Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bo‘limlar Tadbirlar "Ko‘hna dovon sirlari" arxeologiya turizmi forumi

"Ko‘hna dovon sirlari" arxeologiya turizmi forumi

Davlatimiz rahbari ko‘rsatmalariga asosan Andijon viloyatining Marhamat tumanida har ikki yilda bir marotaba «Ko‘hna dovon sirlari» arxeologiya turizm forumini o‘tkazish vazifasi belgilangan. 

2023-10-26 17:23:29 160 Tadbirlar

Ushbu ko‘rsatmalarga asosan tumandagi "Kelajak nuri" kutubxonasida bir nechta davlatlar vakillari ishtirokida forum bo‘lib o‘tdi.

 

Andijon viloyat hokimligi, Andijon viloyati madaniyat va turizm boshqarmasi, Marhamat tumani hokimligi, Samarqand arxeologiya instituti va «Mingtepa – madaniy meros» jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan forumda Xitoy Xalq Respublikasi, qo‘shni respublikalar va yurtimiz viloyatlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilar qatnashdilar.

 

Forum doirasida qadimgi dovon davlati tarixiga bag‘ishlangan "Farg‘ona vodiysining qadim va o‘rta asrlar arxeologiyasi, etnografiyasi, tarixi va muammolari va ularning tahlili" mavzusidagi xalqaro ilmiy-anjuman o‘tkazildi. Chet ellik mehmonlar forum doirasida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Yurtimizdagi soha vakillari va xorijliklar o‘rtasida tajribalar almashildi.