Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Ey alarkim, bu Hind kishvaridin
Bordingiz, anglab o‘zga ranju alam.
Kobulu xush havosini sog‘inib,
Hinddin garm bordingiz ul dam.
Vasfida xomlik agar o‘lsa, ne g‘amdurur,
Chun daf’ etar xayoli g‘amu g‘ussani tamom.
Chun yori rozdor qilurman seni xayol,
Asror fosh aylama zinhor, vassalom!
Eyki, targ‘ib qilursen chog‘ir ichmakka meni,
Sozu xonanda bila soqi-yu sahbo bormu?
Bo vujudiki, o‘tubtur chog‘ir ichmak vaqti,
Majlis asbobini, bilmonki, muhayyo bormu?
Yibordi yor manga yodgor deb xatini,
Manga habib kerak, yodgor nega kerak?!
Ne sud ashkdin poy dargillig‘im,
Chu el do‘stlardin ul oy yub emish.
Gar desang kuymayin bu jurm bila,
Jilavingni bu arsadin yondur!
Ul sarvning harimig‘a gar yetsang, ey sabo,
Bergil bu hajr xastasidin yod ko‘ngliga.
Yo‘qturur nozingdin ozore manga,
Noz agar qilsang, manga matlubdur.
Xoh ko‘rsat lutfu xohi javr qil,
Har ne voqe’ bo‘lsa sendin, xubdur.
Bilur jahon elikim mehmon ziyofatidin,
Mening tariqim emas ijtinob qilmog‘liq.
Havo xush erdi-yu, ahbob dog‘i qo‘ymadilar:
Zarurat o‘ldi chog‘ir irtikob qilmog‘liq.