Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bo‘limlar San'at “Bobur Mirzo” musiqali maqom spektakli premyerasi o‘tkazildi

“Bobur Mirzo” musiqali maqom spektakli premyerasi o‘tkazildi

Joriy yilning 12-mart kuni Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bagʻishlanib yangi musiqali maqom spektakli premyerasi bo‘lib o‘tdi.

2023-10-26 17:17:08 160 San'at

Margʻilon shahridagi musiqali maqom teatrida namoyish etilgan "Bobur Mirzo" nomli yangi musiqali maqom spektakli premyerasida Xalqaro Bobur fondi raisi Zokirjon Mashrabov, viloyat faxriylari Abdullajon Sobirov, Hamidulla Ismoilov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zolari Qamchibek Kenja, Xurshida Vahobjon qizi, Salima Mirzayeva, Sadoqat Ne‘matova, ijodkor Xolida Shamsiyeva, olima Yorqinoy Oltmishova va boshqalar ishtirok etdilar.

 

Spektakl har tomonlama yangicha talqinda sahnalashtirilgan: ssenariy, rollar va maqom qo‘shiqlari, raqslar ijrosi, dizayn, liboslar, umumiy dekoratsiya - barchasi o‘ziga xos. Bosh rol ijrochisi - Bobur Mirzo obrazini yaratgan aktyor Shamshod Sultonov va barcha san‘atkorlar mahorati tomoshabinlar tomonidan olqishlandi.

 

Respublikamiz Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan musiqali maqom teatrining repertuari boy va yuqori professional darajada ekanligi quvonchli, yanada katta sahnalarda ushbu asarlardan elimizni bahramand etish maqsadga muvofiqdir. Ijodkorlarga fond raisi Zokirjon Mashrabov minnatdorchilik bildirib, yangi nashr ettirilgan kitoblardan sovg‘a qildi.