Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bo‘limlar Bobur fondi “Bobur mirzoni anglash” mavzusida ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi

“Bobur mirzoni anglash” mavzusida ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi

“Bobur mirzoni anglash” mavzusida Boburning hayoti, ilmiy va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan asarlarning qo‘lyozma va nashr nusxalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

2023-10-26 11:15:57 160 Bobur fondi

Joriy yilning 24-may kunida Bobur nomli xalqaro jamoat fondi binosida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan“Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida “Bobur mirzoni anglash” mavzusida Boburning hayoti, ilmiy va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan asarlarning qo‘lyozma va nashr nusxalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

 

Kitoblar ko‘rgazmasi doirasidagi yosh ijodkorlar ishtirokidagi uchrashuvda Fond raisi Zokirjon Mashrabov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Xurshida Qo‘chqarova, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Abdulhamid Nurmatov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi viloyat bo‘limi rahbari Rasul Ismanov, Andijon viloyati tarixi va malaniyati davlat muzeyi xodimlari ishtirok etdi. Hamda mavzu doirasida amalga oshirilgan ishlar borasida fikr-mulohazalar almashildi.