Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bo‘limlar Media Muhammad Haydar mirzo hayotiga bag‘ishlangan film namoyishi

Muhammad Haydar mirzo hayotiga bag‘ishlangan film namoyishi

Qozog‘iston Respublikasi kinoijodkorlari tomonidan Muhammad Haydar mirzo hayotiga bag‘ishlangan 6 qismli teleserial suratga olindi.

2023-10-26 17:30:34 160 Media

Filmda O‘rta asrlar Movarounnahr, Xuroson Hindiston zaminida kechgan boburiylar sulolasining sarguzashtlari mahorat bilan hikoya qilinadi. Ijodkorlar tomonidan Muhammad Haydar mirzoning hayotiga oid ma’lumotlar uning mashhur tarixiy asari “Tarixi Rashidiy”ga asoslangan holda qayta tiklangan.


Teleserialda Zahiriddin Muhammad Boburning siymosi ham yaratilgan. Serialning ko‘plab epizodlari qiziqarli syujetlarga asoslangan bo‘lib, mahoratli akstyorlar tomonidan ijro etilgan.


Eslatib o‘tamiz, Muhammad Haydar mirzo Zahiriddin Muhammad Boburning tug‘ishgan xolavachchasi bo‘lib, bir muddat Kobulda birga yashashgan edi. Kobulda bo‘lgan chog‘ida Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zidan 13 yosh kichik bo‘lgan xolavachchasi Muhammad Haydar mirzoga g‘amxo‘rlik qilib, uning ta’lim olishiga imkoniyat yaratib beradi. Keyinchalik Koshg‘ar hukmdori Saidxonning iltimosiga binoan Muhammad Haydar mirzoni Koshg‘arga yuborishga majbur bo‘ladi.


Muhammad Haydar mirzo Zahiriddin Muhammad Bobur kabi shoir, tarixchi olim, mohir sarkarda bo‘lib yetishgan, uning turkiy tilda ijod qilgan va devon tuzgani haqida ma’lumotlar bor.


Hozirda Qozog‘istoning Taroz shahrida Muhammad Haydar mirzo nomidagi universitet va ilmiy markaz faoliyat olib bormoqda.