Xalqimizning ardokli adibi Pirimkup Qodirovning "Yulduzli tunlar" tarixiy romani ilk bor nashr etilganida maktabda o‘qir edim. O‘shanda rahmatli bobomning yostig‘i ostida turadigan "Boburnoma"ning yoniga "Yulduzli tunlar" kitobi ham qo‘shilgandi. Ayniqsa, oilamizda, maktabimizda, mahallamizdagi katta-kichik davralarda ko‘pchilik Bobur mirzo hakida kitobdagi voqealarga qo‘shib, xalq orasida yurgan turli afsona-rivoyat parni hayratlanib so‘zlagani hamon yodimda. "Yulduzli tunlar" kitobi yurtimiz bo‘ylab tez tarkalgan va bu Vatan tarixi, buyuk bobolarning ibratli hayot yo‘lini bilishga tashna xalqimizning ko‘nglini ko‘targani, odamlar ruxiyatida ulkan maʼnaviy yuksalish ro‘y bergani, millatning qaddi tiklanganini hozirga kelib yanada teran xis etib turibman.
Keyinchalik, 1999-yilda Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" (Bobur) romanining navbatdagi nashriga yozgan so‘zboshisini o‘kib angladimki, dastavval kitobning chop etilishiga ruxsat be rilmagan: "Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz, deb yozadi ustoz adib. - Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin. "Yulduzli tunlar" ana shu majoziy kemalardan biri sifatida yuzaga keldi. Uni 1972-yilda ilk bor yozib, nashrga topshirganimda tog‘day bir yuk yelkamdan tushganday bo‘lgan edi. Lekin mustabid tuzum tazyiki ostida roman chop etilmay yotgan olti yil davomida o‘sha zapvorli kyukni yana yelkamda ko‘tarib yurganday bo‘ldim. Ko‘lyozmani ko‘pgina masʼul mutasaddilar, katta akademiklar o‘kib, fikr bildirishdi. Chop etish masalasi ki zil imperiya markazining ruxsati bilangina hal etilishi mumkin ekan. Qo‘lyozmaning satrma-satrtarjimasini Moskvada ham o‘qishib, yozma taqrizlar berishdi. Xilma-xil fikr va mulohazalar changalzoridan tikanlarga tirnalib o‘tdim, yo‘limdan adashib ketmaslik uchun doim tarix haqiqatiga, xususan, "Boburnoma"day asl manbalarga tayandim. Olti yil davomida romanga kiritgan yangi tahrir larim ko‘proq uning badiiy nuqsonlarini tuzatishga, tarix haqiqatini chuqurroq ochishga qaratildi. 1979-yilda rahmatli Sharof Rashidovning yorda mi bilan kitob nashrdan chiqdi. 1981-yilda unga Davlat mukofoti berilgani mustabid tuzum zolimlarining qahrini keltirgan bo‘lsa kerak, "paxta ishi", "O‘zbek ishi" degan dahshatli tuhmatlar davrida Amir Temur va Bobur mirzoga qarshi yangi hujumlar uyushtirib, meni ham roman bilan birga loyqa sellar girdobiga tortib tushirishga urinib ko‘rdilar. Lekin jamoat fikri uyg‘ongan, istiqlolimiz tongi otayotgan paytlar edi".
Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsiyati, ijodini o‘rganishga o‘z yurtida shunday tazyiqlar bo‘layotgan vaqtda dunyo bo‘ylab uning adabiy merosini tadqiq etish, asarlarini turli tillarga tarjima qilish harakatlari tobora kuchayib borardi. Yevropada boburshunoslikka 1705- yilda asos solingan bo‘lsa, unga qadar ham Hindiston, Afg‘oniston, Pokiston singari davlatlarda bobomizning asarlari o‘rganilib, qurdirgan meʼmoriy obidalari obod saqlangani tarixiy manbalarda qayd etilgan. Boburiylar bunyod etgan saroylarga esa ziyoratchilar, sayyohlar hamisha daryoday oqib turgan. "Kobuldagi "Bog‘i Bobur" har doim ziyoratchilar bilan gavjum, deb yozadi afg‘onistonlik "Bog‘i Bobur"ning ish boshqaruvchisi Ahmadshoh Vardaq o‘z maqolasida. Har juma kuni 10 mingga yaqin, hayit bayrami kunlari 20 mingdan ziyod odam keladi".
Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo‘li, tarixiy merosi bir soha yoki bir mamlakat doirasiga sig‘maydi, axir "Boburnoma"day buyuk asarni so‘ngiga qadar o‘rganib chiqishni tasavvur etib bo‘ladimi! Yillar o‘tar ekan, bu ulkan adabiy merosning tarixiy ahamiyati yanada ortib boraveradi, uning tarixiy haqiqati esa tadqiqotchilarni ohanrabodek o‘ziga tortaveradi. O‘zbek adabiyotida ham Bobur mirzo hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan asarlar soni ko‘payib bormoqda. Sevimli yozuvchimiz Xayriddin Sultonovning "Boburiynoma" maʼrifiy romani, "Saodat sohili qissa va hikoyalari, Qamchibek Kenjaning safarnomalari, Sirojiddin Sayyidning "Yuz oh Zahiriddin Muhammad Bobur" dostoni Durbek Qo‘ldoshevning "Imperatorning tug‘ilishi" romani va boshqa ko‘plab hikoyalar, sheʼriy turkumlar yozildi va yozilmoqda.
O‘zbekistonda Bobur xalqaro jamoat fondi va ilmiy ekspeditsiyasi tashkil etilgandan keyin boburshunoslik chinakam yangi, rivojlanish davrini boshladi. Fond o‘tgan yigirma besh yildan ziyod vaqt davomida qirqdan ortiq mamlakatga safarlar tashkil qilib, Andijondagi "Bobur va jahon madaniyati muzeyi besh yuzdan ortiq noyob qo‘lyozma bilan boyitildi, o‘nlab badiiy, maʼrifiy va ilmiy kitoblar nashr etildi. Har yili Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuni Andijonda bo‘lib o‘tadigan tadbirlarga xorijiy mamlakatlardagi boburshunoslar taklif etilib, bu borada amalga oshirilgan yangi tadqiqotlar xalqaro miqyosda muhokama qilinishi, ilmiy anjumanlar o‘tkazilishi anʼanaga aylandi.
Andijon shahri markazida yurtimizning betimsol farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur haykali tiklandi. Har safar uning yonidan o‘tar ekanman, asar muallifi Ravshan Mirtojiyevning (1954-2014) 2012- yili Toshkentda, Oqtepadagi ustaxonasida aytgan gaplari yodimga tushadi: "Hazrat Zahiriddin Muhammad Bobur haykali 1993-yili Andijon shahri markazida o‘rnatildi, degan edi faxr bilan O‘zbekiston xalq rassomi Ravshan Mirtojiyev. Bu haykalning ochilishini xalqimiz qanchalar xursandchilik bilan kutib olganini so‘z bilan ifodalash qiyin. Axir, bu asriy orzu edi! Mustabid sho‘rolar zamonida ulug‘ bobo mizga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lingani ko‘pchilikning ko‘nglini ranjitgan edi. Andijondagi Mirzo Bobur haykali mening birinchi va muvaffaqiyatli ishim, uni ijodiy parvozimga yo‘l ochgan asarim deb bilaman. Keyinchalik, 1995- yili "Chavgon o‘ynayotgan Bobur" nomli kompozitsiya ishladim. Hozir bu asarim Shveysariyaning Lozanna shahridagi muzeyda saqlanmoqda. Bundan tashqari, bobomizning yana bir haykali eskizini tayyorlab qo‘ydim. Bu avvalgilardan o‘zgacha ishlangan". Ravshan Mirtojiyevning 60 yilligi munosabati bilan Badiiy akademiyada tashkil qilingan katta ko‘rgazmada Zahiriddin Muhammad Boburning yangi haykali eskizi ham namoyish etilib, muxlislar eʼtiborini qozongan edi. Adiblar xiyoboniga o‘rnatish uchun mutaxassislar tomonidan aynan o‘sha eskiz tanlab olindi. Ravshan akaning sadoqatli shogirdlari, yosh haykaltaroshlar Ulug‘bek Otanazarov va Jasvan Annazarov tomonidan o‘sha eskiz asosida besh metrdan ziyod kattalikdagi haykal tayyorlandi.
- Adiblar xiyoboniga Bobur bobomizning haykali o‘rnatilishi haqida xabar topganimizdan keyin ustoz yaratgan Zahiriddin Muhammad Bobur haykali eskizini tanlovga olib bordik. Haraka timiz besamar ketmadi, g‘olib chiqdik. Agar ustoz hayot bo‘lga nida, Toshkentga Bobur mirzoning mahobatli haykali aynan o‘zi tayyorlagan eskiz asosida qo‘yilganini ko‘rib, juda quvongan bo‘lar edi, - deydi Ulug‘bek Otanazarov.
Buyuk shoir, alloma, adolatli podshoh, dovyurak sarkarda, rostgo‘y muarrix, adabiyot ah lining xolis tanqidchisi, bekiyos tilshunos, sayyoh-geograf, zukko tarjimon, yirik fiqhshunos, bog‘lar va qasrlar bunyodkori... Bu taʼrifni yana davom ettirish mumkin, zero Zahiriddin Muhammad Boburning go‘zal g‘azallari, hikmatli ruboiylari, qomusiy "Boburnoma", fikx ilmiga oid "Mubayyin" risolasi, aruz nazariyasiga bag‘ishlangan tadqiqoti, Xoja Ahrorning "Risolai volidiya" asari tarjimasi, "Xattiy Boburiy" alifbosi va boshqa qator noyob bitiklari xalqaro miqyosda jahon adabiyotining yuksak namunalari sifatida o‘rganilmoqda. Demak, Boburning poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida o‘rnatilgan haykali nafaqat boburshunoslar yoki adabiyot ixlosmandlari, balki harbiylar, siyosatchilar, tarixchilar, geograflar, etnograflar, meʼmorlar, huquqshunoslar, tabiatshunoslar va yana ko‘plab soha vakillari ziyorat qiladigan qutlug‘ dargohga aylandi.
Shu o‘rinda Boburning Toshkent shahriga ayricha munosabati, mehr-muhabbati, ona yur yurti, bobosi va tog‘alari makon tutgan bu shaharga ko‘p bora ora kelgani yodimizga tushadi.
"Xon dodamning eshigiga borsam, gohi bir kishi bila, gohi ikki kishi bila borur edim, vale yaxshilig‘i bu edikim, yot emas edilar, tuqqon edilar. Xon dodamga ko‘runush kilib. Shohbegim qoshig‘a kelur edim. O‘z uyimdek bosh yalang, oyoq yalang kirar zdim", deb yozadi "Boburnoma"ning 1502-1503 yil voqealari bayon etilgan bobida. Yigirma yoshlar dagi o‘tyurak yigitning oddiy, sodda va samimiy bu satrlarini o‘qib, uning o‘sha davrlarda Toshkent xoni bo‘lgan tog‘asi Sulton Mahmudxonga va bobosi Yunusxonga naqadar ishongani va suyanganini his etamiz. "Betavaqquf o‘tub, xon qoshiga Toshkandga bor dim. Bu ruboiyni aytib edim, maʼmul kofiyasida taraddudim bor edi. Ul mahalda sheʼr mustalaho tig‘a muncha tatabbuʼ qilmaydur edim, xon xushtaʼb kishi edi, sheʼr aytur edi, agarchi saru somonlik g‘azali kamroq edi, bu ruboiyni xonga o‘tkarib, ta raddudimni arz qildim. Ko‘ngul tiygudek shofiy javob topmadim. G‘olibo, sheʼr mustalahotiga kamroq tatabbuʼ qilg‘ondurlar.
Ruboiy budur
Yod etmas emish kishini mehnatta kishi,
Shod etmas emish ko‘ngulni g‘urbatta kishi.
Ko‘nglum bu g‘aribliqta shod o‘lmadi hech,
G‘urbatta sevunmas emish, albatta, kishi".
Mazkur ruboiy mazmun-mohiyatidan Bobur mirzo goh Andijondagi, goh Samarqanddagi Axmad tanbal va Shayboniyxon singari dushmanlar bi lan bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlar to‘fonida Toshkentga, tog‘alari huzuriga ko‘mak istab kelgani ham anglanadi.
"Tonglasig‘a Somsiyrak navohisini charga solib ovladilar. Kelib Turok chorbog‘ig‘a tushuldi. Ul g‘azalkim tugattim, ushbu kun ushbu yurtta tugattim. Ul tugangan g‘azal budur:
Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim, Ko‘nglumdin o‘zga mahrami asror topmadim.Bu g‘azal yetti bayt turur. Mundin so‘ng har g‘azalkim tugandi, o‘shul tartib bila-o‘q bitildi. Mundin ko‘ch bakuch Xo‘jand daryosining yoqasiga keldilar".
Bobur mirzoning xalq qo‘shig‘iga aylanib ketgan mashhur g‘azalidagi g‘amgin ohanglar tarixi ham 1501-1502-yillarda kechgan notinch hayoti, taxt uchun kurash, qolaversa, temuriy shahzodalarning tarqoqligi, Shayboniyxonga qarshi janglarda chekkan aziyatlaridan tug‘ilgani, shubhasiz. "Boburnoma"da bu singari turkiy va forsiyda bitilgan baytlarga ko‘p duch kelamiz."Boburnoma”ni o‘qir ekanmiz, Hazratning ko‘plab g‘azal va ruboiylari Andijon, Toshkent, Samarqand, O‘ratepa, Xo‘jand, Kobul, Agra singari qalʼalar orasida o‘tgan mashaqqatli safarlarda, kutilmagan manzillarda yozilganiga va shoir umrining bir parchasi, hayot haqiqati ekaniga ishonchimiz komil bo‘ladi.
Adiblar xiyoboniga kelganda, hazrat Alisher Navoiy haykaliga qarab, tabiiy ravishda Sulton Husayn Boyqaro davridagi shuaro haqida "Boburnoma"da bitilgan noyob satrlar yodimizga tushadi. Kitobda hazrat Alisher Navoiydan boshlab ko‘plab shoirlar, qolaversa, "taʼbi nazmi bor" mirzolar, saroy aʼyonlarining ijodiga lo‘nda va mazmunli taʼriflar yozilgan.
Asarda Alisher Navoiy nomi hurmat-eʼtibor bilan ko‘p bora tilga olinar ekan, 1500-1501-yil voqealari bitilgan bobdagi quyidagi satrlar bizni hayajonga soladi: "Bu ikkinchi navbat Samarqandni olg‘onda, Alisherbek tirik edi. Bir navbat manga kitobati ham kelib edi. Men ham bir kitobat yiborib edim, orqasida turki bayt aytib, bitib yiborib edim".
Bu vaqtda Bobur 17 yoshda bo‘lsa-da, yoshi 58-59 larga borgan davlat arbobi, ulug‘ shoir Alisher Navoiyning eʼtiborini qozongan va o‘rtada kito bat almashuv, ijodiy hamkorlik boshlangan edi. "Sulton Husayn mirzoning zamoni ajab zamone zdi, akli fazl va benazir eldin Xuroson, bataksis Xiri shaxri mamlu edi. Xar kishininkim bir ishga mashg‘ulluki bor edi, himmati va garazi ul edim, up ishni kamolga tegurgay", deb yozadi Bobur Xirot adabiy muhitidagi ahli shuaro haqida. O‘n ikki yoshida taxtga o‘tirgan Bobur mirzoning nafaqat Toshkent, Fargona. Samarkand shaxarga ridagi, balki Hirotdagi adabiy muhitni yaxshi bilishi va bu xakida mustakil, xolisona fikrlarga egaligi bizni xayratga soladi. Vaxolanki, o‘zining kiska, ammo notinch, jangu jadallarda o‘tgan umri davomida bittan g‘azal va ruboiylari sodda, pur maʼno, xayotiy ekani ham uning Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy singari buyuk shoirlarning ijodini mukammal o‘rgangani, adabiy jarayonni puxta bilganidan dalolat beradi. Olimlarning taʼkidlashicha. Xindiston, Turkiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Pokistondagi kitob xazinalarida Bobur mirzo devonining uchta qo‘lyozmasi, jumladan, Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi fondida xam bir nusxa saqlanmoqda. Ular turlicha nomlangan bo‘lsa-da, mazmun-mundarijasi deyarli bir xildir. "Xofiz Mir kotibning og‘a-inisi Samarqandtin kelib erdi, bu fursatta Samarqandga ruxsat berib, Fulod sultonga devonimni yibordim deb yoziladi "Boburnoma "ning 1509-1510 yil voqealari bayoniga bag‘ishlangan bobida Samarqand xokimi Po‘lat sultonga devon yuborilgani xakida. Devonning orkasida bugina qitʼani bitdim:
Ul sarvning harimiga gar yetsang, ey sabo,
Bergil bu hajr xastasidin yod ko‘ngliga,
Rahm aylabon sog‘inmadi Bobirni, bor umid,
Solg‘ay xudoy razmni Fo‘lod ko‘ngliga
Shoir devon yuborishga bag‘ishlangan kitʼada kam Vatan soginini izhor etib, po‘lat, yaʼni tosh qattiq ko‘ngillar o‘zini solinishidan umid kiladi. Ortiqcha bezaklarsiz, mubolag‘alarsiz samimiy rost so‘zni aytish va shu lo‘nda ifoda vositasida mavzu moxiyatini ochib berish Boburning barcha asarlariga butun ijodiga xos fazilatdir. Bu usti Xumoyunga bitgan maktubida yaqqol ifodasini topgan. "Xatingni xud xar tavr kilib o‘kusa bo‘ladur, kale bu mugla, al folingdin manrud takom mafkum bo‘lmaydur. G‘olibo xat bitirda vlatinin kam ushbu kidattidur Takalluf kilay deysan, ul jadaltin mug‘laq bo‘ladur. Bundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti; ham sanga tashvish ozroq bo‘lur va ham o‘qug‘uchig‘a". Yaʼni: "Xatingni bir amallab o‘qisa bo‘ladi, lekin tushunarsiz so‘zlarni qo‘llaganingdan maqsadingni to‘la tushunib bo‘lmaydi. Ehtimol, xat yozishga sustliging shundandir. Jimjimador so‘zlarni bitmoqchi bo‘lasan, shu bois tushunarsiz chiqadi. Bundan keyin takalluf qilma, ravshan va aniq so‘zlar bilan yoz. Senga ham, o‘quvchiga ham tashvish kamroq bo‘ladi" ("Boburnoma" tabdilidan).
Bobur podshoh farzandlariga sodda, ravon, jimjimador so‘zlardan xoli tushunarli xat bitishni maslahat beradi. (Hazratning ota sifatida farzandlariga qilgan o‘gitlari barcha ota-onalar uchun ibratlidir.). Biz "Boburnoma"ni varaqlaganda ham, g‘azal va ruboiylarini o‘qiganda ham Bobur podshohning mana shu tamoyilga qatʼiy amal qilganiga guvoh bo‘lamiz.
Tarixda o‘tgan ko‘plab shohlarning jangnomalari, shohnomalari o‘z davrining mohir muarrixlari qalamida jimjimador so‘zlar bilan bitilganini bilamiz. Tabiiyki, muarrixlarshohlarning nomini yuksaklarga ko‘tarib ulug‘lagan, janglar taʼrifini oshirib-toshirib tasvirlagan, bu esa voqyealarning haqqoniy bayon etilishiga, fikr tiniqligi va ravonligiga ozmi-ko‘pmi salbiy taʼsir ko‘rsatib, o‘quvchini chalg‘itadi. Shu jihatdan "Boburnoma"ning Bobur mirzo shaxsidan ravon, aniq, jimjimalardan xoli bitilgani o‘quvchilarga, qolaversa, tadqiqotchilarga ham, tarjimonlarga ham yengillik tug‘diradi, yaʼni boshqa ko‘plab "noma"lardan farq qilib, fikr aniqligi borasida "Temur tuzuklari"ga yaqin turadi.
Bobur mirzo sheʼriyati soddaligi, sanʼatlarga boyligi, tuyg‘ular teranligi, samimiyligi, jozibador ohanglari, shoirning hayotiy tamoyillariga sodiqligi bilan o‘ziga xosdir. Unda g‘urbatlarda mashaqqat chekkan, qalbini Vatan sog‘inchi o‘rtagan, dunyodagi do‘st-dushmanga ham faqat yaxshilik tilagan inson qiyofasi namoyon bo‘ladi.
Shu maʼnoda ham Adiblar xiyoboniga uning ziyoratiga kelganlarga esa shoh va shoir: Bori elga yaxshilig qilg‘ilki, mundin yaxshi yo‘qkim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig‘, deya xitob qilib turganday tuyuladi.
Humoyun Akbarov. Yangi O‘zbekiston gazetasi. 2020 y. 113-son.
Fikr qoldirish#