Vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur – katta davlat arbobi, boburiylar sulolasining asoschisi, iste’dodli sarkarda, tarixchi, ruhshunos, adolatli hukmdor, nozikta’b shoir, tarjimon, etnograf va geograf olim, ko‘p mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqa o‘rnatishga harakat qilgan, tadbirli diplomat edi.
Tadbirliligi tufayli Bobur Farg‘ona davlatini dushman hujumidan saqlab qola olgan, Eron shohi bilan tuzilgan bitim va undan keyingi munosabatlari Boburning mohir diplomat ekanidan dalolat beradi. Ayniqsa, Hindistonda olib borgan siyosati uning bu xislatlarini yaqqol namoyon qiladi. Zahiriddin Muhammad Bobur Hindiston, O‘rta Osiyo va Rossiya bilan iqgisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni kengaytirish va mustahkamlashga harakat qilganligi ham tarixdan ma’lum. Chunonchi, akademik V.V. Bartold o‘zining “Yevropa va Rossiyada Sharqni o‘rganish tarixi” nomli kitobida qiziq bir faktni keltiradi. 1833-yil sentyabr oyida Moskvaning savdo-tijorat ahli o‘zini sulton Boburning elchisi deb e’lon qilgan, “do‘stlik va birodarlik” munosabatlari o‘rnatib qaytish maqsadidayuborganligini izhor etgan Hoji Husayn bilan uchrashib hang-mang bo‘lib qoladilar. Chunki Bobur Mirzo 1530-yil 21-dekabrda dunyodan o‘tgan edi. Bundan chiqadiki, Hoji Husayn Bobur hayotligi vaqtida do‘stlik munosabatlari o‘rnatish uchun Hindistondan Rossiyaga sayohatga otlangan va bu yerga ikki yil deganda yetib kelgan. Hindistondan aloqa o‘rnatish uchun Rossiyaga kelgan 1533-yil sentyabr oyida Moskva knyazi Vasiliy Ivanovichga o‘zini Hindiston savdogari deb tanitgan elchi Xoja Husayn olib kelgan nomada «Bobur podshoh» deb qayd etilgani buning yaqqol dalilidir.
Charxning ne-ne jabr-u balolarini tortgan, «ahli jahondin yaxshilik»ni kam ko‘rgan, shahanshoh shoir barakali ijod qildi va o‘zidan katta boy ilmiy adabiy meros qoldirdi. Uning she’riy devoni, «Boburnoma», «Aruz risolasi», «Boburiy xati», «Mubayyin», «Volidiyya» (tarjima), «Musika ilmi», «Harb ishi» kabi bir qator ilmiy va badiiy barkamol asarlari jahon adabiyoti, madaniyati va san’atini rivojlantirishda beqiyos hissa bo‘lib qo‘shildi. Bobur Humoyunga “Vasiyatnoma” ham yozgan. U Bxo‘polda topilgan bo‘lib, hozirga qadar saqlanmagan. Bobur Hindistonda bo‘lgan chog‘ida hindcha she’rlar ham bitishga kirishganligi haqida ma’lumotlar bor. Hech shubhasiz, ular ichida eng sarasi, durriyatimi «Boburnoma»dir.
«Boburnoma»... Afg‘onistondan Olmoniyagacha, Turkiyadan Farangistongacha, Hindistondan Buyuk Britaniyagacha, Ispaniyadan Yaponiyagacha, qadim Turkistondan Rossiyagacha, Pokistondan Xitoygacha dunyoning 31 dan ortiq mamlakatiga yetib borgan, o‘nlab xorijiy tillarga to‘lik va parchalar holida tarjima kilinib, kayta-qayta nashr etilgan besh asrlik noyob adabiy-tarixiy yodgorlik. Professor G‘aybulla-as-Salom ta’biri bilan aytganda, «dunyoda hech bir fotih-u jahongir tillarda bunchalik doston bo‘lgan emas».
Yevropa va Sharq olimlarining uzviy ravishda e’tiborini qozonib kelayotgan «Boburnoma» XV asrning ikkinchi yarmidayoq forschaga o‘girilgan bo‘lsa, XIX asrga kelib uning ingliz, nemis, fransuz tillariga tarjima etilishi Yevropa olimlarini junbushga keltirdi. G‘arbiy Yevropada Bobur ishlariga u yoki bu tarzda murojaat etmagan yirik sharqshunos juda ham kam qoldi. Navoiydan keyin o‘zbek mumtoz shoir va adiblaridan hech biri o‘z asarlarining tarjimalari bilan G‘arb va Sharqda Boburdek mashhur bo‘lmagan edi, desak xato qilmagan bo‘lamiz.
Boburshoh ijodi G‘arbiy Yevropa sharqshunosligida turli maqsad va darajada tadqiqot obyekti bo‘lishi hamda tarjima etilishi jihatidan buyuk nemis klassigi I.V. Gyote o‘zining «Sharq G‘arb devoni»ga yozgan sharhlarida «Yetti buyuk alloma» deb atagan Hofiz, Firdavsiy, Nizomiy, Sa’diy, Jomiy, Anvariy, Rumiylar merosidan ham bir qadar ustun turajagi bugungi kunda isbot kilmaydigan dalildir.
Shuningdek, Boburshoh va «Boburnoma» haqida muayyan asosli fikrlarni A.M. Midlenfordning «Farg‘ona vodiysi», H. Mozerning «Markaziy Osiyo», N.R. Royemerning «Temuriylar davrida davlat yozuvi», B. Burxardning «Xonlar. Amirlar. Sultonlar» kabi asarlarida uchratish mumkin. So‘nggi asarda hozirgacha bizga noma’lum bo‘lib turgan Boburshohning «Harb ishi»ga oid ma’lumotlari bilan birga «Mo‘g‘ul hukmdorlari va ularning ajdodlari» sarlavhasi ostida 227-sahifada birinchi bo‘lib, Boburshoh, so‘ngra Humoyun, Akbar, Olamgir I, Avrangzeb, Shohjahon, Jahogina jahonshumul shuhrat in’om etib qolmadi, balki o‘zining nodir sahifalaridan yakqalam etilgan XV-XVI asr o‘zbek madaniyatining talay arboblariga ham ellar osha sharaf baxsh etdi. Shukrki, yurtimizning mustaqilligi yillarida ulug‘ vatandoshlarimiz qatori Zahiriddin Muhammad Boburshoh merosi har tomonlama o‘rganilmoqda va ommalashtirilmoqda. Keyingi yillarda Bobur Mirzo ijodiga bo‘lgan qiziqish yanada keng tus oldi.
Tillar va tarjimalar bahsida turkiyzabon xalqlarning o‘zaro ilmiy hamda madaniy ayirboshlash, boyish va boyitish jarayonini tadqiq qilish benihoyat muhim ish.
1943-1946-yillarda Rashit Rahmati Orat uni turk tiliga tarjima etib1281, o‘zining salmoqli sharh va izohlari bilan «Boburnoma» dovrug‘iga hissa qo‘shdi. 1987-yili manbaning barcha tarjimalar tajribasi umumlashtirilib, birinchi marta turk olimlari tomonidan tanqidiy matn yaratishga intilish sezildi. Buning natijasi o‘laroq, 2000-yilga kelib «Boburnoma» uchinchi bor turk tilida 622 sahifada kaytadan chop qilindi. V. Shtammler tomonidan nemis tiliga , Temur Hamit tomonidan uyg‘ur, Bayuzak Kojabek o‘g‘li tomonidan qozoq tiliga qilingan tarjimalar tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilmoqda.
Misrlik olima doktor Magda Saloh Maxluf «Boburnoma»ning jahon madaniyati tarixida tutgan o‘rni haqida gapirib, bu asarni arab tiliga o‘girish baxtiga erishganligini mamnuniyat bilan qayd etadi.
Turkiyalik olim doktor Bilol Yujel “Zahiriddin Muhammad Boburshoh asarlari tariximizdan tortib tilimizgacha bo‘lgan sohalarini qamrab olgan turkiy tilni mumtoz bir holga keltirgan ulug‘ siymolardan biridir. Uning asarlari birgina chig‘atoy adabiyotidagina emas, balki butun turkiy xalqlar adabiyoti va tilining shoh asarlaridandir” deb yozadi. Boburni esa zamonasining yetuk shaxsi sifatida dunyo tarixidagi allomalarning eng peshqadamlari safidan munosib joy olgan deb ta’rif beradi.
2004-yili Ispaniya qirolligining Barselona shahrida mashhur «Boburnoma»ning ispan tilida nashr etilgani va taqdimot marosimi o‘tkazilgani ham shundan dalolat beradi. E’tiborlisi shundaki, asar tarjimoni Barselona universiteti professori sharqshunos olima Merse Komas xonim ushbu kitobni Prezident Islom Karimovga hurmat va ehtirom ramzi sifatida taqdim etgan edi.
Boburshoh ijodiy merosi, jumladan, «Boburnoma»ni o‘rganish, asarning tayanch manbalarini aniqlash va ommalashtirishda A. Fitrat, P. Shamsiyev, S. Mirzayev, H. Yoqubov, V. Zohidov, A. Qayumov, A. Abdug‘afurov, S. Azimjonova, G‘. Salomov, N. Komilov, S. Hasa nov, A. Abduazizov, H. Qudratullayev, H. Boltaboyev, G‘. Sotimov, A. Madraimov, M. Olimov, A. Ibrohimov kabi o‘zbek olimlari hamda ingliz J. Leyden, U. Erskin, L.U. King; R.M. Kaldekot, F.G. Talbot, S. Leyn-Puul, E. Holden, M. Elfinston, G.M. Elliot, A. Denison Ross, V.X.Moreland, A.S. Beverij xonim, H. Beverij; fransuz A. de Long-Periye, A.J. Klaprot, J. Dranjete, Pave de Kurteyl, Jan Pol Ru Lui Bazen, Jan-Lui-Bakyu Grammon; holland Vitsen, afg‘on Ahmad Ali Ko‘hzod, Abdulhay Habibiy, Shafiqa Yorqin, Gulchin Maoniy; hind Zokir Husayn, Nurul Hasan, Muni La’l, S.P. Sharma, R.P. Tripathi, P. Saran, Muhibbul Hasan; nemis Yulius fon Klaprot, A. Kayzer, V. Shtammler; amerikalik H. Lemb, U. Tekston; uyg‘ur Temur Hamit, qozoq Bayuzak Kojabek o‘g‘li, ispan Merse Komas xonim; turk H. Boyir, Rashit Rahmati Arat, Bilol Yujel kabi sharqshunoslarning xizmati katta. Ayniqsa, yapon olimi Eyji Manoning tanqidiy matni va tarjimasi alohida e’tiborga molik.
Boburshohning hayoti, shaxsi, harbiy va davlatchilik faoliyati, boburiylar saltanati tarixi Yevropa sharqshunoslarining e’tiborini XVIII asrdanoq jalb etib keldi. Mashhur «Boburnoma» to‘rt marta forsiyda, to‘rt marta inglizchada, uch marta nemis, fransuz va turk tillarida, to‘rt marta rus tilida, uch marta urdu tilida, bir martadan holland, italyan, hind, ispan, qozoq, yapon, polyak va uyg‘ur tillarida chop qilindi. Boburning hayoti, shaxsi, harbiy va davlatchilik harakatlari, shajarasi: ajdod va avlodlari, boburiylar saltanati tarixi, Yevropa sharqshunoslarining diqqatini XVIII asr o‘rtalaridan beri jalb etib keladi. Bobur Mirzo haqida turli tillarda risola va monografiyalar, besh yuzga yaqin ilmiy maqolalar, 30 dan ortiq roman, esse, «Ajoyib kishilar hayotidan» turkumida kitoblar yozilgan, lug‘atlar tartib berilgan, harbiy yurishlari haqida xaritalar tuzilgan.
Boburshoh ijodiga yuksak qiziqish yapon olimi Eyji Mano tomonidan bildirilganligi va 30-yil mobaynida to‘rt jilddan iborat «Boburnoma» ilmiy-tankidiy matnining atamalar, kishi, joy, qabila nomlari va boshqa ko‘rsatkichlar ilova qilinib, nashr etilishi katta voqea bo‘ldi. Eyji Mano dastavval, «Boburnoma»ni yapon tiliga o‘girdi. Keyin uni arab alifbosida chop qilishga kirishdi. Xullas, 5-yil ichida 4 jildlik «Boburnoma»ni uzilgan yil voqealarini mavjud to‘rtta qo‘lyozma asosida kayta to‘ldirilgan nashrini chop qildi.
Xususan, «Boburnoma»ni xorijiy tillarga qilingan tarjimalari yuzasidan xorijda va o‘zimizda adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik, tilshunoslik va manbashunoslik sohasida bir qator diqqatta loyiq tadbirlar amalga oshirilganiga, ilmiy tanqidiy matn nashrga tayyorlanib, chop qilinishiga qaramay hanuzgacha bu matnlarni qiyosiy o‘rganish yuzasidan maxsus tadqiqot ishi amalga oshirilgani yo‘q.
Mazkur risolada «Boburnoma»ning o‘zbek tilida chop qilingan nashrlarini, mukammal inglizcha uchta tarjima hamda «Boburnoma» tanqidiy matnining yapon nashrini umumiy va xususiy jihatlari, tarjima matnidagi ijobiy tomonlarni asliyatga yaqinlashtirish imkoniyatlari, bu sohadagi erishilgan yutuqlar, tadqiqot ishlari, matndagi kemtiklarni to‘ldirish tajribalari va kamchiliklar, ularning sabablari o‘rganilib birinchi marta maxsus tadqiq etildi.
Inglizcha tarjimalarda berilgan turli xil afsona va rivoyatlar, sarguzashtlar ham ilk bor tajriba va yangilik sifatida iste’molga kiritildi. Professor Eyji Mano Yaponiyada chop qilgan «Boburnoma» zamonaviy matnshunoslikning shakllangan ilmiy talab shartlari darajasida amalga oshirilganini mamnuniyat bilan kayd etish bilan birga, kelgusi akademik nashrlar uchun mustahkam zamin va asos bo‘lib qolishi shubhasiz ekanligiga ishonch bildirildi.
O‘z vaqtida yapon nashrining barcha fazilatlari bilan birga kamchiliklarini ham ko‘rsatib o‘tishga to‘g‘ri keldi. Bobur kulliyotining Tehron nusxasini o‘rganish (garchand bu nusxa to‘liq bo‘lmasa-da), uning Bobur asarlarining muallif qalamiga eng yaqin bo‘lgan va eng ishonchli matnini yaratishda o‘ziga xos betakror manba sifatida istifoda qilishga loyiq nusxa ekanligini qayd etib, bu kulliyotning manba sifatida chop etilishi ilgarigi barcha nashrlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish va mavjud muammolarni hal etishi uchun dunyo muzey va kutubxonalarida saqlanayotgan mavjud ko‘lyozmalarni raqamlari bilan keltirib, o‘rganish uchun tavsiyalar berildi.
Risolada 19481949-yillari arab alifbosidan kirilchaga o‘tkazilgan «Boburnoma»ning ikki kitobi, butunlayqaytadan ishlangan, juda ko‘p mo‘tabar qo‘lyozmalarni taqqoslash va o‘rganish asosida amalga oshirilgan 1960 yilgi nashrni, Saidbek Hasanov tomonidan 2002-yili tayyorlangan, nashrlarni so‘zma-so‘z solishtirilgan, turk, fors, pusht-u, baluj, rus, urdu tillari bilan qiyoslab o‘rganilgan «Boburnoma»ning yangi nashri hamda yapon olimi Eyji Mano chop qilgan ilmiy-tanqidiy matn asos qilib olindi. Bundan tashqari ingliz olimlaridan J. Leyden, V. Erskin, L.U. King, U. Tekstonlar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari «Boburnoma»ni to‘ldirish yo‘lidagi harakatlar, afsona va rivoyatlar, sarguzashtlar ham birinchi bor berildi. Matnshunoslikning glossa, interpolyatsiya, konyektura, matnda tushirilgan joylarni aniqlash kabi masalalari o‘rganildi, Yevropalik kitobxon uchun notanish so‘z, tushunchalarga keng sharhlar, izohlar berish muammosi tadqiqotimizning asosini tashkil qildi.
Bu buyuk asar faqat yurtimizda emas, balki bugungi kunda turli mamlakatlarda ham nashr qilinib, kayta-qayta turlicha ilmiy, «tanqidiy matn»lari nashr etilgani, u yuzasidan bir qator tadqiqot ishlari amalga oshirilganga qaramasdan, bu shoh asarning ilmiy-tanqidiy matni tugal yaratilgani yo‘q. Bu noyob asar matnining muallif matniga yaqin va eng ishonchli maqbul nashri ustidagi tadqiqotlar kelajakda davom ettirilishi lozim. Shu bois, «Boburnoma» tarjimalaridan, Boburshoh haqida yaratilgan turli xil tadqiqotlardan o‘rin olgan ajoyib afsona va rivoyatlarni, sarguzashtlarni, qo‘shimchalarni, kemtik to‘ldirilishlarini o‘rganish ham ayni jihatdan alohida maxsus tadqiqotni talab etadi va buning uchun yetarli manba beradi, hattoki biz tavsiya qilayotgan qo‘lyozmalarning o‘zini o‘rganish alohida mavzu bo‘lishi ham mumkin.
Boburshohning bebaho ilmiy-adabiy merosida buyuk ajdodimizga jahoniy shuhrat keltirgan asari «Boburnoma»ning o‘zbek tilidagi qo‘lyozma nusxalari juda ko‘p. Forsiy tildagilari undan ham ko‘p, «Boburnoma»ning ilk nodir qo‘lyozmalari Hindistondagi Salarjang muzeyi, Shotlandiya Milliy kutubxonasi, Britaniya muzeyi kutubxonasida saqlanib kelinmoqda. Ular qanchalik o‘rganilgan bo‘lishiga qaramasdan, «Boburnoma»ning muallif qalamiga mansub eng ishonchli matnini yaratish ishlari ilgari ham, bundan keyin ham yangi nodir qo‘lyozma topilmalar hisobiga amalga oshirilib borilishi tabiiy bir holdir. Professor S. Hasanov ta’biri bilan aytganda, «bu noyob asar matni qayta-qayta nashr qilingani sari jahon qo‘lyozma xazinalari va kutubxonalarida saqlanayotgan Bobur hayoti va ijodiga oid yangi topilmalar uni yangidan nashr etish zaruriyatini tug‘diradi».
Boburshoh merosini o‘rganish uzoq tarixga ega. Ayniqsa, so‘nggi yillari uning qo‘lyozmalarini izlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahsinga sazovordir. Risolamizda biz o‘zbek, ingliz, yapon olimlarining tajribalarini ommalashtirdik. Hali o‘rganilmagan, tadqikot ishlariga tortilmagan dunyo muzey va kutubxonalaridagi qo‘lyozmalarni tavsiflashga harakat qildik, mavjud nashrlardagi matn yanglishliklari va kamchiliklarni ko‘rsatishga harakat qildik. Bularning barchasi, albatta, «Boburnoma»ni yangi tanqidiy matnini yaratishda amaliy ahamiyat kasb etishi mumkin.
OTAJONOV N., HOSHIMOVA D.
«Boburnoma» – sharq elchisi, T, 2010. – B. 4-11. (O‘zbekcha); Отажонов Н., Хошимова Д. «Бабур-нама» – посол Востока. Предисловие.
Fikr qoldirish#