Badiiy ijod va tafakkurning sohibqironi bo‘lgan ulug‘ Navoiy o‘z dav ridagi va undan keyingi davrlarda yetishib chiqqan shoir, yozuvchi, olim va san’atkorlarga ustoz bo‘lib qoldi.
Bobir Navoiyning kichik zamondoshi edi. Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirot shahrida, Bobir esa 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug‘ildi. Ko‘ramizki, Bobir dunyoga kelganda, Alisher 42 yoshda edi.
Bobir 16-17 yoshligidan badiiy ijodiyot bilan shug‘ullana boshlaydi. U o‘zbek klassik adabiyoti namoyandalari, ayniqsa Alisher Navoiy asarlarini tinmay o‘qir hamda fors-tojik adabiyoti klassiklarnning tajribalarini o‘rganadi.
Ma’lumki, Bobir Navoiy bilan shaxsan uchrashmagan. Bu ikki ulug‘ siymo bir-birlarini ko‘rmagan bo‘lsalar-da, ular orasida aloqa bo‘lgan. Bu haqda Bobir bunday deb yozadi: «Bu ikkinchi navbat Samarqandni olg‘onda (olganimda–X.N.), Alisherbek tirik edi. Bir navbat menga kitobati ham kelib edi. Men ham bir kitobat yiborib edim. Javob kelguncha, tafriqa va g‘avg‘o bo‘ldi». Bu satrlarning yuqorisida Bobir bu davrda o‘zining 19 yoshda ekanlngini aytib o‘tadi. Bobir o‘zining mashhur «Bobirnoma» asarida Alisher Navoiyni zo‘r hurmat va ehtirom bilan tilga oladi. Uning hayoti va ijodi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. A. Matg‘oziyevning yozishicha, Bobir Navoiyni o‘z asarida 20 ga yaqin o‘rinda tilga olgan.
Bobirniig ustoz Navoiyga bo‘lgan chuqur hurmatini xind xalqining adabiyotshunos olimi, doktor Qamar Rais yuqori baholaydi. Qamar Rais Toshkentda bo‘lgan vaqtida Oktyabr rayonidagi Alisher Navoiy nomli 40 maktabda bo‘lib, nutq so‘zlagan. U o‘z so‘zida quyidagilarni bayon qilgan: «O‘zbek va hindlarniig ulug‘ shoiri sarkarda Zahiriddin Bobir Hindistonga bora turib, Hirotdagi eski kulbada bir necha kun tunab qoldi. Bu ko‘plarni taajjublantirdi, albatta.
– Shohim, Siz uchun ajratilgan maxsus qasr qolib, xarob bu kulbada tunashingiz sababi nimada? – deb surab qoldi mulozimlardan biri. Shunda Bobir:
– Bu kulbada bir necha yil muqaddam Mir Alisher Navoiy istiqomat qilganlar, bu yer men uchun har qanday shohona qasrdan ham muqaddasdir. Shu sababli bir necha kunlik vaqtimni shu joyda o‘tkazishga qaror qildim, toki hazrat ruhlari menga madadkor bo‘lsin».
Qamar Rais so‘zining oxirida bunday dedi: «Men ham buyuk Alisherga bo‘lgan o‘z hurmatimni izhor etnsh uchun, uning qutlug‘ nomi bilan atalgan ushbu ilm dargohini bir ziyorat qilgani keldim».
Bobir 1506-yilda Hirotga kelganda, Navoiy vafot qilgan edi. Bobir temuriylardan bo‘lgan Husayn Boyqaro saltanatining poytaxti Hirot shahri bilan tanishdi. Unda Navoiy tashabbusi bilan kurilgan binolarni, ustoz maqbarasini ziyorat qildi.
Ulug‘ ustozga bo‘lgan chuqur hurmati tufayli Bobir o‘z qarindoshi Husayn Boyqaro o‘g‘illari Badiuzzamon mirzo, Muzaffar mirzolar tomonidan hozirlangan shohona joyda istiqomat qilmay, to Hirotdan jo‘nab ketguncha, Navoiy yashab ijod qilgan uyda turdi. Bu hakda Bobir bunday yozadi:
«Hiridin (Hirotdan – X.N) chiqquncha Alisherbekning uylarida edim. Har ikki-uch kunda borib, Bog‘i Jahonoroda Badiuzzamon mirzog‘a ko‘runush qilur edim. Necha kundin so‘ng Muzaffar mirzo uyig‘a chorladi, Muzaffar mirzo Bog‘i Safidda o‘lturur edi. Xadicha begim (Muzaffar mirzoning onasi – X.N) ham anda edi. Jahongir mirzo mening bila bordi...» («Bobirnoma», 252-bet).
Ko‘ramizki, Bobir Navoiyga chuqur hurmat va ehtirom bilan qaragan. Bobir Navoiy ishlarining davomchisi desak xato qilgan bo‘lmaymiz. Bu har ikki, ulug‘ siymoning adabiy va ilmiy faoliyatida umumiylik, o‘xshashlik tomonlari bor.
Navoiy ilm-fan ahllariga, shoir, san’atkorlarga homiylik qilar, ularga har tomonlama yordam berar edi. Bu haqda Bobir bunday ma’lumot beradi: «Ahli fazl va ahli hunarg‘a Alisherbekcha murabbiy va muqavviy ma’lum emaskim, hargiz paydo bo‘lmish bo‘lg‘ay. Ustoz Qulmuhammad va Shayxi Noyi va Husayn Udiykim, sozda saromad edilar, bekning tarbiyat va taqviyati bila muncha taraqqiy va shuhrat qildilar. Ustoz Behzod va shoh Muzaffar tasvirdabekning sa’y va ehtimomi bila mundoq mashhur va ma’ruf, bo‘ldilar. Muncha binoyi xayrkim ul qildi kam kishi mundoqqa muvaffaq bo‘lmish bo‘lg‘ay» («Bobirnoma», 233bet).
Bobir mirzo ham o‘z hukmronligi davrida atrofiga shoir, olim va fozil kishilarni to‘pladi. Husayn Boyqaro vafotidan keyin, (u 1506-yilning 5-mayida vafot qilgan edi) Hirotdan ko‘pgina shoir, olim va fozil kishilar Bobir qoshiga Hindistonga borgan edilar. Bobir ularga homiylik qilar, har tomonlama yordam berar, ilmiy, adabiy suhbatlar, munozaralar uyushtirardi.
Navoiy el-yurt manfaati uchun obodonchilikka katta ahamiyat bergan edi. Ulug‘ shoir va mutafakkirning tashabbusi bilan ko‘pgina binolar qurilgan, bog‘lar barpo qilingan, hovuzlar qazdirilgan, ariqlar ochilgan edi. Ma’rifatparvar hukmdor Bobir ham Navoiyning obodonchilik sohasidagi ishlarini davom ettirdi. U ko‘chmanchi o‘zbeklar boshlig‘i Shayboniyxondan yengilib, o‘z Vatanidan ketganidan keyin 1504-yilda Afg‘onistonga yurish qilgan edi. Bobir shu yili Afg‘onistonda o‘z hokimiyatini o‘rnatib, bu mamlakatning xo‘jaligi, madaniyatiga katta e’tibor bera boshladi. Binolar qurdirdi, kanallar ochtirdi. O‘rta Osiyodan daraxt ko‘chatlari, nayshakar, Buxopo olusi olib keltirib, bog‘-rog‘lar barpo qildi. Bobir bu ishlarni keyinchalik Xindistonda ham davom ettiradi. Umrining oxirigacha Shimoliy Hindistonning Agra shahrida yashab, bu shahar Bobir saltanati davrida gulistonga aylanadi. Bobirning bu ishlarini uning avlodlari – bobiriylar davom ettiradilar.
Bobir Agradan o‘g‘illari Humoyun va Komronga xat yozib, Kobil va uning atrofidagi yerlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish haqida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi:
«Kobulning nomarbutlug‘ini bitilib edi, ul bobta andisha qilib, oxir xotir munga qaror toptikim, yetti-sakkiz hokim bir viloyatta bo‘lsa, ne tavr marbut va mazbut bo‘lg‘usudur. Bu vajhdin egachimni va haramlarni Hind-ustong‘a tiladim. Jami’ Kobul viloyat va kuroyotnni xolisa qildim. Humoyung‘a va Komrong‘a ham bu mazmunni mashruh bitidim. Bir o‘bdon kishi ul xatlarni mirzolarg‘a eltsun. Mundin burun ham ushbu mazmunni mirzolarg‘a bitib yiborib edim, shoyad ma’lum bo‘ldi erkin, emdi ul viloyatning zabtida va imoratida hech uzr va so‘z qolmadi.
Mundin so‘ng agar qo‘rg‘on nomazbut yo raiyyat noma’mur bo‘lsa, yo zaxira bo‘lmasa, yo xazina to‘lmasa, ul umdatul-mulkning bemuhosillig‘ig‘a haml bo‘lg‘usidur. Ba’zi zaruriyotkim, mastur bo‘lgusndur, ba’zisig‘a farmon ham boribtur, bulardin ortqon xazina bo‘lsun, zaruriyot bo‘lardur. Avval qo‘rg‘onning marammatig‘a yana zaxira, yana kelur-borur elchining ulufa va ko‘nlag‘asi, yana Masjidi jum’aning imorati yormog‘ini moldin olib, shar’iy qilib sarf qilsunlar. Yana korvonsaro va hammomlarning marammati, yana arkta ustod Hasan Ali qilg‘on pishiq xisht bila nimkora imoratning itmomi, bu imoratni ustod Sulton Muhammad bila mashvarat qilib, munosib tarh bila buyrulsun. Agar ustod Hasan Ali tortqon burung‘i tarh bordur, xud o‘shandoq-o‘q tamom qilsun, yo‘q ersa, ittifoq bila bir shirin tarhliq imorat solsun. Andokkim sahn devonxona sahni bila barobar bo‘lg‘ay. Yana xurd Kobulning bandikim tangining xurd Kobul sari chikarida Buthaq suyig‘a bog‘lag‘uluktur. Yana G‘aznini bandining marammati, yana Bog‘i Xiyobon va Xiyobon. Yana bu bog‘ning suyi ozdur, munga bir tegirmonsuvni sopkun olib kelturmak kerak. Yana Hoja Bastaning g‘arb-janub tarafida Tutum dara suyini bir pushta ustiga kelturub, havz qilib, nihollar tikturub edim. Guzargohning muqobalasida tushgan uchun va yaxshi maddi nazari bor uchun «Nazargoh»g‘a mavsum bo‘lib edi, munda ham yaxshi nihollar tikmak kerak. Tarh bila chamanlar qilib, chamanlar atrofida xushrang va xushbo‘y gul va rayohin tikmak kerak». («Bobirnoma», 431-bet).
Bobir Hindistonda barpo ettirgan o‘z bog‘larida bitgan hosillar haqida gapirib bunday deydi: «Balxiy polizkorni qovun ekkali qo‘yulub edi. Bir necha qovun saqlag‘on ekandur, kelturdi xeli yaxshigina qovunlar edi. Bir ikki buta tok «Hasht behisht» bog‘ida ekturub edim, aning ham yaxshigina uzumlari bo‘lub edi. Shayx Guran xam bir sabad1333 uzum yiborib edi, yomon emas edi. Hindustonda qovun, uzumning muncha bo‘luridin filjumla xursandlig‘i bo‘ldi». («Bobirnoma», 450-bet).
1960-yilning boshida sovet sayohatchilari Hindistonda bo‘lgan edik. Bu qadimiy mamlakatdagi, ayniqsa Shimoliy Hindistondagi Bobir va uning avlodlari hukmronligi davrida qurilgan hashamatli binolar bizni hayratda qoldirdi.
Ulug‘ mo‘g‘ullar davlatining tashkil topishi bilan (Bobir va u tomonidan Hnndistonda tashkil etilgan davlat tarixda xato ravishda shunday atalgan) Hindistonda me’morchilik yuksalgan edi. Faqat Bobir davridagina emas, uning avlodlari – o‘g‘li Humoyun, nabirasi Akbar, evara-chevaralari Jahongir, shoh Jahon. Avrangzeb davrlarida ham qurilish ishlari olib borilgan edi. Bu qurilishlarda O‘rta Osiyo me’morchiligiga xos uslublardan foydalanilgan edi.
Bobir «Bobirnoma»ning 361-betida: «Zafarnoma»da Temurbekning «Masjidi sangin» imoratini qilurda Mulla Sharaf mundoq mubolag‘a bila bitibdurkim, Ozarbayjon va fors va Hinduston va yana o‘zga mamolik sangtaroshlaridan har kunda ikki yuz kishi masjidda ish qilurlar edi. Bir Ograda ushbu Ograning sangtaroshlaridin mening imoratlarimda har kunda olti yuz sekson kishi ish qilurlar edi. Yana Ograda va Sekrida va Biyonada va Dulpurda va Guvalyorda va Qo‘lda ming to‘rt yuz to‘qson bir sangtarosh har kunda mening imoratimda ish qilurlar edi», deb yozadi.
Navoiy zolim podshohlarni qattiq qoralab el-yurtni adolat bilan boshqaruvchi odil podshohni orzu qilgan edi. Bobir ham bir tomondan shoh, ekspluatator sinf vakili bo‘lishi bilan birga, ikkinchi tomondan, xalqqa zulm o‘tkazgan zolim podshoh va amaldorlarni qattiq qoralaydi. «Bobirnoma»ning 78-betida 1493-94-yil voqealarini tasvirlar ekan, Sulton Mahmud mirzo haqida so‘zlab, bu shaxsning Samarqand taxtiga o‘ltirishi, taxtga o‘ltirgach, xalqqa qilgan zulmi haqida so‘zlab fors-tojik tilida quyidagi ruboiyni yozadi:
Hazar kun ey dardi darunhoi resh,
Ki reshi darun oqibat cap kunad,
Baham bar mazan to tavoni dile,
Ki ohe jahone baham barzand
(«Bobirnoma», 79-bet).
(Tarjimasi: Ichki yaralar dardidan hazar qil, chunki ichki yara oxir yuzaga chiqadi. Qo‘ldan kelganicha, hech bir dilga ozor berma. Dildan chiqqan bir oh jahonni barbod qiladi).
Yana Bobir «Bobirnoma» ning 269-betida Shayboniyxonning Hirotga bostirib kirishi haqida yozib, bunday deydi: «Shayboqxon Hirini olg‘ondin so‘ng, bu podshohlarning zoh va zodi bilan yomon maosh qildi, ne yolg‘uz bu jam’ bila, bori xaloyiq bila. Rustoyi va nodida kishi besh kunluk o‘tar dunyo uchun mundoq yomon ot qozg‘ondi.
Shayboqxondin noshoyist harakat va af’olkim Hirida sodir bo‘ldi, avval bukim, chirik dunyo uchun Xadichabegimning Mansur baxshi ko‘targuchiga tutturub turluk-turluk qiyinlar qildurdi. Yana Shayx Purondek vali aziz kishining mo‘g‘ul Abdulvahobg‘a tutturdi, bir o‘g‘lini yana bir kishiga tutturdi, yana jam’i ahli she’r va ahli tab’ni mullo Binoyig‘a tutturdi». Bundan keyingi satrlarda Bobir Shayboniyxonning boshqa bir qator yaramas qabih ishlarini bayon qilib, xuddi shu-ningdek, Xisravshoh haqida so‘zlab uni la’natlaydi: «...Yuz ming la’natdur qiyomatg‘achakim har kim Xirsavshohning bu af’olini eshitsa, la’nat qilsun. Bu af’olini eshitib, la’nat qilmog‘on ham sazovori la’nat bo‘lsun» («Bobirnoma», 116-bet).
Bobir mustabid, zolim hukmdorlar singari har bir ishni o‘zicha buyruq yo‘li bilan qilmas, uni maslahat bila amalga oshirishni afzal ko‘rardi. Mana u Kobildagi o‘g‘li Humoyunga xat yozib bu haqda shunday maslahat beradi: «Yana uluq ish ustiga borasen, ish ko‘rgan, ra’y va tadbirliq beklar bila kengashib, alarning so‘zi bila amal qnlg‘aysen.
Agar mening rizomni tilarsen, xilvatnishinliqni va el bila kam ixtilotlikni bartaraf qilgil. Kunda ikki navbat iningni va beklarni ixtiyorlarig‘a ko‘ymay, qoshingg‘a charlab, har maslahat bo‘lsa kengashib bu davlatxohlarning ittifoqi bila har so‘z unga qapop bergaysen. Yana Xoja Kalon mening bila gustoxona ixtilot ila o‘rganib edi, sen dog‘i, nechukkim Xoja Kalon bila ixtilot qilur edim, o‘shandoq ixtilot qilg‘aysen». Tengri inoyati bila ul sorilar ish ozroq bo‘lsa, Komrong‘a ehtiyoj bo‘lmasa, Komron Balxta mazbut kishilarni qo‘yub, o‘zi mening qoshimg‘a kelsun. Yana muncha fath va zafarlar Kobulda ekanda bo‘ldi, Qobulni shugun tutubturmen, ani xohlasa xolisa qildim. Hyech qaysingiz tama’ qilmag‘aysiz. Yana yaxshi boribsen, Sulton Vaysni-ag ko‘nglini olibsen, ani qoshingg‘a kelturub, aning ra’yi bila amal qilg‘aysenkim, ish bilur kishidur. Cherikni yaxshi yig‘ib yurgaysen. Og‘iz so‘zlaridin Bayonshayx sohib vuqufdur, ma’lum bo‘lg‘usidur, deb mushtoqliklar bila salom. Panjshanba kuni rabiul-avval oyining un uchida bitildi» («Bobirnoma», 422-bet).
Zahiriddin Muhammad Bobirning qizi Gulbadan begim o‘z otasi haqida bunday yozadi: «Bujurni qo‘lga kiritgandan keyin, Bexraga yo‘l oldilar, bu yerga kelib talon-torojga yo‘l qo‘ymadilar, to‘rt yuz ming shohruhiyni olib, askarlar va navkarlar soniga qarab bo‘lib berib, so‘ng Kobulga ketdilar» («Humoyunnoma» tarjimasi, 1959-yil, 30-bet).
Xullas, o‘zbek xalqi orasidan yetishib chiqqan bu har ikki siymo o‘zbek xalqining jahon madaniyati xazinasiga o‘zlarining durdonalarini qo‘shgan ajoyib farzandlaridir.
X. NAZAROVA
Bobir va o‘zbek adabiy tili, T, 1981. – B. 14-21. (O‘zbekcha); Навои и Бабур. В кн.: Назарова Х. Бабур и узбекский литературный язык.
Fikr qoldirish#