haqida quyidagini xabar qiladi: بفارسى كرده منتخب ايشانرا تركى عروض كتاب بنابراين{


«Aruz-i uning Binobarin, Mazmuni: ترجمه كردم كه گو فرزند خانۀ پدر چيزى بردارد دزدش پندارند و عيب نه انگارند}


uyidan otasining o‘z farzand qildim, tarjima tiliga fors qilib muntaxab kitobidan turki qo‘- Sharq Davlat Madras 

 qilmaydilar. ayb lekin hisoblaydilar, o‘g‘ri uni olganda narsa biror Muhiyiddin Hofiz valadi Said Mahmudali yilda 1836 saqlanayotgan, kutubxonasida lyozmalari Asarning 

 iborat. tarjimadan she’riy esa nusxa qo‘lyozma boshqa ko‘chirilgan tomonidan Husayn 

 beriladi: ma’lumot quyidagi haqida tarixi va sababi yaratilish «Aruzzoda»ning muqaddimasida {بعد برگو تو باعث تاليف 

 رو بروی همه شفيق و اليف 

 که ز تاليف حضرت بابر 

 ديدم اين نسخه از عروض جوس 

 خواندم اورا بفکر و غور تمام 

 بد دران علم شعر خوش نظام 

 ليک بود آن کتاب در ترکی 

 بنده بد بهره ياب در ترکی 

 خواستم فارسی کنم وی را 

 سازم از موجزات کم وی را 

 تا مالمت ازو نيفزايد 

 نيز در فهم لـفـظ فرس آيد 

 آنجه بد مطلبم بر آوردم 

 عـروض زاده لـفـظ فا رسی کـردم 

 ز آن هـمـه انـتـخاب بـگـرفـتـم 

 ای همين مخـتـصر پـسنديدم 

 نام ايـن نـسخه ضـعـيـف نـهـا د 

 د ر خـود آن عـروض زاده نـهـا


}د Mazmuni: Endi mehribonlar va do‘stlar oldida (kitob – S.H.) yozishingning sababini aytgin. Hazrat Bobir asarlaridan sirli aruzining ushbu nusxasini ko‘rdim. Uni butun fikrim bilan berilib o‘qidim. Unda yaxshi tartib bilan yozilgan she’r ilmi bor edi. Lekin u kitob turkiyda edi. Kamina turkiydan bahramand edim. Undan malollik kelmasin hamda forslar uchun tushunarli bo‘l- snn uchun uni forschalashtirishni va qisqartirishni istadim. Maqsadimda bor narsani amalga oshirdim va fors tiliga tarjima qildim. Undan hamma keragini tanlab oldim va shu xilda muxtasar bo‘lishini ma’qul ko‘rdim. Bu nusxaning nomini kamina shunga moslab «Aruzzoda» deb qo‘ydim.

 Shubhasiz «Aruzzoda» asarnning avtori Azfariy aruz nazariyasi masalalarini yaxshi bilganligi uchun bu muhim va xayrli ishga qo‘l urgan. Tarjima muqaddimasida eslatilishiga ko‘ra, Azfariy Bobir aruzining mo‘tabar qo‘lyozma nusxasidan foydalanganga o‘xshaydi. Tarjima uchun Madrasdagi shaxsiy qo‘lyozmalar fondida, Parij Milliy kutubxonasida yoki Eronda saqlanib kelayotgan Bobirning «Aruz risolasi» qo‘lyozma nusxalari asos bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

 Azfariy o‘z tarjima- sini Bobir «Aruz risolasi»ning farzandi }زاده عـروض{, ya’ni «Aruzzoda» deb ataydi. Bu bilan Azfariy Bobirga va «Aruz risolasi»ga bo‘lgan chuqur hurmati va alohida e’tiborini bildirmoqchi bo‘ladi. U Bobir «Aruz risolasi»ning turkiy tilda yozilganligini ta’kidlaydi. Uni fors tiliga ag‘darish, yanada keng jamoat doirasiga havola qilish, undan Hindistondagi ilm hamda ijod ahlining bahramand bo‘lishi demakdir. Ana shu tarixiy maqsadlarni amalga oshirishni Azfariy o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ygan. 

 Azfariyning mazkur asarlarini alohida o‘rganish Bobir ijodining bnzga hali ravshan bo‘lmagan tomonlarini ochishda va Hindistonda ijod qilgan o‘zbek adabiyotining boshqa vakillarini aniqlashda muhim manba rolini o‘ynashi tabiiydir. 

 Bobir risolasining Parij qo‘lyozmasi turli sabablarga ko‘ra ilm ahliga, ayniqsa o‘zbek adabiyotshunoslariga ma’lum emas edi. 

 «Aruz risolasi»ning qo‘lyozmasi haqida aniq ma’lumot Ye. Bloshe katalogida berilgan. 

 1968 yili yirik navoiyshunos olim H.S. Sulaymonov Alisher Navoiyning 525 yillik yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan Angliya va Fransiyaga qilgan ilmiy safari natijasida Ye. Bloshe katalogida ko‘rsatilgan Bobirning 1308 raqami ostida Parij milliy kutubxonasida saqlanayotgan qo‘lyozma nusxasi bilan tanishib chiqdi va uning mikrofilmini AlisherNavoiy nomidagi adabiyot muzeyi fondiga olib keldi. 

 1968 yilda Bobirning mazkur risolasi haqida V.I. Aslonovning maqolasi bosilib chiqdi. 

 1969 yilda A.M. Shcherbak «Bobirning aruz risolasi haqida» nomli maqolasini chop qildirdi320. Shcherbak maqolasida risolaning mazmuni ham bayon qilingan. 

 1971 yili A.M. Shcherbakning «Adabiy meros» to‘plamining 2-sonida «Bobirning aruz haqidagi risolasi va uning Navoiy ijodini o‘rganishdagi ahamiyati» nomli maqolasi chop etildi. 

 Turk olimi Fuod Ko‘pruluzodaning «Turk tili va adabiyoti haqidagi tadqiqotlar» kitobiga kirgan maqolasida Bobir risolasining qo‘lyozmasi Parij milliy kutubxonasida saqlanayotganligi 1934 yildayoq xabar qilingan. 

 1969 yili uyg‘ur adabiyotshunosn M. Hamrayevning«Turk she’riyati nazariyasi asoslari» kitobi bosilib chiqdi. Shu kitobga Bobir risolasining uyg‘ur grafikasidagi transliteratsiyasi qisqacha ilova qilingan. M. Hamrayev mazkur kitobida Bo- birga mansub aruz haqida yozilgan risolaning boshqa bir qo‘lyozma nusxasi sharqiy Turkistonning Kuchar shahrida saqlanayotganligini ma’lum qiladi. 

 Bobir risolasi qo‘lyozmasining 931

1524 yili ko‘chirilgan mo‘tabar nusxasining Erondagi «Saltanat» kutubxonasida saqlanayotganligini aniqladik. 

 Sovet matbuotida Bobirning bu asari haqidagi dastlabki ma’lumotlar Maqsud Shayxzodaning «Qo‘shiqlar haqida» maqolasida eslatiladi. 

 1973 yili shoirning rafiqasn So- kinaxonim Adabiyot muzeyining o‘zbek sovet yozuvchilari arxivi fondiga Maqsud Shayxzodaning 30 dan ortiq qo‘lyozma daftarlarini topshirdi. Bular ichida ayniqsa 8 ta daftardan iborat «Alisher Navoiy lirikasi» mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasi uchun to‘plangan boy va qimmatli ma- teriallar alohida ahamiyat kasb etadi. 

 1964 yilning 14 may kuni Maqsud Shayxzoda Moskvadagi V.I. Lenin kutubxonasida turk olimi F. Kupruluzoda asarining «Turk klassik adabiyotida xususiy nazm shakllari» bobini ko‘zdan kechirayotib Zahiriddin Bobirning Parij Milliy kutubxonasida saqlanayotgan «Aruz risolasi» asari tavsifini uchratadi. Bu risolani Fuod Kupruluzoda Parij Milliy kutubxonasining Sharq qo‘lyozmalari katalogi bilan tanishayotgan vaqtda tasodifan aniqlaydi. Bu haqda u shunday deydi328: «Bobirshohning shaxsi va asarlari ilm olamida eskitdan beri nazar, diqqatni jalb etib kelmoqda. U haqda juda ko‘p ish qilingan, masalan: Denison Ross, Beveredj, Samoylovich kabi olimlarning asarlari. Bobirning aruzga oid asari bu kunga qadar tamomila majhul bo‘lib kelmoqda. 1923 yili Parij Milliy kutubxonasining qo‘lyozmalar katalogida muallifi noma’lum, chig‘atoy tilidagi bir aruz risolasi borligini ko‘rdim. Turk nazm shakllariga oid ba’zi ma’lumotlarni topish umidi bilan asarni tekshirib chiqsam u Bobirshohga man- sub ekanligini ko‘rdim, Hoji Samarqandiy tomonidan 940 hijriyi borligini ko‘rdim. Turk nazm shakllariga oid ba’zi ma’lumotlarni topish umidi bilan asarni teida bosilib chiqqan maqolasi- da Bobirning «Aruz risolasi» asari qo‘lyozmasining 940 hijriy yilida Hoji Muhammad Samarqandiy tomonidan ko‘chirilgan nusxasini tasodifiy bir voqea bilan ma’lum bo‘lganini va tafsilotini keyinchalik xabar qilajagini e’lon qilgan edi. Bobirning katta ahamiyatga molik bu yirik asari haqida mukammal va chuqur ilmiy ish yozish orzusida bo‘lgan Maqsud Shayxzoda o‘z niyatlarini amalga oshira olmay bevaqt olamdan ko‘z yumdi. 

 V.I. Aslonov, A.M. Shcherbak, I.V. Stebleva, M. Hamrayevlar o‘zlarining maqola va maxsus nashrlarini adabiyotshunoslik tarixini o‘rganishda va o‘zbek klassik poeziyasi tadqiqoti uchun benihoya muhim va sovet poeziyasida ham alohida ahamiyat kasb etayotgan Bobirning aruz risolasini ilmga va keng jamoatchilikka taqdim etishga bag‘ishladilar. 

 1971 yili Bobirning «Aruz risolasi» prof. H.S. Sulaymonovning Fransiyaga qilgan safari natijasida keltirilgan mikrofilm asosida faksimile ravishda hozirgi o‘zbekgrafikasidagi transliteratsiyasi bilan nashrdan chiqdi. Risolani nashr qildirishda erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kam-ko‘stlar haqida o‘z vaqtida mahalliy matbuot sahifalarida qator maqolalar e’lon qilindi. 

 1971 yili turkshunos olima I.V. Stebleva tomonidan «Aruz haqida risola» nomi bilan ushbu asarning faksimilesi ham chop etildi. 

 1972 yili yana I.V. Stebleva- ning M. Hamrayevning turk she’riyati iazariyasi asoslariga bag‘ishlab nashr ettirgan kitobiga yozgan taqrizi e’lon etildi. 

 M. G‘afforova va E. Muhamedovlarning «Bobirning nodir risolasi» nomli axboroti, H. Ismatullayevning «Bobirning aruz risolasi» nomli maqolasi, Ergash Rustamovning muallif nashri haqidagi taqrizi e’lon kilindi. Shuningdek, tojikistonlik R. Musulmonqulovning «Hajriy» taxallusi Bobir ne?» nomli maqolasi chop etildi. Maqola avto- ri Bobir «Hajriy» taxallusi bilan ham she’r yozgan bo‘lsa kerak, degan tezisni ilgari suradi. 

 Va nihoyat yo. Is’hoqovning «Bobirning aruzga doir risolasi adabiyotshumoslar bahsida» pomli maqolasi e’lon qilindi. 

 Avtor matbuotda e’lon qilingan ana shu tanqidiy mulohazalarni e’ti- borga olgan holda Bobirning aruz ilmiga oid yaratgan asarini qayta nashrga tayyorlash ishiga ki- rishdi. 

 Bobirning bu risolasi o‘zbek adabiyoti tarixi kitobida «Mufassal» nomi bilan eslatiladi. 

 Ba’zi manbalar shu masalaga aniqlik kiritishga yordam beradi. Asarning nomi haqida uch manbaga suyangan xolda fikr yuritamiz. Biri risolaning o‘zi, ikkinchisi yaqinda Hindiston ekspeditsiyasi natijasida qo‘lga kiritilgan Azfariyning «Aruzzoda» asari va nihoyat Bobir devoni- ning Rampur nusxasi: 

 Devon va risolada: «Aruz itmomidin ikki-uch yil so‘ng...» «Aruzzoda»da: «Binobarin kitobi «Aruz-i turkiy» eshonro muntaxab namuda baforsiy tarjima kardam». Mazmu- ni: uning turkiy tilidagi «Aruz» kitobidan muntaxab qilib fors tiliga tarjima qildim. (S.H.). Azfariyning yana bir boshqa she’riy tarjima nusxasida: «...Ki zi ta’lifi xazrati Bobir, Didam in nusxa az «Aruz» chu sir». Mazmuni: «Hazrat Bobir asarlaridan sirli «Aruz»ning ushbu nusxa- sini ko‘rdim» (S.H.). 

 Demak yuqoridagi manbalarga asoslangan holda, Bobirning bu asarini «Aruz risolasi» deb nomlanishi ma’qulroq bo‘ladi. 

 Filologiya fanlari kandidati V. Rahmonov «Muxtasar qachon yozilgan?» sarlavhalimaqolasida Bobirning «Aruz risolasi» asari 1527 yilda yozilgan, degan xulosaga keladi. 

 Ushbu risolaning yozilish tarixini aniqlashda asarning o‘zidan keltirilgan quyidagi parcha asosiy va yagona manba bulib xizmat qiladi. 

 «Aruz itmomidin ik- ki-uch yil so‘ng, Hindiston fathining so‘ngg‘i yili, Sanbal sarig‘a borur fursatda, bir mutatavval bayt o‘n olti rukn bilan aytilib edi». 

 Mazmuni: Bobir aruz risolasini Hindiston fath qili- nadigan yildan ikki-uch yil ilgari yozgan ekan. 

 Hindistonning fathi 1526 yil bo‘ladigan bo‘lsa, risola. rus sharqshunosi I.V. Stebleva ta’kidlaganidek, 1523-1525 yillarda tugallangan bo‘lib chiqadi. Yana ham aniqrog‘i, Yo. Is’hoqov ko‘rsatganidek, 1524-1525 yillarda yozilgan. 

 Zahiriddin Muxammad Bobirning bu asari ko‘p yillik mehnat samarasidir. U risola uchun faktik material- larni yoshligidanoq to‘plab borgan. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, «Bobirnoma»ning 1525 yil voqealarida Bobir «Aruz risolasi» uchun Alisher Navoiy devonidan bayt va g‘azallarni bahr va vaznlar tartibi bilan tanlashni tugatganini eslatadi: «Odina kuni oyning yigirma uchida Alisherbekning to‘rt devonidan buhur va avzon tartibi bila g‘azallar va abyotkim, intixob qilinadur edi, itmomig‘a yetdi»343. 

 Shuning uchun ham Bobir bu risolani, V. Rahmonov aytganidek, bir yilda, ya’ni 1527 yilda, olimona fikrlar yuritish uchun osoyishta sharoit tug‘il- ganidagina yoza olgan, deb mulohaza yuritish mutlaqo yanglishdir. Chunki uning deyarli butun umri jang va kurashlarda o‘tgan. Bobir asarlarining aksariyati urush, sargardonlik va qiyinchilik sharoitlarida ijod kilinganligi «Bobirnoma»dan bizga ma’lum. 

 Bobirning ijodiga xos xususiyat- lardan yana biri shuki, u ijod doirasiga kirgan asarlar ustida tadrijiy ravishda ishlab, ularni to‘ldirib, yangiliklar bilan boyitib turgan. 

 «Bobirnoma» asari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Aruz ilmiga oid yozilgan risola ham shu jumladagi asarlar qatoriga kiradi. Masalan, u Rampur kutubxonasida saqlanayotgan devonda o‘z asarlariga tuzatishlar kiritganligini quyidagicha ta’kidlaydi: 

 «Hindiston jonibig‘a azimat qilg‘ali aytilg‘an ash’or bu erdikim, tahrir qildim va kechgan vaqoyi’ ul dururkim taqrir qilibturmen, nechukkim, bu avroqqa masturdur va ul ajzoda mazkur». (Harrarahu Bobir, dushanba, 15 rabiul oxar, sana 935). 

 Demak, «Aruz risolasi» Bobir- ning ko‘p yillik mehnati samarasi bo‘lib, u asosan 1523-1525 yillarda tugatilgan, keyinchalik esa unga to‘ldirishlar, yangiliklar kiritilib borgan. 

 Bobirda yoshligidanoq she’r yozish havasi uyg‘on- gan edi. U ko‘plab shoir va olimlarning asarlarini zo‘r qiziqish bilan mutolaa qilib, ularni chuqur o‘rgangan. Bobir she’r nazm qilish ilmini ilhom va ishtiyoq zavqi bilan turli mashhur va mo‘ta’bar manbalar orqali sinchiklab o‘rgandi va nazm qila boshladi. Bobir o‘zining «Bobirnoma»sida bu haqda quyidagini eslatadi: 

 «Bu ikkinchi navbat Samarqandni olg‘onda, Alisherbek tirik edi. Bir navbat manga kitobati ham kelib erdi. Men ham bir kitobat yiborib edim, orqasida turkiy bayt aytib, bitib yiborib edim... ul fursatlarda birar, ikkirar bayt aytur edim. Vale g‘azal tugatmaydur edim». 

 Bobirning she’riyat xazinasi yildan-yilga boyib, aruzning turli vaznlarida o‘z ifodasini topa boshladi. Yillab qilingan samarali ijod natijasida aruz ilmi borasida yangi ma’lumotlar, mulohazalar va fikrlar yetishdi. Bobir she’rnavislikda aruz sistemasidan har tomonlama foy- dalandi va arab, fors-tojik aruzlarini o‘zbek aruzi bilan qiyosiy o‘rgandi. «Bobirnoma»dan keltirilgan quyidagi parchada Bobirning aruz ilmi sohasndagi izlanishlari aks etgan: 

 «Bizga qur- bon iydi Shohruxiyada bo‘ldi. Betavvaqquf o‘tub, xon qoshig‘a Toshkandga bordim. Bu ruboiyni aytib edim, ma’mul qofiyasida taraddudim bor edi, ul mahalda she’r mustalahotida muncha tatabbu’ qil- maydur edim, xon xushtab’ kishi edi, she’r aytur edi, agarchi saru somonliq g‘azali kamroq edi, bu ruboiyni xong‘a o‘tkarib, taraddudimni arz qildim. Ko‘ngul ting‘udek shofiy javob topmadim. G‘olibo she’r mustalahotig‘a kamroq tatabbu’ qilg‘ondurlar. Ruboiy budur: 

 Yod etmas emish kishini mehnatta kishi, 

 Shod etmas kishi ko‘ngluni g‘urbatta kishi. 

 Ko‘nglum bu g‘aribliqta shod o‘lmadi hech, 

 G‘urbatta sevunmas emish, albatta, kishi. 

 So‘ngra ma’lum bo‘ldikim, turkiy lafzida mahal iqtizosi bila to va dol, g‘ayn va qof bir-birlari bilan mubaddal bo‘lurlar emnsh». 

 Uzoq tarixga ega bo‘lgan o‘zbek poeziyasiga aruz ilmining kirib kelganiga birqancha asrlar bo‘lgan bo‘lsa ham, aruz kategoriyalari hali sistemalashtirilib, o‘zbek aruzi sifatida milliy tusga ega emas edi. Zihofot, vazn va ayniqsa taqti’ bobida o‘zbek she’riyati normalari talablaridan kelib chiqib, nizom shakliga keltirishni davr taqozo qilar edi. Fors-tojik aruzining o‘ziga xos qonun-qoidalari allaqachon ishlab chiqilgan va ular qator yirik risolalarda o‘z ifodasini topgai edi. Tusiy, Tabriziy, Roziy, Jomiy va boshqa olimlar fors-tojik aruziga bag‘ishlab yozgan risolalari bilan ko‘p yillik samarali she’riy ijod- lariga o‘z yangi fikr-mulohaza va munosabatlarini namoyish qilib yakun yasadilar. Alisher Navoiy- ning «Mezon ul-avzon» asarining yaratilishi o‘zbek milliy aruzining shakllannshida katta voqea bo‘ldi. 

 Zahiriddin Bobir Navoiyning «Mezon ul-avzon», Nasiriddin Tusiyning «Me’yor ul-ash’- or», Sayfiy Buxoriyning risolasi va boshqa aruz ilmi, she’r san’atlari haqidagi asarlar bilan tanish bo‘lgani va ularga turli baholar bergani «Bobirnoma»dan bizga ma’lum. Masalan, Bobir Say- fiy Buxoriyning fors aruziga bag‘ishlab yozgan risolasiga baho berib quyidagini bayon qilgan: «Yana Sayfiy Buxoroiy edi, filjumla mullolig‘i bor edi... Bir forsiy aruzi bor. Bisyor kamsuxandur, bir hisob bila asru pursuxandur, kamsuxan bu ma’ni bilakim, keraklik nimalarni bitimaydur. Pur- suxan bu ma’ni bilakim, ravshan va zohir kalimalarni nuqta va e’robig‘acha bitibdur». 

 Yoki Mir Atoullo Mashhadiyning «Badoyi’ us-sanoyi’» risolasi haqida quyidagini aytadi: 

 «Yana Mir Atoullo Mashhadiy edi. Arabiy ilmini yaxshi bilur edi. Qofiyada bir forsiy risola bitib- dur, tavre bitibdur, aybi budurkim, amsila uchun tamom o‘zining ab’yotini kelturubtur. Yana har baytidin burun, «chunonchi, darin bayti banda» lafzini lozim tutubtur. Qofiya risolasida ba’zi


«muorizlari muvajjah» daxllar qilibturlar. Yana sanoyi’ she’rda «Badoyi’ us-sanoyi’» otliqrisola bitibdur, xili yaxshi bitibdur. Mazhabida inhirofi bor ekandur»348. 

 Samarali ijod va tadqiqotlar natijasida Bobir aruzning yangi 248 vaznini aniqladi. Bu jumlaga musta’malu mux- tara’dan matbu’ vazn – 162, musta’mal-i matbu’—104, muxtara’-i matbu’—58. 

 Bobir juzvlar haqida yangi fnkrga keladi, fosila-i sug‘ro, bir sabab-i saqiyl va bir sabab-i xafifdan, fosila-i kubro bir sabab-i saqiyl va bir vatad-i majmu’dan va fosila-i uzmo esa ikki sabab-i saqiyl va bir xafifdan tarkib topgan ekan, fosila juzvining ruknlar yasashda hojati yo‘qligini isbot qiladi. Bobir juzvlarni ikkiga va ularning har birini uch navga ajratish kerak, degan xulosaga ke- ladi. 

 Bobir aruzda noma’lum zihoflarni izlab topadi. U aruz sistemasidagi zihoflar soninn 44 gacha yetkazadi. Bu jumlaga o‘zbek aruzida fors-tojik aruziga nisbatan kamroq iste’mol qilinadi- gan uch – maf’uvlotu, mafo’ilatun, mutafo’ilun ruknlarining zihof va far’lari kirmaydi. 

 Bobir taqti’ bobida o‘zbek tili fonetik normalari asosida «Mezon ul-avzon»da ishlab chiqilgan o‘zbek aruzining qonun-qoidalarini sistemaga solib aruzni yanada takomillashtirish fikriga ke- ladi. Doiralar bobida ham ba’zi bahrlar orasida o‘xshashliklar topib, yangi doira ixtiro qiladi.

 Bobirda qo‘shiqlarning tarxoniy, turkiy, o‘lang, shuningdek, tuyuq va uning rang-barang turlari haqida boy fikrlar tug‘iladi. 

 Xullas, Bobir o‘zining ilmiy-nazariy kuzatishlari jarayonida tug‘ilgan aruz borasidagi yangi fikrlarini bir yerga jam qilib risola shaklida ifodalashni lozim deb bildi. Bu esa «Aruz risolasi» kitobining yaratilishiga asosiy sabablardan biri bo‘ldi. 

 Boshqa tomondan o‘zbek poeziyasida aruz kategoriyalari batamom sistemalashtirilib o‘zbek aruzi sifatida milliy ruhga ega emas edi. «Mezon ul-avzon» asari o‘zbek aruzining yaratilishida katta o‘rin tutsa ham, unda o‘zbek she’riyatining vazn qonun-qoidalari hali to‘la ifodalanmagai edi. Bobir o‘zbek she’riyati vaznlarining barcha turlari va ularning ichki qonun-qoidalarinildi. Bu esa «Aruz risolasi» kitobining yaratilishiga asosiy sabablardan biri bo‘ldi. 

 Boshqa tomondan o‘zbek poeziyasida aruz kategoriyalari batamom sistemalashtirilib o‘zbek aruzi sifatida milliy ruhga egetik merosiga nazariy yakun yasashi kerak edi. 

 Zahiriddin Bobir arab, fors-tojik aruzi tajribasi asosida Navoiy «Mezon ul-avzon»ida ishlab chiqilgan, o‘zbek aruzi qonun-qoidalarini chuqur o‘rga- nadi va ilmiy-iazariy talablarga har tomonlama javob bera oladigan darajadagi nazm nizomini yaratadi. 

 Bobir o‘zining bu asari bilan o‘zbek poeziyasida qo‘llaniladigan aruz bahrlarining zihof, far’ va vaznlarini akiqladi. U o‘zbek tili va she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib taqti’ bobini shakllantirdi va yangi qoidalar ishlab chiqib, umum aruz faniga be- nihoyat katta hissa qo‘shdi. 

 Bobir «Aruz risolasi» asarini yaratib o‘zbek aruziga asos solgan ada- biyotshunos olim sifatida ham maydonga chiqdi. 

 Bobirning bu asari adabiyotshunoslik tarixini o‘rganishda va turkiy xalqlar klassik poeziyasi tadqiqoti uchun ayniqsa muhimdir. 

 «Aruz riso- lasi» hozirgichiqdi. 

 Bobirning bu asari adabiyotshunoslik tarixini o‘rganishda va turkiy xalqlar klassik poeziyasi tadqiqoti uchun ayniqsa muhimdir. 

 «Aruz risolasi» lgan adabiyotshu- nos olim sifatida ham mayuzning turli bahrlariga misol keltirishda mirzo Bobir juda ko‘p shoirlar ijodidan foydalangan. Shuning uchun ham uning bu asari yirik antologiya hamdir. Asarda X-XVI asrda yashagan 60 dan ortiq mashhur hamda hali bizga kam ma’lum bo‘lgan shoir va olimlarning nomlari eslatiladi va ularning asarlaridan parchalar keltiriladi. Bu zotlarning ijodlaridan keltirnlgan qator misollar boshqa manbalarda uchramaganligi sababli ular o‘rta asr o‘zbek va qardosh xalqlar adabiyoti tarixini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

 * 

 Qo‘lyozma 940

1533-1534 yili Samarqandda ko‘chirilgan. Quyida asarning kolofonini keltiramiz: 

 940 سنة شهور فى سمرقندى محمد حاجى درگاه بندۀ راقمه{ «Aruz risolasi»ning Parij qo‘lyozmasini kotib Muhammad Samarqandiy ko‘chirgan. Qo‘lyozmaning asosiy matni yirik nasta’liq xatida Samarqand novvot rang ipak qog‘oziga yozilib, alohida sarlavhalar qirmizi rangda berilgan. Qo‘lyozma o‘lchovi 13,5x18,5 sm. Ba’zi betlaridagi o‘chib ketgan va siyoh chaplangan joylar e’tiborga olinmasa, qo‘lyoz- ma bizgacha yaxshi saqlanib kelgan. Yo‘qolgan, yirtilgan varaqlari yo‘q. Qo‘lyozmaning ba’zi hoshi- yalarida keyingi vaqtlarda yozilgan fors tilidagi yozuvlar uchraydi. Muqovaning ichki qnsmida arab tilida yozilgan she’r va yozuvlar bor. Qo‘lyozmaning hajmi 172 varaqdan iborat. 

 Qo‘lyozmani ko‘chirishda kotib tomonidan so‘zlarni tushirib qoldirish, bir so‘z o‘rniga boshqa so‘z yozish, ay- rim jumlalarni takrorlab yozish, harflar o‘rnini almashtirish kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘y- ilgan. Qo‘lyozmadagi oddiy mexanik xatolar ko‘ringanda transliteratsiyada biz bularni e’tibor-ga olib, ma’lum darajada tiklashga harakat qildik. 

 Risolada aruz ilmiga doir termin va shakllar buzib ko‘chirilgan. Bu esa misollarning vazni yoki jumlalar ma’nolarining o‘zgari- shiga olib kelgan. Masalan 20-betda «jazl, izmor va tayyning ijmo’idur nechukkim, mutafo’- ilun-mutfo’ilun» deyilgan. Qo‘lyozmada xato, izmor mutafo’ilun ruknining ikkinchi sabab-i saqiylining harakatli harfini tushirib qoldirishdir, mutafo’ilun-mutfo’ilun bo‘ladi. Mutfo’ilun tayyga uchrasa, mutfa’ilun qoladi. Demak, mutafo’ilun rukni jazlga uchrasa, mutfa’ilun qolibga uchrasa, mutfa’ilun qoldirishdir, mutafo’ilun-mutfo’ilun bo‘ladi. Mutfo’ilun tayyga uchrasa, mutfa’ilun qoladi. Demak, yirtilgan varaqlari yo‘q. Qo‘lyozma- ning ba’zi hoshiyalarfa’ilotuni bo‘larning yerlarida qo‘yarlar ani maxbul derlar». Qo‘lyozmada kotib yanglishib boshqa qatorlarni ko‘chirib ketgan. Bu o‘rinda «Hatm, hazf bila qasrning ijmo’idur, mafo’iylun-mafo’ bo‘lur, fa’ul aning yeriga qo‘yarlar, mo‘g‘ayyarni ahtam derlar» bo‘lishi kerak. 

 Yoki kotib risolaning yana shu betida «Hatm, hazf bila qat’ning ijmo’idur» degan joygacha yanglishib hatm, shakl, kabl, batr va jaz’ muzohaflarini ikki marta qaytarib yozgan va ularni bayon qilish tartibini buzgan. Xabl muzohafidan so‘ng shakl, kabl, qatf, batr, jaz’, hatm muzohaflari bayon qilinishi kerak edi. 

 Kotib risolaning 2 b betida vatad-i mafruqdin deb bir bayt keltiradi. Vatad-i mafruq uch harfdan iborat: ikki harakatli, uchinchi harf sokindir. Shuning uchun qo‘lyozmada mujmu’ bo‘lishi kerak. 

 Risolani ko‘chirishda kotib vaznlarning nomlarini almashtirib yoki xato qilib ko‘chirgan joylari ham kam emas. 

 Shu kabi nuqsonlarga «Aruz risolasi»ning doiralar bobida axram va axrab shajaralarida ham yo‘l qo‘yil- gan352. 

 Vaznlar bobida Bobir iste’moldagi hamma vaznlarga fors va turkiy she’rlar bilan mi- sol keltiradi. Har bir bayt to‘g‘risiga uning muallifi nomini ko‘rsatadi. Muallifi ko‘rsatil- magan she’rlar Bobirga mansub ekanligi asarda eslatilgan: «Har vaznikim musta’mal bo‘lg‘ay, yo ulkim muxtara’ bo‘lg‘ay turkiy bayt bila iktifo qiling‘ay, har kimning baytini kelturulsa qoyili bitilg‘ay, magar ulkim qoyili ma’lum bo‘lmag‘ay, qoyili mazkur bo‘lmag‘on turkiy bayt muallifning bo‘lg‘usidur»353. Shuni ham eslatib o‘tish kerakki, asarda ba’zi she’r mualliflari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan. 

 Risolada har bir bahr ustida batafsil to‘xtalib, avval bir baytning taqti’i berilib, so‘ngra bahrlar, sakkiz, olti, to‘rt ruknli baytlar misolida keltiriladi. Asarda keltirilgan jami vaznlar soni haqida Bobir quyidagini aytadi: 

 «Bilgilki, bu yigirma bir bahr- da besh yuz o‘ttuz yetti vazn kelturuldi. Bu jumladin musta’mal vazn – ikki yuz sekkiz, musta’malu muxtara’din matbu’ vazn—yuz oltmish ikki, musta’mal-i matbu’ yuz to‘rt, muxtara’-i matbu’ – ellik sekkiz». 

 Risolada kotib ba’zi so‘z va jumlalarni takrorlash, ortiqcha so‘zlarni yanglishib yozish yoki kerak so‘z va jumlalarni tushirib qsldirish hollariga yo‘l qo‘ygan. 

 Kotib risolani ko‘chi-rishda so‘zlardagi harflar o‘rnini almashtirib yozgan xollar ham uchraydi. 

 Kotib, shuningdek, bay- tlarni ko‘chirganda ba’zi jumla va so‘zlarni tushirib qoldirgan. Bu kabi kamchiliklarni biz ko‘rsa- tilgan vaznlarga tushirib aniqladik. Vazn talabiga javob bermaydigan bayt va g‘azallarni «Aruz risolasi» asari yordamida yoki boshqa manbalardan ularni izlab tiklashga harakat qildik. Masalan, Navoiyga mansub bo‘lgan quyidagi baytning bir so‘zi xattot tomonidan tushirib qoldirilgan. Biz bu baytni «Xazoyinul-maoniy»dan izlab topdik, baytdagi tushirib qoldirilgan so‘z tiklandi va snoska orqali katta qavs ichiga olindi: 

 Yana shu’laliq ko‘ngulnn g‘aming (etti) pora-pora, 

 Buki butrashur, erur poralari emas sharora. 

 49-betdagi 44-snoskaga olingan Jomiyga mansub baytning ikkinchi misrasi vaznga tushmaydi. Misrada bir necha juzv ortiqcha. Biz bu baytni Jomiyning qo‘limizdagi devonidan izlab topolmadik. Shunda misraga o‘zimiz tuzatish kiritdik. Ikkinchi misraning hashvidagi daryo so‘zini kichik qavs ichiga olib, shu so‘zning ortiqcha ekanini ko‘rsatdik: 

 Vaqti gul mayu mutrib davlatest to doni, 

 Davlate chunin dar yob (daryo) ey ba davlat arzoni. 

 Fo’ilun mafo’iylun fo’ilun mafo’iylun 

 Qo‘lyozmada harflarning nuqtalarini tushirib qoldirish yoki ortiqcha nuqtalar kiritish hollari ko‘p ro‘y bergan. Shuni alohida qayd qilish kerakki, kotib aruz ilmidan bexabar kishi bo‘lgan, lekin shunga qaramasdan asar nisbatan yaxshi ko‘chirilgan, deb aytsak bo‘ladi.


Saidbek HASANOV. Bobirning “Aruz risolasi” asari 

Mas’ul muharrir Hamid Sulaymon; Sarlavha oldida: O‘zSSR FA H. Sulaymonov nomidagi qo‘lyozmalar instituti. Tsh.: Fan, 1981. – B. 3-21. (O‘zbekcha); Xasanov, S. Proizvedeniye Babura “Aruz risolasi”.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0