Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Lahur manzaralari

Banorasda yashagan mashhur shoir, 3263 shoir tarjimai holi jamlangan “Navob tazkirasi” (1790) muallifi Ibrohim Alixon avlodlaridan bo‘lgan Karomat Alixon Boburshoh va boburiylar qurdirgan saroy inshootlariyu yaratgan bog‘larning benazir tadqiqotchisidir. Olim o‘z asarida faqatgina Lahurda boburiylar tomonidan bit qilingan “osori atiqa”lar haqida so‘zlasa ham, yozma bayonlaridan boburiylar tarixini juda yaxshi biluvchi alloma ekani ma’lum bo‘ladi. Ushbu olimning birgina asari ham uning qiziqish doirasi, adabiy iqtidori balandligidan darak beradi.

Asar XX asr 90-yillarning ikkinchi yarmida yaratilgan. Dastlab ingliz tilida e’lon qilingan. Asarga Lahurdagi boburiylar sulolasining xronologiyasi ilova qilingan.


LAHUR MANZARALARI

Tarixda Lahur o‘zining madaniy, ijtimoiy-siyosiy va savdo xizmatlari bilan Sharqdagi eng mashhur shaharlardan biri edi. Uzoq o‘tmishning juda dahshatli voqealari, ayniqsa, Iskandar Zulqarnayn va Chingizxon yurishlari Lahurni chetlab o‘tib ketdi. Mashhur tarixchi va geograf Ptolomey Lahurni “Lavoka yoki Lasoka, ya’ni Lava-Kala fort” tarzida o‘z esdaliklarida eslatib o‘tadi. Tarixiy manbalarda Lahur nomi mashhur musulmon sarkardasi Mahmud G‘aznaviy davridan boshlab tilga olinadi. Bu yerga Islom falsafasi va mafkurasi buyuk sarkardalar tomonidan keltirildi.

Lahur Panjobning poytaxti bo‘lib, geografik jihatdan qulay joyga joylashgan. Beruniyning 1030 yilda yozilgan “Tarixu-l-hind” (“Hindiston tarixi”) asarida aytilishicha, musulmonlar (Mahmud G‘aznaviy) Lahurga 1021 yilda kelishgan. Lahur 165 yil davomida g‘aznaviylar saltanatining markazi bo‘lib turgan. 1186 yildan esa Shahobiddin G‘o‘riy qo‘liga o‘tdi. 1193 yidda u Dehli hokimi bo‘ldi. Lahur 300 yildan ortiqroq turklar, xiljiylar, tug‘loqlar, sayyidlar, lo‘diylar va patanlarning poytaxti bo‘lib keldi. Boburiylar hukmronligi davrida esa Lahur asosiy poytaxt bulib, o‘z tarixida eng sharafli kunlarni boshidan kechirdi. Akbarshoh 14 (1584-1598) yilgacha o‘z saroyini Lahurda saqlab turdi. Uning o‘g‘li Jahongir tez-tez bu shaharga kelib turar va o‘z vasiyatiga ko‘ra shu yerga dafn etilgan edi. Akbarshoh davrida darvozasi 13 ta bo‘lgan bu shahar “Bog‘lar shahri” nomini olgan va Akbarshoh g‘amxo‘rligi tufayli bu yerga olimu fozillar, donishmandu shoirlar hamda sarkardalar to‘plangan edi.

Shahar devori ostidan o‘tadigan Raviy daryosida kemasozlik ishlari avj oldirib yuborilgan. Shoh o‘zi cho‘miladigan hovuzlar qurdirgan. Bu haqda Jahongir mirzo o‘z xotiralarida yozgan edi.

Musulmonlar davrida Lahur hokimi Dehli taxtida hukmronlik ham qilib turardi. Mahmud G‘aznaviyning nevarasi Mahmud Qutbiddin Oybek, Akbarshoh, Shoh Jahon va Avrangzeb o‘g‘li Shoh A’lam kabilar shahar hukmdori bo‘lib o‘tganlar.

Boburiylar shaharda go‘zal bog‘lar va ajoyib binolar barpo etdilar. Ular shahar qal’a- sini kengaytirib, unga 15 ta darvoza qurdilar va tashqi hujumdan saqlash uchun qal’a devorini poydevori bilan kengaytirdilar. 1712 yilga kelib mo‘g‘ullar (boburiylar) shohlari kuchsizlanib qoldilar, shunday bo‘lsa ham 1752 yilgacha Lahur ular ta’sirida bo‘ldi va shu yili afg‘on Ahmadshoh Abdali qo‘liga o‘tdi. 1767 yildan 1846 yilgacha Panjobda sikhlar hukmron bo‘ldilar. Bu davr Lahur tarixida eng og‘ir davr bo‘ldi. Musulmonlar qurdirgan me’moriy yodgorliklar shafqatsizlik bilan vayron qilindi. Binolar tag-tugi bilan qo‘porilib, Nur Jahon maqbaralaridagi bezaklar (mozaika), Zebuniso begim maqbarasidagi marmarlar tashib ketildi.

Akbarshohning jiyani Kozimxon kurashchi polvonlarning g‘amxo‘ri edi. Uning tashabbusi bilan ulkan kurashxonalar qu- rildi. Rustami Zamon, Gama, uning jiyani Buhulloh kabi mashhur polvonlar Lahurdan chiqqan.

Lahurda chovgon (polo) o‘yini ham keng tarqalgan, musulmon sulolasi asoschilaridan biri Qutbiddin Oybek, chovgon o‘ynab turgan paytda vafot etgan va shu yerga dafn etilgan. U Dehlidagi mashhur Minorai Qutbni qurdirgan.

Lahurda juda ko‘p tarixiy maqbara va masjidlarga ko‘zingiz tushadi.Boburiylar me’moriy yodgorliklarining yorqin namunalaridan biri malika Hyp Jahon maqbarasidir. Nur Jahon o‘z davrining eng go‘zal ayollaridan bo‘lib, uning go‘zalligi oldida hukmdor o‘z saltanatidan kechishga tayyor edi. Tarixiy masjidlardan eng e’tiborlilari Podshoh Avrangzeb tomonidan qurdirilgan Badshohiy masjidi, Vazirxon masjidi, Sonehriy masjidi, Day Anga masjididir. Badshohiy masjidi dunyodagi eng yirik masjidlardan bo‘lib, Makkadagi Al-Vasid masjidi uslubida qurilgan. Lahurga Raviy daryosini kesib kiraverishda Jahongir maqbarasi, Asif Shoh maqbarasi va Nur Jahon maqbarasi ko‘zga tashlanadi. Sulton Jahongir Kashmirdan Lahurga qaytib kelayotganda Rajpur degan joyda vafot etgan va Malika Nur Jahon qurdirgan Dilkusho bog‘ida dafn qilingan. Bu maqbaraga qizil va oq marmarlar ishlatib bir bog‘ qurdiril- gan. Podshoh Sulton Shoh Jahon tomonidan qurdirilgan bu bog‘ teng 16 bo‘lakka bo‘lingan bo‘lib, bir-biridan chiroyli yo‘laklar, yam-yashil gullar hamda serjilo suv oqadigan favvoralar bilan ajralib turadi. Bu yodgorlik o‘z go‘zalligi bilan boburiylar qurdirgan me’morchilik namunalari orasida Agradagi Toj Mahal maqbarasidan keyin turadi.

Asaf Shoh (Nur Jahon akasi)ning maq- barasi oq marmardan ishlangan bo‘lib, unda husnixatning eng noyob namunalari hamda Allohning 99 xil sifati o‘yib ishlangan.

Bundan 300 yilcha ilgari Raviy daryosi Badshohiy masjidi va Shoh qal’a devorlari ostidan oqib o‘tardi. Hozir bu joylar Iqbol park deb ataladigan go‘zal boqqa aylantirilgan. Pokiston mustaqilligi haqidagi rezolyutsiya musulmonlar tomonidan shu yerda e’lon qilingan. Hozir shu yerda o‘sha voqeaga bag‘ishlangan yodgorlik bor. Badshohiy masjidi va Shoh qal’aning mo‘jizakor go‘zalligi oldida sikhlar qurgan binolar ko‘zga ko‘rinmaydi. Shoh qal’a bir necha bor vayron qilinib, qayta qurilgan, uning maydoni yarim kvadrat milga yaqin. Qal’a tarixi 1021 yildan boshlanadi. Yaqinda qal’a ichidagi qazishmalarda 25 fut (1 fut – 30,5 sm) chuqurlikdan 1025 yilda zarb etilgan oltin tangalar topildi. 1241 yilda mo‘g‘ullar qal’ani vayron qiladilar, 1267 yilda G‘iyosiddin tomonidan qayta tiklandi. 1398 yilda uni Temur yana vayron qildi va 1421 yilda Sulton Muborak Shoh tomonidan ham g‘ishtdan yana barpo etildi.

Akbarshoh 1566 yilda bu bog‘ni tosh va g‘ishtdan qayta qurdirdi va unga yana go‘zal binolar, bog‘lar qo‘- shilib, mo‘g‘ul (boburiylar) shohlarining shuhratini oshirdi. Hattoki sikhlar va inglizlar ham ayrim binolarni qurishdiyu, lekin ular boburiylar qurdirgan binolar bilan tenglasha olmas edi. 1800 kvadrat fut maydonni egallagan shimoliy va g‘arbiy ichki devorlarining tashqi yuzasi boburiylar hayoti va jangnomalarini aks etgiruvchi rasmlar va naqshlar, ot poygalari, fillar jangi va saroy manzaralarini aks ettiruvchi suratlar bilan bezatilgan. Boshqa binolar esa Shoh Burj bog‘i, Devoni A’lan, Devoni xos, Marvarid masjidi, Olamgiriy bog‘i, Naulaha, Shishmahal va boshqalardan iborat.

Saroy maydonida Shishmahal (Ko‘zgular saroyi) turfa rangli oyna va turli xil idishlar bilan mozaika usulida ganchdan naqshlar bilan bezatilgan. Naulaha esa (900.000 rupiyaga tushgan) Budda usulida juda nozik did bilan qimmatbaho marmardan gumbaz tomli shaklda Shoh Jahon tomonidan qurdirilgan. Qal’a muzeyiga qadimgi, o‘rta asrdagi va 19-asrdagi hozirgi zamon qurol-aslahalaridan namunalar qo‘yilgan.

Shaharning ancha ilgari devor bilan o‘ralgan qismi qal’aga tutashib ketgan. Lahur haqida gapirganda, mashhur Shalimar bog‘ haqida gapirmay o‘tib bo‘lmaydi. Baland ko‘tarib qurilgan bu uchala bog‘ning kiraverishidagi xonaqoh Sulton Shoh Jahonning xos xonasi bo‘lib, bu boburiylar me’morchiligining alohida namunasi sanaladi. Sha- limar, ya’ni “sevgi makoni” nomi bilan mashhur bo‘lgan bu uchala bog‘ning birini Jahongir va qolgan ikkitasini Shoh Jahon qurdirgan. Ular Shrinagarda, Lahurda va Dehlida joylashgan va 1618-1619 hamda 1653 yillarda qurilgan.

Lahurdagi bog‘ 40 akr (1 akr = 0,4 gektar) maydonni egallaydi va atrofi baland devor bilan o‘ralgan. U Xalilulloh rahnamoligida 600.000 rupiyaga qurilgan. Bog‘ keyinroq Xansli kanali deb atalgan ariqdan sug‘oriladi. Bu ariq Ali Mardonxon va Mulla Alovulmulk Tuniy degan quruvchi tomonidan qurilgan. Shalimar bog‘iga yuqori martabali kishilar, davlat boshliqlari tashrif buyuradilar. Bu bog‘ laho‘rliklar dam oladigan, bayramlarnio‘tkazadigan maskandir.


BOG‘LAR SHAHRI.

Lahur azaldan go‘zal bog‘lari bilan mashhur. Shaharning Raviy daryosi bo‘yiga joylashuvchi hukmdorlar va go‘zallik oshiqlariga, ularning estetik didlarini ro‘yobga chiqarish imkonini beradi. Tarixiy manbalar musulmonlar hukmron bo‘lgan davr- larda 36 ta, sikhlar davrida 23 ta va inglizlar davrida 3 ta bog‘ barpo etilganidan dalolat beradi. Bog‘lar, asosan, hukmron doiralar uchun dala hovli yoki yozgi ta’til uchun xizmat qilardi.

Tarixiy manbalar Mahmud G‘aznaviyning sodiq quli, shahar hokimi Ayoz Malikning birinchi bo‘lib bog‘ qurganidan darak beradi. Biroq sikhlar hukmronligi davrida bu bog‘dan asar ham qolmagan edi. Lekin Ayozning qabri Shoh Olam bog‘ida saqlanib turibdi. Ikkinchi bog‘ Humoyunning ukasi Mirzo Komron tomonidan barpo qilingan. Aytishlaricha, bu bog‘dan go‘zal saroylar va favvoralar joy olgan. Jahongir Sulton Kashmirga ketayotib, shu bog‘da dam olardi. Bu bog‘ majmuasi “Bardo- riy” deb atalib, hozirda uning nomigina qolgan. Boburiylar davrida yaratilgan bog‘lar ichida mashhurlari Dilkusho bog‘i, Shalimar bog‘i, Chorburjiy (To‘rt minor) bog‘i, Naulaha bog‘i va Gulobiy bog‘idir.

Dilkusho bog‘i Akbarshohning mashhur saroy a’yonlaridan Navob Mehdi Kozimxon tomonidan qurdirilgan va avvaliga uning nomi bilan atalardi. Jahongir hukmdor bo‘lgandan so‘ng uning malikasi Nur Jahon boqqa xo‘jayinlik qila boshladi. Jahongir ana shu boqqa dafn etilgan va kishilar uni Jahongir bog‘i (maqbarasi) deb ataydilar. Shalimar bog‘i paydo bo‘lguncha bu bog‘ eng yaxshi bog‘ hisoblanardi. Gulobiy bog‘i 1656 yilda Mirzo Sultonbek tomonidan barpo etilgan, lekin hozirda uning darvozasi va ayrim qoldiqlari hamda Shoh Jahonning enagasi Day Anga maqbarasi saqlanib qolgan. Naulaha bog‘i Shoh Jahon davridagi shahar hokimi Ali Mardon- xon tomonidan qurilgan deb taxmin qilinadi. Lekin undan hech bir asar saqlanib qolmagan.

Shoh Jahon davrining yodgorliklaridan Chorburjiy (To‘rt minor) bog‘i mavjud bo‘lib, bu minoralar- ning biri 1843 yilda buzib tashlangan edi. U yaqinda qayta tiklandi. Bu bog‘ni Avrangzebning qizi Zebuniso qurdirgan, degan taxminlar bor. Tarixchilar bunga e’tiroz bildiradilar. Aytishlaricha, bog‘ 1646 yilda qurilgan, bu paytda Zebuniso 9 yoshda bo‘lib, bunday ishlarni amalga oshirishi mum- kin emas, deydilar.

Ma’lum bo‘lishicha, bu bog‘ Shoh Ora tomonidan qurilgan. Malika Jahon Ora Badashbegim nomi bilan ham mashhur edi va hayotida turmush qurmagan va aftidan, uning vafotidan so‘ng malika Zebunisoga tortiq qilingan bo‘lishi mumkin.

Shalimar bog‘i o‘z tuzilishi va qurili- shi bilan jahonga mashhur. Bog‘ ichida peshtoqli ayvonlar, arklar qurish, bog‘ ichidan anhorlar o‘t- kazish fikri tarixda “quruvchi shoh” nomini olgan Shoh Jahonning ixtirosi edi. Bog‘ qurilishi 1644 yilda Xalilullohxon rahbarligida boshlanib, 17 oyu 4 kunda bitkazilgan. Ali Mardonxon 100 milli anhor o‘tkazishga mas’ul edi. Bu anhor Shoh Nahir deb atalar edi va bog‘ni sug‘orishga mo‘jallangan edi. Keyinroq Alovulmulk ba’zi o‘zgartirishlar kiritdi. Bog‘ni 1642 yil 31 oktyabrda shoh qabul qilib oldi.

Shalimar bog‘ nomi bilan uchta bog‘ ataladi. Shingar (Kashmir)dagi Shalimar bog‘ning qurilishi Jahongir sultonning o‘g‘li Shoh Jahon rahbarligida 1618-1619 yil- lar davomida qurdirilgan edi.

Lahurdagi Shalimar bog‘ida 7 ta ochiq ark qurilgan bo‘lib, ulardan uchtasi saqlanib qolgan va ular Fayz baxsh, Hayot baxsh va Farrux baxsh deb ataladi. Hozir biz boqqa kiradigan ark (darvoza) Shoh Jahonning oromgohi edi. Darvoza inglizlar davrida ochib yuborilgan. Bog‘ 40 akr joyni egallaydi va uning 2006 x 874 fut maydoni devor bilan o‘ralgan. Bog‘ning o‘rtasidan oqadigan anhor ulkan marmar hovuzga quyiladi. Quyi qasrlar yozgi dam olish uchun mo‘ljallangan.


TARIXIY MASJIDLAR.

Shahardagi eng qadimgi masjid, aytishlaricha, Mahmud G‘aznaviyning Lahurni bosib olish sharafiga 1021 yilda qurilgan. U g‘ishtdan qurilgan bo‘lib G‘isht masjidi deb atalardi. Hozirda bu masjiddan hech iz qolmagan. Shahar qal’asi ichidagi minora ham ana shu g‘alaba sharafiga qurilgan, deyiladi. Yana bir kichikroq masjid Mahmud G‘aznaviyning sodiq kishilaridan bo‘lmish Lahur hokimi Ayoz Malik qabri ustida barpo etilib, hozirda Shoh A’lam bog‘i ichida ko‘zga tashlanib turadi. Lahur ko‘chalarining deyarli har birida masjid bor, ulardan yetmishdan ortig‘i tarixiy va me’morchilik nuqtai nazaridan qimmatga egadir.


MOTO MASJIDI.

Shoh Akbar 1598 yilda shahar qal’asi ichida Devoni Avom maqbarasi qarshisida masjid qurdi. Sulton Jahongir ham unga marmardan bezaklar qildirdi, yuqori qatlamdagi marmar bezaklar Shoh Jahon hukmronligi davrida ishlangan. U masjiddan xazina si- fatida foydalandi. Hozir esa qal’a xizmatchilari foydalanishadi.


UCHINCHI MASJID. Uchinchi masjid va Amir Xon masjidlari Shoh Akbar hukmronligi davrida qurilgan. Amirxon Lahurning eng boy kishilaridan bo‘lib, o‘zi qurdirgan masjid hovlisiga dafn etilgan.


CHIDGOHI JAHONGIR MASJIDI.

Jahongirshoh tomonidan qurdirilgan bo‘lib, uning uch tomonidan 70 ta do‘koni bor. Shu do‘konlardan tushgan foyda masjid xarajatlariga sarflanar edi693. Uning xarajatlari Badshohiy masjididan uch barobar ortiq tushar edi. Jahongir hukmronligi davrida 1606 yilda Jahongir shahzodaligida hadis ilmini o‘rgatgan ustozi Miron Sardor Jahon tomonidan Xorosiyon masjidi ham qurilgan.


VAZIRXON MASJIDI.

Eng eski va mashhur masjidlardan bo‘lib, beqiyos go‘zallik namunasidir. U turkcha (boburiylar) va forscha uslubda qurilgan bo‘lib, shaharning qoq o‘rtasida joylashgan. Masjid arkidagi (qashg‘ariy) yozuvga qaraganda, uni Shoh Jahon davrida Lahur hokimi bo‘lgan Isomiddin Ansoriy qurdirgan. Unga Navob Vazirxon unvoni berilgan edi. Forscha yozuvlar masjidning 1634 yilda qurilganidan dalolat beradi. Bezaklar Eron uslubida berilgan. Bu san’at xitoydan Eronning Kashi shahriga keltirilgan va Pokistonda Qashg‘ariy nomi bilan mashhur masjidning har burchagida minoralar bor. Masjid atrofida juda ko‘p binolar bor. Uning atrofidagi yerlar masjid xarajatlarini qoplash uchun vaqf yeri sifatida foydalanilgan. Masjid hujralari kitob sotuvchilar uchun mo‘ljallangan. Namozgoh usti beshta gumbazli tomdan iborat. Bu masjidlar osha davrda Madrasa-maktab rolini bajarib keldi.


SAROY SHOH JAHON MASJIDI.

Aytishlaricha, 1637 yilda Shoh Jahon tomonidan qurdirilgan. Bu masjid Jahongir Sulton maqbarasining g‘arb tomonida joy olgan. Kurilish uslubi va marmar jilolariga qaraganda, o‘sha maqbara bilan bir paytda qurilgan. Masjid 745 x 560 fut maydonni egallaydi va 180 ta xonasi bor. Bu xujralar musofirlar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ajab emas.


BADSHOHIY MASJIDI.

Boburiylar sulolasi davrida qurilgan ulkan masjidlardan bo‘lib, Avrangzeb Olamgir hayoti davomida yakkayu-yagona bino qurilgan bo‘lsa, bu ana shu masjid edi. Masjid Lahur qal’asining Olamgiriy qarshisiga qurilgan bo‘lib, bir paytlar qal’a bilan yo‘lak (platforma) orqali tutashgan edi. Hozir bu yerda “Zamonaviy bog‘” barpo etilgan va 22 qadam bosib zinadan ko‘tarilsangiz, masjidning ulkan darvozasi oldidan chiqasiz. Masjid dunyodagi ulkan masjidlardan biri bo‘lib, Makkadagi Al-Volid masjidi ramzida kurilgan. Hovlisi 528,8 x 528,4 futdan iborat. Gumbazli namozgohi 275,8 x 85,7 futni tashkil qiladi. Chor burchagidagi minoralar diametri 67 fut. Shoh Avrangzeb rahbarligi ostida 1674 yilda barpo etilgan. Darvoza peshtaxtasidagi yozuvga qaraganda, Avrangzebning ish yurituvchisi Muzaffarxon Lahur hokimi davrida masjidni qabul qilib olgan.

Masjid go‘zal ko‘rinishi va haybatli tuzilishi bilan kishini hayratga soladi. Uning ichkarisi ulkan yettinchi ark bilan uzun zallarga bo‘lingan. Markazi namozgoh va mehrob marmardan ishlangan. Uchta xonaqohning ichkarisi gulli va geometrik shakldagi naqshlar bilan ishlangan. Qizil tomdan ishlangan namozgoh devoridan yorug‘lik va soya aks etib turadi. Kiraverishdagi uylar devoridagi bezaklar Islom dunyosining noyob namunalaridir. Hovli o‘rtasida 50 kv. fut hajmdagi hovuz bor. Masjid hovlisi atrofidagi hujralar islom ta’limotini o‘rganish uchun kelgan ulamolar uchun yotoqxona vazifasini o‘taydi. Sikhlar davrida masjid vayron qilindi. Uning qimmatbaho toshlarini o‘g‘irlab ketishdi, o‘zidan esa otxona va omborxona sifati- da foydalanildi. To‘rt burchakdagi minoralar qubbasi 1840 yilgi zilzilada shikastlandi. 1961 yilda u to‘la ta’mirlandi.

Bu masjid kotibi va imomlari har doim hanafiy mazhabidan tayin- lanardi. Bular o‘z diniga sodiq kishilar bo‘lib, din yo‘lida shohga ham rad javob berdilar. Bir kun Bahodir shoh o‘z nomini juma namozida xutbaga qo‘shib o‘qishlarini buyurdi. Hoji Yormuham- mad masjid xatibi bundan ko‘ra o‘limini ma’qul ko‘rishini shohga ma’lum qildi. U qamoqqa olindi, uning safdoshlaridan yetti kishi ham zindonband qilindi. Shoh boshqa bir imomni shahzoda hamkorligida xutba o‘qish uchun yana Badshohiy masjidiga yubordi. Ammo imom masjid ostonasiga yetmay o‘ldirildi va undan keyingi to‘s-to‘polondan cho‘chigan shoh xutba o‘qitish fikridan voz kechdi.


TILLA MASJID.

Boburiylar sulolasining oxirgi bosqichi davrida qurilgan masjidlardandir. U 1749 yilda Navob Banokorxon tomonidan qurdirildi. U Panjob hokimi Mir Miyonulmulk qo‘l ostida shahar hokimi yordamchisi lavozimida ishlardi. Bu masjid eski shahar markazida uchta tilla gumbazli xonai xos va 2 ta tilla qubbali minoradan iborat edi. Birinchi qavatdagi binolarga har uch tarafdan do‘konlar joylashgan edi.


MAQBARALAR

Sulton Jahongir 1627 yilda Kashmir sayridan qaytayotib, Biximber qishlog‘i yaqinida vafot etdi va o‘z vasiyatiga ko‘ra, xotini malika Nur Jahon qo‘li ostidagi Bog‘i Dilkushoga dafn etdilar. Tarixchilar Jahongir maqbarasini uning o‘g‘li Shoh Jahon qurdirgan, deb taxmin qiladilar. Lekin Shoh Jahon qurdirgan binolar uslubida Jahongir maqbarasi forsiy nozik uslubda qurilishi bilan ayollar didiga yaqinligi sezilib turadi va bu maqbarani malika Hyp Jahon qurdirgan degan taxminga olib keladi.

Maqbarani “noyob go‘zallik namunasi”, Hindistonning “Tojmahal” va “Qutbiddin Oybek” maqbarasidan keyingisi, eng go‘zal ulug‘vorlik namunasi” deb ta’riflashadi. Boburiylar qurdirgan boshqa binolardan bu bino minoralar qurilishi va naqsh bezaklari bilan ajralib turadi. Maqbaraga shimol va janub tomondan ulkan rovoqdan kiriladi. G‘arbiy qismi chosh vaoqmarmardan ishlangan bo‘lib, masjid sifatida foydalaniladi. Bu qism karvonsaroy deb ham ataladi va qator hujralar ham bor. Sharq tomonidagi hujralar o‘rtasidagi rovoqdan maqbaraga kiriladi. Rovoq ikki qavatli bo‘lib, yarim arkdan, ikki tomonida qator xonalar va ayvonlardan iborat. Rovoq devorlari ichkari qismi qizil toshdan ishlangan va turli bezaklar bilan jihozlangan. Darvozadan 600 yard (1 yard – 0,10 gektar) kenglikdagi maydonga chiqiladi. G‘ishtdan qurilgan to‘rtta anhor hovlini kesib o‘tadi, anhor qirg‘oqlarida favvoralar o‘ynab turadi.

Qabr joylashgan xona go‘zalligi kishini hayratga soladi. Marmar qabrtoshi butkul qimmatbaho toshlar bilan qoplangan. Xonaqoh devorlari sof marmardan ishlangan. Qabr toshiga Allohning 99 xil sifati o‘yib ishlangan. To‘rt yo‘lak har biri qabrga olib boradi. Bu maqbara Lahur va boburiylar me’moriy yodgorliklarining gavhari hisoblanadi va qimmati 1 mln. rupiyani tashkil qiladi.


NUR JAHON MAQBARASI.

Mehriniso begim Sulton Jahongirning bosh vaziri Mirzo G‘iyosbekning qizi edi. U avval Sher Afg‘onxon nomi bilan tanilgan Aliqul ismli kishiga turmushga chiqqan. Keyinroq 1811 yil yilda Sulton Jahongirga turmushga chiqdi. Unga “Nur Jahon” (unvoni) berilgan. Uning Shoh Jahongir va uning saltanatiga ta’siri kuchli edi. Uning nomi Boburiylar saltanatining tilla va kumush tangalarida Jahongir bilan bir qatorda zarb etilgan edi. U erining vafotidan so‘ng 18 yil yashadi. O‘z ukasi xoinligining va yolg‘iz qizi La’li begimning eri Shahriyorning xoinona o‘ldirilishiga guvoh bo‘ldi. 1645 yilda vafot etdi va o‘zi hayotligida qurdirgan maqbaraga dafn etildi. Uning maqbarasi eri Jahongir va ukasi Asaf Shoh maqbarasining g‘arb tomoniga joylashgan. Bu maqbara “Chor chalon” deb atalgan har biri 100 yard (10 gektar) maydonni egallagan to‘rtta bog‘ning o‘rtasida joylashgan. Bu bino oq marmar va jilokor marmardan ishlangan bo‘lib, unda muqaddas Qur’on kalimalari yozilgan. Hozirda bu bezaklardan asar ham qolmagan, faqat g‘ishtdan qurilgan maqbarasi qolgan xolos. Sikhlar Nur Jahon va uning qizi La’li begim qabrtoshlarini ham ko‘chirib olishgan. Hozirgi qabrtoshlari 1912 yilda dehlilik hokim Akmalxon tomonidan o‘rnatilgan. Qabr toshi ostida yana bir yer osti xonasi bor. Bu xonada ambarlar osib qo‘yilgan holatda temir belanchaklar saqlanardi. Bu belanchaklar ham sikhlar tomonidan olib ketilgan. Arxeologiya departamenti hozir maqbara shuhratini tiklash bilan band.


ANORXOLI (Anor g‘unchasi) MAQBARASI.

Lahurda Anorxoli nomi bilan mashhur bo‘lgan, bozor yaqinida yana shu nom bilan ataladigan maqbara bor. Bu maqbara Xidirabegim yoki Sharafniso ismi bilan mashhur bo‘lgan ayol maqbarasidir. Bu ayol Akbarshoh saroyidagi raqqosalardan bo‘lib, uning go‘zalligiga ishora qilib, “Anor g‘uncha” taxallusi berilgan edi. Afsonalarga ko‘ra, shahzoda Salim bu kanizakka oshiq bo‘lib qoladi. Aytishlaricha, Shahzoda Salimga ishqi tushib qolgan Dilorom ismli kanizak ham bu voqeani Akbarshohga yetkazgan ekan. Odatda, past tabaqadagi ayolni saroyga yaqinlashtirish mumkin emas edi. Shundan g‘azablangan Shoh Akbar Sharafnisoni tiriklayin Lahur qal’asi devori o‘rtasiga qo‘yib, urdirib yuborgan edi. Shahzoda Salim hukmdor bo‘lgach, kanizakka bo‘lgan sevgisi xotirasiga ulkan maqbara qurdirdi. Bu haqda XVII asr (1611 yilda) Pokistonga sayohatga kelgan yevropalik yozuvchilar Uilyam Finch va Gerber tomonidan boshqacharoq afsona to‘qilgan. Ularning aytishicha, Shahzoda o‘zining o‘gay onasi bilan don olishib qolgan va shuning uchun shoh tomonidan jazolangan emish. Uilyam Finchning taxminicha, ayol Shahzoda Diyolning onasi bo‘lib, jazo tariqasida devor orasiga urib tashlangan. Lekin tarix bunga shohidlik bermaydi.

Akbarshoh va Jahongir devonidagi tarixiy manbalarda bu haqda hech narsa aytilmagan. Aftidan yevropalik sayyohlar o‘z yurtdoshlarini hayratga solish uchun ana shu afsonani to‘qigan bo‘lishlari kerak.

Saroydagi har bir voqeadan jabrdiy da bo‘lib turadigan, har bir ishni diqqat bilan kuzatib turadigan Jahongir Sulton ham bu haqda hech narsa demagan. Yevropaliklarning yozishicha, o‘sha ayol 1559 yilda qatl ettirilgan. “Akbarnoma”da yozilishicha, Akbarshoh 1598 yilda Lahurdan ketgan va 1599 yilda Dakkada dushman bilan jang qilgan, shahzoda Salim o‘sha paytdagi poytaxt Agraga yurish boshlagan edi. Otasining ham Agraga yurishi boshlanganini eslatib, Shahzoda Salim yurishini to‘xtatdi va Allohobodda 1602 yilgacha qolib ketdi. Demak, 1599 yildan 1602 yilgacha ota-bola ko‘rishmagan va afsonadagiday qatl bo‘lmagan. Qabrtoshdagi yozuvga qaraganda (qabrda “Oshiq Salim Akbar o‘g‘lidan”), deb yozilgan bu ayol Shahzoda Salimning xotini, Sulton Parvezning onasi bo‘lib Zainxon Kokaning qizi edi. Avval boshda Akbarshoh bu nikohga rozi bo‘lmagan, keyin o‘g‘lining muhabbati zo‘rligini sezgach, rozilik bergan edi. U ayol Akbarshoh va Shahzoda Salim urushda ekanida 1599 yilda vafot etgan. Shahzoda Lahurga qaytib kelgach, 1565 yilda maqbarani qurdirgan edi.


ASAFXON MAQBARASI.

Asafxon Malika Hyp Jahonning akasi va Agradagi Tojmahal maqbarasiga dafn etilgan Arjumand begimning otasi, Lahur hokimi Shoh Jahonning vaziri va shoh lashkarboshisi edi. Agar Asafxon- ni singlisi Nur Jahon o‘z vaqtida ushlab qolmaganda edi, Shoh Jahon taxtga ega bo‘lmas edi. Chunki Nur Jahon o‘zining avvalgi eri Aliqulixondan bo‘lgan qizi La’li begimning eri, Jahongirning o‘g‘li Shahzoda Shahriyorni taxtga chiqarish uchun qattiq harakat qilgan edi. Shahzoda Shahriyor ham Asaf tomonidan qamoqqa olinib, keyin qatl etilgan. Shunday qilib, u Shoh Jahonning sodiq himoyachisi bo‘lib qolgan edi.

Asli ismi Mirza Abul Hasan bo‘lgan Asafxon saltanatidagi eng badavlat kishilaridan edi. U Dehli darvozasi tashqarisida ulkan saroy qurdirgan bo‘lib 1614 yilda vafot etgan. Uning maqbarasini kuyovi qurdirgan. Me’morchilik nuqtai nazaridan maqbara eng mukammal binolar namunasidir. Sakkiz qirrali ulkan maqbara ustiga katta gumbaz o‘rnatilgan bu bino eng go‘zal bog‘ ichiga o‘rnatilgan. Chiroyli yo‘laklar, hovuz va favvoralar uning xusniga husn qo‘shadi. Maqbaraga salobatli darvozadan kiriladi. G‘ishtli gumbaz marmar bilan qoplangan edi. Ichki devorlari turli marmardan qashg‘ariy uslubdagi mozaika bilan bezatilgan edi.


ZEBUNISO MAQBARASI.

Malika Zebuniso Shoh Avrangzebning eng katta qizi edi. U zukko ayol bo‘lib, donoligi bilan katta obro‘ qozongan va “Maxfiya” taxallusi bilan she’r, g‘azallar bitardi. Tarixchilar fikricha, Dehlidagi Qizil qoyachada vafot etgan bo‘lib, Kobul darvozasi tashqarisidagi “Ters Hazori bog‘”da dafn etilgan. Maqbara 1885 yilda temir yo‘l o‘tkazish paytida buzib yuborilgan.

Temuriylar ayollar uchun ikki qavatli doxila quradilar va jasad pastki qa- vatda saqlangan holda sag‘ana yuqori qavatda saqlanadi. Navon Qavatdagi bu maqbara, aftidan, Avrangzeb davrida qurilgan binolarga o‘xshamaydi, balki Shoh Jahon davridagi binolarga o‘x- shaydi.


ME’MORCHILIK AN’ANALARI.

Davr ruhi, albatta, uning me’morchilik san’atida aks etadi. Buni Lahurdagi me’morchilik namunalarida ko‘rish mumkin.


LAHUR QAL’ASI.

Bu qal’a shaharning ichki qismiga joylashgan bo‘lib, 1400 x 1115 fut maydonni egallaydi. Devor balandligi 40 futga boradi. Tarixiy va me’morchilik nuqtai nazaridan qal’a juda ko‘p voqealarni boshdan kechirgan va deyarlik ming yillik tarixga ega.

Tarixiy manbalar qal’aning paydo bo‘lishi haqida hech qanday ma’lumot bermaydi. Taxmin qilinishicha, Mahmud G‘aznaviyning yaqinlaridan Ayoz Malik shaharga hokim qilib tayinlangach, u shaharni loydan qayta qurgan va “Mahmud nur” deb atagan. Qal’a daryo bo‘yida joylashgani uchun harbiy ahamiyatga molik edi.

1241 yilda mo‘g‘ullar hujum qilib, qal’ani vayron qilgan va 1267 yilda G‘iyosiddin Balban tomonidan qayta tiklangan, lekin Temur lashkarlari tomonidan buzib tashlanib, 1421 yilda Sulton Muborak Shoh tomonidan qayta tiklangan. Xullas, 1566 yilda ham loydan qurilgan qal’a buzib tashlanib, Akbarshoh tomonidan hozirgi g‘isht qal’a tiklangan. Undan keyin temuriylar avlodlari o‘z davrida ba’zi bir o‘zgarishlar kiritganlar. Aslida qal’aning ikkita darvozasi bo‘lib, sharqiy darvoza Akbarshoh tomonidan qurilib, “Masjidi darvoza” deyiladi. Qal’ani Badshohiy masjidi bilan tutashtirib turadigan saroy bilan birgalikda g‘arbiy darvoza Shoh Olamgir tomonidan qurilgan. Hozir biz kirayotgan darvoza Shoh Burj darvozasi Shoh Jahon tomonidan qurilgan bo‘lib, bu darvozadan faqat saroy a’yonlari kirar edilar. Bu yo‘lak qal’aning har bir qismiga to‘g‘ri olib borar edi. Bu qism 1631-1632 yillarda qurilgan.

Darvoza devorlariga ishlangan naqsh va gullar haqiqiy hu- narmandchilik namunasidir. Devor juda katta mahorat-la go‘zal ranglar vositasida ishlangan va g‘oya Jahongirga tegishli deyishadi. Suratlar saroy marosimlari, buqalar jangi, fillar jangi, sport sahnalarini, bayram va saroy a’yonlarining liboslarini namoyish qiladi. Bu bezaklar rangi 300 yillik vaqtdan keyin ham xira tortmagan. Shoh Burjga Xatiy Paon deb atalgan fillar uchun mo‘ljalangan yo‘lakdan kiriladi. Qal’aning “Toj Mahal” deb atalgan haram qismi Shoh Jahon tomonidan qurdirilgan. Bu asosan, sof marmardan, turli jilo beruvchi toshlardan qurilgan bo‘- lib, hovlisida ulkan hovuz bor. Bular hammasi inju va ko‘zgulardan ishlangan eng noyob hunarman- dchilik namunasidir.

Qal’a ichidagi Devoni A’lam deb atalgan maxsus bino 40 ustundan iborat ulkan zal ommaviy yig‘inlar uchun mo‘ljallangan. Davlatxonai Jahongir deb atalgan bino Jahon- gir davrida qurilgan va shohning dam oladigan xonasi bo‘lgan.

Shoh Jahon Marvarid masjidi 1654 yilda qurdirilgan. Bu masjid Agrada 1654 yilda, 1662 yilda esa Dehlida xuddi ana shunday masjid Avrangzeb tomonidan qurdirildi.

Humoyun qabul uchun mo‘ljallangan Devoni xos 1654 yilda Shoh Jahon tomonidan qurildi. Mirzo Komron Shoh Boburning o‘g‘li bo‘lib, Panjob hokimi Humoyunning ukasi edi. U paytlarda Raviy daryosi qoyaga va Badaxshiy masjidi yonidan oqib o‘tardi. Qal’a yaxshi ahvolda bo‘lmagani uchun Mirzo Komron o‘z saroyini daryoning narigi qirg‘og‘iga qurdirgan edi. Shaharda boburiylar saroyi a’yonlari o‘z saroylarini qurgan joylar edi. Shuning uchun daryo oqimi asta-sekin ularni yemirib tashlagan. Komron saroyi sikhlar davrigacha ham bor edi. 1830 yildan keyingi davrida daryo ularni ham yemirib tashlagan. Saroy shunchalik ulkan ediki, Jahongirshoh o‘z o‘g‘li Xuira qo‘zg‘olonini bostirgani kelganda, lashkarboshilari bilan shu yerda to‘xtagan edi. Ana shu saroyda Mirzo Komron o‘z akasi Humoyunni chekintirgan. Patan shohi Shershoh Suriy sharafiga katta ziyofat bergan edi...


Karomat ALIXON. [Fors tilidan H. Boltaboyev tarj.]

Xorijda boburshunoslik, T, 2008. – B. 161-167. (O‘zbekcha); Виды Лахора. В кн.: Бабурове- дение за границей: Исследование, версии и статьи.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0