This article provides a comprehensive examination of the Babur Garden in Kabul, constructed by the illustrious king and poet Zahir ad-Din Muhammad Babur. It covers the garden's historical and cultural significance, including its importance in Afghan society and government. The article offers a brief historical context of the Kabul region, Babur's genealogy, and the garden's evolution over time, notably during the reign of Shahjahan. Additionally, it explores the various historical sites within Babur garden, shedding light on its contemporary status. This multifaceted analysis offers a thorough understanding of the garden's enduring heritage.
Kobuldagi “Bobur” bog‘ining xalq orasidagi ahamiyati
Afg‘onistonning qadimiy va dam olish mintaqalaridan biri Kobuldagi “Bobur” bog‘i bo‘lib XVI asr boshlarida o‘sha paytdagi buyuk shoh Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan qurdirilgan. Haqiqatan ham “Bobur” bog‘i Afg‘onistonning tarixiy va mashhur sayrgoh-maskanlaridan bo‘lib, mamlakat poytaxti Kobulda joylashgan.
Ushbu bog‘da Zahiriddin Muhammad Boburning maqbarasining mavjudligi bois, bu yer mamlakat tarixida juda muhim va ahamiyatli mintaqaga aylangan. Bu bog‘ Kobuldagi “Shir darvoza” tog‘i etagida voqe’ bo‘lgan hamda ushbu shaharning o‘ziga
xos me’morchiligiga asosan eng ko‘zga ko‘ringan maskanlardan biri bo‘lib, tarixiy, qadimiylik va me’morchilik san’ati jihatidan alohida ahamiyatga sazovordir. Bobur bog‘ining yana bir tarixiy ahamiyatlaridan biri uning geografik joylashuvidir ekan. Boburning o‘z zamonida tuzatilgan binolardan biri “Ark” qal’asi bo‘lib, hozir “Bolohisor” deb nomlanadi. Bobur bu qal’ani juda sevib maqtagan. Bu qal’ani Boburning o‘g‘li Komron Mirzo qayta qurib go‘zallashtiradi. Bu qal’a nihoyatda go‘zal bo‘lgani uchun Mullatolib Muammoiy tavsiflab, Badiuzzamon Mirzoga quyidagi nazmni aytadi:
Bixo‘r dar argi Kobul may, bigardon kosa paydar pay,
Ki ham koh astu ham daryo va ham shahr astu ham sahro.
Eslatib o‘tilgan mavzularga ko‘ra, Bobur o‘z hayoti davomida qurdirgan bog‘lar, chorbog‘lar, masjidlar, hammomlar, naharlar va ariqlardan anchasi bu kungacha yetib kelmagan, faqat Istolif Shahroro, “Bobur” bog‘i, Qandahor Chihilzinasi va bir nechta boshqa bog‘lar, binolar yodgor qolgan. Biz bu maqolada faqatgina “Bobur” bog‘ining qurilish tarixi haqida batafsil yozmoqchimiz [Quvonch 2020, 56-78].
“Bobur” bog‘ining qurilish tarixi Mamlakat geografiyasiga ko‘ra, ushbu bog‘ Afg‘oniston poytaxti Kobul hududiga tegishli bo‘lib, tarixiy nuqtayi nazardan juda uzoq tarixga ega bo‘lgan. Tarixchilar fikriga ko‘ra, miloddan 4-5 asr oldin eski Kobulda juda ko‘p oddiy xalqlar yashar ekan. Arxeologlarning tarixiy hujjatlariga asosan miloddan avvalgi II va III asrlarda Kobul muhim tijorat markaziga aylanib, O‘rta Osiyoda asosiy o‘rinni egallagan. Ushbu mintaqada Boburdan boshqa ko‘pchilik shohlar va hokimlar hukumat qilib o‘tganlar [Aminiy 2020]. Kimlar ushbu mintaqada hukmronlik qilib o‘tgani haqida bu maqolada bahs qilishimizning o‘rni emas. Shu uchun mavzuga asosan, miloddan so‘ng ham islom dini taraqqiyoti davrigacha Kobul mintaqasi o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Lekin, arab bosqinchilari bostirib kelishi bilan ko‘p muddat ushbu mintaqada urushlar boshlanadi. Shuncha urush bilan ham arablar Kobulni bosib ololmay yengilib ketishgan. Lekin, xalqning o‘zi islom diniga yuz keltirishi bilan, islomiy davlat esa xalq tashabbusi bilan Kobulda qurilgan emish. “Hudud-ul olam” kitobining muallifiga ko‘ra, ushbu mintaqa islom hukumatiga o‘tganidan keyin, islom xalifalik markazi Damashqdan Bag‘dodga o‘tishi bilan, islom xalifasi buyrug‘i asosida Kobulning me’morlari va san’atkor ustalari masjid va madrasalarni qurish uchun Bag‘dodga chaqiriladi. Bu mavzu esa eski davrlarda ham Kobulning taraqqiyotga egaligini ko‘rsatadi [Kuhzod 1958, 703-728]. Anchadan keyin, Kobul shohlari yengilib, G‘aznaviylar imperiyasi markaziy hokimiyat tepasiga keladi. Ushbu imperiya tiklanishi tufayli G‘azni viloyati hukumat markaziga aylanib, Kobul esa qariyb ikki yuz yilga yaqin hukumat nazaridan chetda qoladi. Shu qarorsizliklar sababli Kobul vayrona mintaqaga aylanadi. Ancha yillardan so‘ng G‘aznaviylar, Saljuqiylar, G‘uriylar, Arablar, Mo‘g‘ullardan so‘ng Temuriylar hukumati yuzaga kelishi bilan Kobul mintaqasi oldingidan ham yaxshiroq go‘zallantiriladi. Temur sulolasi boshqa mintaqalar qatorida Kobulni yaxshiroq obodonlashtirgan. Asosiy maqsadga o‘tsak, temuriylar sulolasi vakili, Abusayid mirzo Temuriyning o‘g‘li, Boburning amakisi Ulug‘bek mirzo Kobuliy Kobulda yaxshi xizmat qilgan. U yarim asrga yaqin 1461-yildan 1502-yilgacha Kobulda hukumat qilib, o‘zidan tarixiy bino yodgorliklarini ushbu mintaqada qoldirgan. Ulug‘bek mirzo vafot etishi bilan uning o‘gli Abdurrazzoq toj-u taxtni egallaydi. Lekin bu bola voyaga yetmaganligi bois pochchasi Muhammad Muqim Arg‘un, Abdurazzoqni hukumatdan chetlashtirib, o‘zini Kobul hokimi deb e’lon qiladi [Aminiy 2020]. Oradan ikki yil o‘tar-o‘tmas, Ulug‘bek Mirzo Kobuliyning amakivachchasi Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z yurtidagi ichki urushlar tufayli Afg‘onistonga o‘tadi. 1504-yili Kobulni bosib olib, ajdodlari merosiga ega chiqib, o‘zini Kobul podshohi deb e’lon qiladi. Bobur “Boburnoma”da keltirishicha, u elchilar yuborish bilan Kobulni qonsiz va urushsiz bosib oladi. Keyinchalik Muhammad Muqim Arg‘un va o‘zining amakivachchasi Abdurazzoq Boburga qulluqqa kelib bosh qo‘yadi. Bobur esa bularni qabul qilib Muqim Arg‘unni ko‘chi bilan boshqa mintaqaga chiqarib yuboradi va Abdurazzoqni ishdan bo‘shatib qo‘yadi. Boburning aytishicha, u urushlardan so‘ng Kobulni tuzatishga harakat qilib, ancha bog‘lar va binolar quradi (Boburnoma, 2023: 147-148 b). O‘sha qurdirgan bog‘lardan biri Kobuldagi Bobur bog‘i bo‘lgan, lekin Bobur Kobulni bosib olgandan ancha payt keyin Kobulda juda shiddatli zilzila yuz berib bir haftaga yaqin davom etadi. Ushbu zilzilada yuzlarcha kishilar o‘ladi, ko‘pchilik binolar o‘yiladi va yemiriladi. Hatto yerlar yoriladi. Boburning “Boburnoma”siga ko‘ra, zilzila davomli bo‘lib, Kobulni beshikdek tebratib xalqning moli va joniga ancha zarar yetkazgan. Bobur keyinchalik vayron bo‘lganbinolarni qayta tuzatib, zarar ko‘rgan o‘rinlarni qayta tuzadi [Kuhzod 2006, 703-728].
Mana shu yuqoridagi ma’lumotlarga ko‘ra, Bobur bog‘i ham Kobul viloyatining yaxshi mintaqalaridan bo‘lgan, xalqning dam oladigan maskanlaridan sanalgan. Lekin bu mintaqa qadimda qabriston va arg‘uvon gullar chorbog‘i bo‘lgan ekan. Kobul xalqi esa bu mintaqaga borib dam olar ekanlar, bu joy suvsiz sahro kabi bo‘lsa ham,arg‘uvon gullar daraxtlari faqat yomg‘ir suvidan bahramand bo‘lar ekan. So‘ng Boburbu mintaqaning havosi va joylashuvi yaxshi bo‘lganini ko‘zda tutib, boshqa bog‘ vaimoratlarni ushbu bog‘ yonida qurib naharlar, ariq va ariqchalar qazib suv keltirib, turli mevali va mevasiz daraxtlar ektirish bilan mintaqani obod hududga aylantirib,o‘zidan keyingi xalq uchun ushbu bog‘ni meros qilib qoldirgan. Bobur 1530-yilda Agrada vafot etadi. Uning vasiyatiga binoan o‘g‘li Humoyun Mirzo va uning pashtunlarqabilasidan bo‘lgan ayoli Bibimuboraka Yusufzoyi 10 yildan so‘ng Boburning jasadiniKobul bog‘iga keltirib dafn qiladi. Ushbu borada Javohirlal Neru esa “Boburningjasadini uning asli poytaxti bo‘lmish Kobulga eltib uning eng yaxshi ko‘rgan bog‘idadafn etdilar, shu bilan Bobur yillarcha sevib sog‘ingan gullariga qaytdi,” deb yozgan.Bobur bog‘ining saqlash va parvarish qilish instituti idorasi ma’lumotiga ko‘ra, Boburko‘milgandan bugunga qadar ushbu bog‘ “Bobur bog‘i” deb ataladi. Lekin muhaqqiqMuhammad Akbar Aminiy maqolasiga asosan Bobur dafn bo‘lmasdan oldin ushbubog‘ning oti “Qadamgohi Hazrati Rasul” deb nomlangan.
Bobur juda e’tiqodli inson bo‘lgani uchun ushbu nomni o‘zi atagan bo‘lishi mumkin. Hamda Bobur so‘fiylik va darveshlik tamoyillariga e’tiqod qilganligi uchun o‘z ziyoratgohi tepasiga gumbaz qurilishini va unga qo‘riqchi qo‘yilmasligini va qabri faqirona bo‘lishini ham avlodlariga aytgan. Va o‘zi sevgan bog‘i bo‘lmish “Qadamgohi Hazrati Rasul” bog‘ida jasadi ko‘milishini ham vasiyat qilgan. Va uning o‘zi aytganidek, ziyoratgohiga kelganlar bilsinlarki, Bobur xuddi Kobuldan Hindistonga quruq qo‘l bilan ketganidek,Hindistondan Kobulga ham quruq qo‘l bilan qaytgan. Xulosada bu bog‘ning ichidaBobur qabrining borligi tufayli Kobuldagi barcha mumtoz islomiy manzarali bog‘larichida yagona bog‘ sifatida yodgor qolgani aniqlandi [Navandesh, 2018].
“Bobur” Bog‘ining Zahiriddin Muhammad Boburdan keyingi holati Tarixiy hujjatlarga ko‘ra, Bobur vafotidan so‘ng uning nabirasi Jaloliddin Muhammad Akbar 1543-1606-yillar oralig‘ida Kobulga kelgan safarida Bog‘ni o‘rab, devorlar qurishni buyurgan va Kobuliston hokimi Jaloliddin Muhammad Akbar buyrug‘i bilan birinchi marta Bobur ziyoratgohi atrofiga ko‘chatlar ekib, daraxtlar o‘tqazadi. Lekin Boburning vasiyatiga ko‘ra, Bobur qabri asl holida daxlsiz, gumbazsiz va faqirona sifatida qoldirilgan, ayni holda 1607-yili Hindistonning buyuk imperatorisifatida mashhur bo‘lgan Jaloliddin Muhammad Akbarning o‘g‘li Nuriddin JahongirSalim Kobulga kelganida, Kobul shahri va uning bog‘lari ichida ko‘plab obodonlashtirish ishlaridan tashqari, “Bobur ’’bog‘ini ham obodonlashtiradi va bog‘nichiroyli qilish uchun nihoyatda harakat qiladi. Asosan u obodonchilik ishlari bilanBobur sulolasining borligi va buyukligini aks ettirgan. Hamda ulug‘ bobosi qabriatrofida oq marmartoshdan to‘siq qurdirib, Bobur qabri ustiga marmartosh o‘rnatib,toshga ajdodlarini ta’riflab yozgan she’rini o‘yib qo‘ygan. Ushbu Bobur sulolasiningimperatori ham Bobur maqbarasining oldida namozxonlar uchun chiroyli ayvon vamasjid qurishni buyruq beradi [Navandesh 2020]. 1607-yili Jahongir Salim Mirzoo‘zining Kobuldagi ilk safarida birinchi marta Bobur maqbarasi ziyoratiga boradi,Mirzo Hindolning qizi Ruqiya Sultonbegimni ham otasi Mirzo Hindol maqbarasiniziyorat qilishi uchun o‘zi bilan birga olib boradi. Ushbu safarida u Kobulda 85 kunistiqomat qilgan. Jahongir Salim mirzo Bobur, Mirzo Hindol va Muhammad HakimMirzo maqbaralariga marmartoshga o‘yma xatlar yozdirib,ajdodlari mozori ustigao‘rnatib o‘zidan yodgor qodiradi, biroq Shohjahonsaltanati tugaganidan so‘ng,Temurshoh Durroniy o‘z hukumati poytaxtini Qandahordan Kobulgako‘chirgunigaqadar, Bobur bog‘i bir yarim asr davomida o‘z holicha qoladi. Shundanso‘ng Temurshoh Durroniy bu bog‘ni Zahiriddin Muhammad Bobur oilasiga tegishlibo‘lgan ayoli Navob Gavharnisoga beradi [Korgar 2007].
“Bobur” bog‘i ko‘p urushlar shohidi bo‘lgan, mana shu urushlar oqimida vayron bo‘lib xarobaga aylangan. Keyinchalik Kobuldagi hokimlar tomonidan ushbu bog‘ bir necha marta qayta qurilgan. Kobul baladiyasi tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, Temurshoh Durroniydan keyin bugunga qadar Kobul bog‘i 3 marta Abdurahmonxon, Muhammad Nodirshoh va Homid Karzay davrlarida qayta qurilgan. Tarix oqimida ushbu bog‘ ko‘p achchiq dardli kunlarni boshidan kechirgan [https://km.gov.af ].
“Bobur” bog‘idagi maqbaralar
Ushbu bog‘ tarixiy yer bo‘lishiga asosiy sabab, u yerda Boburning maqbarasi mavjudligidir. Mana shu davlat arbobi maqbarasi bog‘ning yuqori tomonidagi tepalikda voqe’ bo‘lib, maqbara ustida marmar toshli lavha o‘rnatilgan. Ushbu marmartoshning boshida “Allohu Akbar La ilaha illolloh Muhammadur Rasululloh” va tagida fors tilida quyidagi she’r ham yozilgan:
Podshohi kazjabinash tofti nuri iloh,
On Zahiriddin Muhammad bud podshoh.
Boshukuhu davlatu iqbolu adlu dodu din
Dosht astavfiqu fathu feruzi sipoh.
Olami ajsomro bigreftu shud ravshanravon
Bahri fathi olami arvoh chun nuri nigoh.
Shud chu firdavsash makon rizvon ziman torix just,
Guftamash firdavs doim joi Bobur podshoh.
Ushbu bog‘da Bobur maqbarasidan bo‘lak maqbarasi ham mavjuddir.
Bobur oilasiga tegishli kishilar
1.Boburning o‘g‘li Mirzo Hindol
2. Humoyun Mirzoning o‘g‘li Muhammad Hakim Mirzo
3. Mirzo Hindolning qizi va Jaloliddin Muhammad Akbar ayoli Ruqiyabegimning maqbarasi.
1551-yili Zahiriddin Muhammad Boburning Mirzo Hindol o‘g‘li Nangarhorning Chaparhor mintaqasida shahodatga yetib, janozasi Kobulga keltirilib, otasi qabrining so‘l tomoniga dafn etildi.Muhammad Hakim Mirzo 1553-yili Kobulning Bolohisorida dunyoga kelib, yoshlikda Kobul hokimi lavozimida ish boshlagan, u o‘z zamonida “hakim podshoh va hokim qo‘riqchisi” deb atalgan. 1585-yili 32 yoshida Kobulda vafot etishi bilan amakisi yonida tuproqqa topshiriladi. Hamda 1625-yili Mirzo Hindolning qizi Ruqiyasultonbegim Hindistonda vafot etadi va uni ham Kobulga olib kelib, bobosi maqbarasi atrofiga dafn etadilar. Keyinchalik Ruqiyabegimning eri Jahongir Mirzo buyrug‘i bilan uning qabrida marmartosh o‘rnatiladi. Lekin hozirda ushbu marmartosh mavjud emas [Korgar 2007].
“Bobur” bog‘idagi maskanlar Mazkur bog‘ning ichida bir qancha imoratlar mavjud bo‘lganki, ular haqiqatan tarixiy ahamiyatga egadir. Shuning uchun ularning har biri haqida qisqacha ma’lumot beramiz.
1. “Bobur” bog‘iga kirishning boshida chiroyli va go‘zal karvonsaroydan o‘tish kerak, ammo ushbu karvonsaroy zamonlar o‘tishi bilan o‘zgargan. Qadimiy davrlarda bu yer faqat kambag‘allar joylashtirish uchun yer bo‘lgan. Ammo bugungi kunda “Bobur” bog‘ining qo‘riqchilar tashkiloti ma’muriyati ushbu yerda joylashgan. Hamda bu joyda Kobul hunarmandchiligi va rasmlari kabi ko‘rgazmalar o‘tkaziladi. Va bu tarixiy binoga tashrif buyuruvchilar karvonsaroyning balkonlariga chiqib, bog‘dagi barcha manzaralarni tomosha qilishlari mumkin.
2. Zahiriddin Muhammad Bobur maqbarasi. Ushbu maqbara esa bog‘ning yaxshi joyida voqe bo‘lgan. Tashqari ko‘rinishiga oq marmardan mohirona ishlatilib, maqbara ustiga o‘rnatilgan. Bu maqbaraning usti ochiq va uning atrofida faqat marmartoshli devor bor. Devorlariga chiroyli derazalar qo‘yilgan.
3. Malika qasri. “Bobur” bog‘ini saqlash va parvarish qilish instituti ma’lumotiga ko‘ra, Amir Abdurahmonxon bog‘ning sharqiy burchagida o‘zining harami uchun malikasi nomiga katta saroy qurdirgani uchun “Malika qasri” deb nomlanadi.
4. Shohjahon masjidi. Bu masjid 1678-yili Bobur bog‘ida Shohjahon tomonidan qurilgan. Haqiqatan ushbu masjid marmartosh va loydan juda nafis va chiroyli qilib qurilgan. Albatta, bu masjidning mavjudligi mamlakatdagi tosh o‘ymakorlik san’atini to‘liq nomayon qiladi.
5. Hovuz. 1660-yili Malika saroyi hududida chiroyli hovuz qurilgan. Ushbu hovuz yonida boshqa binolarning ko‘paytirilishi bog‘ning chiroyiga chiroy qo‘shgan. Bu yerga tashrif buyuruvchilar ushbu hovuz suvida suzishlari ham mumkin.
6. “Bobur” bog‘i restorani. Malika saroyida hashamatli va yangi restaurant tashkil etilgan bo‘lib, u yerda mahalliy Afg‘oniston taomlari pishiriladi. Ushbu restoran muxlislari ko‘plab eng mashhur Afg‘oniston o‘zbeklarining milliy taomi bo‘lmish O‘zbek palovi yo Qobili palovini tanovul etadilar.
7. Hammom. “Bobur” bog‘i yerining tik yuzasiga voqe’ bo‘lib, shimoldan janubga tik zinapoyalar bilan yurish mumkin. Ushbu zinapoyalardan tashqari bog‘ning tik joyidan past joylarigacha chiroyli suvlar oqib o‘tadi. Uning oxiri Malika saroyiga yaqin joyda umumiy foydalanish uchun hammom qurilgan va ushbu joy bog‘ning ko‘ngilochar qismlaridan biridir.
8. Boloyi Jo‘y. Bu ariq orqali “Bobur” bog‘ining suvi Kobul daryosining suvini “Shohi Kobul” tog‘i balandlari bo‘ylab Chihilduxtarongacha olib kelar ekan. Bobur yozishicha, Boloyi Jo‘y XV asrning ikkinchi yarmida Ulug‘bek Mirzo davrida Mirzovays Ataka tomonidan qazilib qurilgan. Afsuski, zamonlar o‘tishi bilan qarovsizlik tufayli sekin-sekin ushbu ariq o‘rtadan ketgan. Faqat ma’lumot uchun ushbu ma’lumotni kiritdik. Hozir ushbu bog‘ quduqlar vositasida sug‘oriladi.
9. Bog‘ maydoni: Ushbu bog‘ 11 gektar yerdan iborat bo‘lib, yuqorida aytilgan binolar, maqbaralar, ariqlarning barchasi mana shu bog‘ maydoni ichida qurilgan. Bog‘ to‘garagi paxsa loydan tuzalgan chiroyli baland devordir [Mirzoyi, 2020].
“Bobur” bog‘ining bugungi holati
Ushbu bog‘ Kobulning Guzargoh nomli mintaqasida joylashgan. U G‘arbdan Chihilduxtaron va Dorulamon mintaqasi yo‘li, Sharqdan Shirdarvoza tog‘i, Janubdan Chihilsutun mintaqasi yo‘li bilan bog‘liq. Asosan, ushbu bog‘ Muhammad Nodirshoh (1933-1883) davriga qadar “Shoh bog‘i” bo‘lgan. Oddiy insonlar uni ziyorat qilishlari va sayr qilishlari ta’qiqlangan. Nodirshoh hukumatidan keyin bu bog‘ning eshigi xalqqa ochilgan. Shu sanadan so‘ng juma kunlari odamlar “Bobur” bog‘iga hordiq chiqarish uchun kelishar ekan. Ammo Afg‘onistondagi yarim asr davomida yuz bergan shiddatli va yomon urushlar tufayli bu bog‘ vayron bo‘ldi. Bog‘da daraxtlar o‘rnida mina (portlovchi modda), yashil o‘simliklar o‘rniga o‘qlar “ekilib, o‘stirildi”. Lekin 2001-yili Homid Karzay vaqtinchalik hukumati ishga kirishi bilan ushbu bog‘ qayta tiklandi. Bobur bog‘ini saqlash va parvarish qilish instituti rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu bog‘ besh yil ichida, ya’ni 2001-2006-yillar orasida qayta tiklandi. Ushbu bog‘ qayta tiklanishi uchun bog‘ning tarixiy asoslari jahon muzeylaridan to‘plangan hujjatlar, tasvirlar va huquqiy hujjatlarga tayanib tiklandi. Bog‘ esa eski qiyofasini ma’lum miqdorda o‘ziga yana qaytarib oldi. Boburnomaga asosan, barcha daraxtlar, maysazorlar, maydonlar Boburning bog‘dorlik uslubiga teng tayyorlangan. Lekin ushbu bog‘ning to‘liq qayta tiklanishi uchun o‘sha payt 80,5 million AQSH dollari sarflangan. Biroq bu miqdor Bobur bog‘ini saqlash va parvarish qilish instituti tomonidan chop etilgan risolada keltirilishicha, taxminan 7 million dollar bo‘lgan. Shundan 80% “Og‘ajon” madaniyat jamg‘armasi va qolgan 20% Germaniya, Amerika va Norvegiya yordami bilan to‘langan. 2017-yili Bobur bog‘i to‘liq ta’mirlangandan so‘ng Bobur bog‘ini saqlash va parvarish qilish institutiga topshirildi.
Hozirda ushbu bog‘da jami 80 kishilik 6 ta tashkilot bor. Har bir boshqarma o‘zining yetuk mutaxassislariga ega. Misol uchun, bu maskanning bog‘dorchilik boshqarmasida 14 ta rasmiy bog‘boni bor. Bobur bog‘i daromadining 57% bilet savdosidan iborat. Bu bog‘ga kirish har bir kishi uchun 20 afg‘oniy, bolalar uchun 10 afg‘oniy, suratchilar uchun 100 afg‘oniy, chet elliklar uchun 250 afg‘oniy, xorijliklar fotokamerasi uchun 350 afg‘oniy pul to‘lashadi. Albatta, bu daromadlarning barchasi Bobur bog‘ini saqlash va parvarish qilish tashkiloti tomonidan yig‘ilib, davlat xazinasiga topshiriladi. Hozirgi kunda ushbu bog‘da anor, o‘rik, olma, nok, shaftoli, bodom, jiyda uzum va shu kabi har xil mevali va mevasiz daraxtlar mavjud. Aynan shu yerda turli gullar va chiroyli o‘simliklarni ko‘rish mumkin. Hamda bu bog‘da karvonsaroy, masjid, Malika qasri, Suv ombori, buyuk ayvon, oshxonalar va bog‘ o‘rtasidan oqib o‘tuvchi soy arig‘i mavjud. Ushbu bog‘ning karvonsaroyida antiqa buyumlar: hunarmandchilik, yog‘ochdan yasalgan, qo‘l san’ati buyumlari sotiladigan do‘konlar bor. Xulosa qilsak, oldingi 20 yillik Islom jumhuriyati hukumati davrida ushbu bog‘da yuzlarcha madaniy, badiiy, ijtimoiy, siyosiy dasturlar va foto ko‘rgazmalar, xattotlik, rasm, hunarmandchilik va musiqa konsertlari o‘tkazilgan. Va mahalliy, xorijiy muassasalar ham o‘z dasturlarini ushbu bog‘da o‘tkazganlar. Hozir ham ushbu tarixiy bog‘ o‘sha go‘zalligi va bor boyligi bilan asrab kelinmoqda.
Quvonch Ehsonullo Doktorant,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Zahiriddin Muhammad Bobur merosining sharq davlatchiligi va madaniyati rivojida tutgan o‘rni uluslararo ilmiy-nazariy konferansi materiallari. Toshkent ., 2023
Fikr qoldirish#